02.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 906
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2020
 LexUZ sharhi
1.1. Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank faoliyatini nazorat qilish va bank tizimida kredit tavakkalchiligi boshqaruvini yaxshilashga doir vazifalarni ijro etishi uchun sharoit yaratish maqsadida banklar kredit hujjatlarini yuritish bo‘yicha talablarni qamrab oladi.
3.2. Ushbu bo‘limning 3.1-bandida talab qilingan hujjatlardan tashqari o‘tkazma amalga oshirilgan bankning kredit yig‘majildida quyidagilar bo‘lishi lozim:
mazkur Nizomning 2.4-bandi talablariga muvofiq yangi qarzdorga nisbatan tayyorlangan asosiy hujjatlar (yuqorida qayd etilgan bandning 8-xatboshida ko‘zda tutilgan talablar bundan mustasno), ular qarzni o‘tkazish to‘g‘risidagi bank roziligi, qarzdor o‘zgarishi munosabati bilan kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga oid hujjatlarga nisbatan qo‘llaniladi;