Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.11.1996 yildagi 380-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA XALQARO KLASSDAGI 4 YuLDUZLI MEHMONXONA QURILIShI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha xorijiy investitsiyalarni jalb etish respublika poytaxtining xalqaro turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” moliya-qurilish korporatsiyasi kapital qurilish bosh boshqarmasining “BUIG” firmasi (Fransiya) bilan Toshkent shahrida 1998-yilning IV choragida foydalanishga topshiriladigan 237 o‘rinli xalqaro klassdagi mehmonxona qurilishi yuzasidan 230 mln Fransiya franki miqdoridagi summaga kontrakt tuzganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 70 foizi va sug‘urta mukofoti (jami 181,2 mln Fransiya franki) — KOFAS jamiyatining sug‘urta qoplamasi ostida Fransiya banklarining kredit resurslari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 30 foizi, shu jumladan avans to‘lovi, qurilish maydonini tayyorlash va uning muhandislik ta’minoti, shuningdek qurilish davridagi foizlar (jami 88,5 mln Fransiya franki va 361,9 mln so‘mga teng) — qaytarish asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vaziri Fransiyaning kreditor bankiga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga mazkur loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Hukumat kafolatini berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan Fransiya banklari bilan qarz bitimiga ilovada belgilangan shakl bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining kapital qurilish bosh boshqarmasi uchun “KOFAS” jamiyatining sug‘urta qoplamasi ostida Fransiya banklari mablag‘larini qayta moliyalashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “BUIG” firmasi kontraktda nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, buyumlar, asbob-uskunalar, vaqtincha keltiriladigan qurilish texnikasi va asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona yig‘imlari hamda poshlinalar to‘lovidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qurilish maydonida bojxona posti tashkil etishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining kapital qurilish bosh boshqarmasi buyurtmanomasiga binoan, mehmonxona majmui qurilishiga jalb etiladigan “BUIG” firmasi xodimlari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining kapital qurilish bosh boshqarmasi buyurtmanomasiga binoan, Fransiyaning “BUIG” firmasi hamda jalb etiladigan xorijiy sheriklar xizmatchilari va mutaxassislariga mehmonxonani qurish va undan kafolatli foydalanish davri uchun ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar hokimligi menejment va mehmonxona foydalanishga topshirilgandan keyin uni boshqarish yuzasidan kontrakt tuzish bo‘yicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari R. R. Yunusov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-son