O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TALABALAR, STAJYORLAR VA ASPIRANTLARNING MISR ARAB RESPUBLIKASIDA TA’LIM OLIShLARINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Misr Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan Qohiraning “Al-Azhar” universiteti o‘rtasidagi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining talabalari, stajorlari va aspirantlarini Misr Arab Respublikasiga o‘qishga va stajirovkaga yuborish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarining 86 talabasi, stajori va aspirantlarini 1993-1994 o‘quv yilidan boshlab arab tili va adabiyoti, arab mamlakatlari tarixi, arab sharqi mamlakatlari jug‘rofiyasi, tibbiyot, geologiya, iqtisodiyot va bozor munosabatlari, menejment, jurnalistika mutaxassisliklari bo‘yicha ilova qilinayotgan ro‘yxatga* muvofiq Misr Arab Respublikasiga o‘qishga va stajirovkaga yuborsin.
*Ro‘yxat berilmaydi.
2. Misr tomoni talabalar, stajorlar va aspirantlarning Misr Arab Respublikasida yurishlari, ta’lim olishlari va bo‘lishlari xarajatlarini to‘liq o‘z zimmasiga olishi, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashi va har yili ularning yozgi ta’tilga Toshkentga kelib-ketishlari bilan bog‘liq transport xarajatlari qiymatini to‘lashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
talabalar, stajorlar va aspirantlarning MARga uchib ketishlarigacha Moskva shahriga tashkiliy ravishda jo‘natilishi, joylashtirilishi va ularga hamrohlik qilinishini hamda o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin kutib olinishini ta’minlasin;
talabalar, stajorlar va aspirantlarning yashashlari va MAP o‘quv yurtlarida ta’lim olishlarining maqbul sharoitlarini ta’minlashda yordam ko‘rsatsin, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston va Misr vazirliklari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik kanallaridan foydalangan holda doimiy pochta va boshqa aloqalar o‘rnatilishini ta’minlasin;
MARning Rossiyadagi elchixonasi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralarning 3 nafar vakilini talabalar, stajorlar va aspirantlarga belgilangan joylarigacha hamrohlik qilish hamda ularni joylashtirish va mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlash haqidagi Bitim shartlari bajarilishini ta’minlash uchun 2 haftagacha bo‘lgan muddatga Misr tomoni hisobidan yuborilishini nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jo‘nab ketayotganlarning hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasiga talabalar, stajorlar va aspirantlarni kutib olish, joylashtirish va ularni Misrga jo‘natishda hamda ular Toshkentga qaytib kelishlarida zarur yordam berish va ko‘maklashish to‘g‘risida topshiriq bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Misrga borayotgan talabalar, stajorlar va aspirantlarning Moskva shahriga borishlari hamda o‘qish tamom bo‘lgandan keyin qaytib kelishlarini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston talabalari, stajorlari va aspirantlarining Misrga uchishlari va Toshkentga qaytib kelishlari paytda aeroportda zarur tartib va intizomni, shuningdek, ular O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab yurgan marshrutlarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Misrga o‘qishga borayotgan hamda O‘zbekistonga qaytib kelayotgan O‘zbekiston talabalari, stajorlari va aspirantlarining bojxona nazoratidan soddalashtirilgan holda o‘tishlari uchun zarur sharoitlar yaratsin.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmalari bo‘yicha aviachiptalarni Moskvagacha va qaytishga belgilangan muddatlarda band qilsin va sotsin.
9. Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, davlat kinokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekistondan borgan talabalar, stajorlar va aspirantlarning Misr Arab Respublikasida ta’lim olishlari dasturi qanday amalga oshirilayotganligi ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-avgust,
431-son