Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.08.2003 yildagi 348-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “KICHIK VA MIKRO MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes subyektlariga kredit va moliya xizmati ko‘rsatishni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi O‘zbekiston Respublikasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun besh yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga 20 mln AQSH dollari miqdorida qarz berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari faoliyati ustidan nazorat tizimini institutsional mustahkamlash bo‘yicha texnik ko‘maklashish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdorida grant berilishini ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga Osiyo taraqqiyot bankining qarzi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan Qarz bitimi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarz oluvchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzning 5 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi kredit uyushmalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga, shuningdek Loyihani amalga oshirish davrida (2003—2010-yillar) Qarz bitimida nazarda tutilgan foizlar va vositachilik haqining bir qismini qoplashga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzning qolgan 15 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi kichik biznesni, shuningdek kredit uyushmalarini kreditlash bo‘yicha liniyalar ochish uchun Moliya vazirligi tomonidan “Asaka” banki va “Agrobank” ATBga qayta moliyalashtiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz bitimi shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Moliya sektorini rivojlantirish agentligi, “Asaka” banki va “Agrobank” ATB Loyiha ayrim komponentlarining ijro etuvchi agentliklari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” banki va “Agrobank” ATBga qayta moliyalashtiriladigan qarz mablag‘larini, shuningdek ular bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lash banklar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani moliyalashtirish sxemasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yildan boshlab, har yilgi Davlat budjetini shakllantirishda Osiyo taraqqiyot bankining ko‘rsatib o‘tilgan qarzi bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqini to‘lash uchun tijorat banklarining ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Asaka” banki, “Agrobank” ATB va Moliya sektorini rivojlantirish agentligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Loyiha bitimlarini imzolasinlar hamda o‘z zimmalariga ko‘rsatib o‘tilgan Loyiha bitimlari shartlariga muvofiq Loyihani ijro etish majburiyatini qabul qilsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan Qarz bitimiga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Bojxona kodeksiga muvofiq Loyiha doirasida uni amalga oshirish davrida import bo‘yicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari), Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) esa ko‘rsatib o‘tilgan Loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit uyushmalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari, bo‘shab qoladigan mablag‘lar sarmoyani ko‘paytirishga va ustav faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan holda 2006-yil 1-yanvargacha daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilansinki, kredit uyushmalarining kreditlashi uchun banklar tomonidan naqd mablag‘lar berish kredit uyushmalari hisob raqamlaridagi mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan birgalikda kredit uyushmalarini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-son