Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.07.1993 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZDAVMETALLKONSERN”NING KON-RUDA KORXONALARINI RIVOJLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallurgiya sanoati korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq hamda Ingichka kon boshqarmasi va Qoʻytosh volfram koni ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻlaroq foydalanish, volfram konsentratini barqaror ishlab chiqarishni taʼminlash, shuningdek, Ingichka (Samarqand viloyati) va Qoʻytosh (Jizzax viloyati) shaharchalarining ijtimoiy-ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzdavmetallkonsern” manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1993—1997-yillarda 422 mln soʻm miqdoridagi kredit resurslari hamda 3083 mln soʻm miqdoridagi markazlashtirilgan manbalar hisobiga Ingichka kon boshqarmasi va Qoʻytosh volfram koni obyektlari qurilishini ilovaga* muvofiq belgilangan muddatlarda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankka 1993-yilda “Oʻzsanoatqurilishbank”ka yiliga 5 foizli toʻlov bilan, Ingichka kon boshqarmasi va Qoʻytosh volfram koniga shaxtalar qurish uchun zarur boʻlgan 422 mln soʻm miqdorida kredit resurslari berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ingichka kon boshqarmasiga va Qoʻytosh volfram koniga ayni bir vaqtda, ilovaga muvofiq, obyektlarni loyihalashga va qurishga hamda qurilish-montaj ishlari uchun haq toʻlashni haqiqatda bajarilgan ish hajmlari boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili kapital qurilish rejalaridan ilovada koʻrsatilgan obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ingichka kon boshqarmasining va Qoʻytosh volfram konining moliya-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda Ingichka va Qoʻytosh shaharchalari ijtimoiy soha obyektlarining bir maromda ishlashini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993—1997-yillarda koʻrsatib oʻtilgan korxonalarga amortizatsiya ajratmalarining butun summasini qoldirishga hamda ularni resurs toʻlovlarini toʻlashdan va budjetdan tashqari “Mineral xomashyo bazasini qayta tiklash” jamgʻapmaciga ajratmalardan ozod qilishga ruxsat etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilda Ingichka kon boshqarmasiga va Qoʻytosh koniga, ularning ish faoliyatini taʼminlash uchun, taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq respublika budjetidan 500 mln. soʻm miqdorida bir yoʻla moliyaviy yordam puli ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ilovaga muvofiq obyektlar qurilishi loyihalarini tezkorlik bilan va oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi qurilish davri uchun 1993—1997-yillarda Ingichka kon boshqarmasiga va Qoʻytosh volfram koniga moddiy resurslarning kvotalanadigan turlarini ajratishni nazarda tutsin, shuningdek, ularni, yetkazib beruvchi zavodlar shartlari boʻyicha, toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga binoan yetkazib berishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand va Jizzax viloyatlarining hokimliklari Ingichka kon boshqarmasi hamda Qoʻytosh volfram koni bilan birgalikda, mahalliy xomashyodan foydalangan holda, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan kichik korxonalar shoxobchalarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq A.N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 3-iyul.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-son