29.09.2026 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishni yanada jadallashtirish va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida” va “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-123-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishni yanada jadallashtirish hamda sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat mulkiga egalik qilish mezonlari belgilangani, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan monopoliyaga qarshi kurashish organi, manfaatdor vazirliklar, qoʻmitalar va idoralar bilan birgalikda har yili davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tahlil (inventarizatsiya) qilib, saqlab qolinishi, realizatsiya qilinishi yoki tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi lozim boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini belgilashi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) yoki uning hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-123-son qaroriga muvofiq Raqobat qoʻmitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-mayga qadar davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilib, davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish boʻyicha takliflar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga kiritib borilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati boʻyicha monopoliyaga qarshi organning xulosa va takliflarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida davlat mulkiga egalik qilish mezonlari va raqobatning rivojlanganlik holati toʻgʻrisida Raqobat qoʻmitasining yoki uning hududiy boshqarmasining xulosasini olish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilish, ularni xususiylashtirish, saqlab qolish yoki tugatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
520-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 520-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati boʻyicha monopoliyaga qarshi organning xulosa va takliflarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom monopoliyaga qarshi organ tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat muassasalarining davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mosligini, shuningdek, ularning faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holatini tahlil qilish yakunlariga koʻra xulosa va takliflarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda raqobatning rivojlanganlik holati yuzasidan tahlil ustuvor ravishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida nazarda tutilgan davlat mulkiga egalik qilish mezonlarini hisobga olgan holda, shuningdek, tegishli bozorda raqobatning rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari xoʻjalik jamiyatlari va davlat muassasalarining davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasasi — boshqaruv vazifalarini, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan hamda toʻliq yoxud qisman u tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkiga egalik qilish mezonlari — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida nazarda tutilgan mezonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyekt — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyati hamda davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa — xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyekt faoliyati sohasida raqobat yetarlicha rivojlanganligidan kelib chiqib, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ushbu Nizom talablari asosida beriladigan xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif — monopoliyaga qarshi organ tomonidan davlat muassasalarining davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga muvofiqligi, shuningdek, tovar va moliya bozorlarining tahlili natijalariga koʻra raqobat muhitiga taʼsiridan kelib chiqib, ushbu Nizom talablari asosida beriladigan taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat rivojlanganlik boʻyicha oʻtkaziladigan tahlil (keyingi oʻrinlarda — tahlil) — Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida oʻtkaziladigan tahlil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xulosa berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlarini (ulushlarini) va davlat muassasalarini har yillik xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish jarayoni boshlanishidan oldin Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy organlari tomonidan taqdim qilinadigan xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyektlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) asosida ularning faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organ yoki uning hududiy organlari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan har yillik davlat mulkini xususiylashtirish dasturlari shakllantirilishida monopoliyaga qarshi organning xulosasi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi kelgusi yil uchun roʻyxatni monopoliyaga qarshi organga har yili 1-sentabrga qadar xulosa berish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatda xususiylashtirilishi rejalashtirilgan obyekt haqidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aksiyalari paketi (ulushi) miqdori (foiz) yoki davlat ulushi miqdori (foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aksiyalari paketiga (ulushiga) nisbatan aksiyador (ishtirokchi) boʻlgan davlat tashkiloti yoki muassisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi kalendar yildagi mahsulot sotishdan sof tushumi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopoliyaga qarshi organ roʻyxat taqdim etilgandan soʻng tegishli tovar va moliya bozorida raqobat rivojlanganini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga soʻrovnomalar yuborish orqali maʼlumotlarni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlarining elektron maʼlumotlar bazalaridan integratsiyalashgan holda ham olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Monopoliyaga qarshi organ davlat organlari va tashkilotlaridan olingan maʼlumotlar bilan birga yuborilgan roʻyxat asosida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatish hududi va ularni hududiy darajasi boʻyicha ajratib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy organlarga faoliyat koʻrsatish hududi doirasida tahlil oʻtkazish va dastlabki xulosa berish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xulosalar xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyektlarning faoliyati sohasida raqobat yetarlicha rivojlanganligidan kelib chiqib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopoliyaga qarshi organ va uning hududiy organlari xususiylashtirilishi rejalashtirilgan obyektning raqobat muhitiga taʼsiri baholangandan soʻng berilgan xulosalarni umumlashtirgan holda xususiylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha roʻyxat asosida yakuniy xulosani Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilgan xulosalar asosida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda xususiylashtirish dasturlariga kiritilmagan obyektlar haqidagi maʼlumotlarni aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda monopoliyaga qarshi organga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Monopoliyaga qarshi organ maʼlumot olingan kundan boshlab ikki oy ichida xususiylashtirish dasturiga kiritilmagan obyektlar roʻyxatini koʻrib chiqadi, qoʻshimcha tahlil oʻtkazadi va zarur hollarda tegishli takliflar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Takliflarni ishlab chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 15-yanvarga qadar monopoliyaga qarshi organga taqdim etiladi. Bunda davlat muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi miqdori (foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq (soha) nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi kalendar yildagi mahsulot sotishdan sof tushumi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Monopoliyaga qarshi organ va uning hududiy organlari davlat muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgandan soʻng tahlil oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil davlat organlari va tashkilotlaridan tegishli maʼlumotlarni soʻrab olish orqali oʻtkaziladi. Bunda davlat organlari va tashkilotlaridan olingan maʼlumotlar takliflar tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlarining elektron maʼlumotlar bazalaridan integratsiyalashgan holda ham olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan elektron tarzda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi orqali quyidagi koʻrinishda takliflar berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Takliflar quyidagi mezonlar hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mos boʻlmagan davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasalarining faoliyati sohasida raqobat yetarlicha rivojlanganligidan kelib chiqib, ularni xususiylashtirish, tugatish yoki saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Monopoliyaga qarshi organ yakuniy takliflarni har yili 1-mayga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga dastlabki tarzda koʻrib chiqishi uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlar Mahkamasiga mazkur Nizomning 15-bandida koʻzda tutilgan takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va monopoliyaga qarshi organ oʻzlarining axborot tizimlari orqali elektron ravishda integratsiyalashgan holda axborot almashishni yoʻlga qoʻyish orqali xulosa va taklif berish jarayonini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va monopoliyaga qarshi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati boʻyicha monopoliyaga qarshi organning xulosa va takliflarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyektlarning faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organ yoki uning hududiy organlari tomonidan xulosa berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyati hamda davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyekt) roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuboradi.

1-sentabrga qadar

2-bosqich

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ)

Roʻyxat asosida tovar va moliya bozorida raqobat rivojlanganini aniqlash maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga soʻrovnomalar yuboradi yoki elektron maʼlumotlar bazalaridan integratsiyalashgan holda maʼlumotlar oladi.

Roʻyxat kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida

3-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Olingan maʼlumotlar asosida xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan obyektlar roʻyxati boʻyicha faoliyat koʻrsatish hududi va ularni hududiy darajasi boʻyicha ajratib chiqadi hamda hududiy organlarga tahlil oʻtkazish va dastlabki xulosa berish uchun yuboradi.

Maʼlumotlar olingan kundan boshlab 15 kun ichida

4-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Xususiylashtirilishi rejalashtirilgan obyektning raqobat muhitiga taʼsirini baholaydi va ularni xususiylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha roʻyxat asosida yakuniy xulosani Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuboradi.

1-dekabrga qadar

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Berilgan xulosalar asosida xususiylashtirish dasturlariga kiritilmagan obyektlar haqidagi maʼlumotlarni aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda monopoliyaga qarshi organga qaytaradi.

Xulosa kelib tushgan kundan boshlab 60 kun ichida

6-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Xususiylashtirish dasturiga kiritilmagan obyektlar roʻyxatini koʻrib chiqadi, qoʻshimcha tahlil oʻtkazadi va zarur hollarda tegishli takliflar kiritadi.

Roʻyxat kelib tushgan kundan boshlab 60 kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati boʻyicha monopoliyaga qarshi organning xulosa va takliflarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat muassasalari faoliyatini xususiylashtirish, tugatish va saqlab qolish yuzasidan taklif berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat muassasalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda — maʼlumot) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuboradi.

15-yanvarga qadar

2-bosqich

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ)

Maʼlumotlar asosida tovar va moliya bozorida raqobat rivojlanganini aniqlash maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga soʻrovnomalar yuboradi yoki elektron maʼlumotlar bazalaridan integratsiyalashgan holda maʼlumotlar oladi.

Maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida

3-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Olingan maʼlumotlar asosida davlat muassasalari faoliyati boʻyicha tahlil ishlarini oʻtkazadi.

15-aprelga qadar

4-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tahlil yakunlariga koʻra maʼlumotlar asosida davlat muassasalari faoliyatini xususiylashtirish, tugatish va saqlab qolish yuzasidan takliflarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuboradi.

1-mayga qadar

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Takliflarni koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

1-sentabrga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 520-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Monopoliyaga qarshi organ ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatini tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini oʻzgartirishni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida nazarda tutilgan davlat mulkiga egalik qilish mezonlaridan birortasiga muvofiq boʻlmagan taqdirda rad etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan toifaga kirmaydigan yoki ushbu toifaga kirsada, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida nazarda tutilgan davlat mulkiga egalik qilish mezonlaridan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini oʻzgartirishni, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslari tashkil etilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, roʻyxatga olish, akkreditatsiya qilish, ruxsatnoma berish) boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaydigan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradigan, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari tomonidan tashkil etilayotgan va ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanishni rejalashtirayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisi yagona yetkazib beruvchi boʻlgan yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona boʻlgan va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanadigan affillangan shaxslarni tashkil etish rejalashtirayotgan boʻlsa, ushbu affillangan shaxslarni raqobatchilari bilan teng shartlar asosida faoliyat yuritish sharoiti taʼminlangan holda boʻlib yuborish natijasida tashkil etish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda oʻz asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishi rejalashtirilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobat rivojlangan sohalarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishi yoki undagi ulushni olishi rejalashtirilayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2026-y., 09/26/520/0983-son)