29.07.2026 yildagi 415-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishda yagona yondashuvni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 271-moddasiga asosan shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) chet davlatlarni Roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan davlatlarga xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan axborot tizimlari orqali shaxsga doir maʼlumotlar hamda egasizlantirilgan maʼlumotlar qoʻshimcha ruxsatnomalarsiz va vakolatli davlat organini xabardor qilmasdan, maʼlumotlar tarqalib ketishining oldini olish choralarini koʻrgan holda avtomatik tarzda transchegaraviy uzatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilmagan chet davlatlarga shaxsga doir maʼlumotlarning har qanday shaklda uzatilishiga operator va shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori tomonidan vakolatli davlat organi belgilagan huquqiy, tashkiliy va texnik shartlar bajarilgan taqdirda ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning transchegaraviy uzatish jarayonida tarqalib ketish holati aniqlangan taqdirda, shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori bu haqida vakolatli davlat organiga mazkur holat aniqlangandan boshlab 24 soat ichida xabar berishi va 72 soat ichida maʼlumotlarning tarqalib ketish sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli davlat organi bir hafta muddatda oʻzining rasmiy veb-saytida Roʻyxatning eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakolatli davlat organi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqining Shaxsga doir maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashda jismoniy shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Strasburg, 1981-yil 28-yanvar) qoʻshilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning shaxsga doir maʼlumotlar himoya qilinishini taʼminlovchi davlatlar roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasini kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Roʻyxatga kiritilmagan davlatlarga maʼlumotlarni uzatishda shaxsga doir maʼlumotlar himoya qilinishini taʼminlovchi standart shartnomaviy shartlar va majburiy korporativ qoidalarga nisbatan talablarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Avstriya Respublikasi

2.

Amerika Qoʻshma Shtatlari *

3.

Andorra Knyazligi

4.

Argentina Respublikasi

5.

Belgiya Qirolligi

6.

Bolgariya Respublikasi

7.

Braziliya Federativ Respublikasi

8.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi

9.

Vengriya Respublikasi

10.

Germaniya Federativ Respublikasi

11.

Gernsi (Buyuk Britaniya tojiga qarashli hudud)

12.

Gonkong (Xitoy Xalq Respublikasining maxsus maʼmuriy hududi)

13.

Gretsiya Respublikasi

14.

Daniya Qirolligi

15.

Jersi (Buyuk Britaniya tojiga qarashli hudud)

16.

Irlandiya

17.

Ispaniya Qirolligi

18.

Islandiya Respublikasi

19.

Isroil Davlati

20.

Italiya Respublikasi

21.

Kanada

22.

Kipr Respublikasi

23.

Koreya Respublikasi

24.

Latviya Respublikasi

25.

Litva Respublikasi

26.

Lixtenshteyn Knyazligi

27.

Lyuksemburg Buyuk Gersogligi

28.

Malta Respublikasi

29.

Men oroli (Buyuk Britaniya tojiga qarashli hudud)

30.

Niderlandiya Qirolligi

31.

Norvegiya Qirolligi

32.

Polsha Respublikasi

33.

Portugaliya Respublikasi

34.

Rossiya Federatsiyasi

35.

Ruminiya

36.

Singapur Respublikasi

37.

Slovakiya Respublikasi

38.

Sloveniya Respublikasi

39.

Urugvay Sharqiy Respublikasi

40.

Farer orollari (Daniya Qirolligi tarkibidagi avtonom hudud)

41.

Finlyandiya Respublikasi

42.

Fransiya Respublikasi

43.

Xorvatiya Respublikasi

44.

Chexiya Respublikasi

45.

Shveysariya Konfederatsiyasi

46.

Shvetsiya Qirolligi

47.

Estoniya Respublikasi

48.

Yangi Zelandiya

49.

Yaponiya

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yevropa Ittifoqi va AQSH oʻrtasidagi maʼlumotlarni himoya qilishning hadli dasturi (EU-US Data Privacy Framework) doirasida faoliyat koʻrsatayotgan kompaniyalar uchun.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2026-y., 09/26/415/0807-son)