27.10.1998 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNOGEN, TABIIY VA EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARNING TASNIFI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-oktabrdagi 455-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASNIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar* ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) koʻra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar koʻrgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va koʻlamlariga (hududlar chegaralariga**) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Favqulodda vaziyat — bu muayyan hududda oʻzidan soʻng odamlarning qurbon boʻlishi, odamlar sogʻligʻi yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Favqulodda vaziyatlar — hududlar chegaralari, ularni bartaraf etish ishlari, rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar oqibatlari (shikastlovchi omillar) tarqalishiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport avariyalari va halokatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarning oʻlimiga, havo kemalarining toʻliq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab boʻlgan va temiryoʻl xodimlarining, halokat hududidagi temiryoʻl platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida boʻlgan odamlar oʻlimiga, shuningdek tashilayotgan kuchli taʼsir koʻrsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryoʻl transportidagi halokatlar va avariyalar (agʻdarilishlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlashlarga, yongʻinlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon boʻlishiga va odamlar oʻlimi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab boʻladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yoʻl-transport hodisalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning oʻlimiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yongʻinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab boʻladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-tabiiy muhitga kuchli taʼsir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarning koʻplab shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan darajada, yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab boʻladigan kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yongʻin va portlashlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yongʻin-portlash xavfi mavjud boʻlgan obyektlardagi avariyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yongʻin uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan obyektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va oʻlimiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud boʻlishiga, Favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yongʻinlar va portlashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va oʻlimiga olib kelgan hamda qidirish-qutqarish ishlarini oʻtkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qoʻllanishni talab qiluvchi koʻmir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bogʻliq avariyalar, yongʻinlar va jinslar qoʻporilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va qishloq xoʻjaligi masʼul isteʼmolchilarining avariya tufayli energiya taʼminotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TETSlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bugʻqozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa energiya taʼminoti obyektlaridagi avariyalar va yongʻinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tugʻilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal obyektlardagi avariyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tugʻdiruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab boʻlgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Odamlar oʻlimi bilan bogʻliq boʻlgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari oʻtkazilishini hamda zarar koʻrganlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yoʻnalishdagi obyektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining toʻsatdan buzilishi, yongʻinlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bogʻliq avariyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo boʻlgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yoʻl qoʻyiladigandan koʻp miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan obyektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tugʻdiruvchi radioaktiv chiqindilar toʻplagichlardagi, chiqindixonalardagi, ishlam toʻplagichlardagi va zaharli moddalar koʻmiladigan joylardagi avariyalar (oʻpirilishlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioizotop buyumlarning yoʻqotilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yoʻqotilishi bilan bogʻliq vaziyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland togʻlardagi koʻllardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar oʻlimiga, sanoat va qishloq xoʻjaligi obyektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch koʻchirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geologik xavfli hodisalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar oʻlimiga, maʼmuriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya taʼminoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yoʻnalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar oʻlimiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha koʻchirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirishni talab qiluvchi yer koʻchishlari, togʻ oʻpirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar oʻlimiga, aholi punktlarini, baʼzi sanoat va qishloq xoʻjaligi obyektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch koʻchirish tadbirlari oʻtkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv toʻplanishi va sellar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sogʻlomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va oʻlimiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan qor koʻchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlat, vabo, sargʻayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoonoz infeksiyalar — Sibir yarasi, quturish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virusli infeksiyalar — SPID;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
epidemiya — alohida xavfli infeksiyalarga tegishli boʻlmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir xil boʻlgan odamlarning guruh boʻlib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida — 50 kishi va undan ortiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlanmagan etiologiya bilan guruh boʻlib kasallanish — 20 kishi va undan ortiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi — 15 kishi va undan ortiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim yoki kasallanish darajasi oʻrtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq boʻlgan vaziyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharli moddalar bilan zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
epifitotiya — oʻsimliklarning ommaviy nobud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halokatli koʻchkilar — foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo boʻluvchi yer yuzasining oʻpirilishi, siljishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, ogʻir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida odamlarning sogʻligʻi uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qoʻllaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo muhitining quyidagi ingridiyentlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar sogʻligʻiga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta koʻlamda kislotali zonalar hosil boʻlishi va koʻp miqdorda kislota chiqindilari yogʻilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaning yuqori darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gidrosfera holatining oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi oqovalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan tarkibida ogʻir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor boʻlgan chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin yetishmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. LOKAL, MAHALLIY, RESPUBLIKA VA TRANSCHEGARALI FAVQULODDA VAZIYATLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Lokal favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10 dan ortiq boʻlmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq boʻlmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar Favqulodda vaziyat paydo boʻlgan kunda bazaviy hisoblash miqdorining 1 ming baravaridan ortiq boʻlmaganni tashkil etadigan hamda Favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish obyekti yoki ijtimoiy maqsadli obyekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan Favqulodda vaziyat tegishli boʻladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy favqulodda vaziyatga favqulodda vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan koʻp boʻlmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan koʻp boʻlmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar Favqulodda vaziyat paydo boʻlgan kunda bazaviy hisoblash miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan koʻp emas, tashkil etadigan hamda Favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli boʻladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika favqulodda vaziyatiga favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo boʻlgan kunda bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 million baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda favqulodda vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli boʻladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va Oʻzbekiston hududiga daxl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga (jala, doʻl, tuproq, yer osti va suvning neft mahsulotlari, ogʻir metallar, pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishi, atmosferaning yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy konsentratsiyadan ortiq zararli ingrediyentlar bilan ekstremal ifloslanishi va boshqalar) qarshi muqobil harakat qilish maqsadida mazkur Nizomda nazarda tutilmagan miqdor koʻrsatkichlar favqulodda vaziyatlarning odamlarning hayoti, sogʻligʻiga va atrof muhitga taʼsirining aniq darajasiga qarab atrof tabiiy muhitning holatini kuzatuvchi va nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli rahbar organlari tomonidan belgilanadi.