Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.1999 19.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 477
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.1999
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

taʼlim muassasalariga

qabul boʻyicha Davlat

komissiyasi tomonidan

“TASDIQLANGAN”

1998-yil 27-iyul

4-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM MUASSASALARIDA OʻQITIShNING TOʻLOV-KONTRAKT ShAKLI VA TUShGAN MABLAGʻLARNI TAQSIMLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 19-avgustda 477-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul boʻyicha Davlat komissiyasi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 795,06.08.1999-y.) tartibiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-iyuldagi 320-f-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining barcha oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalar va oʻquvchilar qabul qilish Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida davlat grantlari kvotalari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim grantlari korxonalar, tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish va tegishli maʼlumot olish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona va muassasalar toʻlov-kontrakt asosida taʼlim grantlari ajratayotganlarida ishlab chiqarish va uning boʻlinmalari faoliyati ixtisosiga mos keluvchi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarga boʻlgan mavjud ehtiyojni hisobga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxona va muassasalar mutaxassislarga boʻlgan oʻz talablarini hisobga olgan holda tasarrufida oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga 1-aprelgacha buyurtmanoma (bir nusxasini taʼlim muassasalariga) beradilar, unda taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) va har bir oʻquv yili uchun talab qilinadigan mutaxassislar soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida qabul koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha masʼuliyat oliy taʼlim muassasalari marketing xizmati va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga qabul qilish yagona qoida va test ballari reytingiga qarab barcha kiruvchilarning teng xuquqshunosligi asosida oʻtkaziladigan test sinovlari, natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deyiladi) abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida talabalikka (oʻquvchilikka) qabul qilishni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng taʼlim muassasasi, buyurtmachi (yuridik shaxs) bilan abituriyent oʻrtasida kontraktlar (uch tomonlama kontakt) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kiruvchi jismoniy shaxslar oʻqishga qabul qiluvchi taʼlim muassasasi bilan kontrakt (ikki tomonlama kontakt) tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuziladigan kontraktlarda tomonlarning majburiyatlari va zarur boʻlgan qoʻshimcha shartlar kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlov-kontrakt asosida kiruvchi abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tegishli kontrakt rasmiylashtirilgandan va taʼlim muassasasi tomonidan bir oʻquv yili uchun oʻqish qiymati yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanganligi (toʻliq yoki belgilangan miqdorning kamida 50 foizi) toʻgʻrisida tasdiqnoma olingandan soʻng 10-sentabrdan kechiktirilmay taʼlim muassasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONTRAKTNI RASMIYLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomaning tomonlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir tomondan — uch tomonlama kontrakt boʻlganda taʼlim muassasasining maʼmuriyati nomidan rahbar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi tomondan — buyurtmachi (yuridik shaxs) nomidan rahbar va uchinchi tomondan — abituriyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki tomonlama kontrakt boʻlganda bir tomondan — taʼlim muassasasi maʼmuriyati nomidan rahbar, ikkinchi tomondan — buyutmachi (jismoniy shaxs).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uch yoki ikki tomonlama kontraktlar ilova qilinayotgan shakllar (1- va 2-ilovalar)ga muvofiq rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — 3 nusxada; jismoniy shaxslar uchun — 2 nusxada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktlar blankalari test natijalari eʼlon qilingandan va Davlat komissiyasi tavsiyanomalari olingandan soʻng taʼlim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktlarni toʻliq rasmiylashtirish 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktning toʻliq rasmiylashtirilgan nusxalari kontrakt tuzgan tomonlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. HAQ TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻqish uchun haq toʻlash miqdori Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga ega boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv boʻyicha belgilanadi. Har bir oʻquv yili uchun haq toʻlash oʻqishning kunduzgi shakli boʻyicha bir taʼlim oluvchiga qilinadigan xarajatlarni toʻliq qoplash miqdorida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha alohida belgilanadi. (3-ilova)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan oʻqiydiganlar uchun haq toʻlash kunduzgi shaklda oʻqish qiymatining 60 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam oylik ish haqi miqdorlari yoki tariflar oʻzgarganda, oʻqishning qolgan vaqti uchun haq toʻlash summasi tegishli ravishda oʻzgaradi. Bunday hollarda kontraktlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻqish uchun haq jismoniy yoki yuridik shaxs (buyurtmachi) tomonidan toʻliq yoki kontraktda belgilangan muddatlarda bir yilda koʻpi bilan ikki marta (toʻla qiymatning 50 foizi miqdorida) boʻlib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish uchun budjet mablagʻlari hisobidan haq toʻlash man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taʼlim oluvchi ichki tartib qoidalarini, oʻquv intizomini buzganligi va akademik oʻzlashtirmaganligi, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi uchun oʻqishdan ozod qilinganda ilgari toʻlangan pullar qaytarib berilmaydi. Oʻqish taʼlim oluvchining oʻz tashabbusi bilan uzrli sabablarga koʻra toʻxtab qolganda, taʼlim muassasasi oʻqishning amaldagi muddati uchun sarflangan xarajatlarni hisobga olgan holda ilgari berilgan pullarni qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. OʻQISh UChUN OLINGAN MABLAGʻLARNING TAʼLIM MUASSASALARI TOMONIDAN SARFLANIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash uchun tushgan mablagʻlar taʼlim muassasasi daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarining oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha kelib tushgan daromadlari talaba va oʻquvchilarga sarflanadigan joriy xarajatlarga, moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, oʻquv jarayonini vositalar bilan taʼminlash, jihozlar va yumshoq inventarlarni sotib olish, kutubxona fondini toʻldirishga, maʼnaviyat va maʼrifat yoʻli bilan tadbirlar oʻtkazishga, ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirishga ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mehnatiga haq toʻlash va uni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hajmi daromadlar umumiy hajmining 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har yili taʼlim muassasalari tomonidan oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha kalendar yil uchun daromadlar va xarajatlar smetalari ishlab chiqiladi va ular taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirliklar hamda idoralarga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari yilning xar choragi tugaganidan keyin, keyingi oyning birinchi oʻn kunligida, oʻzlari boʻysunadigan vazirliklar va idoralarga toʻlov-kontrakt asosida mutaxassislar tayyorlagani uchun tushadigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi bajarilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadilar. (4-ilova)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buxgalteriya hisobotlarini topshirish uchun belgilangan muddatlarda tasdiqlangan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tushgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi ustidan nazoratni tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш



‎‎‎
Toʻlov-kontrakt (uch tomonlama kontrakt) asosida mutaxassis tayyorlashga

‎KONTRAKT‎


_______________ sh.‎

1998-yil “____” _______________



‎Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi 1998-yil 27-iyuldagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq_________________________ ____________________________________________________________________________ nomidan

(oliy yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasasining nomi)‎

‎‎_____________________________________________________________________________________‎
‎‎(taʼlim muassasasi rahbarining familiyasi, ismi sharifi, lavozimi)
‎‎
‎bir tomondan, _____________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi)‎

(keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladi) nomidan

‎_____________________________________________________________________________
‎‎(rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi-sharifi)‎

ikkinchi tomondan va______________yilda tugʻilgan, ________________________________

‎‎
‎______________________________________________________________ manzilida yashovchi

‎______________________________________________________________ uchinchi tomondan

(abituriyentning familiyasi, ismi-sharifi)‎


‎___________________________________________________________________________ ni

(abituriyentning familiyasi, ismi-sharifi)‎

‎‎
‎_______________________________________________________________________ boʻyicha

(taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) nomi)‎

‎‎
‎____________________________________________ maʼlumotli mutaxassis qilib tayyorlash

(oliy, oʻrta maxsus)‎


‎toʻgʻrisida mazkur kontraktni tuzdilar.‎

‎‎Tomonlarning majburiyatlari:

‎‎

1. Taʼlim muassasasi:‎‎

‎oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunini va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq taʼlim muassasalagʻi ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;

‎ talaba (oʻquvchi)larga qonun bilan berilgan huquqlarning erkin amalga oshirilishini va taʼlim muassasasi ustaviga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;‎

‎mutaxassisni tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida tayyorlash;

‎ boshlanadigan oʻquv yilida oʻqitish uchun toʻlovning belgilangan miqdorini 1-sentabrgacha xabar berish;

‎tomonlarning roziligiga koʻra quyidagi boshqa shartlarni bajarish majburiyatini oladi:

‎2. Buyurtmachi:

‎joriy oʻquv yili uchun belgilangan oʻqitishning toʻliq qiymatini oʻz vaqtida (har yili, toʻliq yoki 2-marta boʻlib) toʻlash;

‎Oʻqitish uchun:

‎1. Toʻliq toʻlovning kamida 50 foizini — 10-sentabrgacha
‎2. Qolgan qismini — 1-martgacha toʻlovni oʻtkazish;

‎taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish, diplom oldi amaliyotini (ishini) shu jumladan talabani (oʻquvchini) haq toʻlanadigan shtat lavozimlarida kelgusi ish joyi va uning xususiyati bilan tanishtirishni tashkil etish;

‎______________________________________________________________ ga oʻqishni

(familiyasi, ismi-sharifi)‎


‎tugatishi bilan _________________________razrya� boʻyicha ___________________ oylik ish
‎haqi bilan lavozim berish;

‎tomonlarning roziligiga koʻra quyidagi boshqa shartlarni bajarish majburiyatini oladi:


‎3. Talaba ___________________________________________________;

(familiyasi, ismi-sharifi)‎

‎‎_____________________________________________________________________________‎

(taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) nomi)‎

mutaxassisning tegishli ixtisoslashgan tavsifnomasida nazarda tutilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq kasb-hunar faoliyatining barcha turlarini egallash;

‎tomonlarning roziligiga koʻra quyidagi boshqa shartlarni bajarish majburiyatini oladi:

‎_____________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________

‎taʼlim muassasasini tugatgandan keyin

‎_______________________________________________________________________ da‎‎

(korxonaning nomi)‎

_______________________________________________________________ishlab berish;‎‎

(ish muddatini koʻrsatish)‎

‎‎korxonaga________________yilning “______” ________________________ da yetib kelish majburiyatini oladi ‎



‎Abituriyentning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasi buyrugʻi, oʻqitish uchun toʻlov olinganidan soʻng, 10-sentabrdan kechiktirilmasdan chiqariladi.

‎‎

‎KONTRAKTNI BEKOR QILISh

‎‎

‎1. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

‎‎
‎tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
‎taʼlim oluvchi taʼlim muassasasi maʼmuriyatining tashabbusiga koʻra, uning Ustaviga muvofiq oʻqishdan ozod qilinganda;
‎tomonlardan biri tomonidan kontrakt shartlari bajarilmaganda;
‎uzrli sabablar bilan taʼlim oluvchining tashabbusiga koʻra;
‎taʼlim muassasasi yoki tashkilot-buyurtmachining tugatilganida. Ushbu holda tegishli tomonlar oʻrtasida yangi kontrakt rasmiylashtiriladi;
‎amaldagi qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa xollarda.

‎2. Kontraktga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlarning kelishuviga koʻra kiritiladi.

‎3. Tomonlar oʻrtasida paydo boʻladigan nizolar belgilangan qonuniy tartibda hal etiladi. Kontrakt barcha tomonlar uni imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.

‎‎

‎Tomonlarning yuridik manzillari:


‎Taʼlim muassasasi:
‎Pochta manzili:_____________________
‎__________________________________
‎Toʻlov rekvizitlari__________________
‎__________________________________


‎Pochta manzili:_____________________
‎_________________________________
‎Toʻlov rekvizitlari_________________
‎________________________________

‎‎
Talaba‎
‎‎

‎‎F.I.Sh.. ________________________________________________
‎Pochta manzili _________________________________________
‎ _____________________________________________________
‎Pasport: seriyasi_______________raqami __________________
‎ _____________________________________________________
‎______________________________________________________
(pasport kim tomonidan va qachon berilgan) ‎

‎‎
‎Tomonlarning imzolari:
‎‎

Taʼlim muassasasining
‎rahbari
‎__________________________‎
Buyurtmachi - rahbar

‎__________________________‎

(F.I.Sh)

‎M.Oʻ. _______________________imzo

‎Bosh buxgalter___________________ ‎

(F.I.Sh)

‎M.Oʻ. ________________________imzo

‎Bosh buxgalter ____________________

IMZO‎ IMZO‎


Talaba _______________________ ‎(F.I.Sh.) ‎
‎‎

imzo‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎‎‎
Toʻlov-kontrakt (ikki tomonlama kontrakt) asosida mutaxassis tayyorlashga

‎KONTRAKT ‎

_______________sh.‎

___________1998-yil “____” ‎

‎‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi 1998-yil 27-iyuldagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan
Nizomiga muvofiq

‎___________________________‎_________________________________________ nomidan

‎‎(oliy yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasasining nomi)‎


‎_____________________________________________________________________________
(taʼlim muassasasi rahbarining familiyasi, ismi sharifi, lavozimi)

‎___________________________________________________________________________________________________________
(jismoniy shaxsning familiyasi ismi sharifi)

‎ikkinchi tomondan ‎

‎___________________________________________________________________________ ni

‎‎(abituriyentning familiyasi ismi sharifi)‎


‎______________________________________________________________________ boʻyicha‎

‎‎(taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) nomi)

‎‎
‎____________________________________________ maʼlumotli mutaxassis qilib tayyorlash

(oliy, oʻrta maxsus)

‎‎toʻgʻrisida mazkur kontraktni tuzdilar.

Tomonlarning majburiyatlari:
‎‎

1. Taʼlim muassasasi:‎


‎oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunini va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq taʼlim muassasalari ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;

‎talaba (oʻquvchi)larga qonun bilan berilgan huquqlarning erkin amalga oshirilishini va taʼlim muassasasi ustaviga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;

‎mutaxassisni tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida tayyorlash;

‎boshlanadigan oʻquv yilida oʻqitish uchun toʻlovning belgilangan miqdorini 1-sentabrgacha xabar berish;

‎tomonlarning roziligiga koʻra quyidagi boshqa shartlarni bajarish majburiyatini oladi:


‎2. Buyurtmachi (jismoniy shaxs):

‎joriy oʻquv yili uchun belgilangan oʻqitishning toʻliq qiymatini oʻz vaqtida (har yili, toʻliq yoki ikki marta boʻlib) toʻlash;

‎Oʻqitish uchun:

‎1. Toʻliq toʻlovning kamida 50 foizini — 10-sentabrgacha
‎2. Qolgan qismini — 1-martgacha toʻlovni oʻtkazish;

‎3. Abituriyentning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasi buyrugʻi oʻqitish uchun toʻlov olinganidan soʻng, 10-sentabrdan kechiktirilmasdan chiqariladi.‎

‎‎

‎KONTRAKTNI BEKOR QILISh

‎‎1. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: — tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

‎taʼlim oluvchi taʼlim muassasasi maʼmuriyatining tashabbusiga koʻra, uning Ustaviga muvofiq oʻqishdan ozod qilinganda;‎

‎kontrakt shartlari buyurtmachi yoki taʼlim muassasasi tomonidan bajarilmaganda;

‎uzrli sabablar bilan taʼlim oluvchining tashabbusiga koʻra;

‎taʼlim muassasasi tugatilganida. Ushbu holda tegishli tomonlar oʻrtasida yangi kontrakt rasmiylashtiriladi; I

‎amaldagi qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa hollarda.

‎Kontraktga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlarning kelishuviga koʻra kiritiladi.

‎2. Tomonlar oʻrtasida paydo boʻladigan nizolar belgilangan qonuniy tartibda hal etiladi.

‎Kontrakt ikkala tomon imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.



‎Tomonlarning yuridik manzillari:‎‎

Taʼlim muassasasi:
‎toʻlovchining f.i.sh.
‎Pochta manzili:__________________________
‎Toʻlov rekvizitlari ‎
Buyurtmachi(jismoniy shaxs):
‎Pochta manzili_____________________
‎Pasporti:_______________seriyasi _______
‎Pasporti:_______________seriyasi _______
‎raqami _______________________
(pasport kim tomonidan va qachon berilgan)‎


‎Tomonlarning imzolari:‎‎

Taʼlim muassasasining rahbari
‎_____________________________
‎(F.I.Sh)‎


‎__________________________
‎(F.I.Sh) .‎


‎M.Oʻ. ______________imzo‎

‎‎M.Oʻ. ______________imzo‎
‎‎



‎Bosh buxgalter_____________________________ (F.I.Sh.) ‎


‎imzo

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏
‎‏
‎‏Taʼlim yoʻnalishlari

Qiymati (ming soʻmda)‎‎

Oliy taʼlim muassasalari‎‎

Oʻrta maxsus taʼlim muassasalari‎‎

Oʻqitishning kunduzgi shakli‎‎‎

Oʻqitish ning sirtqi shakli‎

Oʻqitishning kunduzgi shakli‎‎‎

Oʻqitish ning sirtqi shakli‎

Jami‎

shu jumladan stipen diyasiz‎

Jami‎

Jami‎

shu jumladan stipen diyasiz‎

Jami‎

Texnika‎

100‎

73, 1‎

44‎

48, 4‎

22, 9‎

13, 7‎

Gumanitar‎

83‎

55, 3‎

33, 2‎

47, 9‎

22, 0‎

13, 2‎

Yurisprudensiya‎

116‎

89‎

53‎

55‎

29, 1‎

17, 6‎

Xalqaro huquq‎

120‎

89‎

56‎

-‎

-‎

-‎

Xalqaro munosabatlar‎

120‎

93‎

56‎

—‎

-‎

Tibbiyot‎

98‎

70, 3‎

-‎

48, 0‎

22, 2‎‎

-‎

Til oʻrganish‎

86‎

58, 3‎

-‎

-‎

-‎

-‎

Sanʼat‎

103‎

75, 5‎

45, 3‎

48, 7‎

22, 5‎

13, 5‎

Pedagogika, Kasb-hunar taʼlimi‎

75‎

47, 1‎

29, 0‎

41, 3‎

15, 0‎

9, 0‎

Sport‎

75‎

47, 1‎

29, 0‎

42, 7‎

17, 2‎

10, 3‎

Iqtisodiyot‎

95‎

67, 3‎

40, 4‎

48, 4‎

22, 0‎

13, 2‎

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar‎

120‎

93‎

56‎

Qishloq xoʻjaligi‎

77‎

50, 1‎

30, 0‎

42, 3‎

16, 7‎

10, 0‎




‎‎




1998-99 oʻquv yilida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida bir yilda oʻqitishning kunduzgi va sirtqi shakllari boʻyicha bitta talaba va oʻquvchining oʻqitish qiymati ‎

‎‎

‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏
‎‏Mablagʻlarning daromadlari va xarajatlari

Oʻqishga qabul qilish muddatlari boʻyicha‎‎


‎Jami‎‏

‎‎1996/97 oʻquv yiligacha

‎‎1996/97 oʻquv yilidan

reja‎

bajarilishi‎

reja‎

bajarilishi‎

reja‎‎

bajarilishi‎

1. DAROMADLAR:

‎Yil boshiga kelib mablagʻlar qoldigʻi

‎Joriy yildagi tushumlar

‎Jami daromadlar‎


‎2. XARAJATLAR:

‎Ish haqi shu jumadan: Moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi

‎Moddiy yordam

‎Ish haqiga qoʻshib yozish

‎Kanselyariya va xoʻjalik xarajatlari

‎Oʻquv xarajatlari

‎Stipendiyalar

‎Asbob-uskunalar xarid qilish

‎Yumshoq inventarlar xarid qilish

‎Kapital tuzatish

‎Jami xarajatlar

‎3. Yil oxiriga ‎kelib mablagʻlar qoldigʻi.‎



Oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli asosida mutaxassislarni tayyorlashdan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot ‎

‎‎