1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.13.00 Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi boshqa masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1364]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 201-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3587, 19.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 11-apreldagi 37-son (roʻyxat raqami 1364-1, 2013-yil 3-may), 2017-yil 13-iyundagi 77-son (roʻyxat raqami 1364-2, 2017-yil 16-iyun) buyruqlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMURADOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2004-yil 23-martdagi 51-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur BHMSning maqsadi boʻlib chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur BHMSning amal qilishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha tashkilotlarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur BHMS taʼsis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, soʻmda tuzilgan moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblashda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasida barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar milliy valyutada ― soʻmda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Standartda qoʻllaniladigan atamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi faoliyat ― Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga koʻra yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mustaqil balansga ajratilmagan tarkibiy boʻlinmalar orqali amalga oshiriladigan faoliyat;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy valyutada operatsiyani amalga oshirish sanasi ― qonunchilik hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektda chet el valyutasidagi operatsiyaning natijasi hisoblangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kun.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻlib chet el valyutasida amalga oshiriladigan bitim hisoblanadi, qachonki xoʻjalik yurituvchi subyekt:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aktivlar, ishlar va xizmatlarni chet el valyutasida xarid qiladi yoki realizatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlash yoki olish summalari chet el valyutasida belgilangan kreditlar yoki qarzlarni olganda yoki taqdim etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chet el valyutasidagi majburiyatlarni oʻziga qabul qilganda yoki majburiyatlarni qoplaganda, yoxud olinadigan schyotlarga ega boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet el valyutalarining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursining (keyingi oʻrinlarda ― Markaziy bank kursi) oʻzgarishiga hamda aktivlar va majburiyatlarni qayta hisoblashga bogʻliq holda ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymati, buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida, soʻmda qayta hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymatini soʻmda qayta hisoblash ushbu chet el valyutasining soʻmga nisbatan Markaziy bank kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun mazkur soʻmdagi qayta hisoblash chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning sodir etish sanalari mazkur BHMCning ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buxgalteriya hisobida konsignantga nisbatan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasida, ana shu sanadagi Markaziy bankning kursi boʻyicha vujudga keladi. Qarzdorlikning keyingi hisobi mazkur BHMSga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni chet el valyutasiga ekvivalentlikda belgilaydigan, oʻzaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta — soʻmlarda amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xizmat koʻrsatish sanasidan boshlab toʻlov kelib tushgan sanaga qadar davr ichida Markaziy bank kursining oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan kurs farqini moliyaviy faoliyatdan daromad (xarajat) sifatida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari (bundan konsignatsiya shartnomalari boʻyicha tovarlar mustasno) va boshqa aktivlarni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) koʻrsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblab, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1.1.12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) va Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) muvofiq shakllanadigan, xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Kurs farqining hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xoʻjalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha qayta baholashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar qayta baholanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el valyutasida xarid qilingan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, oʻrnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qoʻyilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xoʻjalik yurituvchi subyekt, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdorlari va taʼsischilari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ustav kapitaliga va aksiyalarga investitsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuzaga kelgan kurs farqi, xoʻjalik yurituvchi subyektning xohishiga koʻra moliyaviy natijalarga toʻgʻridan-toʻgʻri olib borish yoʻli bilan (keyingi oʻrinlarda ― toʻgʻridan-toʻgʻri olib borish usuli) yoki jamgʻarish yoʻli bilan (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarish usuli) hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta tashkilotlarida kurs farqlarini hisobdan chiqarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻgʻridan-toʻgʻri olib borish usulida kurs farqlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga paydo boʻlishiga qarab olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 2019-yil 1-yanvardan boshlab jamgʻarish usuli qoʻllanilmaydi. 2019-yil 1-yanvargacha jamgʻarilgan kurs farqlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha ― ularning toʻlanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qolgan hollarda ― balansning tegishli valyuta moddalari bilan xoʻjalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga toʻgʻri keladigan kurs farqlarining oʻrtacha miqdori boʻyicha olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kurs farqini olib borishda qoʻllanayotgan usullar majburiy ravishda xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Balansning turli xildagi valyuta moddalariga kurs farqini olib borishning turli usullari qoʻllanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kurs farqlarini olib borishning jamgʻarish usulidan toʻgʻridan-toʻgʻri olib borish usuliga oʻtishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldingi jamgʻarilgan kurs farqlari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir meʼyorda) hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan ijobiy (salbiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatning daromadlari (xarajatlari) tarkibida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Buxgalteriya hisobida taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi, ulushni kiritish sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida belgilangan va ustav kapitaliga ulushlar kiritish legitim soʻmlarda amalga oshirilgan hollarda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda taʼsis hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi va ustav kapitaliga mablagʻlarni haqiqatda kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasidagi vujudga keladigan kurs farqi buxgalteriya hisobida qoʻshilgan kapital sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar va majburiyatlar hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moliyaviy hisobotni tuzish uchun, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymati soʻmlarda qayta hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymatini soʻmlarda qayta hisoblash, ushbu chet el valyutasining soʻmga nisbatan Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur BHMSning 15-bandida keltirilgan va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalanadigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni soʻmda qayta hisoblash hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan sanadagi Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xoʻjalik yurituvchi subyektning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, oʻrnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qoʻyilmalari, tovar-moddiy zaxiralari qiymatini soʻmda qayta hisoblash, ushbu aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, oʻrnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qoʻyilmalari, tovar-moddiy zaxiralari qiymatini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish joyi — xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlari yoki qoidalariga muvofiq qayta baholangan qiymatini qayta hisoblash, ushbu qayta baholash oʻtkazilgan sanadagi Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishning moliyaviy natijalarini shakllantiradigan, chet el valyutasida ifodalangan daromadlar va xarajatlarni soʻmda qayta hisoblash, hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga boʻlish natijasida hisoblab chiqilgan kurslarning oʻrtacha miqdoridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xoʻjalik yurituvchi subyektning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishi uchun foydalaniladigan aktivlari va majburiyatlarining chet el valyutasida ifodalangan qiymatini soʻmlarda qayta hisoblash natijasida yuzaga kelgan kurs farqi buxgalteriya hisobida mazkur BHMSning 17-bandida koʻrsatilgan usullardan birini qoʻllagan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun shuʼba (tobe) xoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning moliyaviy hisobotini qayta hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shuʼba (tobe) xoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning moliyaviy hisobotlarini bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun qayta hisoblashda bosh jamiyat quyidagi tartib-taomillarni bajarishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, shuʼba (tobe) xoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning aktivlari va majburiyatlari hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha qayta hisoblanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shuʼba (tobe) xoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning xususiy kapitali moddalari, bundan joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) mustasno, hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha qayta hisoblanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shuʼba (tobe) xoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning daromadlari va xarajatlari moddalari, shuningdek taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga boʻlish natijasida hisoblab chiqarilgan kurslarning oʻrtacha miqdoridan foydalangan holda qayta hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyatning tasnifi oʻzgargan hollarda, oʻzgargan tasnifga nisbatan qoʻllanadigan qayta hisoblash tartib-taomillari ushbu oʻzgarish sanasidan boshlab foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Axborotlarni yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Moliyaviy hisobot va unga tushuntirishlarda quyidagilar yoritib berilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilgan kapital sifatida tasniflanadigan kurs farqlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) buxgalteriya hisobining boshqa schyotlariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hisobot sanasidan keyin yuz bergan valyuta kurslari oʻzgarishlarining oqibati, agar ular juda muhim boʻlsa va ularni yoritib bermaslik moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan toʻgʻri baholashga va qarorlar qabul qilishga salbiy taʼsir koʻrsatsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kurs farqini xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) moliyaviy hisobot tuzishning hisobot sanasidagi Markaziy bank kursi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi operatsiyalar
Chet el valyutasidagi operatsiyalar amalga oshirilgan sana boʻlib hisoblanadi
Chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining bankdagi hisobvaraqlarga kelib tushish yoki ularni bankdagi hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish sanasi
Chet el valyutasidagi kassa operatsiyalari
Chet el valyutasini kassaga kirim qilish yoki ularni kassadan berish sanasi
Chet el valyutasidagi daromadlar
Chet el valyutasidagi daromadlarni tan olish sanasi
Chet el valyutasidagi xarajatlar
Chet el valyutasidagi xarajatlarni tan olish sanasi
Tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni baholash
Tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlari (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasi) mavjud boʻlganda, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi
Xodimlarning hisobdor summalari boʻyicha chet el valyutasidagi qarzlarini aks ettirish
Boʻnak hisobotini tasdiqlash sanasi
Chet el valyutasidagi qarzlarning toʻlanishi (qoplanishi)
Chet el valyutasidagi qarzlarni toʻlash (qoplash) sanasi
Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlar boʻyicha qarzdorligining yuzaga kelishi
Yuridik shaxs maqomini olish sanasi
Ustav kapitalining shakllanishi (koʻpayishi)
Ustav kapitaliga taʼsischilar tomonidan ulushlarini kiritish sanasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 246-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)