O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN TABIIY VA SUYuLTIRILGAN GAZ, AVTOBENZIN VA KO‘MIRNING ChAKANA NARXLARINI QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son “Aholiga sotiladigan yoqilg‘i, energiya va ko‘rsatiladigan xizmatlarning chakana narxlarini hamda tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholiga sotiladigan yonilg‘ini ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashuvi munosabati bilan hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlari ishlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 20-iyulidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va ko‘mirning cheklangan chakana narxlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzinning yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda ularning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘mirning chakana narxlari preyskurantlarini ilovaga muvofiq tasdiqlasinlar.
4. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar 1993-yilning 20-iyuligacha bo‘lgan holatga ko‘ra suyultirilgan gaz, avtobenzin va ko‘mirning qoldiq miqdorlarini qayta baholab chiqsinlar, qayta baholash summasini o‘zlarining aylanma mablag‘lapini to‘ldirishga yo‘naltirsinlar.
5. Tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va ko‘mirning Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan chakana narxlarning cheklangan miqdorlari bekor qilinsin. Ana shu qaror 3-bandining amal qilishi saqlab qolinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-iyul,
359-son
Aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz,
avtobenzin va ko‘mir chakana narxlarining
avtobenzin va ko‘mir chakana narxlarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
|
O‘lchov birligi |
Chakana narxi, bir | ||
| Tabiiy gaz |
1000 m3 |
500 | |
| Suyultirilgan gaz |
kg |
60 | |
| Ko‘mir |
tn |
6000 | |
| Avtobenzin |
litr |
120 | |