20.04.2026 yildagi 189-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish va ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalarichilikni rivojlantirish, asalari oilalarini kasallik va kimyoviy vositalar taʼsiridan himoya qilish, asalarichilik faoliyatini samarali tashkil etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, asal yetishtiruvchilar bilan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning uzviy aloqadorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish hamda ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari oilalarini joylashtirish va tashish boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari va boshqa oʻsimliklarga pestitsidlar bilan ishlov berish toʻgʻrisida ogohlantirish yuborish tartibi hamda pestitsidlar bilan ishlov berishda vakolatli organlarning vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrokoʻmakchi” mobil dasturining “CropAgro” axborot tizimiga integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CropAgro” axborot tizimidan “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi muntazam ravishda foydalanishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalarilar yordamida changlatish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, asalarilar nobud boʻlishining oldini olish ishlariga Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi hamda “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan birgalikda hududlarda agroklasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari va asalarichilar uchun asalarilarning qishloq xoʻjaligi ekinlarini changlatishdagi ahamiyati, pestitsidlarning asalarilarga yetkazadigan zarari va xavfsiz pestitsidlarni qoʻllash hamda asalarilarni kasalliklardan himoya qilish boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-apreldagi 189-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish hamda ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish hamda ular nobud boʻlishining oldini olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarichilik — asosiy faoliyat yoʻnalishi qishloq xoʻjaligi ekinlarini changlatib, hosildorlikni oshirish hamda asal mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat boʻlgan qishloq xoʻjaligi tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarichi — asalarichilik sohasida faoliyat yuritadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari oilasi — biologik jihatdan mustaqil mumkatakchalarda yashovchi ishchi, ona va erkak asalarilar jamoasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari uyasi — asalari oilasini boqish uchun moʻljallangan sunʼiy qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari mavjud hudud — zarur imorat va inshootlar hamda asbob-uskunalar bilan jihozlangan asalari uyalarida joylashgan asalari oilalari bor hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer uchastkasi egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar (agroklaster, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari va boshqa oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qoʻllanadigan kimyoviy moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
changlatish — oʻsimliklarda gulchangni koʻchirishda tuxum hujayrani urugʻlantirish orqali koʻpayish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
entomofil oʻsimliklar — asalari uchun tabiiy oziq manbai hisoblangan hamda gulshira va gulchang chiqaradigan qishloq xoʻjaligi ekinlari va boshqa oʻsimliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Asalari oilalarini joylashtirish va tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Asalarichi tomonidan oʻziga tegishli boʻlmagan yer uchastkalarida asalarichi va yerdan foydalanuvchi oʻrtasida (ixtiyoriy) tuziladigan ogʻzaki kelishuv yoki yozma shartnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 30-moddasiga muvofiq oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) asosida asalari uyalari joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda asalarilar yerdan foydalanuvchi va unga chegaradosh yerdan foydalanuvchilarga noqulayliklar tugʻdirmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqulayliklar deganda, asalarilar chaqishi xavfini oshiruvchi holatlar, aholi yashaydigan hududlarga yoki chorvachilik hududlariga juda yaqin masofada asalari uyalarini joylashtirish, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari hamda ekologiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmaslik, shovqin yoki hid bilan bogʻliq bezovtaliklarni keltirib chiqarish kabi holatlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asalarichi asalari mavjud hududda asalarilarning inson va hayvonlarni tasodifiy chaqishining oldini olishga qaratilgan ogohlantirish choralarini (asalari mavjud hudud atrofiga “ENTIYOT BOʻLING, ASALARI” belgisini oʻrnatish) koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asalarichi asalari uyalarini qishloq xoʻjaligi ekinlari (mevali bogʻ, paxta maydonlari va boshqalar) hududiga joylashtirgandan keyin uch kun muddatda yerdan foydalanuvchi va unga chegaradosh yerdan foydalanuvchilar hamda tuman (Quvasoy shahri) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimini yozma ravishda yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) yoxud “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi orqali ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asalari uyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport va madaniyat muassasalari, yuqori quvvatli elektr uzatish liniyalari va temir yoʻllardan kamida 300 — 500 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik va parrandachilik majmualari, qandolatchilik va kimyo sanoati korxonalaridan kamida 500 — 1000 metr masofada joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Asalari mavjud hududda asalari uyalari, mumkatakchalar, asalarichilikka oid asbob-uskunalar, dezinfeksiya qilish vositalari, tibbiy yordam (veterinariya yordami) qutichasi va unda allergiyaga qarshi (antigistamin) preparatlar, anafilaktik shokning oldini olish uchun tibbiy vositalar, tibbiy vositalarni qoʻllash boʻyicha qisqacha yoʻriqnomalar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Asalari uyalari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari va entomofil oʻsimliklarga asalari oilalarini joylashtirish meʼyorlari hisobga olingan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining (mevali bogʻ, paxta maydonlari va boshqalar) gullash davrida ikki yoki undan ortiq asalarichi har bir asalari mavjud hududda asalari uyalarini joylashtirishda oʻzaro kelishuv asosida, bir-birini xabardor qilgan holda, asalari uyalarini bir-biridan kamida 1 000 metr oraliq masofada hamda uning kirib-chiqish joyini (teshigi) bir-biriga teskari tomonga qaratib joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu asalari mavjud hududga kelgan asalarichi oʻzidan oldin kelgan asalarichi(lar)ni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan hamda oʻrmon fondi yerlarida, togʻ va togʻoldi hududlarida asalarichilikni rivojlantirish va asal yigʻish uchun asalari mavjud hududlar bir-biridan kamida 3 km radiusdan (ona arilarni koʻpaytirish (urchitish) bundan mustasno) tashqarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ona arilarni koʻpaytirish (urchitish) uchun asalari mavjud hududlar bir-biridan kamida 25 km radiusdan tashqarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ona arilarni koʻpaytirish (urchitish) bilan shugʻullanayotgan asalarichi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 449-son qarori bilan tasdiqlangan Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq asalari zotlarini koʻpaytirish (urchitish) bilan shugʻullanuvchi naslchilik xoʻjaligi maqomini olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Asalari kasalliklari tarqalishining oldini olish maqsadida asalari uyalari veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari asosida tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish toʻgʻrisida ogohlantirish yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Barcha yerdan foydalanuvchilar va asalarichilar Agroportal yoki “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yerdan foydalanuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish toʻgʻrisida oʻz hududida va unga chegaradosh hududda asalari mavjud hudud tashkil etgan asalarichilarni hamda tuman (Quvasoy shahri) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimini pestitsidlar bilan ishlov berishni boshlashdan kamida uch kun oldin yozma yoki elektron shaklda (SMS-xabarnoma, “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi yoki Agroportal orqali) ogohlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlar qoʻllanadigan maydon joyi (GPS yoki kadastr raqami bilan), ishlov berish vaqti (sanasi va soati), ishlatiladigan pestitsid nomi va miqdori (dozasi) hamda pestitsidlar bilan ishlov beradigan masʼul shaxs va uning telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozma ravishda tuman (Quvasoy shahri) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimiga yoki elektron shaklda Agroportal yoki “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berilishi haqidagi ogohlantirishni olgan asalarichilar darhol asalari uyalarini ushbu hududdan kamida 7 km uzoqlikka olib ketish yoki ularni himoya qilish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berishda vakolatli organlarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (Quvasoy shahri) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish haqidagi xabarni yerdan foydalanuvchidan olgandan 24 soat ichida tuman (Quvasoy shahri) fermerlari kengashi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi hamda pestitsidlar bilan ishlov beriladigan hududdagi yerdan foydalanuvchilar (agroklasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar) va asalarichilarni yozma yoki elektron shaklda (SMS-xabarnoma, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochtalar va mobil ilovalar orqali) xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnomada pestitsidlar bilan ishlov beriladigan maydon joyi (GPS yoki kadastr raqami bilan), ishlov berish vaqti (sana va soat), ishlatiladigan pestitsid nomi va miqdori (dozasi) hamda pestitsid bilan ishlov beradigan masʼul shaxs va uning telefon raqamini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish natijasida asalari oilalarining zaharlanishi holatlari kuzatilganda, dastlab nobud boʻlgan asalarilar, ularning mahsulotlari, tuproq va oʻsimliklardan namunalar olgan holda, laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish natijasida asalari oilalari nobud boʻlgan holatlar aniqlanganda, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi hamda ularning oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (Quvasoy shahri) hududidagi yerdan foydalanuvchilarga asalarilar uchun xavfsiz pestitsidlarni qoʻllash boʻyicha tushuntirish va targʻibot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berishda foydalanishga ruxsat etilgan biologik vositalar va kimyoviy vositalarni asalarilar faol boʻlmagan vaqtlarda (faqat tungi vaqtda) amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlardan foydalanishda asalari oilalari muhofazasiga oid meʼyorlarga rioya etilishini nazorat qiladi va xulosalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman (Quvasoy shahri) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari oilalarining kasalliklar natijasida nobud boʻlishi holatlarini aniqlab, nobud boʻlgan asalarilar va ularning mahsulotlaridan namunalar olgan holda, tegishli laboratoriya tahlillarini oʻtkazishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarilarda virusli va boshqa turdagi kasalliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi hamda ularning oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarichilar oʻrtasida asalari kasalliklari toʻgʻrisida, ularning tarqalishining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tushuntirish hamda targʻibot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virusli va boshqa turdagi kasalliklar aniqlangan asalari oilalarini karantinga olish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari oilalari kasalliklari boʻyicha doimiy monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan olib kiriladigan boshqa turdagi changlatuvchi asalarilar, asalari oilalari, ona asalarilar va asalarichilik mahsulotlarining laboratoriya tahlilidan oʻtkazilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari (mevali bogʻ, paxta maydonlari va boshqalar)da mavsum davomida pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarida shaxsan ishtirok etib, asalari oilalari pestitsidlar taʼsirida nobud boʻlishining oldini olish choralarini koʻrib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari oilalarini joylashtirish boʻyicha talablarning bajarilishini monitoring qilib boradi, natijalarni umumlashtirish uchun viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga taqdim etadi hamda ushbu maʼlumotlarning viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kiritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida, televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlar orqali pestitsidlar bilan ishlanayotgan hudud toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari oilalari pestitsidlar, asalari kasalliklari yoki boshqa omillar taʼsirida nobud boʻlganda, asalarichining murojaatiga koʻra besh ish kuni ichida asalari oilalarining nobud boʻlish sabablarini aniqlash boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq xulosani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xulosa rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida murojaat qilgan asalarichiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa nizolarni hal qilish yuzasidan sudda asos boʻluvchi hujjat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Asalarichi asalari oilalari nobud boʻlishining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda asalari oilasini sugʻurta qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganlik natijasida asalari oilalarining nobud boʻlishida aybdor boʻlgan shaxs asalarichiga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalarichiga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish hamda ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlari va entomofil oʻsimliklarga asalari oilalarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qishloq xoʻjaligi ekinlari va entomofil oʻsimliklar nomi

Oʻrtacha gulshira mahsuldorligi,

kg

1 gektarga talab etiladigan asalari oilalari, ta

mahsulot yigʻish uchun

changlatish uchun

I. Dala ekinlari

1.1.

Kungaboqar

30 — 60

1

2-3

1.2.

Raps

60 — 100

1-2

2 — 4

1.3.

Kashnich

100 — 150

2-3

2-3

1.4.

Poliz

10 — 30

1

4

1.5.

Sugʻoriladigan beda

200 — 300

4 — 6

6

1.6.

Esparset

70 — 120

2-3

3-4

1.7.

Fatseliya

100 — 350

2 — 7

2 — 7

1.8.

Qashqar beda

200 — 500

4 — 8

3-4

1.9.

Gʻoʻza

30 — 50

1-2

5-6

1.10.

Boshqalar

1 — 3

3 — 5

II. Daraxt-buta

2.1.

Mevali

20 — 40

1-2

2 — 4

2.2.

Intensiv bogʻ

-

2 — 4

4 — 8

2.3.

Superintensiv bogʻ

-

6 — 12

12 — 24

2.4.

Mevazorlar

50 — 100

1-2

2 — 4

2.5.

Oq akatsiya

300 — 600

6 — 10

3-4

2.6.

Sariq akatsiya

50 — 150

1 — 3

2-3

2.7.

Boshqalar

1 — 3

3 — 5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish hamda ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Tuman (Quvasoy shahri) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi boshligʻi — ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Tuman (Quvasoy shahri) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman (Quvasoy shahri) fermerlari kengashi raisi

5.

Kelishuvga koʻra

Hududiy asalarichilar uyushmasi raisi

6.

Lavozimiga koʻra

Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisiishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asalari oilalarini joylashtirish, koʻchirish hamda ular nobud boʻlishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xoʻjaligi ekinlariga pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh

XULOSASI

20__ yil “___” ___________

_______ tumani (Quvasoy shahri)

Biz, ishchi guruh aʼzolari: ____________________________, ____________________________, ____________________________, ____________________________, ____________________________, ____________________________,

20__ yil “___” __________kuni________________________________________________________

________________________________________________________________________________ tomonidan

(qishloq xoʻjaligi subyekti va asalarichining F.I.O. va pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va rahbarining F.I.O.)

asalari oilalarining qishloq xoʻjaligi ekinlariga kimyoviy pestitsidlar bilan ishlov berish tadbirlari natijasida nobud boʻlishi boʻyicha _____________zotiga mansub asalarilarni veterinariya koʻrigi, klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazib, quyidagilarni aniqladik:

a) asalari uyalari soni va joylashuvi __________________________;

b) laboratoriya tahlillari uchun olingan namunalar (asalari, mum parda, asal, oʻsimliklar) _____________________________________________________;

v) nobud boʻlgan asalarilarning tashqi belgilari (asalarilarning uya atrofida yotishi, ucholmasligi, titroq, rang oʻzgarishi va boshqalar) ___________________________;

g) oziqlantirish (shira, gulchang, asal, qand sharbati) ___________________;

d) kasallik va parazitlarga oid belgilar (varroatoz, nozematoz va boshqalar) ________;

e) atrof-muhit sharoiti (ob-havo, yaqin atrofdagi ekinlar) ______________;

j) nobud boʻlish sabablari (pestitsidlar bilan zaharlanish, kasallik, notoʻgʻri parvarish, iqlim omillari va boshqalar) ___________________________;

z) kimyoviy pestitsid sepilgan deb taxmin qilingan tuproq namunasi laboratoriya tahlili va uning nobud boʻlgan asalarilardagi bilan solishtirmasi _____________.

Yuqoridagi veterinariya koʻrigi, klinik va laboratoriya tekshiruvlariga asoslanib, asalarilar _____________________________ deb topildi.

Shunga asoslanib asalarichiga _________________________________ tavsiyalar berildi.

Xulosani toʻgʻri deb imzo chekuvchilar:

Tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

_____________

Imzo, muhr

(F.I.O.)

Tuman (Quvasoy shahri) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi boshligʻi

_____________

Imzo, muhr

(F.I.O.)

Tuman (Quvasoy shahri) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

_____________

Imzo, muhr

(F.I.O.)

Tuman (Quvasoy shahri) fermerlari kengashi raisi

_____________

Imzo, muhr

(F.I.O.)

Hududiy asalarichilar uyushmasi raisi

___________

Imzo, muhr

(F.I.O.)

Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi

_____________

Imzo

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 09/26/189/0391-son)