28.09.2005 yildagi PQ-191-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston vazirliklari va idoralari, jamoat birlashmalari tomonidan ta’lim va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xizmatlarini rivojlantirish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Milliy axborot-izlash tizimini yaratish, ijtimoiy-madaniy yo‘nalishdagi axborot resurslarini shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mamlakatning barcha oliy ta’lim muassasalarini yagona axborot tizimiga birlashtirgan korporativ kompyuter tarmog‘i tashkil etilib, rivojlantirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quv kompyuter sinflarini tashkil qilish Dasturi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi uch yil ichida umumta’lim maktablaridagi shaxsiy kompyuterlar soni 1,11 baravar ko‘payib, 59,4 mingtaga yetdi, kollejlar va litseylarda ularning soni deyarli ikki baravar oshdi. Ta’lim muassasalarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘iga, shu jumladan Internetga ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan respublikada Internet tarmog‘iga jamoa bo‘lib ulanish punktlarini tashkil etish dasturi amalga oshirilmoqda. Mamlakatda internet-kafelar soni keyingi uch yil mobaynida 20 baravardan ortiqroq ko‘paydi va 493 taga yetdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga respublikada ta’lim va yoshlar yo‘nalishidagi axborot resurslarini tizimga soluvchi yagona axborot tarmog‘i mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy axborot resurslarining yetarlicha boyitilmaganligi, ularning ishlashini ta’minlashda tizimlilikning yo‘qligi yoshlar o‘rtasida xorijiy axborot internet-saytlari tarqalishiga imkoniyat yaratmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shularning hammasi milliy telekommunikatsiya tizimida o‘quv-ta’lim, ilmiy, yoshlar hamda bolalar muassasalari va tashkilotlari uchun mo‘ljallangan axborot materiallarini birlashtiruvchi yagona axborot-resurs maydonchaga ega bo‘lgan jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat maktablari, litseylari, kollejlari o‘quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Internet tarmog‘ining milliy segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklarining hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining respublikadagi turli tuzilmalar tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida tashkil etilayotgan ta’lim va yoshlarga mo‘ljallangan axborot resurslarini yagona “ZiyoNET” axborot tarmog‘iga birlashtirish va tizimlashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “ZiyoNET” tarmog‘ining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar uchun: ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga; o‘sib kelayotgan yosh avlodning Vatanga muhabbat tuyg‘usini, O‘zbekistonning boy tarixi, xalqning milliy an’analari va ma’naviy qadriyatlarini bilishga asoslangan yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlashga; faol hayotiy mavqega ega bo‘lgan barkamol shaxsiy voyaga yetkazishga qaratilgan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, yoshlarning ma’naviy, aqliy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadigan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ta’lim hamda boshqa axborotdan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, har xil sport turlarini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika o‘quvchilari va yoshlari uchun masofaviy ta’lim usullarini, boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng kompleksini ta’lim tizimiga joriy etishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) va Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev):
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Kompyuter hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi tarkibida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bo‘limlari bilan ilovaga* muvofiq “ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning oxirigacha “ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazini tegishli ixtisosdagi yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNET” tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirishni, shuningdek, Resurs markazi va bo‘limlarining tarmoq axborot resurslarini muntazam suratda jamlash va yangilash borasida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “ZiyoNET”ning kommunikatsiya tarmog‘ini hamda texnik bazasini rivojlantirish uchun javobgarlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga, “ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarining mazmunini shakllantirish uchun javobgarlik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari zimmalariga yuklanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasalarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga ulash faqat “ZiyoNET” tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanuvchilarning xalqaro axborot tarmoqlari, shu jumladan Internet tarmog‘ining axborot resurslariga kirishi ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan belgilanadigan reyting ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy domen nomlarni ro‘yxatga olish, axborot resurslarini “ZiyoNET” tarmog‘i Resurs markazining texnologik maydonchasida joylashtirish, saqlash va qo‘llab-quvvatlash, elektron pochta xizmatlari maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalardagi foydalanuvchilarga bepul ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch hafta muddatda Milliy axborot-izlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish Dasturini hisobga olgan holda, agressiv internet-kontentdan muhofaza qilish vositalarini o‘z ichiga olgan zarur dasturiy ta’minot bilan “ZiyoNET” tarmog‘i Resurs markazining yagona texnologik maydonchasini yaratish chora-tadbirlarining kompleks rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazi to‘g‘risidagi nizomni, axborot resurslarini tasniflash Milliy reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni, jamoa va yakka tartibda foydalanuvchilarni “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash bo‘yicha operatorlar hamda provayderlarga nisbatan texnik talablar va shartlarni, shuningdek, balog‘atga yetmagan farzandlari bo‘lgan yakka tartibdagi foydalanuvchilarni tarmoqqa ulashning imtiyozli paketini joriy etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasalarga Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning litsenziya bitimlariga xalqaro axborot tarmoqlari, shu jumladan Internet tarmog‘iga faqat “ZiyoNET” tarmog‘i orqali chiqish tashkil etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha shartlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxo‘jayev), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (B. Ubaydullayev), boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNET” tarmog‘ining o‘zbek va rus tillarida yoshlarga mo‘ljallangan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy-ma’rifiy va ma’lumot-tahliliy materiallardan iborat axborot resurslarini yaratish, rivojlantirish va jamlash dasturini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarni “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash reja-jadvalini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish va “ZiyoNET” tarmog‘ining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNET” tarmog‘i resurs markazining faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash, shuningdek, uning texnologik maydonchasini yaratish va rivojlantirishni, axborot resurslari shakllantirilishini moliyalashtirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazi va uning bo‘limlari Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va ko‘llab-quvvatlash yagona integratori markazi, shuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkilotlari hamda korxonalari shtatidagi xodimlar hisobiga mutaxassislar bilan ta’minlanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) va Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev), O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bilan kelishilgan holda “ZiyoNET” tarmog‘i Resurs markazi bo‘limlarini joylashtirish, foydalanayotgan xonalar hamda ko‘rsatilayotgan texnik, kommunal va boshqa xizmatlar uchun haq undirmasdan ularni zarur tashkiliy-texnika, anjomlar, aloqa vositalari bilan jihozlashni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga (M. Xazratqulov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov) bilan birgalikda “ZiyoNET” axborot tarmog‘i faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A. Aripov va R. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-191-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 40-son, 305-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)