Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004-yil 19-mayda San-Marino shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Butunjahon turizm tashkiloti oʻrtasida Samarqand shahrida Ipak yoʻli Ofisini ochish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. BTT ofisi faoliyatini moliyalashtirish va uni moddiy-texnik taʼminlash “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining belgilangan tartibda bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-oktabr,
491-son