Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.1995 27.08.1993 yildagi 430-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT JAMGʻARMALARI VA AHOLIGA KREDIT BERISh DAVLAT-TIJORAT BANKI (“OʻZJAMGʻARMABANK”) USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son “Oʻzjamgʻarmabank”ni Oʻzbekiston Respublikasi xalq bankiga aylantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki (“Oʻzjamgʻarmabank”) ning Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 27-avgustdagi 430-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat jamgʻarmalari va aholiga
kredit berish davlat-tijorat banki (“Oʻzjamgʻarmabank”)ning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston jamgʻarma banki (“Oʻzjamgʻarmabank”) Oʻzbekiston Respublikasi mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki hisoblanadi hamda kredit-moliya muassasasi maqomiga egadir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzjamgʻarmabank” Oʻzbekiston Respublikasi banklarining yagona tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzjamgʻarmabank” yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, oʻzbek va rus tillarida shtamplar va blankalarga egadir, toʻla xoʻjalik hisobi hamda oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida faoliyat koʻrsatadi, alohida mol-mulkka egalik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” oʻz nomidan huquqlarga ega boʻlishi hamda majburiyatlarni bajarishi, sudda, xoʻjalik va xolislik sudlarida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari tizimiga quyidagilar kiradi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, “Oʻzjamgʻarmabank” ning tuman boʻlimlari, ularning filiallari va agentliklari bilan birgalikda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” iqtisodiy maqsadga muvofiqlikka bogʻliq ravishda taqiqlanmagan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda boshqa muassasalar tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” ning joylashgan manzili — Toshkent shahri, Xalqlar doʻstligi shoh koʻchasi, 6.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzjamgʻarmabank” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentning farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan respublikaning barcha tijorat banklari uchun belgilangan kredit, hisob-kitob va kassa operatsiyalari boʻyicha umumiy qoidalarga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzjamgʻarmabank”ning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarining huquqiy asosi boʻlib ular bilan tuziladigan hamda tomonlarning oʻzaro majburiyati va javobgarligini belgilovchi shartnomalar hisoblanadi. Umumiy qabul qilingan qoidalarga asosan omonatlar qoʻyish boʻyicha operatsiyalar shartnoma bilan rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzjamgʻarmabank” bank operatsiyalari oʻtkazish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishda oʻz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan mustaqildir. Aholi bilan operatsiyalarni sodir etishda faqat “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari “Oʻzjamgʻarmabank” atributikasiga ega boʻlgan jamgʻarma daftarchalari va boshqa hujjatlardan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan jalb etilgan pul mablagʻlari shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga halq xoʻjaligining kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun kamida 70 foiz miqdorida beriladi. Qolgan 30 foizi “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan aholiga, yuridik shaxslarga kredit berish uchun foydalaniladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining qarz majburiyatlariga joylashtiriladi. Aholiga va yuridik shaxslarga kredit berish yagona davlat pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzjamgʻarmabank” aholining omonatlarini qabul qilishni va boshqa operatsiyalarni bajarishni agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, oʻzining yoʻriqnomalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar “Oʻzjamgʻarmabank”ning omonatchilari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulni omonatga qabul qilish bank tomonidan omonatchiga bu operatsiyani tasdiqlovchi hujjat (jamgʻarma daftarchasi, kvitansiya, kredit kartochkasi va boshqalar) berilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzjamgʻarmabank” kreditni oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlash sifatida garov, kafolat, vakolat hamda bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllardagi majburiyatlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzjamgʻarmabank” davlatning majburiyatlari uchun javob bermaydi, davlat ham “Oʻzjamgʻarmabank”ning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fuqarolarning omonatlari boʻyicha majburiyatlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Oʻzjamgʻarmabank” ning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzjamgʻarmabank” ning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jamgʻarma ishi sohasida yagona davlat siyosatini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga kompleks hisob-kitob-kassa xizmati koʻrsatishni, shuningdek, fuqarolarga va yuridik shaxslarga kredit berishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlaridan va jalb etilgan mablagʻlardan “Oʻzjamgʻarmabank”ning tijorat faoliyatida samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzjamgʻarmabank” unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma ishini hamda aholiga va yuridik shaxslarga bank xizmati koʻrsatishni rivojlantirishning prinsipial asoslarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga va yuridik shaxslarga bank xizmati koʻrsatish sohasida respublika dasturlari amalga oshirilishini tashkil etish, respublikaning butun hududida “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalarining toʻlov va hisob-kitob hujjatlari puxta olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari tomonidan aholi va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni sodir etishning umumiy uslubiy prinsiplariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar) chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” muassasalarining boshqaruv nomenklaturasiga kiruvchi rahbar xodimlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati sohasida belgilangan tartibda boshqa davlatlarning banklari bilan hamkorlik qilish, zarurat boʻlganda aksionerlik banklari taʼsis etish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” muassasalarini qimmatli qogʻozlar blankalari, maxsus texnika bilan taʼminlash, quyi muassasalarning markazlashtirilgan ishlarga buyurtmalarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Oʻzjamgʻarmabank”ning mijozlar bilan operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzjamgʻarmabank” aholining pul omonatlarini qabul qiladi va joylashtiradi, kreditlarni jalb qiladi va beradi, shu jumladan kichik korxonalar tashkil etish va ularni rivojlantirish, fuqarolar tomonidan davlat mulkining xususiylashtirilishi, turar joy binolari qurilishi va ularni tuzatish hamda aholining boshqa ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq kreditlarni jalb qiladi va beradi, mijozlar va banklar korrespondentlarning topshirigʻi boʻyicha hisob-kitoblarni, mijozlarga kassa xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi, shuningdek, quyidagi operatsiyalarni sodir etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mijozlarning schyotlarini yuritish, fuqarolar va yuridik shaxslarning schyotlari hamda banklar-korrespondentlarning schyotlari ham shu jumlaga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat toʻlov hujjatlarini, qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saqlash hamda ular bilan boshqa operatsiyalari amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi kafillik, kafolat va boshqa majburiyatlarni berish. Bu “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan jalb etilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mijozlarning topshirigʻi boʻyicha ishonchli (trest) operatsiyalar (mablagʻlarni jalb etish va joylashtirish, qimmatli qogʻozlarni boshqarish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bank faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan maslahat xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatishdan kelib chiquvchi talablar qoʻyish huquqiga ega boʻlish, bunday talablarni bajarishda tavakkalchilik qilish va bu talablarni inkassatsiya qilish, shuningdek, bu talablarni tovarlarning harakatini qoʻshimcha ravishda nazorat qilish orqali bajarish (faktoring);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasi asosida va u tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq respublikada va chet elda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bank tomonidan yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari va schyotlari boʻyicha maʼlumotnomalar tashkilotlarning oʻziga, davlat soliq inspeksiyalariga, sudlarga, xoʻjalik sudlariga, tergov organlariga, auditorlik tashkilotlariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolarning schyotlari va omonatlari boʻyicha maʼlumotnomalar mijozlar va ularning vakillaridan tashqari tergovda boʻlgan ishlar boʻyicha mijozlarning schyotlarda va omonatlarda boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa boyliklari xatlanishi, band solinishi yoki mol-mulk musodara qilinishi mumkin boʻlgan hollarda sudlarga va tergov organlariga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Schyotlar va omonatlarning egasi vafot etgan taqdirda ular boʻyicha maʼlumotnomalar schyot yoki omonatning egasi tomonidan oʻlim hodisasi nazarda tutilgan holda bankka berilgan topshiriqda koʻrsatilgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning omonatlari boʻyicha merosxoʻrlik ishlarini olib borayotgan davlat notarial idoralariga, shuningdek, xorijiy konsullik muassasalariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar, dastlabki tergov, surishtiruv organlari notarial organlarida omonatlar boʻyicha schyotlar yoki boshqa koʻrinishdagi jamgʻarmalarining joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan ularni qidirish amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik shaxslarning “Oʻzjamgʻarmabank” dagi pul mablagʻlari va boshqa boyliklari sudlar, xoʻjalik sudlari, tergov organlarining qarori bilan xatlanishi mumkin, undirish esa sudlar tomonidan berilgan ijro varaqalari, xoʻjalik sudlarining buyruqlari hamda boshqa ijro hujjatlari boʻyicha, shuningdek, davlat soliq inspeksiyalarining talabi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fuqarolarning “Oʻzjamgʻarmabank” dagi pul mablagʻlari va boshqa boyliklari faqat qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning qarori asosida xatlanishi va undirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa boyliklari qonuniy kuchga kirgan hukm yoki qonunga muvofiq chiqarilgan mol-mulkni musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror asosida musodara qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari tomonidan operatsiyalar sodir etish shartlari texnologiyasi, foiz stavkalari, bank muassasalari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun komission mukofot miqdori “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi tomonidan belgilanadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun banklar tomonidan undirib olinadigan komission mukofot miqdori esa “Oʻzjamgʻarmabank” boʻlimi tomonidan shartnoma asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar bank hujjatlarini saqlash muddati tamom boʻlgan boʻlsa, “Oʻzjamgʻarmabank” mijozlarning sodir etilgan operatsiyalar boʻyicha eʼtirozlarini qabul qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan toʻlov topshiriqlarini, agar bu topshiriqlar belgilangan tartibga xilof ravishda berilgan boʻlsa, fuqarolarning omonatlariga mablagʻ oʻtkazish uchun qabul qilmaslikka; kredit beriladigan yuridik va jismoniy shaxslardan hisobotlar, balanslar hamda ularning toʻlovga layoqatliklarini va berilgan kreditlarning taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga kredit berishda foydalanishga, shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kimoshdi savdosi orqali sotishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining omonatlari boʻyicha eng kam foiz stavkalarini yuqori chegara bilan cheklanmasdan mustaqil koʻpaytirishga;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-son qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilgan taqdirda bundan keyin kredit berishni toʻxtatishga, berilgan kredit summalarini muddatidan ilgari undirib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar asosida oʻtkazilgan operatsiyalar uchun foiz stavkalarini hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun komission mukofotlar miqdorini belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Oʻzjamgʻarmabank” omonatchilarining huquqlari va ularni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Omonatchi “Oʻzjamgʻarmabank” ka istalgan miqdorda omonat qoʻyishga haqlidir. “Oʻzjamgʻarmabank” ka qoʻyiladigan jamgʻarma omonat dastlabki badalining eng oz summasi “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tegishlicha Nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Omonatchi oʻz omonatlarini tasarruf qilishi, ular boʻyicha “Oʻzjamgʻarmabank” taklif qiladigan foizlarda va boshqa shakllarda daromad olishi, omonatlar boʻyicha schyotlardan naqd pulsiz toʻlovlar sodir etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Omonatchi birovning nomiga yozilgan omonatni qoʻyishga yoki oluvchiga beriladigan omonatni qoʻyishga haqlidir. “Oʻzjamgʻarmabank” muassasasi tomonidan nomiga omonat qabul qilingan hujjat berilgan shaxs omonatchi hisoblanadi. Omonatga badallar faqat omonat egasi tomonidan emas, balki har qanday shaxs tomonidan qoʻyilishi mumkin. Oluvchi uchun schyotlarning ochilishi va omonatni berish boʻyicha keyingi operatsiyalarni sodir etish omonatni qoʻyuvchi yoki pul oluvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Voyaga yetmagan shaxs ham omonatchi boʻlishi mumkin. Oʻz nomiga oʻzi omonat qoʻygan voyaga yetmagan shaxs bu omonatni mustaqil tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror kishi tomonidan voyaga yetmaganning nomiga qoʻyilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) voyaga yetmaganlar 15 yoshga toʻlgunlariga qadar — ota-onalar yoki voyaga yetmaganlarning boshqa qonuniy vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 15 yoshga toʻlgandan keyin voyaga yetganning oʻzi, lekin oʻz ota- onasining yoki boshqa qonuniy vakillarning roziligi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Omonatchi omonatni shaxsan, shuningdek, vakil orqali ham tasarruf etishi mumkin, bunda omonatchi vakilning nomiga tegishli ishonchnomani rasmiylashtirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omonatchi “Oʻzjamgʻarmabank”ka agar oʻzi vafot etgan taqdirda istalgan shaxsga, korxonaga, muassasaga, tashkilotga yoki davlatga omonatni berish toʻgʻrisida topshiriq berish huquqiga egadir. Omonat egasi vafot etgan taqdirda topshiriq berilmagan omonatni bank merosxoʻrlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlim hodisasi sababli topshiriqni va omonatlarni tasarruf etishga ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi tomonidan belgilanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Omonatlar boʻyicha va jamgʻarmalarning boshqa turlari boʻyicha daromadlarga soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Aholining “Oʻzjamgʻarmabank”ka qoʻyilgan omonatlarining saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Oʻzjamgʻarmabank”ning barcha xizmatchilari operatsiyalar, oʻz mijozlari va korrespondentlarining schyotlari va omonatlari boʻyicha sirni saqlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari tomonidan mijozlarga pul mablagʻlari notoʻgʻri berilgan yoki schyotlarga summalar notoʻgʻri oʻtkazilgan taqdirda mijozlarga yetkazilgan zarar fuqaro qonunchiligiga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “Oʻzjamgʻarmabank”ning oʻz mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Asosiy va oborot mablagʻlar fondlari, shuningdek, balansda aks ettiriladigan boshqa boyliklar “Oʻzjamgʻarmabank” ning mulkini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” da bankning oʻz mablagʻlari hamda “SSSR jamgʻarmalar bankining respublikalar va davlatlar jamgʻarma banklari bilan oʻzaro munosabatlari va hisob-kitoblarining umumiy asoslari toʻgʻrisida” 1991-yil 30-oktabrda imzolangan bitimga muvofiq SSR Jamgʻarmalar banki balansidan “Oʻzjamgʻarmabank” balansiga oʻtkazilgan aktivlar va passivlar summasi boʻladigan ustav fondi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “Oʻzjamgʻarmabank” ning ustav fondi Boshqaruv tomonidan 150 mln soʻm miqdorida belgilangan hamda “Oʻzjamgʻarmabank” ning majburiyatlarini taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bank faoliyatidan olingan daromadlap hamda respublika qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar “Oʻzjamgʻarmabank” mulki shakllanishining manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Oʻzjamgʻarmabank” da quyidagi jamgʻarmalar tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav va zaxira jamgʻarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mablagʻlar jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati uchun tashkil etiladigan boshqa jamgʻarmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu jamgʻarmalarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. “Oʻzjamgʻarmabank” ning daromadlariga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Daromad resurslarni jalb etish va joylashtirish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazishdagi faoliyat, shuningdek, boshqa operatsiyalarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va mazkur Ustavda nazarda tutilgan tijorat operatsiyalarini bajarish natijasida hosil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga soliq toʻlangandan, jamgʻarmalar tashkil etilgandan keyin daromaddan Boshqaruv tomonidan belgilanadigan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Aholining, jamoat tashkilotlarining schyotlaridagi pul mablagʻlari qoldiqlari, jamgʻarmalarning oʻz mablagʻlari, boshqa banklarning depozitlari va kreditlari, boshqa jalb etilgan mablagʻlar, taqsimlanmagan daromad “Oʻzjamgʻarmabank” ning kredit resurslari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. “Oʻzjamgʻarmabank” ning tashkiliy tuzilmasi va uni
boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Rais, uning oʻrinbosarlari va Boshqaruv aʼzolaridan iborat tarkibdagi Oʻzbekiston Jamgʻarmalar bankining boshqaruvi “Oʻzjamgʻarmabank” boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Boshqaruv raisi Markaziy bank Boshqaruvi raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Raisning oʻrinbosarlari, Boshqaruv aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruviga boshqarmalar va unga qarashli muassasalar faoliyatining barcha muhim masalalarini hal etish yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi boshqaruvning yuqori organi sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jamgʻarma ishlarini, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish va takomillashtirish hamda kredit resurslarini joylashtirish, kadrlar tayyorlash boʻyicha tadbirlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xoʻjalik hisobini, hisob va hisobotni, bank ichki nazoratini, oʻziga qarashli muassasalarda boyliklarni saqlashni taʼminlashni, bank operatsiyalarini avtomatlashtirishni, mehnatni ilmiy tashkil etishni uyushtirishning asosiy qoidalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzjamgʻarmabank” krediti va moliya yigʻma hisob-kitob rejalari loyihasini muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bankka boʻysunuvchi boshqarmalarning yillik hisobotlari va balanslarini tasdiqlaydi, “Oʻzjamgʻarmabank” ning yigʻma balansini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) belgilangan iqtisodiy normativlardan kelib chiqqan holda markaziy apparatning tuzilmasini, shtatlarini, sonini, mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorini, shuningdek, “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalarida mehnatga haq toʻlashi va moddiy ragʻbatlantirish tizimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvining xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻziga qarashli muassasalarni tekshirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “Oʻzjamgʻarmabank” va uning muassasalar xodimlari uchun sir saqlanishi kerak boʻlgan axborotlar roʻyxatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “Oʻzjamgʻarmabank” ka qarashli muassasalar faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) uning koʻrib chiqishi uchun kiritilgan boshqa masalalarni hal etadi. “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvining muhim qarorlari, odatda, Raisning buyruqlari bilan hayotga joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi oʻz ishini respublika “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari faoliyatiga rahbarlik qilish boʻyicha barcha masalalarni hal etishni muhokama qilishda kollegiallikni yakkaboshchilik bilan qoʻshib olib borish asosida tashkil etadi. Boshqaruv faoliyati ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvining Raisi “Oʻzjamgʻarmabank” faoliyatiga unga Ustav tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq rahbarlik qiladi hamda “Oʻzjamgʻarmabank” yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” myaccacalari faoliyatiga tegishli boʻlgan barcha masalalarni hal etadi, boshqaruv faoliyatiga tegishli deb topilgan masalalar bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, “Oʻzjamgʻarmabank” ning faoliyati masalalari boʻyicha respublikaning barcha organlarida, korxonalarida, tashkilotlarida va boshqa davlatlarda uning nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” ning mol-mulkini tasarruf qiladi, shartnomalar, bitimlar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarlarining, vakillikning va boshqa xarajatlarning cheklangan miqdorini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” ning shtat jadvalini tasdiqlaydi, mehnatga haq toʻlashning hamda xodimlar boshqa daromadlarining shakli va miqdorlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomni, “Oʻzjamgʻarmabank” xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” ning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlap chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi va hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisob, hisobot va “Oʻzjamgʻarmabank” faoliyatini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalar buxgalteriya uchyotini yuritadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan umumiy qoidalarga muvofiq hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzjamgʻarmabank” da buxgalteriya uchyoti hisobot va operatsiyalar boʻyicha hujjatlar oborotining aniq tartibi “Oʻzjamgʻarmabank” Boshqaruvi tomonidan belgilanadi. “Oʻzjamgʻarmabank” yillik balansni hamda daromadlar va zararlar schyotini tuzadi, hisobot va boshqa materiallarning xarakteri va hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakllarda va muddatlarda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. “Oʻzjamgʻarmabank”ning operatsiya yili 1-yanvardan boshlanadi va 31-dekabrda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44 “Oʻzjamgʻarmabank” faoliyatini tekshirish “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Sugʻurta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bank xodimlari sugʻurta tashkilotida sugʻurta qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. “Oʻzjamgʻarmabank” ning asosiy mablagʻlari (asosiy vositalarga tegishli boʻlgan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk) ixtisoslashtirilgan sugʻurta tashkilotida sugʻurta qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. “Oʻzjamgʻarmabank” ning tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. “Oʻzjamgʻarmabank”ning tugatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. “Oʻzjamgʻarmabank” tugatilgan taqdirda tugatish komissiyasi tuziladi, komissiyaning xulosasi tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1993-y., 8-son, 32-modda)