Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020 05.07.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 943
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
Hujjat 15.07.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
(11/6-sonli bayonnoma)
2000-yil 24-iyulda
472-son bilan

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOShQARISh TOʻGʻRISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-iyulda 943-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/9-sonli “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 943-6, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish asoslarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. “Korporativ boshqaruv” tushunchasi tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash aʼzolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga korporativ boshqaruv konsepsiyasi biznes yuritish etikasining andozalari va aksiyadorlarga boʻlgan munosabatlarda masʼuliyat hissi hamda bank faoliyat koʻrsatayotgan jamiyat talablarini eʼtiborga olishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Tijorat korxonalarida bank kengashi aʼzolari va rahbarlariga bankni boshqarish boʻyicha erkin harakat qilish imkoni berilgan. Biroq, banklar faoliyati boshqa tijorat korxonalari faoliyatidan ancha farq qiladi. Misol uchun, agar tijorat korxonalari oʻz mablagʻlari asosida operatsiyalarni koʻproq amalga oshirsalar, tijorat banklari, asosan, jalb qilingan mablagʻlar asosida operatsiyalarni amalga oshiradilar. Ayniqsa, banklar oʻz faoliyatini saqlash uchun aksiyadorlik kapitalidan foydalanishiga qaramasdan, bank faoliyati omonatchilar mablagʻlarining yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Banklarning oʻziga xos roli natijasida, banklarda korporativ boshqaruvni tashkil etishga har tomonlama oʻylab yondashish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Bankning asosiy maqsadi aksiyadorlarning manfaatlarini koʻzlagan holda amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan hollarda bank faoliyati uning korporativ foydasini koʻpaytirishga yoʻnaltirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar ustavidan kelib chiqib, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan jamiyatning moliyaviy ehtiyojini qondirish kabi qoʻshimcha majburiyatlarga ega boʻlishlari mumkin. Mazkur ehtiyojlarni qondirish davomida banklar oʻzlarining xavfsiz va ishonchli faoliyatlariga salbiy taʼsir etmaydigan faoliyat, xususan, jamiyatning farovon hayoti, gumanitar va xayriya maqsadlari uchun yetarli darajada mablagʻlar ajratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bank, maqsadi samarali korporativ boshqaruvga yoʻnaltirilgan mazkur Nizomga zid boʻlmagan, bank korporativ boshqaruvi toʻgʻrisidagi ichki hujjatlarni ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart. Bank tomonidan ishlab chiqilayotgan korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi ichki hujjat Nizomning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga boʻlgan talablar haqidagi talablariga muvofiq korporativ veb-saytlarni yuritish tartibini koʻzda tutishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. AKSIYADORLARNING ROLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Aksiyalarning turi (oddiy va imtiyozli)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tuzilgan banklar ikki turdagi aksiyalar: oddiy va imtiyozli aksiyalarni chiqarish huquqiga ega. Oddiy va imtiyozli aksiyalarga ega boʻlgan aksiyadorlar oʻzlarining bank ustav kapitalidagi ulushlariga qarab bank “egasi” hisoblanadilar. Oddiy va imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlari amaldagi qonunchilikka muvofiq farqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruvining yuqori organi boʻlib aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoritar aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklarda ulardan iborat minoritar aksiyadorlar qoʻmitasi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank aksiyadorlari tomonidan bank faoliyatiga xavf tugʻdiradigan harakatlar amalga oshirilsa va bu harakatlar bankning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, aksiyadorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Bank aksiyadorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy va imtiyozli aksiyalarga ega aksiyadorlar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aksiyadorlari roʻyxatiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan dividendlardan erkin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitariylardagi oʻz depo hisobvaragʻi boʻyicha, bank foydasidan dividend olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tugatilgan taqdirda bank mulkining maʼlum qismiga egalik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni boshqarishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar va mazkur xizmatlar bahosi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank nizomiga muvofiq uning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va haqqoniy maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda hamda qimmatli qogʻozlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida oʻz huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz manfaatlarini himoya qilish maqsadida assotsiatsiya va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan qimmatli qogʻozlar va foyda boʻyicha yuzaga kelish ehtimoli bor zararlar natijasida boʻladigan xatarlardan sugʻurta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek aksiyadorlar amaldagi qonunchilik va bank nizomida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Oddiy aksiyalar ovozga ega boʻlib, oʻz egasiga dividendlar olish, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beradi. Oddiy aksiyalar egalari bank ishlariga tegishli qarorlarni qabul qilish boʻyicha alohida vakolatlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Imtiyozli aksiyalar boʻlib oʻz egalariga aksiyalar boʻyicha dividendlarni, shuningdek aksiyadorlar orasida — aksiyalarga sarflangan mablagʻlarni (bank tugatilgan taqdirda) birinchi navbatda olish huquqini beruvchi aksiyalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Bank Taftish komissiyasining roli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi aksiyadorlar uchun bank faoliyati ustidan nazorat olib borishning asosiy vositasi boʻlib hisoblanadi. Bank Nizomida Taftish komissiyasi aʼzolarining aniq soni va vazifalari belgilab qoʻyilishi lozim. Bank Taftish komissiyasi bank Nizomiga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilish tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Nizomi va amaldagi qonunchilikda koʻrsatilgan holatlarda bank moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini hisobot davriga tekshiruvdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv davomida Taftish komissiyasi ichki audit va mustaqil auditorlar tomonidan amalga oshirilgan tekshiruv natijalari boʻyicha materiallardan foydalanadi. Zaruriy holatlarda Taftish komissiyasi buxgalteriya hisobining boshlangʻich hujjatlariga murojaat qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasining asosiy majburiyatlari boʻlib, bankda tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni tekshirish, bankning umumiy moliyaviy holati boʻyicha xolisona xulosa tayyorlash va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida va unga qadar komissiya faoliyati boʻyicha hisobot tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilikka muvofiq Boshqaruv aʼzolari Taftish komissiya aʼzolari tarkibiga kirishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BANK KENGAShINING UMUMIY MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Bank Kengashi aʼzolari aksiyadorlik bankining umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi. Bank Kengashi tarkibiga bankning minoritar aksiyadorlari manfaatlarini ifodalaydigan aʼzolari kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Kengashining raisi bank Kengashi aʼzolari tomonidan uning tarkibidan bank Kengashining saylangan aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi (agar bank Ustavida boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Kengashi raisi 50 foizdan ortiq davlat ulushi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. Bank Kengashi raisining oʻrinbosari bank Kengashi raisi tomonidan bank Kengashi aʼzolaridan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Kengashi raisi bank Kengashi ishini tashkillashtiradi, bank Kengashi yigʻilishlarini chaqiradi, bank Kengashi majlislarida raislik qiladi, bank Kengashi bayonnomalari yuritilishini taʼminlaydi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Kengashi raisining ahamiyatli roliga qaramasdan, butun bank Kengashi bank faoliyati yuritilishi uchun ishonchli shaxslar sifatida birinchi navbatda javobgardir. Oʻz majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kerakli malaka darajasiga ega boʻlish va uni saqlash, shuningdek jamoa va individual nuqtai nazardan xabardorlikni namoyon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati ustidan samarali nazorat olib borishi shart boʻlgan tavakkalchilikni boshqarish va ichki nazoratning asosli, ishonchli va mustaqil tizimiga tayanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adekvat nazoratni hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va bank siyosatlariga muvofiqlikni taʼminlash uchun bank operatsiyalari ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Bank Kengashining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aksiyadorlari manfaatlarida oʻz vakolatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlarni, shu jumladan, xatarga chidamlilik maqsadli koʻrsatkichlarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati, mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi va kreditlanishi ustidan joriy nazoratni amalga oshirish (omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning maqbul darajada kapitallashuvini saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati strategiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni rivojlantirishga oid qabul qilingan biznes-rejalar ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank daromadliligini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni har chorakda tinglash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Samaradorlikni oshirish va masalalarni puxta ishlab chiqish uchun bank Kengashi Tavakkalchilikni nazorat qilish qoʻmitasi, Mukofotlash qoʻmitasi, Etika qoʻmitasi va h.k. kabi ixtisoslashtirilgan qoʻmitalarni taʼsis etishi mumkin. Har bir qoʻmita uning vazifalari va ish tartibini aniqlab beradigan ustav asosida tuzilishi lozim. Faoliyatning ochiq-oydinligi va hisobdorlikni oshirish uchun bank Kengashi qoʻmitalar soni, ularning vazifalari va tarkibiga (jumladan, mustaqil aʼzolariga) oid maʼlumotlarni oshkor etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. KASBGA OID ETIKA VA MANFAATLAR TOʻQNAShUVINI BARTARAF ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31.1. Bankning strategik maqsadlariga erishishining muhim omili boʻlib, korporativ boshqaruvning quyidagi jihatlarini aniqlab beradigan bankning kasbga oid etikasi standartlarini (keyingi oʻrinlarda — bankning kasbga oid etikasi kodeksi) oʻrnatishga yoʻnaltirilgan bank Kengashi va Boshqaruvi faoliyati hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tashkiliy tuzilmalarining barcha darajalarida ichki nazoratning samarali tizimini taʼminlash, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom va xavfsiz bank amaliyotini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank manfaatlarini bank aksiyadorlari, mansabdor shaxslari va bank faoliyatiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarning lozim boʻlmagan yoki noqonuniy harakatlaridan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka va banklarning oʻz ichki hujjatlariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish hamda manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar va faoliyat sohalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqat bank faoliyati natijalarini, balki bankning kasbga oid etikasi kodeksi va strategik maqsadlarga muvofiqligini ham hisobga olgan holda xodimlarga (jumladan bank Kengashi va Boshqaruviga) ish haqi, mukofot va ragʻbatlantirish toʻlovini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xodimlari va mansabdor shaxslarini kreditlashda bank xavfsizligi va ishonchliligi talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga rahbariyatning noqonuniy, axloqsiz yoki shubhali harakatlaridan tashvishda ekanliklarini bayon etish imkonini taqdim etuvchi va rahbariyat tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan salbiy munosabatdan himoyani taʼminlovchi mexanizmlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31.2. Bankning kasbga oid etikasi kodeksi uning bank korporativ boshqaruvi darajasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼminlash maqsadida barcha xodimlarga yetkazilishi va unga bank tashkiliy tuzilmasining barcha tashkiliy darajalarida, jumladan bank Kengashi va Boshqaruvida rioya etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31.3. Bankda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlovchi hamda bank insaydyerlari va affillangan shaxslari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi mexanizmlar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31.4. Kadrlar siyosati borasida korporativ boshqaruv quyidagilarga taalluqli ichki hujjatlarning mavjudligi va ularga rioya etilishini koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni (jumladan bank rahbariyatini) ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar joyini oʻzgartirish va mansabda oʻsish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni (jumladan, bank Kengashi va Boshqaruvini) oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali va vakolatli xodimni (jumladan rahbariyatni) saqlab qolish boʻyicha chora-tadbirlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xodimi (jumladan, bank Kengashi va Boshqaruvi) tomonidan oʻz majburiyatlarining lozim darajada bajarilmasligi, bankning kasbga oid etikasi kodeksining buzilishi uchun choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. OShKORALIK VA AXBOROTNI OShKOR QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32.1. Oshkoralik samarali korporativ boshqaruvning eng zarur sharti hisoblanadi. Banklarni boshqarish aksiyadorlar, omonatchilar, boshqa manfaatdor shaxslar va bozor ishtirokchilari uchun ochiq boʻlishi lozim. Bankni boshqarishdagi oshkoralik aksiyadorlar, omonatchilar va bankning boshqa kreditorlari uchun boshqaruv organlari faoliyati monitoringini amalga oshirish, samarali korporativ boshqaruvni amalga oshirish borasida bank obroʻsini ushlab turish imkonini beradi, shuningdek bank Kengashi va Boshqaruvi ishining samarasini baholash uchun zarur axborotni yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar xatarlarga chidamlilik koʻrsatkichlariga taalluqli asosiy holatlar borasidagi axborotni (zarur boʻlgan maxfiylikni buzmasdan), ushbu koʻrsatkichlarni aniqlash tartibi va bank Kengashining ushbu jarayondagi ishtiroki darajasini bayon etgan holda oshkor qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilayotgan axborot aniq va ravshan boʻlishi, undan aksiyadorlar, omonatchilar, boshqa manfaatdor taraflar va bozor ishtirokchilari oson foydalana olishi uchun tushunarli shaklda taqdim etilishi lozim. Banklar oshkor etilayotgan axborotni bankning korporativ veb-saytida, yillik hisobotida va oraliq moliyaviy hisobotlarida hamda boshqa yoʻllar bilan oʻz vaqtida nashr etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32.2. Bank faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish boʻyicha qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan talablarga qoʻshimcha ravishda bankning samarali korporativ boshqaruvi quyidagilarni oʻz ichiga olgan axborotni oshkor etishni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruvi organlari tuzilmasini (tarkibi, malaka va tajribasi, vakolatlari, majburiyatlari, mutasaddilik qilinadigan sohalar, ish reglamenti va qoʻmitalarga aʼzolik va b.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank mulki tuzilmasi (bankning yirik aksiyadorlari, bankning aksiyadorlik sarmoyasidagi xorijiy investorlar ulushlari va b.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tashkiliy tuzilmasi va, mavjud boʻlsa, bank guruhining tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank insaydyerlari va affillangan shaxslari bilan operatsiyalarning turlari, shartlari va hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning kasbga oid etikasi kodeksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuviga nisbatan bank siyosati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. BANK BOShQARUVINING ROLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Bank Boshqaruvini bank joriy faoliyati rahbariyati amalga oshiradi. Boshqaruv raisining majburiyatlariga bank Kengashi va aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi qarorlarini bajarish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Boshqaruvi aʼzolarining soni bank Ustavi bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odatda, Boshqaruv tarkibiga bank raisi, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter va yuridik xizmat rahbari kiradi. Shuningdek Boshqaruv tarkibiga bankning asosiy boʻlinmalari rahbarlari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolariga nomzodlar jinoiy, maʼmuriy va fuqarolik javobgarligiga tortilgan boʻlsalar, bu haqda Kengashga xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Boshqaruv raisi lavozimga bank Kengashi qarori bilan, Markaziy bank bilan kelishilgan holda tayinlanadi, keyinchalik aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda bank Boshqaruvi raisini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror, odatda, xorijiy menejyerlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov asosida qabul qilinadi. Boshqaruv aʼzolari bank Kengashi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar Umumiy yigʻilishida bank Kengashi tomonidan saylangan Boshqaruv Raisini tasdiqlash haqidagi masala koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv Raisi bank ishlarini boshqarish uchun zarur malaka, vakolatga ega va tartibli boʻlishi hamda bankning eng muhim xodimlari faoliyatini tegishli tarzda nazorat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Boshqaruv tomonidan bankning kunlik nazorati amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank Kengashi tomonidan aniqlangan bank siyosatiga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning ichki audit xizmati tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha aniqlangan kamomadlar va qonunbuzilishlarni har chorakda koʻrib chiqish va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻtkazilgan tashqi audit tekshiruvlari va inspeksiyalar hisobotlari (tekshiruvlar) natijalarini batafsil tahlil qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Bank Boshqaruvi zimmasiga bank faoliyatini boshqarish uchun alohida siyosat turlarini ishlab chiqish masʼuliyati yuklangan, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kredit siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank likvidligini boshqarish siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiya siyosati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Boshqaruv aʼzolari bank Kengashi va bank aksiyadorlarining ishonchli shaxslari hisoblanadi va shu sabab bank va uning aksiyadorlari manfaatlarini oʻz manfaatlaridan ustun qoʻyishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV