Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.03.1998 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRIDA XALQARO KLASSDAGI 4 YULDUZLI MEHMONXONA QURILISHI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning 1996-yil 5-noyabrdagi 380-son qaroriga muvofiq “Buig” firmasi (Fransiya) tomonidan Toshkent shahrida qurilayotgan xalqaro klassdagi 4 yulduzli mehmonxona qurilishi samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligining loyiha umumiy qiymatini 13 mln Fransiya frankiga ko‘paytirgan holda mehmonxona fondini 250 o‘ringacha ko‘paytirish va binoning old tomonlarini pardozlash ishlari sifatini oshirish yuzasidan taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, qo‘shimcha ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash ularning bajarilishiga ko‘ra 1998-yilda Toshkent shahar hokimligi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar jadvaliga binoan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy miqdorning 50 foizi (6,5 mln Fransiya frankiga teng) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy miqdorning 50 foizi (6,5 mln Fransiya franki) — “Buig” firmasiga qurilish ishlariga haq to‘lash uchun Fransiya frankida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehmonxona qurilishi barcha davriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Buig” firmasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar va bajariladigan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Buig” firmasi va uning subpudratchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktni amalga oshirishdan olingan daromadlarga nisbatan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining Kapital qurilish bosh boshqarmasi buyurtmanomalari bo‘yicha firma xodimlariga vizalar berganlik va ularni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun olinadigan boj va yig‘imlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarni mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun va litsenziyalar berganlik uchun olinadigan yig‘imlardan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi “Buig” firmasi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida ish boshlangan paytdan va mazkur qaror imzolanishiga qadar “Buig” firmasi tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i, vizalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlar va boshqa soliqlar va yig‘imlarni “Buig” firmasiga o‘z mablag‘lari hisobidan qoplasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R. R. Yunusov, B. S. Hamidov va Toshkent shahar hokimi K. N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 2-mart.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son