1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi
raisining birinchi o‘rinbosari
S.A. ARIPOV
2000-yil 7-fevral 02/20-12-son
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston pochta va
telekommunikatsiya agentligi
bosh direktorining o‘rinbosari
M.M. MAXMUDOV
2000-yil 7-fevral
“KELIShILGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 11-fevralda 896-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00480-sonli “Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalari, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 896-6, 11.03.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qo‘llanish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazoratining qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kelib tushadigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar bojxona organlari hamda pochta aloqasining operator va provayderlariga majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik valizasiga tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Ushbu Qoidalarda tegishli tariflarga ega quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta jo‘natmalari (keyingi o‘rinlarda — XPJ) — tegishli qadoqdagi manzili ko‘rsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar va bosma nashrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro kuryerlik jo‘natmalari (keyingi o‘rinlarda — XKJ) — jo‘natilishi qisqa muddatlarda qo‘ldan-qo‘lga yetkazib berilgan (topshiriladigan) holda amalga oshiriladigan pochta varaqchalari, xatlar, banderollar, posilkalar, bosma nashrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta almashinuvi joyi — kiruvchi va chiquvchi XPJlarni to‘liq qayta ishlov beruvchi, shuningdek ularni manzil bo‘yicha jo‘natuvchi milliy pochta aloqa operatorining alohida bo‘linmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJlar ustidan bojxona nazorati — O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kelib tushadigan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga jo‘natiladigan XPJ va XKJ nazoratini amalga oshirish chora-tadbirlar majmui;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida tovar, transport va shaxslarning maxsus harakatlanish rejimini o‘rnatish uchun O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari tomonidan tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi;
(2.1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Keluvchi, chiquvchi va tranzit bilan jo‘natiladigan XPJlariga to‘liq ishlov berish, ularni O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga jo‘natish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keluvchi, chiquvchi va ochiq tranzit bilan jo‘natiladigan XKJlariga to‘liq ishlov berish, ularni O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tayinlangan joyga jo‘natish pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJlarda yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki jo‘natuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda XPJlari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan joylardan yuboriladigan XKJlari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Barcha XPJ va XKJlariga O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik, ushbu Qoidalar va Umumjahon pochta ittifoqi aktlari asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. XPJ va XKJlarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJ bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga jo‘natilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJlarning bojxona nazorati boshlanadi: kelib tushadiganlar bo‘yicha — XPJning bojxona chegarasini kesib o‘tishida, chiquvchilar bo‘yicha — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan vaqtdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJning bojxona nazorati, uning bojxona organlari tomonidan bitish yoki bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida tamomlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.41. Chegara tashqarisidan kelib tushayotgan XPJ va XKJlar bojxona nazorati zonasiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 31-bobida belgilangan tartibda yetkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.42. Pochta sohasi operator va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga XPJ va XKJlar topshirilishi va transport tashkilotlari vakillaridan pochta sohasi operator va provayderlari xodimlari tomonidan XPJ va XKJlar qabul qilinishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga XPJlarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga XKJlarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga kelib tushadigan va jo‘natiladigan XPJ va XKJlarga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan hollarda XPJ va XKJlarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJlarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.51. Har bir XPJlar bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga qabul qiluvchi, tovarning nomi, vazni, miqdori va ma’lum qilingan qiymati to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar XPJlar bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarida ushbu bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda bojxona ko‘zdan kechiruvini o‘tkazish vaqtida zarur bo‘lgan hollarda XPJlarni ochishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XKJlar bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga bojxona deklaratsiyasi hamda majburiy ravishda elektron xabar shaklida oldindan berilishi lozim bo‘lgan quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchining manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchining pasport seriyasi va raqami yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jo‘natuvchi davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jo‘natmaning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jo‘natmaning qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan kelib tushgan elektron ma’lumotlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan nomuvofiqligi aniqlanganda yoxud elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, bojxona qonunchiligi bilan o‘rnatilgan bojxona nazorati shakllari va choralari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan kelib tushgan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda va/yoki ular qisman taqdim etilsa, XKJlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi mazkur bandning to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bojxona organlariga pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan kelib tushgan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lganda va ular bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan muvofiq bo‘lsa hamda bojxona nazoratini amalga oshirgandan so‘ng biror-bir tafovut aniqlanmasa, XKJlarning bojxona nazorati qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2.51-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Kelib tushgan XPJ va XKJlar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi. Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan XPJ va XKJlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlarga yozilgan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari maxsus ajratilgan va ish hajmini hisobga olgan holda yetarli darajada jihozlangan binoda XPJ va XKJlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun topshiradi. Bojxona nazoratiga taqdim etilgan XPJ va XKJlarni hujjatli solishtirish, ochish, tortish va qadoqlash hamda yuborilayotgan predmetlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan sanash, o‘lchash va tortish bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. XPJ va XKJlarni ochish orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish Bojxona organining mansabdor shaxsi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJlar bunday bojxona ko‘rigi natijasi pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlari tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda ko‘rik qaydini tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Ko‘rik qaydi ikki nusxada tuziladi va pochta aloqasi operatori yoki provayderining ikki xodimi va bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa pochta aloqasi operatori yoki provayderida qoladi, ikkinchi nusxa XPJ va XKJlar bilan birga adresatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJ bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi dalolatnomasini imzolaydi.
(2.7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilgan va qandaydir sabablarga ko‘ra orqaga yoki respublika tashqarisidan qaytarilgan XPJ va XKJlar majburiy bojxona ko‘rigidan o‘kaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanayotgan XPJ va XKJlarning bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 18-bobi talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Boshqa davlat organlarining (veterinar, karantin va h.k.) nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan XPJ va XKJlarning bojxona rasmiylashtiruvi ushbu organlarning chiqarish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha tegishli kuzatuv hujjatlariga belgi qo‘yilgandan so‘ng tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.11. Bojxona nazorati zonasidan bojxona chegarasi tashqarisiga yuborilayotgan XPJ va XKJlar bojxona organi tomonidan kuzatuv hujjatlariga “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi bosish orqali chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan XPJ va XKJlarni bojxona nazorati zonasida ishlovdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Ushbu Qoidalarning 2.2-bandida ko‘rsatilgan joylarda XPJ va XKJlarning bojxona nazoratini o‘tkazishda bojxona deklaratsiyasida “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan, XPJ va XKJga qo‘shilmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan bo‘lsa, keyinchalik manzilga yo‘naltirish va manzilga yetkazish uchun XPJ va XKJlarni pochta aloqasi operatori yoki provayderi xodimlariga topshiradi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.11. Pochta aloqasi operatori va provayderi xodimlari XPJ va XKJlarning manzilga yuborilgandan so‘ng o‘n besh kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organiga qabul qiluvchining tasdiqlovchi hujjatlari va jo‘natish sanasi haqida ma’lumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bojxona organlarining avtomatlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish orqali ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.12. XPJ va XKJ orqali yuborilgan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘natiladigan XPJ va XKJlardagi tovarlar notijorat maqsadlarda olib kelinib, qiymati va (yoki) miqdori respublikaga bojsiz olib kirish me’yorlaridan ortiq bo‘lgan taqdirda, tovarlarga shu ortiq uchun bojxona to‘lovlariga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tomonidan XPJ v XKJlardagi tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari hisoblangan taqdirda, ular bojxona to‘lovlari to‘langanidan so‘ng vakolatli shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.13. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari ushbu Qoidalarning 2.5-bandiga muvofiq bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan xolda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kirim orderi to‘ldirish va bojxona to‘lovlarini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.14. Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab qilinmaydigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari summasini hisoblash bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan Umumjahon pochta ittifoqini bitimlari va tijorat hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning qiymati to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 44-bandi talablariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona to‘lovlarini hisoblash va ularni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining VIII bo‘limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. XPJ va XKJlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan bojxona to‘lovlari ushbu Qoidalarning 4.12 va 4.14-bandlarida belgilangan tartibda bunday XPJ va XKJlarni qabul qilib oluvchilar tomonidan to‘langandan keyingina amalga oshiriladi.
(4.2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona to‘lovlari hisoblangan XPJ oluvchisi bojxona nazorati amalga oshirilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan yuk kuzatuv hujjatlariga “Bojxona nazoratidagi yuk” shtampi va shaxsiy muhr namunasi bilan tasdiqlagan holda yuk oluvchi joylashgan pochta aloqa tashkilotiga bojxona nazorati ostida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XKJ ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda bojxona nazorati ostida oluvchining joylashgan hududidagi bojxona organiga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasidan jo‘natilayotgan XPJ va XKJlarga bojxona nazorati zonalarida ishlov berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Jo‘natilayotgan XPJ va XKJlarga ishlov berilishi va kiritilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi hududida uni jo‘natuvchilardan bojxona nazorati zonalarida qabul qilib olinishida boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Har bir jo‘natuvchi XPJ va XKJlarni pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirishdan oldin amaldagi qoidalar bilan tanishib chiqishi va yuk kuzatuv hujjatlarini belgilangan shaklda to‘ldirishga majburdir. Har bir XPJ va XKJ jo‘natuvchi tomonidan amaldagi qoidalarga binoan ushbu operatsiyalarni nazorat qilish yuklatilgan pochta aloqasi operatori va provayderi ishchisi ishtirokida qadoqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan qabul qilingan chiqish XPJ va XKJlar kuzatuv hujjatlari bilan bojxona nazorat zonasiga tushadi va u erdan ularni tortish, dastlabki ajratish va nakladnoylarga yozish uchastkalariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPJ va XKJlar ajratish uchastkalaridan kuzatuv hujjatlari bilan bojxona tekshiruviga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari ishchilari bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida XPJ va XKJlarning kuzatuv hujjatlarini oldindan tekshirib chiqadilar va jo‘natish taqiqlangan buyumlarni egasiga qaytarish uchun ajratadilar. Ushbu XPJ va XKJlaring kuzatuv hujjatlarida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda tegishli xizmatlar tomonidan belgi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Yuridik shaxslar, operatorlar va pochta aloqasi provayderlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan jo‘natilayotgan XPJ va XKJlarni qabul qilish bojxona rasmiylashtirilgandan so‘ng va bojxona deklaratsiyasining blankida “Yuk chiqarishga ruxsat berildi” shtampining qo‘yilgandan so‘nggina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Eksport qiluvchilar O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi o‘z hisobraqamlariga to‘liq to‘lov kelib tushgandan va ushbu ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarning yagona elektron axborot tizimiga kiritilgandan so‘ng, eksport kontraktlari tuzmasdan internet-do‘konlari orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qilish huquqiga egadirlar, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(5.6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(5.6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-75-sonli qarori (ro‘yxat raqami 896-5, 14.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/896-5/2479-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tovarlarni o‘z ichiga olgan XPJ va XKJlarni jo‘natish Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalariga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________________________________________________________________ (pochta aloqasi operatori/provayderining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari)
_______________ (imzo)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 13-noyabrdagi 01-02/12-46-son (ro‘yxat raqami 896-1, 2015-yil 11-dekabr), 2016-yil 8-iyundagi 01-02/12-41-son (ro‘yxat raqami 896-2, 2016-yil 30-iyun), 2018-yil 6-martdagi 01-02/12-28-son (ro‘yxat raqami 896-3, 2018-yil 27-mart), 2018-yil 26-avgustdagi 01-02/12-58-son (ro‘yxat raqami 896-4, 09.29.2018-y.), 2018-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-75-son (ro‘yxat raqami 896-5, 14.01.2019-y.), (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan.