Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.12.1998 yildagi 537-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq joriy yilda 104 ta past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklar faoliyatini baholashning dastlabki natijalari shundan dalolat beradiki, ulardan koʻpchiligi gʻalla va paxta yetishtirish hamda davlatga sotish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishdi, ularda ishlab chiqarishni boshqarish darajasi oshdi, hisobga olish tizimi tartibga solindi, qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvoli mustahkamlandi. Ularning koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi yilini foyda bilan yakunlashdi. Qishloq xoʻjaligidan 41 mingga yaqin ortiqcha ishchi kuchi boʻshatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish borasida toʻplangan ijobiy tajribani hisobga olib, shuningdek Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirishni davom ettirish va xoʻjaliklarning zarar koʻrib ishlashini bartaraf etish hamda ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha Hukumat komissiyasining ilovaga* muvofiq zarar koʻrib ishlayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini 1999-yildan boshlab qoʻshimcha sanatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda ilovada koʻrsatilgan sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchilarini belgilangan tartibda ikki hafta muddatda tayinlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududiy komissiyalarga quyidagilar yuzasidan masʼuliyat yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sanatsiya qilinadigan xoʻjaliklarning munosib rahbarlari — tashqi boshqaruvchilarini Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda tanlash va tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga taqdim etish, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin maydonlarini, tuzilgan shartnomalarni, tovar-moddiy boyliklar qoldiqlarini, mol-mulkni, qurilishi tugallanmagan ishlab chiqarishlarni xatlovdan oʻtkazish hamda ortiqcha asosiy fondlar va moddiy boyliklarni sotishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarni undirish tadbirlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya davrida moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi (biznes-reja)ni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda, mahsulot birligi yetishtirish yuzasidan xarajatlar normativlaridan kelib chiqqan holda, xodimlarning cheklangan sonini belgilasin hamda ikki oy muddatda normativdan ortiqcha xodimlarni boʻshatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Agrobank” ATB hamda boshqa tijorat banklari:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqarishni amalga oshirish uchun maxsus schyotlar ochsinlar hamda sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining budjet va budjetdan tashqari tashkilotlar bilan, tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarini faqat maxsus schyotdan toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha mahsulot yetishtirish yuzasidan normativ xarajatlar doirasida amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarni undirishda sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilovada koʻrsatilgan sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1999-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra toʻlov manbalari bilan taʼminlanmagan kreditorlik qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli vazirliklar va idoralarga imtiyozli foizsiz kreditga qayta rasmiylashtirilsin, ushbu kredit sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 2004-yildan boshlab 3 yil davomida teng ulushlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlik qarzlarni qayta rasmiylashtirish “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzagrokimyotaʼminot”, “Oʻzneftmahsulot” birlashmalari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi, Energetika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi korxonalari va tashkilotlarining budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar boʻyicha qarzlari sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining koʻrsatib oʻtilgan idoralardan 1999-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kreditorlik qarzi miqdoridagi kredit summasiga hisobdan chiqarilgan holda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlari, shu jumladan penya, 2001-yilgacha kechiktirilsin. Toʻlov muddati kechiktirilgan qarzlar bu korxonalar tomonidan 2001-yilda toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasidan penya qoʻshilmagan holdagi qarzlarini toʻlash 2001-yilgacha kechiktirilsin, keyinchalik ular 2002-yildan boshlab 3 yil davomida teng ulushlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari sanatsiya qilinadigan korxonalar qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditiga qayta rasmiylashtirish operatsiyalari oʻtkazilishi va ularning qaytarilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha qarzlarning qaytarilishi va ularning muddati kechiktirilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalari oldida 1999-yil 1-yanvargacha vujudga kelgan sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarzlarni 1999-yil 1-aprelgacha toʻlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1999-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra vujudga kelgan sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarzlarini hisobdan chiqarsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinadigan xoʻjaliklarga majburiy sugʻurta bilan bir qatorda xoʻjaliklarni ixtiyoriy sugʻurtalashni taʼminlashni tavsiya etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi sanatsiya qilinadigan xoʻjaliklar yonidan oʻtuvchi xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tizimlari ahvolini bir oy muddatda tekshirib chiqsin hamda 1999-yilga ajratilgan mablagʻlar doirasida ularni tozalashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi aholi 1999-yil 1-yanvargacha foydalangan elektr energiyasi va gaz uchun bevosita xoʻjaliklar aholisi tomonidan ikki oy mobaynida haq toʻlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1998-yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosini qayta ishlashni 1999-yil 1-martgacha tugallasin hamda xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan paxta xomashyosi va paxta tolasi uchun uzil-kesil hisob-kitob qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalarining, ijaraga berilgan bogʻlar, uzumzorlar, issiqxonalar va boshqa obyektlarning ahvolini oʻrganib chiqsinlar hamda sanatsiya qilinadigan xoʻjaliklarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazilgan hollarda shartnomalarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ushbu maqsadlar uchun korxonalar, aholi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va “Biznes-fond” mablagʻlarini jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi korxonalarining sanatsiya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi:
(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha manfaatdor vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlaridan ishchi guruhlar tashkil etsin va ularni tashkiliy-tushuntirish ishlarini oʻtkazish uchun sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil birinchi choragidan boshlab har chorakda sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlarining bajarilishini tahlil qilsin hamda hisobot oyidan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmasdan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishni yoritishga doir maxsus eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
537-son