Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 04.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 519
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirning oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

1998-yil 16-oktabr 51-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL OQIMI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti
9-son bhms
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabrda 519-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 5-dekabrdagi 199-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-son BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3592, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi oʻzgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu standartning maqsadi xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari boʻyicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qoʻyishdan iborat. Bu axborot pul mablagʻlari oqimi toʻgʻrisidagi hisobot koʻrinishida boʻlib, unda hisobot davrida operatsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz beruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMAL QILISH SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL OQIMI HARAKATI TOʻGʻRISIDAGI AXBOROTNI BILISH FOYDALILIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chogʻida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlarini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza boʻlib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul tushumlari va toʻlovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablagʻiga birgalikda taʼsiri hisobot davrida pul mablagʻining sof oʻzgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati toʻgʻrisidagi axborot boʻlajak pul oqimlari prognozi toʻgʻriligini tekshirish chogʻida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx oʻzgarishi taʼsiri oʻrtasidagi aloqalarni tahlil qilish chogʻida zarur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUSHUNCHALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari — kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul ekvivalentlari — maʼlum pul mablagʻiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi oʻzgarishlar tufayli uncha koʻp boʻlgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qoʻyilmalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul oqimlari — pul mablagʻlari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — hisobot davrida pul mablagʻi oqimlarini batafsil koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsion faoliyati — xoʻjalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid boʻlmagan oʻzga xoʻjalik faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati — pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy faoliyat — xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati boʻlib, uning natijasida oʻz mablagʻi va qarz mablagʻlari miqdori va tarkibida oʻzgarishlar yuz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL MABLAGʻI VA PUL EKVIVALENTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pul mablagʻi ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar boʻyicha toʻlovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan boʻlishi va qiymatining oʻzgarishida biroz xavf boʻlishi lozim. Shu sababli investitsiya qisqa muddatda toʻlanadigan boʻlsa, yaʼni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida toʻlanadigan boʻlsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda toʻlanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablagʻini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablagʻining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pul oqimi pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari moddalari oʻrtasidagi harakatni oʻz ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliya yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻlarini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablagʻlarini boshqarish pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTNI TAQDIM ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot, hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OPERATSION FAOLIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xoʻjalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni toʻlash, xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni toʻlash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari toʻgʻrisidagi axborotdan operatsion faoliyatidan boʻlajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qoʻshib foydalanish mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Operatsion faoliyatidan pul oqimi xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat koʻrsatishga qaratilgan boʻladi. Operatsion faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. Tovarlarni sotish va xizmat koʻrsatishdan tushgan pul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va oʻzga yoʻllar bilan pul mablagʻlari tushumi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.4. Xodimlarga va xodimlar nomidan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.5. Sugʻurta kompaniyasining sugʻurta polislari boʻyicha mukofotlari, talablari, yillik va oʻzga toʻlovlari boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.6. Soliqlar boʻyicha pul toʻlovlari yoki uning oʻrnini bosuvchi toʻlovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.7. Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.8. Boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim operatsion faoliyatlar boʻyicha foyda kelishi va zarar koʻrilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar boʻyicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qogʻozlar yoki ssuda olgan boʻlishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar — moddiy zaxiralarga oʻxshash boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INVESTITSIYA FAOLIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xoʻjalik yurituvchi subyekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborotni alohida koʻrsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi toʻgʻrisidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar boʻyicha qilingan xarajatlar darajasini koʻrsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va oʻzga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul toʻlovlari. Bu toʻlovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xoʻjalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.2. Asosiy vositalarni, nomoddiy va oʻzga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.3. Boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul toʻlovlari, pul ekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qoʻyilgan toʻlov hujjatlari boʻyicha toʻlovlar (veksellar kabi hujjatlar boʻyicha toʻlovlar)dan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.4. Boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qoʻshma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul ekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi toʻlov hujjatlari boʻyicha tushumlar bunga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.5. Boshqa taraflarga berilgan boʻnaklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga berilgan boʻnaklar va kreditlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.6. Boshqa taraflarga berilgan boʻnaklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari (moliyaviy muassasalarga berilgan boʻnaklar va kreditlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.7. Fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar boʻyicha toʻlovlar, ular diler yoki savdo maqsadlari uchun moʻljallangan holatlar bundan mustasno boʻladi yoki toʻlovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.8. Fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar boʻyicha pul tushumlari, ular diler yoki savdo maqsadlariga moʻljallangan holatlar bundan mustasnodir yoki toʻlovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.9. Va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim muayyan pozitsiyani xejlash * (sugʻurtalash) sifatida hisobga olinadi, bitim boʻyicha pul oqimi sugʻurta qilinadigan pozitsiyadan pul oqimi sifatida faoliyat turiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xej. Xejlash — bitim himoya usuli boʻlib, bunda subyekt taxmin qilingan yoʻqotishlarning oʻrnini qoplash niyatida xorijiy valyutada forvard, fyuchers bitimlari va boshqa bitimlar boʻyicha aktivlar yoki majburiyatlarni sotib olish tarzida ifodalangan valyuta qiymati farqidan vujudga keladigan yoʻqotishlardan oʻzini xoli qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOLIYA FAOLIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan boʻladigan pul oqimlari toʻgʻrisidagi axborotni alohida koʻrsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan boʻlajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur boʻladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1. Aksiyalar yoki oʻz mablagʻi bilan bogʻliq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2. Subyektlar aksiyalarining haqini toʻlash yoki sotib olish uchun ularning egalariga toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.3. Taʼminlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qoʻyilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.4. Zayomlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.5. Moliyaviy lizing boʻyicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.6. Va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OPERATSION FAOLIYATIDAN TUSHGAN PUL OQIMLARI BOʻYICHA HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatidan vujudga kelgan pul mablagʻlari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Yalpi pul tushumlari va yalpi pul toʻlovlari asosiy turlari ochib beriladigan bevosita usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning oʻzgarishiga, ishonchsiz operatsionlarga, shuningdek operatsion investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va koʻrilgan zararlarga qarab oʻzgartirish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INVESTITSIYA VA MOLIYA FAOLIYATIDAN TUSHGAN PUL OQIMLARI BOʻYICHA HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xoʻjalik yurituvchi subyekt investitsiya va moliya faoliyatidan yalpi pul tushumlari va yalpi pul toʻlovlarini hisobotda alohida-alohida aks ettirishi kerak, netto asosida** hisobga olinadigan va quyidagi ikki paragrafda bayon qilinadigan pul oqimlari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Netto-asos — sof oqim yoki hisobot davrida pul mablagʻining kamayishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mijozlar nomidan pul oqimlari netto asosida ochib beriladi, bunda pul oqimlarining harakati yuridik shaxsning faoliyatiga nisbatan mijoz faoliyatini koʻproq aks ettiradi, masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.1. Investitsiya tashkiloti oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan ushlab turadigan jamgʻarmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.2. Mulk egasi nomidan undiriladigan va unga beriladigan ijara toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tezda aylanadigan, katta miqdordagi mablagʻni oʻz ichiga oladigan va toʻlash muddati qisqa boʻlgan moddalar boʻyicha pul oqimlari ham netto asosida ochib berilishi mumkin, masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.1. Pul tushumlari hamda toʻlash vaqti qayd etilgan depozitlarni olish va toʻlash boʻyicha toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.2. Depozitlarni joylashtirish va ularni boshqa moliya muassasalaridan qaytarib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.3. Mijozlarga berilgan pul boʻnaklari va kreditlar hamda bu boʻnaklar va kreditlarning toʻlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY VALYUTADAGI PUL OQIMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijiy valyutadagi operatsion faoliyatlaridan pul oqimlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsion amalga oshirilgan kun uchun belgilab qoʻyilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xorijiy shuʼba jamiyatining pul oqimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi boʻyicha qayta hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijiy valyutaning almashtirish kursi oʻzgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablagʻi harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari oʻzgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻiga yoki ularning ekvivalentlariga taʼsiri pul mablagʻlari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor operatsion, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida koʻrsatiladi va agar pul mablagʻlarining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan boʻlsa, tafovutga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FAVQULODDA MODDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Favqulodda moddalar bilan bogʻliq pul oqimi ularning mansabiga qarab: operatsion, investitsiya yoki moliya faoliyatiga taʼsir etilishiga bogʻliq holda va alohida ochib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FOIZLAR VA DIVIDENDLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Foizlar va dividendlarni olish va toʻlash bilan bogʻliq pul oqimini alohida koʻrsatish, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davriga izchillik bilan operatsion, investitsiya yoki moliya faoliyatidan pul oqimi sifatida tasnif etish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bank muassasalari uchun toʻlangan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun toʻlangan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Toʻlangan dividendlar moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni olish uchun toʻlangan haq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAROMAD (FOYDA)DAN OLINADIGAN SOLIQLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha pul oqimlari alohida ochib berilishi lozim va ular operatsion faoliyatlaridan boʻladigan pul oqimlari qatoriga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Uyushgan yoki shuʼba korxonada investitsiyalar oʻz sarmoyasi yoki tannarx usulidan foydalanib hisobga olinadigan boʻlsa, investor pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotda oʻzi bilan investitsiya oluvchi oʻrtasidagi pul oqimi bilan, masalan, dividendlar va boʻnaklar bilan cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHUʼBA KORXONALARNI, BOSHQA XOʻJALIK BIRLIKLARINI SOTIB OLISH VA SOTISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shuʼba korxonalarni yoki boshqa xoʻjalik birliklarini xarid qilish yoki sotishdan boʻladigan pul oqimlari yigʻindisi alohida ochib koʻrsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kichik korxonalar va boshqa xoʻjalik birliklarini xarid qilish boʻyicha ham, ularni sotish boʻyicha ham, quyida keltirilgan bandlarning har birini jamlab ochib berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29.1. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29.2. Xarid qilish yoki sotishning pul mablagʻi va pul ekvivalentlari vositasida toʻlangan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29.3. Xarid qilingan yoki sotilgan shuʼba jamiyatga yoki xoʻjalik birligiga tegishli pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29.4. Aktivlar va majburiyatlar miqdorini, shuʼba korxonada xarid qilingan yoki sotilgan pul ekvivalentlari hamda pul mablagʻlaridan tashqari yoki aktivlar va majburiyatlarning turi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PULGA DAXLI BOʻLMAGAN OPERATSION FAOLIYATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Pul mablagʻlari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsion faoliyatlar pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilmasligi kerak. Bunday operatsionlar boshqa moliyaviy hisobotlarda faoliyatning shu investitsion moliyaviy turlari toʻgʻrisidagi barcha muhim axborotni koʻrsatadigan tarzda ochib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL MABLAGʻLARI VA ULAR EKVIVALENTLARINING AYRIM MODDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xoʻjalik yurituvchi subyekt, shuningdek pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini koʻrsatishi hamda pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOSHQA AXBOROTLARNI OCHIB BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xoʻjalik yurituvchi subyekt korxonada mavjud boʻlgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari qoldigʻi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xoʻjalik yurituvchi subyektning pul oqimi bilan uning boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari boʻgʻinlar boʻyicha ochib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xoʻjalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlarining boʻgʻinlardagi harakatlarini ochib koʻrsatish zarur.