14.08.2026 yildagi PQ-294-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Aholiga muddatli toʻlov xizmatlari koʻrsatilishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, aholi qarz yuki yashirin oʻsishining oldini olish, tovarlarni muddatli toʻlov asosida realizatsiya qilishda shaffoflikni oshirish va zarur huquqiy muhitni shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholiga muddatli toʻlov xizmatlari koʻrsatilishini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muddatli toʻlov xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi qarz yuki darajasining haddan tashqari va yashirin oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatishda moliyaviy texnologiyalardan keng foydalanishni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Muddatli toʻlov xizmatlarini tartibga solish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) 2027-yil 1-yanvardan boshlab muddatli toʻlov xizmati operatorlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs (isteʼmolchi) uchun tovar (ish, xizmat)lar qiymatini keyinchalik komissiya (ustama) hisoblangan holda isteʼmolchi tomonidan boʻlib-boʻlib qaytarilishini nazarda tutgan holda sotuvchiga toʻlab berish muddatli toʻlov xizmati (bundan sotuvchi tomonidan isteʼmolchiga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish hollari mustasno) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxs (banklar va mikromoliya tashkilotlari bundan mustasno) muddatli toʻlov xizmati operatori deb eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yuridik shaxslarning muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan Muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgandan soʻng vujudga keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yuridik shaxslar quyidagi tartibda Reyestrga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) banklar, mikromoliya tashkilotlari Markaziy bankni xabardor qilish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) boshqa yuridik shaxslar Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) koʻchmas mulk, shuningdek, qonunchilikka muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mulk muddatli toʻlov xizmati obyekti boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish shartnomalari quyidagi shartlarga muvofiq boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) muddatli toʻlov xizmati obyektining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan oshmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) muddatli toʻlov xizmati operatorining komissiya (ustama) toʻlovlari va tovar (ish, xizmat)larning yakuniy qiymatiga kiritiladigan boshqa toʻlovlar alohida koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) muddatli toʻlov xizmati boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yigʻindisi yiliga muddatli toʻlov miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etishi mumkin emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) isteʼmolchi muddatli toʻlov xizmati summasini istalgan vaqtda (toʻliq yoki qisman) qoʻshimcha jarima, penya va komissiyalarsiz muddatidan oldin soʻndirish huquqiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha isteʼmolchi majburiyatining eng koʻp muddati shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn ikki oydan oshmasligi. Bunda sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar haqini oʻn ikki oydan ortiq muddatga boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnoma isteʼmol krediti shartnomasi deb eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) muddatli toʻlov xizmati operatoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) moliyaviy isteʼmol kreditlarini ajratish hamda jismoniy shaxslardan pul mablagʻlarini jalb qilish (obligatsiyalar chiqarish bundan mustasno) taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish shartnomalari boʻyicha talab qilish huquqidan faqat boshqa muddatli toʻlov xizmati operatori, mikromoliya tashkiloti va banklar foydasiga voz kechish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) muddatli toʻlov xizmati operatorlari oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Markaziy bankning tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshirishga oid prudensial normativ va talablariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) muddatli toʻlov xizmatlarini amalga oshirishda axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda mijozlarni raqamli identifikatsiya va verifikatsiya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tuzilayotgan barcha muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish shartnomalari va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha kredit byurolari bilan kredit axboroti almashinuvini yoʻlga qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qarz yuki koʻrsatkichining eng yuqori miqdori talablariga rioya qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) chorak yakuni boʻyicha tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish aylanmasi 500 mln soʻmdan oshgan hamda unda boʻlib-boʻlib toʻlash xizmati ulushi 50 foiz va undan yuqori qismni tashkil etgan tovar isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlar (bundan ishlab chiqaruvchi korxonalar mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) hisob roʻyxatidan oʻtishi va Reyestrga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) muddatli toʻlov xizmati operatorlariga mazkur qaror bilan belgilangan talablarga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan boshlab tovar isteʼmol kreditini taqdim etuvchi tashkilotlar qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha boʻlgan tovar isteʼmol krediti shartnomalari va ularning ijro etilishi holati haqidagi maʼlumotlarni kredit byurolariga taqdim etishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy bank muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ishini tartibga solish va nazorat qilishga masʼul etib belgilansin va unga ilovaga muvofiq qoʻshimcha vakolatlar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqobat qoʻmitasi Markaziy bank va Agentlik bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatish orqali sotilayotgan tovar (ish, xizmat)lar reklamasida komissiya (ustama) toʻgʻrisida isteʼmolchini chalgʻituvchi maʼlumotlardan foydalanilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) savdo obyektlarida va elektron savdo platformalarida tovarning bazaviy qiymati bilan bir qatorda muddatli toʻlov uchun komissiya (ustama) miqdori hamda kreditning toʻliq qiymati majburiy tarzda va matn harflari bir xil oʻlchamda koʻrsatilishiga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy bank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik, Raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2027-yil 1-yanvarga qadar muddatli toʻlov xizmati operatorlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) chorak yakuni boʻyicha tovar (ish, xizmat)lar realizatsiya qilish aylanmasidan kelib chiqib Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtishi lozim boʻlgan tovar isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlarni aniqlash tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Reyestrga kiritilmagan yuridik shaxslarning noqonuniy muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun javobgarlik hamda qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari va undan ortiq boʻlgan tovar isteʼmol krediti shartnomalari hamda ularning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit byurolariga taqdim etilmagan taqdirda qoʻllanadigan choralar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaziy bank Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari hamda undan kutilayotgan natijalarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazsin hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-294-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PQ-294-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ishini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha qoʻshimcha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) muddatli toʻlov xizmati operatori tomonidan jismoniy shaxslarga muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatishda qarz yuki koʻrsatkichini hisoblash tartibi va uning ruxsat etilgan miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) muddatli toʻlov xizmati operatori ustav fondi (ustav kapitali)ning eng kam miqdoriga boʻlgan talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) muddatli toʻlov xizmati operatorlari uchun muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiy qoidalarni, axborot xavfsizligi talablarini, prudensial normativlarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini belgilash, shuningdek, ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan talablarni, xususan, shartnoma shartlarining shaffofligi, komissiya va boshqa toʻlovlar, qarzdorlikni muddatidan oldin soʻndirish huquqini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) belgilangan talablarga rioya qilmaganliklari uchun muddatli toʻlov xizmati operatori faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga taʼsir choralarini qoʻllash.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 07/26/294/0848-son)