02.09.1993 yildagi 915-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun yangi tahrirda qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 758-I-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir oʻz huquqlarini roʻyobga chiqarishlarida fuqarolarga koʻmaklashadi, oʻz hududlaridagi ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududiy prinsip boʻyicha tuziladi. Oʻzini oʻzi boshqarish organlari ish olib boradigan hududlarni fuqarolarning taklifiga koʻra tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻinlar ishida oʻn sakkiz yoshga yetgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolar qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saylash tartibi, ularning faoliyat koʻrsatishini tashkil etish hamda vakolat koʻlami ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi va gerb tasviri tushirilgan, belgilangan namunadagi muhriga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FUQAROLAR YIGʻININI ChAQIRISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yigʻini shuningdek xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki oʻn sakkiz yoshga yetgan va ushbu hududda yashayotgan fuqarolar uchdan bir qismining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻin chaqirishning iloji boʻlmagan taqdirda fuqarolar vakillarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Yigʻilishlarga koʻchalar va turarjoy binolaridan, mahallalardan va boshqa hududiy tuzilmalardan fuqarolarning namoyandalari ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga rioya etilgan holda vakil qilinishi mumkin. Vakillik meʼyorlarini tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki tuman, shahar hokimi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlarida qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi ularga kelgan taqdirda yigʻinlar vakolatli hisoblanadi, vakillar yigʻilishlari esa ularga delegatlarning kamida uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi)ni olib borish uchun rayosat saylanadi. Yigʻin (yigʻilish)ni rais (oqsoqol) yoki uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning har bir yigʻini (yigʻilishi)da bayon yuritiladi, unda yigʻin (yigʻilish) oʻtkazilgan sana, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar qayd etiladi. Yigʻin (yigʻilish) bayoni va qarorlarini rais (oqsoqol), uning yoʻqligida esa maslahatchilaridan biri imzolab, tegishli tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. RAIS (OQSOQOL) VA UNING MASLAHATChILARINI SAYLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchilarning miqdor tarkibini yigʻin (yigʻilish) belgilaydi. Maslahatchilarning nomzodlarini yigʻin (yigʻilish)ga rais (oqsoqol) tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais (oqsoqol) va maslahatchilar ularga yigʻin (yigʻilish)da hozir boʻlgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari tegishli hududdan tashqariga chiqib ketsalar, yoki tuman, shahar hokimining taklifiga binoan, yoxud yigʻin (yigʻilish) qatnashchilari kamida uchdan bir qismining yozma talabiga koʻra muddatidan ilgari qayta saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI FAOLIYATINING IQTISODIY VA MOLIYAVIY NEGIZI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari qurgan, sotib olgan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat obyektlari, ijtimoiy-maishiy va boshqa obyektlar, shuningdek sotib olingan transport vositalari, xoʻjalik anjomlari hamda boshqa mol-mulk oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy resurslari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlaridan, maxsus fondlarning yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqa toʻlashga moʻljallangan, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan mablagʻlaridan, fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, xayriya jamgʻarmalari ajratib beradigan mablagʻlardan tarkib topadi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy mablagʻlari bankdagi mustaqil schyotlarda saqlanadi, ular tomonidan mustaqil tasarruf etiladi va olib qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARINING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi boshqarish organining faoliyat dasturi hamda xarajatlar smetasini, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining, mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarning mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yosh bolali muhtoj oilalarga nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaydi va toʻlaydi;
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur boʻlganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda belgilangan tartibda oʻz hududida kichik korxonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻinning, maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning chegaralarini oʻzgartirishga, koʻcha, maydon va boshqa joylarning nomini oʻzgartirishga doir masalalarni koʻrib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

17-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari aholi uchun qulay soatlarda ishlashini belgilaydi, maʼmuriy komissiya tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) raisning (oqsoqolning) shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun ajratib beriladigan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi taqdimnomasini, raisning (oqsoqolning) korxonalarga, muassasalarga, fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish hamda bu subyektlarning yerlarga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining egaligidagi yerlar tarkibiga kirmaydigan, shaharchalar va qishloq aholi punktlari chegarasidagi yerlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARINING STRUKTURASI VA ULAR FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻin raisi (oqsoqoli) va yigʻin raisi tayinlaydigan kotib yigʻin qarorlari bajarilishini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini tashkil etadi va amalga oshiradi. Raisning (oqsoqolning) kotib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori fuqarolarning yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻz apparatiga ega boʻlib, uning miqdori xalq deputatlari tuman Kengashi yoki tuman hokimi bilan kelishilgan holda yigʻin (yigʻilish) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais (oqsoqol), kotib va apparat xodimlariga tuman, shahar budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib hamda yigʻin raisi (oqsoqoli) apparatining xodimlari umumiy yigʻilishlar oʻtkazishga doir materiallar tayyorlaydi, fuqarolarning yigʻini hamda yigʻin raisi (oqsoqoli) qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini kuzatib boradi, ish qogʻozlarini yuritadi, hujjatlar saqlanishi uchun javob beradi, fuqarolarga beriladigan maʼlumotnomalarni rasmiylashtiradi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi harbiy xizmatga majbur shaxslarni va chaqiriluvchilarni dastlabki tarzda hisobga olinishini taʼminlaydi, rais (oqsoqol) topshirigʻiga binoan oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik asosida ishlaydigan rais (oqsoqol) maslahatchilari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti rais (oqsoqol)ning taqdimiga koʻra fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. RAIS (OQSOQOL)NING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va mahalliy hokimiyat organlarining qarorlarini bajarishga doir ishlarni tashkil etadi, fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sud idoralarida, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan boʻladigan munosabatlarda fuqarolar manfaatlarini himoya qila oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishda, ommaviy-siyosiy tadbirlarda qatnashishlarini tashkil etadi, aholiga savdo va kommunal-maishiy xizmat koʻrsatilishini yaxshilashga koʻmaklashadi, bu maqsadlarda tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlar taqdim etadigan moddiy va boshqa mablagʻlardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doʻkonlar, oshxonalar, choyxonalar, bozorlar ishi, savdo qoidalariga rioya etilishi, fuqarolarga madaniy xizmat koʻrsatish taʼminlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari, suv taʼminoti manbalari, uy-joylar, maktablar va boshqa muassasalarning sanitariya holati ustidan nazorat qilinishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabristonlar, qardoshlik qabrlari va boshqa mozorlarni saranjom saqlash yuzasidan jamoatchilik ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa organlariga mahalliy telefon va pochta aloqasini rivojlantirishda, radiolashtirish borasida, mahalliy aloqa inshootlarini muhofaza qilishda yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz mol-mulkni, shuningdek davlatga meros tarzida oʻtgan mol-mulkni saqlash va tasarruf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarining oilaviy mulk taqsimotlarini roʻyxatga oladi, oʻz hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharcha, qishloq va ovullar hududidagi yerlarning ishlatilishi va muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi, fuqarolar yigʻini (yigʻilishi) muhokamasiga yer munosabatlarini tartibga solish masalalarini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imorat qurish qoidalariga rioya etish, xonadonlarga tutash joylarni orasta boʻlishi, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalarini bajarish ustidan jamoat nazoratini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholidan soliq, sugʻurta va boshqa xildagi toʻlovlar oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazishni tashkil etadi, zarur boʻlganida esa tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatini tugatishga fuqarolarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda jamoat tartibini taʼminlashda huquqni muhofaza qilish organlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga majbur shaxslar va chaqiriluvchilarni harbiy komissariatlarga chaqirilayotganliklaridan xabardor etishni tashkil qiladi, aholini fuqaro mudofaasiga doir tadbirlar oʻtkazishga jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat organlariga nogironlar, boquvchisidan mahrum boʻlgan oilalar, koʻp bolali oilalar, yolgʻiz onalar, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsiz qolishining oldini olishga doir jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-onasining qaramogʻisiz qolgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga, shuningdek yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi orasida leksiya, maʼruza va suhbatlar oʻtkazishni tashkil qiladi, fuqarolarga muntazam ravishda kino xizmati koʻrsatishga, kitob savdosini rivojlantirishga, gazeta va jurnallarning tarqatilishiga yordamlashadi, mehnatkashlar ommaviy ravishda dam oladigan hududlarni tashkil etishga, sport inshootlari tarmogʻini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda bayram kunlari va shonli sanalar munosabati bilan ommaviy tadbirlar oʻtkazishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)ning koʻcha va maydonlar, aholi punktlari tarkibiy qismining nomini oʻzgartirish, uylarni raqamlab chiqish xususida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni qabul qiladi, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqadi, ular yuzasidan zarur choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga ularning shaxsini, oilaviy va mulkiy ahvolini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolari yigʻinining raisi (oqsoqoli) fuqarolik holati aktlarini roʻyxatga oladi, ayrim notarial harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qarorlar qabul qiladilar. Bu qarorlarni tegishli hududda yashaydigan barcha fuqarolar ado etishlari shart. Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunlarga zid hujjatlarini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari yoki tegishli hokimlar bekor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek rais (oqsoqol)ning xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
915-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 322-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)