Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021 10.12.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1290
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-dekabrda 1290-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 50-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.R. JUMAGALDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qaror bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarga qisqa muddatli kreditlar berish va mol-mulkni saqlashga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlar tijorat banklaridan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta’sischilardan qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan Ustav fondi miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni saqlashga qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Lombard o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida amalga oshirishga haqli.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1290-3, 03.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan amalga oshiriladigan ishlarning xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1290-3, 03.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Lombard, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard, zarur bo‘lgan hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Lombard tomonidan garovga yoki saqlash uchun mol-mulkni qabul qilish, shuningdek, garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish Fuqarolik kodeksi va “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Lombarddan ashyolarni olish huquqini boshqa shaxslarga topshirish, faqat mulk egasining o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomasidan boshqasiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Lombard garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk yo‘qolganda, agar yo‘qotish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha uning qiymatini mol-mulk egasiga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulkka zarar yetkazilgan holda, agar yetkazilgan zarar yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Lombard operatsiyalarni ushbu Qoidalar, operatsiyalarni o‘tkazish umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsiyalar o‘tkazilishining umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar lombardning yuqori boshqaruv organi tomonidan ushbu Qoidalar asosida tasdiqlangan bo‘lishi va quyidagi ma’lumot hamda tartiblarni o‘z ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beriladigan kreditlarning chegaralangan summasi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beriladigan kreditlar bo‘yicha haq stavkalarining chegaralangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar bo‘yicha haq olish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombard tomonidan olinadigan ta’minotga talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni saqlashga qabul qilish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun stavkalar va tariflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombard va uning mijozlarining huquq va majburiyatlari, ularning javobgarligi vujudga kelishi shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga beruvchi garov pattasini yo‘qotganida, dublikat berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombardning yuqori boshqaruv organi operatsiyalar o‘tkazish umumiy shartlariga kiritilishi zarur deb hisoblagan boshqa shartlar, talablar va cheklashlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif va narxlar faqat milliy valyutada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Operatsiyalarni o‘tkazishning umumiy shartlari ochiq ma’lumotlar hisoblanadi va ular tijorat siri predmeti bo‘lishi mumkin emas. Operatsiyalar o‘tkazishning umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar lombardning mijozlari uchun qulay va ko‘rinarli joyga o‘rnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Lombardning ichki qoidalari lombardning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanishi va quyidagilar belgilanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombardning tuzilishi, uning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombardning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan lombard nomidan va uning hisobidan bitimlarni amalga oshirishdagi vakolatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Garov asosida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardda mol-mulklar garovga qo‘yilishi to‘g‘risidagi shartnoma lombard tomonidan 1-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha garov pattasining berilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Lombard undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkni garovga qabul qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bir shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan kreditlar summasi va soni, ularning beriladigan muddatlari, shuningdek, kreditlardan foydalanish uchun to‘lovlar hajmi tomonlarning kelishuviga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasini saqlash uchun choralar ko‘rishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasi yo‘qolishi xavf-xatari paydo bo‘lganligi yoki shikast yetkazilganligi to‘g‘risida garovga qo‘yuvchiga darhol xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasining shartlari garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan bajarilganida, garov narsasini darhol qaytarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qo‘yuvchining talabiga asosan kredit shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin hatto garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, kredit, kredit bo‘yicha foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasidagi zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkning sotilishi bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga beruvchiga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Lombardning talablari me’yoridan oshgan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilish kunidan uch yil davomida talab qilib olinmagan summa, lombardning ixtiyorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Lombard tomonidan mol-mulklarni saqlash uchun qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Lombardga saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklar (ashyolar) qabul qilinishi mumkin. Lombardda ashyolarni saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchi (mijoz)ga 2-son ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Lombardga topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard saqlashga qabul qilgan ashyolarni ularning to‘liq baholanadigan summasida mijoz foydasiga o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar, mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘zi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari to‘g‘risida lombardni ogohlantirmagan bo‘lsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga ko‘rilgan zararlarini qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirish yoki yo‘q qilishi mumkin. Mijoz lombardga va uchinchi shaxslarga ushbu ashyolarni saqlash natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mijoz ashyoni qaytarib olishdan bosh tortgan holatda, lombard ushbu ashyolarni uch oy muddat ichida saqlashi kerak. Uch oy o‘tgandan so‘ng talab qilib olinmagan ashyolarni lombard mazkur Qoidalarning 16- bandida o‘rnatilgan tartibda sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyolar sotuvidan tushgan summadan saqlash bo‘yicha va lombardga tegishli boshqa to‘lovlar qoplanadi. Qolgan summa saqlov pattasini egasiga, uni taqdim qilganda, lombard tomonidan qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Lombardning qonunchilik talablarini buzganligi uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaziy bank lombardlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartib va asoslarga ko‘ra tekshirishi mumkin. Lombardlar Markaziy bank vakolatli vakillarining qonuniy talabiga ko‘ra tekshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishi, ularni tekshiruv obyektlariga kirib-chiqishlarini ta’minlashi, ularning majburiyatlari ijrosida amaliy yordam ko‘rsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning vakolatli vakillari tekshirish jarayonida olingan lombard faoliyatiga oid tijorat siri va boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor etganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Lombardlar ushbu Qoidalar talablarini bajarmaganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga
1-sonli ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________________
‎(lombardning nomi)

‎‎____________________________
‎(lombardning manzili)

____- sonli garov pattasi

1. Garov beruvchining F.I.Sh, ________________________________________________________________________‎‎
2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ______________________________________‎_________________________________
3. Turar joyi ____________________________________________________________________________________
4. Lombard kredit bergan sana _______________________________________‎________________________________
‎‎5. Kreditning summasi _____________________________________________________________________________
‎‎6. Kreditni qaytarish sanasi_________________________________________________________________________
‎‎7. Garovga qo‘yilgan mulk nomi va tavsifi _____________________________________________________________
‎‎8. Garovning baholangan summasi ____________________________________________________________________

‎‎(so‘z va raqamlar bilan)

9. Garovning muddati ___________________________________________‎‎___________________________________

‎‎Garov mol-mulki lombardga egalik qilish uchun topshiriladi.
‎Lombard garov mol-mulkidan foydalanish, boshqa shaxsga berishga, uchinchi shaxslarga ijaraga yoki tekinga foydalanishga berish, yoki, garov mol-mulkini boshqa ko‘rinishda tasarruf etish huquqiga ega emas.
‎Garovning mol-mulkini navbatdagi garovga qo‘yish taqiqlanadi.
‎Garovning mol-mulki garovga qo‘yuvchining va/yoki uning oila a’zolarining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan mol-mulk bo‘la olmaydi.
‎Lombardda garov mol-mulki bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan vaqtda qoplanmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuviga asosan ushbu mol-mulkni mustaqil ravishda undirishga qaratish huquqiga ega.

Boshqa shartlar ___________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎‎Ushbu garov pattasi 2-nusxada tuzilgan
Qabul qiluvchi ____________________‎‎______ Garov pattasi shartlari bilan tanishdim va

(familiya, imzo)

bir nusxasini oldim.
‎‎Garovga qo‘yuvchi ________________________
‎‎Lombardning muhri

‎‎(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga
2-sonli ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

______________________________________(lombardning nomi)

______________________________________(lombardning manzili)

____-sonli saqlov pattasi

1. Yuk qo‘yuvchining F.I.Sh.___________________________________________________________________________
2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat _______________________________________________________________________
‎‎3. Turar joyi ____________________________________________________________________________________
4. Ashyo nomi va uning tavsifi _______________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________
‎‎5. Ashyoning baholangan summasi ______________________________________________________________________

(so‘z va raqamlar bilan)

6. Saqlash joyi va usuli ____________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________
7. Saqlashga qabul qilingan sana ______________________________________________________________________
8. Saqlash muddati _________________________________________________________________________________
‎9. Saqlash uchun haq summasi _________________________________________________________________________

Saqlash uchun topshirilgan ashyodan uni egasining roziligisiz foydalanishga va uni tasarruf etishga lombard haqli emas (ashyoning saqlanishini ta’minlash uchun undan foydalanish hollari, bundan mustasno).
‎Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolar yo‘qolishiga, yetishmasligiga yoki ashyoning zararlanishiga javobgardir.
‎Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ularning to‘liq baholangan narxida o‘z hisobidan yuk qo‘yuvchining foydasiga sug‘urtalashi shart.
‎Lombard, yuk qo‘yuvchining talabiga ko‘ra, saqlashga qo‘yilgan ashyoni zudlik bilan qaytarishi shart.
‎Bunday holda, majburiyat oldindan to‘xtatilishi munosabati bilan, lombardga yetkazilgan zararlarni yuk qo‘yuvchi qoplashi shart.
‎Yuk qo‘yuvchi ashyoni olishdan bosh tortsa, agar saqlash shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, lombard ashyoni mustaqil ravishda sotish huquqiga ega, ashyoning qiymati belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan oshgan holda esa, qonunchilikda belgilangan tartibda sotishga haqli.

Boshqa shartlar: ___________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________

Ushbu saqlov pattasi 2-nusxada tuzilgan

Qabul qiluvchi__________________________ Yuk qo‘yuvchi ___________________________

(familiyasi , imzosi)‎‎

(imzosi)‎

‎‎Lombardning muhri
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1290-3, 03.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son)