Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining buyrugʻi, 04.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3932
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3932]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq J. XATAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2026-yil 18-avgustdagi 29-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tomonidan alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti— belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Inspeksiya vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Inspeksiya tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektlarini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektlarining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajalari tasnifi va ularni mezonlashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xavf darajasini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Alkogol mahsulotlarining (mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni tahlil qilish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI

T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Isteʼmol va texnik etil spirti mahsulotlarini ishlab chiqarishda qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi
50
2.
Ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda ekologiya talablari va normalariga rioya etilmaganligi
10
3.
Ishlab chiqarish laboratoriyasining mavjud emasligi, shuningdek laboratoriyani zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va zaruriy jihozlar bilan taʼminlanmaganligi
10
4.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq isteʼmol va texnik etil spirti savdosi qoidalariga rioya etilmaganligi
15
5.
Ishlab chiqariladigan mahsulot uchun zarur guvohnomalar, muvofiqlik sertifikatlari, texnologik yoʻriqnomalarningva boshqa tegishli hujjatlarning mavjud emasligi
15
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq savdo qoidalariga rioya etilmaganligi
40
2.
Alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga rioya qilinmaganligi
30
3.
Xomashyo resurslari sarflanishi boʻyicha belgilangan meʼyorlarga rioya etilmaganligi
12
4.
Yongʻin xavfsizligi, sanitariya, ekologiya, mehnatni muhofaza qilish hamda laboratoriya qoidalariga rioya etilmaganligi
10
5.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi va toʻlov intizomiga rioya qilinmaganligi
8
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq pivo va pivo ichimliklari savdosi qoidalariga rioya etilmaganligi
40
2.
Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarishda qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga rioya etilmaganligi
30
3.
Xomashyo resurslari sarflanishi boʻyicha belgilangan meʼyorlarga rioya etilmaganligi
12
4.
Yongʻin xavfsizligi, sanitariya, ekologiya, mehnatni muhofaza qilish hamda laboratoriya qoidalariga rioya etilmaganligi
10
5.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi va toʻlov intizomiga rioya qilinmaganligi
8
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq savdo qoidalariga rioya etilmaganligi
40
2.
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga rioya etilmaganligi
30
3.
Xomashyo resurslari sarflanishi boʻyicha belgilangan meʼyorlarga rioya etilmaganligi
12
4.
Yongʻin xavfsizligi, sanitariya, ekologiya, mehnatni muhofaza qilish hamda laboratoriya qoidalariga rioya etilmaganligi
10
5.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi va toʻlov intizomiga rioya etilmaganligi
8
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining (mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq savdo qoidalariga rioya etilmaganligi
50
2.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi va toʻlov intizomiga rioya qilinmaganligi
31
3.
Alkogol mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish boʻyicha belgilangan meʼyorlarga rioya etilmaganligi
11
4.
Alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilmaganligi
5
5.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishga doir cheklovlarga rioya qilinmaganligi
3
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq savdo qoidalariga rioya etilmaganligi
70
2.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi va toʻlov intizomiga rioya qilinmaganligi
10
3.
Mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va tarqatish boʻyicha belgilangan meʼyorlarga rioya etilmaganligi
12
4.
Tamaki mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga ega emasligi
5
5.
Tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishga doir cheklovlarga rioya etilmaganligi
3
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball
1.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq savdo qoidalariga rioya etilmaganligi
70
2.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi va toʻlov intizomiga rioya qilinmaganligi
10
3.
Mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va tarqatish boʻyicha belgilangan meʼyorlarga rioya etilmaganligi
12
4.
Yongʻin xavfsizligi, sanitariya, ekologiya, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilmaganligi
5
5.
Pivo mahsulotlarini realizatsiya qilishga doir cheklovlarga rioya etilmaganligi
3
Jami ballar yigʻindisi
100
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 10/26/3932/0897-son)