Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.07.1998 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISLOHOTLARNI YaNADA ChUQURLAShTIRISh VA ULARNING SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda vataniga, xalqiga fidokor, mustaqil fikrlaydigan, masalalarni ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchi va istiqlol g‘oyalariga sadoqatli avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan qator tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda. Yagona g‘oya — Milliy istiqlol mafkurasi mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga, oliyjanoblik tuyg‘ularini chuqurlashtirishga, shonli o‘tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch hislarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyatini hamon teran anglamaslik, rasmiyatchilik, tadbirbozlik va kampaniyabozlik illatlarining mavjudligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb etishda qat’iyatsizlik, kishilar ongini o‘zgartirishning xalqchil va ta’sirchan usullaridan foydalana bilmaslik hollari ko‘zga tashlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu nuqsonlarni hisobga olib, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga daxldor bo‘lgan tegishli davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ular ishining samadorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi davlat va jamoat tashkilotlari, xususan, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish, o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini targ‘ib etish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda ma’muriyatchilik va rasmiyatchilik usullaridan voz kecholmayotganliklari hamda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar bilan shug‘ullanuvchi barcha muassasalari hamda ommaviy axborot vositalarining bu boradagi ishlari zamon talablariga javob bermayotganligi ta’kidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining joylarda ma’naviyat va ma’rifat bilan bog‘liq ishlarning ahamiyatiga yetarli darajada e’tibor bermayotganligi, istiqlol g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda mahalliy ziyolilar, adabiyot, san’at namoyandalari va obro‘-e’tiborli faollarni jalb etishni izchil yo‘lga qo‘ymayotganligi ta’kidlansin. Ular o‘z faoliyatlarini “Nuroniy”, “Kamolot”, “Mahalla”, “Navro‘z”, “Oltin meros”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari va ijodiy uyushmalar bilan muvofiqlashtirgan holda olib bormayotganliklari qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mutasaddi davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hokimiyat va tegishli davlat tuzilmalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, aloqador idora va tashkilotlar mazkur dasturdagi vazifalarning aniq va to‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan o‘z tadbirlari rejasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida mutasaddi va jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhning asosiy vazifasi Dasturda belgilangan tadbirlarni hayotga tatbiq etishda amaliy faoliyat ko‘rsatish, tegishli tashkilotlarning milliy ma’naviyat va istiqlol mafkurasini keng targ‘ib qilishni tashkil etish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va ularning ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘rishdan iborat ekanligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida shunday ishchi guruhlar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mavjud kamchilik-nuqsonlarni bartaraf etish hamda sohani eng zamonaviy tushunchalar va milliy tafakkurga ega bo‘lgan, o‘z faoliyatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtira bilgan, yetarli siyosiy va tashkilotchilik malakasini egallangan yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga daxldor tashkilotlarining barcha bo‘g‘inlari rahbarlari 1998-yilning 1-noyabrgacha attestatsiyadan o‘tkazilsin. Attestatsiyadan o‘tkazish ushbu qarorning 2-ilovasida belgilangan ishchi guruh zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirib borish, ularning mazmuni, shakli, mavzu doirasi va saviyasini o‘z vaqtida tahlil qilib, o‘rganib, tavsiyalar ishlab chiqish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining davomiyligini, uzviyligini va uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida “Muloqot” jamoatchilik kengashi tuzilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Muloqot” jamoatchilik kengashi “Ma’naviyat-ma’rifat” jamoatchilik markazi, uning joylardagi bo‘limlari, tegishli davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda taniqli adabiyot, san’at, fan va madaniyat arboblari ishtirokida bevosita aholi turar joylarida, mahallalarda, o‘quv yurtlarida, korxona va muassasalarda muntazam ravishda ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibiy-tashviqiy va madaniy tadbirlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda hozirgi zamon ilg‘or g‘oyalarini egallagan, islohotlar mohiyatini chuqur anglagan, milliy istiqlol mafkurasini butun ko‘lami bilan tushunib yetgan ziyolilardan iborat “Fidoyilar” klubi tuzilsin va uning to‘la quvvat bilan ishlashini ta’minlasin. Klub ishini muvofiqlashtirish “Muloqot” jamoatchilik kengashlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari dasturda belgilangan tadbirlarning ma’naviy-ma’rifiy barkamol jamiyat va huquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlashdagi ahamiyatini, shuningdek, bu tadbirlarning amaliy natijalarini keng targ‘ib etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi (J. Sayfuddinov) Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar uchun mablag‘ ajratish masalasini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Alimov va Bosh vazir o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 311-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha 1998 — 2000-yillarga mo‘ljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTUR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Umumiy-tashkiliy tadbirlar‎ 2‎
2.‎ Mahallalar, oilalarda va xotin-qizlar orasida olib boriladigan tadbirlar ‎ 4‎
3.‎ Korxona, tashkilot, muassasalarda olib boriladigan tadbirlar ‎ 6‎
4.‎ Maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘quvchi-talabalar, yoshlar o‘rtasida olib boriladigan tadbirlar ‎ 7‎
5.‎ Harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida olib boriladigan tadbirlar ‎ 10‎
6.‎ Millatlararo ahillik, totuvlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ‎ 11‎
7.‎ Ommaviy axborot vositalari va matbaachilikka aloqador tadbirlar ‎ 11‎
8.‎ Ilmiy, ilmiy-ommabop va ilmiy- metodik yo‘nalishdagi tadbirlar ‎ 15‎
9.‎ Sotsiologik so‘rovlar yo‘nalishidagi tadbirlar‎ 17‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY-TAShKILIY TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi‎

Ijrochi idora va tashkilotlar ‎

Muddati‎

Mas’ul‎

1. Jamoat tashkilotlarining ma’naviyat va ma’rifat sohasida olib borayotgan faoliyatlari samaradorligini yanada oshirish, ularning bu boradagi ishlarini muvofiqlashtirib borish maqsadida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat respublika ishchi guruhini tuzish. Bunday guruhlarni viloyatlarda ham tuzish ‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, barcha jamoat tashkilotlari, tegishli davlat tashkilotlari‎ 1998-y. avgust‎ N. Aminov hokimlar vazirlar‎
2. Mehnatkashlarga ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida kutubxonalar, madaniyat saroylari va uylari, bolalar oromgohlari, sport inshootlari va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar ishining samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilash ‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat sport qo‘mitasi‎ muntazam‎ X.Jo‘rayev
‎D. Jahongirova
‎B. Maxsitov ‎
3. “Muloqot” jamoatchilik kengashini tashkil etish ‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zFA, “O‘zbekkino” DAK, Badiiy Akademiya va ijodiy uyushmalar‎ doimiy‎ N.Komilov N.Aminov
‎X.Jo‘rayev
‎T.Jo‘rayev
‎T.Yunusov
‎T.Qo‘ziyev ‎
4. Mamlakatimizda amalga oshiri�ayotgan bunyodkorlik ishlari, mustaqillik inshootlari, zamonamiz qahramonlarini tarannum etuvchi, insonning ruhiy dunyosini teran aks ettiruvchi, unda milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalovchi yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyadagi san’at asarlarini yaratish ‎ Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbekkino” DAK, Badiiy Akademiya, ijodiy uyushmalar‎ 1999-2000-yillar‎ X.Jo‘rayev
‎T.Yunusov
‎T.Qo‘ziyev ‎
5.‎ Mustaqillik kuniga bag‘ishlab viloyatlarda “Teatr san’ati kunlari” bayramlari o‘tkazish, O‘zbekiston teatr jamoalarining o‘zaro ijodiy tajriba almashishlari, mehnatkashlarga madaniy xizmat ko‘rsatishning muntazamligini ta’minlash maqsadida viloyatlararo gastrol safarlarini uyushtirish ‎ “O‘zbekteatr” birlashmasi‎ 1998-2000-yillar‎ X.Jo‘rayev‎
6.‎ “O‘zbekiston — Vatanim manim” respublika qo‘shiq bayramining butun mamlakatimizda uyushqoqlik bilan o‘tishini tashkil etish ‎ Madaniyat ishlari vazirligi‎ har yili, avgust‎ X.Jo‘rayev‎
7.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda har yili mustaqillik kuni oldidan adabiyot va san’at bayramlarini tashkil etish. Bu tadbir taniqli san’at ustalari, shoirlar, olimlar va ijodkorlar ishtirokida o‘tkaziladi a) Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari b) Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari v) Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati d) Jizzax , Sirdaryo va Toshkent viloyatlari ‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekteatr”, “O‘zbekraqs” birlashmalari‎ muntazam‎ X.Jo‘rayev
‎D.Oripov
‎A. Nazarov
‎Y. Ismatova ‎
8.‎ Fan, madaniyat, adabiyot, san’at, islom ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ �llomalarimiz (Buxoriy, Farg‘oniy, Beruniy, Bahovuddin Naqshband, Hakim Termiziy, ibn Sino, Zamaxshariy, Kamoliddin Behzod va boshqalarning yirik tavallud sanalarini tegishli rejalar asosida keng jamoatchilik ishtirokida nishonlash ‎ Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Badiiy Akademiya, ijodiy uyushmalar, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Oltin meros” jamg‘armasi, hokimliklar‎ 1998—2000-yillar‎ T.Jo‘rayev
‎X.Jo‘rayev R.Shog‘ulomov T.Qo‘ziyev
‎N.Aminov X.To‘xtaboyev ‎
9.‎ Mamlakatimiz kino va teleekranlariga chiqarilayotgan kino-videofilmlarni, ayniqsa, viloyatlardagi xususiy telekanallardagi filmlarni milliy ma’naviyatimiz, mustaqilligimiz mafkurasi g‘oyalariga mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qilish va amaldagi qonunchilik asosida nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash ‎ Davlat matbuot qo‘mitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekkino” DAK, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Mualliflik huquqi agentligi, hokimliklar‎ muntazam‎ R. Shog‘ulomov
‎X. Jo‘rayev
‎T. Yunusov
‎A. Ko‘chimov
‎O‘. Komilov
‎N. Aminov
‎A. Oripov ‎
10.‎ Maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda “Ona tilim — muqaddas mulkim”, “Tilimizning ko‘rkli libosi”, “O‘z tilim, o‘z yozuvim”, “Til — Vatan posboni” kabi mavzularda davlat tili va yangi o‘zbek yozuvini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar belgilash va o‘tkazish‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Mudofaa vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Mahalla”, “Kamolot”, “Bolalar” jamg‘armalari‎ muntazam‎ S. G‘ulomov
‎J. Yo‘ldoshev
‎X. Tursunov
‎N. Aminov
‎Sh. Jalilov
‎X. Abduraimov Y. Yusupova ‎
11.‎ Joylarga, korxonalarga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nom berishda, shuningdek mahsulot yorliqlari, korxonalarning ramzlari va shu kabi boshqa matnlarni tayyorlashda mustaqillik mafkurasining yuksak talablariga rioya qilinishi, ulug‘ ajdodlarimiz va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni har qanday bachkanalashtirishning oldi olinishi borasida izchil ish olib borish ‎ Respublika Atamashunoslik qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, hokimliklar‎ muntazam‎ O.Yoqubov
‎N. Aminov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MAHALLALAR, OILALAR VA XOTIN-QIZLAR ORASIDA OLIB BORILADIGAN TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Mahalla oqsoqollari va faollari, faxriylar, din arboblari, shuningdek ayni hududlarda yashovchi fan namoyandalari, madaniyat xodimlari ishtirokida mahallalarda “Ma’naviyat saboqlari” mavzuida uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar o‘tkazish ‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Kamolot”, “Navro‘z” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi‎ doimiy‎ N.Aminov
‎Sh. Jalilov
‎R. Rahimov
‎X. Abduraimov
‎D. Yoqubov
‎D. G‘ulomova ‎
2.‎ Mahalla — jamiyat bo‘lagi, ma’naviy axloqiy, milliy-an’anaviy, ma’rifiy-umuminsoniy dunyoqarash shakllanadigan ilk ijtimoiy makonligini amaliy ishlar orqali ko‘rsatish ‎ “Mahalla” jamg‘armasi, Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎Sh. Jalilov ‎
3.‎ “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun asosida mahalla boshqaruvini takomillashtirishda ishtirok etish, mahalla oqsoqollari va faollarining huquqiy, iqtisodiy, siyosiy bilim darajasini, ma’naviy dunyoqarashini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv seminarlari, kurslar tashkil etish ‎ Adliya vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, hokimliklar‎ doimiy‎ S. Mirsafoyev
‎N. Aminov
‎Sh. Jalilov
‎B. Rahimov ‎
4.‎ Oila va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasida oilaning mas’uliyatini oshirish, huquqiy tarbiyani kuchaytirish maqsadida mahallalarda “Oila-maktab-mahalla” jamoatchilik kengashlarini tuzish ‎ Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi, “Mahalla”, “Kamolot” jamg‘armalari‎ 1998-yil 3-choragi‎ O.Musurmonova Sh.Jalilov J.Yo‘ldoshev H.Abduraimov D.G‘ulomova ‎
5.‎ Yurtimiz tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosi, respublikamizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida taniqli olimlar, shoirlar, yozuvchilar va san’at namoyandalari ishtirokida mahallalar, qishloq, tuman va shaharlarda, o‘quv yurtlarida “Vatan haftaligi” tadbirlarini o‘tkazib borishni yo‘lga qo‘yish ‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Navro‘z”, “Mahalla” jamg‘armalari, ijodiy uyushmalar, “Muloqot” jamoatchilik kengashi, hokimliklar‎ har yili avgust oyida‎ N.Aminov
‎N.Komilov
‎D.Yoqubov
‎Sh.Jalilov ‎
6.‎ Viloyatlarda yashab ijod etayotgan ijodkorlarning muntazam ravishda mehnatkashlar bilan uchrashuv-muloqotlarini va ijodiy kechalarini uyushtirish ‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Muloqot” jamoatchilik kengashi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar‎ muntazam‎ N. Aminov
‎N. Komilov ‎
7.‎ Aholining ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilmagan qismini ishga joylashtirish, to‘y va ma’rakalarni kam chiqim qilib o‘tkazish orqali oila budjetining asosiy qismini yoshlarning bilim olishlariga, oila a’zolarining sog‘lom va madaniy hayot kechirishiga yo‘naltirish ‎ “Mahalla”, “Kamolot”, “Navro‘z”, “Nuroniy” jamg‘armalari, “Muloqot” jamoatchilik kengashi, “Oila” markazi‎ muntazam‎ Sh. Jalilov
‎H. Abduraimov
‎D. Yoqubov
‎B. Rahimov
‎N. Komilov
‎O. Musurmonova ‎
8.‎ Omma bilan ochiq muloqot qilish, respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor etish, mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish maqsadida haftaning ma’lum bir kunida har bir mahalla, aholi mavzelarida hokimlik vakillari va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarining “Amaliy uchrashuv”larini tashkil qilish ‎ �Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Muloqot” jamoatchilik kengashi, hokimliklar‎ muntazam‎ N. Aminov
‎Sh. Jalilov
‎N. Komilov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KORXONA, TAShKILOT, MUASSASALARDA OLIB BORILADIGAN TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Mehnat jamoalari a’zolarining mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarning samarali, dunyodagi muhim voqealardan to‘laroq xabardorligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, madaniy turmushini tashkil etish maqsadida korxona, tashkilot, muassasalar tasarrufidagi dam olish maskanlari, kutubxonalar, madaniyat saroylari, klublar va boshqa madaniy-ma’rifiy o‘choqlar ishini izchil va oqilona tashkil etish ‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, hokimliklar‎ doimiy‎ D. Jahongirova N.Aminov ‎
2.‎ Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasalar hududining davlat tilida tayyorlangan, mustaqilligimiz mafkurasiga xizmat qiladigan, kishilarning ma’naviy dunyosini yuksaltiradigan, milliy merosimizga hurmatni kuchaytiradigan ko‘rgazmali-targ‘ibiy vositalar bilan bezatilishini ta’minlash choralarini ko‘rish ‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Tasviriy oyina” uyushmasi, hokimliklar‎ doimiy‎ D. Jahongirova
‎N. Aminov
‎I Latipov ‎
3.‎ Teatrlar repertuarlarini mustaqillik g‘oyalari bilan boyitish, uning rang-barangligiga, mazmundorligiga erishish orqali teatr jamoalarining ma’naviy-ma’rifiy islohotlardagi ishtirokini faollashtirishga bag‘ishlangan seminar-kengashlar o‘tkazib borish‎ “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi‎ 1998-2000-yillar‎ X.Jo‘rayev‎
4.‎ Korxona, tashkilot, muassasalar, xususiy korxona va firmalar bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish tajribasini yo‘lga qo‘yish‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Kamolot” jamg‘armasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, hokimliklar‎ muntazam‎ S.G‘ulomov D.Jahongirova H.Abduraimov A.Yo‘ldoshev ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MAKTABGAChA TARBIYA MUASSASALARI, O‘QUVChI-TALABALAR, YoShLAR O‘RTASIDA OLIB BORILADIGAN TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘stirish maqsadida o‘quvchi-talabalar o‘rtasida “XXI asr yoshlari: milliy ma’naviyat va odob-axloq muammolari” mavzuida muloqotlar, davra suhbatlari o‘tkazish ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Kamolot” jamg‘armasi‎ muntazam‎ S. G‘ulomov J.Yo‘ldoshev N.Aminov H.Abduraimov ‎
2.‎ Respublikadagi bolalar bog‘chalari tarbiyachilari hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ma’naviyat, xususan, diniy va dunyoviy bilimlari borasidagi saviyalarini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘qishlar tashkil etish‎ Xalq ta’limi vazirligi , “Sog‘lom avlod uchun”, “Kamolot” jamg‘armalari‎ yilning har choragida‎ J. Yo‘ldoshev
‎G. Yo‘ldosheva
‎H. Abduraimov ‎
3.‎ O‘quvchi-talabalarning ajdodlarimiz merosiga hurmat, Vatanga sadoqat, istiqlolga fidoyilik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida muzeylarda har oyda bir kunni “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilib, shu kuni ularga bepul xizmat ko‘rsatishni ta’minlash‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi‎ 1998-yil iyuldan boshlab muntazam‎ S. G‘ulomov
‎J. Yo‘ldoshev
‎N. Habibullayev ‎
4.‎ Mamlakatimiz o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida mustaqillik g‘oyalarini, milliy istiqlol mafkurasini keng targ‘ib qilish, turli mavzularda bahs, munozara va suhbatlar tashkil etish ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat “ markazi, “Kamolot”, “Navro‘z”, “Ulug‘bek” jamg‘armalari‎ muntazam‎ S.G‘ulomov N.Aminov H.Abduraimov D.Yoqubov A.Hazratqulov ‎
5.‎ Maktabgacha tarbiya — jamiyat poydevori ekanligi, uning muammolari, yangicha tarbiya yo‘llari, milliy tarbiya mohiyatini yoritadigan materiallar tayyorlash, ularni joylarga tarqatish ‎ Xalq ta’limi vazirligi, Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎J. Yo‘ldoshev ‎
6.‎ Maktab va shaxs, maktablarimizning yetuk shaxslar tarbiyalashdagi hal qiluvchi ahamiyati, maktab va mustaqil fikr takomili, maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad-mohiyatini har bir yoshning ongiga to‘la yetkazishga qaratilgan izchil tadbirlar tizimini ishlab chiqish, bu masalalarni keng yoritish ‎ Xalq ta’limi vazirligi, Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎J. Yo‘ldoshev ‎
7.‎ Oliy ta’lim tizimini isloh qilishning mazmun va mohiyati, mutaxassislarga talab va ehtiyoj, bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim masalalarini o‘rganish, talabalar ongida o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish borasida tadbirlar belgilash va bu masalalarda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Xakimov
‎A. Ko‘chimov
‎S. G‘ulomov ‎
8.‎ Iqtidorli talaba va o‘quvchilar, yosh ijodkorlarni izlab topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamolot” jamg‘armasi qoshida ilmiy-ijodiy markaz tashkil etish ‎ “Kamolot”, “Ulug‘bek” jamg‘armalari‎ 1998-yil iyul-avgust‎ X. Abduraimov
‎A. Hazratqulov ‎
9.‎ Yoshlarning dunyoqarashini yuksaltirish, chet el yoshlari bilan ijtimoiy-madaniy sohalarda tajriba almashish, qadimiy shaharlar tarixi va yodgorliklari, milliy urf-odatlari�iz bilan tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakat yoshlari bilan vakillar guruhlarini almashish ‎ “Kamolot” jamg‘armasi‎ doimiy‎ X. Abduraimov‎
10.‎ Iste’dodli maktab o‘quvchilari, talabalar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar, ijodkorlar, ixtirochi va ratsionalizatorlar, shuningdek boshqa sohalardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, izlab topish, ular haqida respublika bo‘yicha axborotlar bankini yaratish (sohalar va yoshlarning qatlami bo‘yicha alohida-alohida) ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “Ulug‘bek” jamg‘armasi‎ doimiy‎ S. G‘ulomov
‎J. Yo‘ldoshev
‎A. Hazratqulov ‎
11.‎ Maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarda “Men ozod yurt farzandiman” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib borish‎ Xalq ta’limi vazirligi‎ doimiy‎ J.Yo‘ldoshev‎
12.‎ Xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga va malaka oshirishga yuborish uchun yoshlarni tanlashda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini xolis baholash usullarini takomillashtirib borish ‎ “Umid”, “Ustoz” jamg‘armalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi‎ muntazam‎ M. Rahimov
‎S. G‘ulomov
‎N. Aminov ‎
13.‎ Yoshlarni vatanparvarlik ruhida o‘stirish, jismonan sog‘lom va baquvvat qilib tarbiyalash, ularga o‘smirlik chog‘idan Vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligini singdirib borish, chaqiruv yoshidagi o‘smirlarni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” respublika harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish, ularning ta’sirchanligini oshirish‎ “Kamolot” jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi‎ muntazam (final bosqichi urush qurbonlarini xotirlash kuni o‘tkaziladi)‎ X. Abduraimov
‎J. Yo‘ldoshev
‎H. Tursunov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. HARBIYLAR, HUQUQ-TARTIBOT IDORALARI XODIMLARI ORASIDA OLIB BORILADIGAN TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishiga keng jamoatchilikni jalb etish, harbiy qismlar va o‘quv yurtlarida xizmatni o‘tayotgan yoshlarni ularning ota-onalari ishtirokida yo‘qlash. Harbiy qism va o‘quv yurtlarida “Vatanni sevmoq iymondandur”, “Jasur askar bo‘lay desangiz” va boshqa shu kabi mavzularda suhbatlar, bayram yo‘qlovlari uyushtirish‎ “Kamolot”, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Navro‘z” jamg‘armalari, Mudofaa vazirligi, hokimliklar‎ doimiy‎ H. Abduraimov
‎B. Rahimov
‎H. Tursunov
‎Sh. Jalilov
‎D. Yoqubov ‎
2.‎ Harbiy qismlar askarlari va harbiy bilim yurtlari talabalari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, turli salbiy ko‘rinishlarning oldini olish maqsadida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”, “Kuch — adolatda”, “Safdoshingni hurmat qil”, “Harbiy xizmatchining ma’naviy qiyofasi” kabi mavzularda ma’rifiy suhbatlar, uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib borish‎ “Kamolot” jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi‎ doimiy‎ X. Abduraimov
‎H. Turusunov ‎
3.‎ Huquq-tartibot organlari xodimlarining ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini doimiy oshirib borishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bu tizimlarga kadrlar tanlashda kasbiy malakalari bilan bir qatorda ma’naviy fazilatlariga alohida e’tibor qaratish, bu maqsadda maxsus test va reyting mexanizmini yaratish‎ Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Respublika prokuraturasi‎ 1998-yil 3-chorak‎ Z. Almatov
‎S. Mirsafoyev
‎B. Mustafoyev ‎
4.‎ Huquq-tartibot organlari xodimlarining aholi o‘rtasida huquqiy tarbiya, huquqiy bilimlarning keng targ‘ib qilinishdagi faoliyatini kuchaytirish, ularning jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olishda keng xalq ommasi bilan birgalikda ishlashlarini ta’minlash borasida amaliy tadbirlar rejasini ishlab chiqish‎ Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Respublika prokuraturasi, Inson huquqlari markazi, jamoat tashkilotlari‎ 1998-yil 3-chorak‎ Z. Almatov
‎S. Mirsafoyev B. Mustafoyev A.Saidov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. MILLATLARARO AHILLIK, TOTUVLIKNI TA’MINLAShGA QARATILGAN TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ O‘zbekiston — yagona Vatan ekani, mamlakatda barcha fuqarolarning teng huquqqa egaligi, hamma millatu elatlarning madaniy ravnaqi uchun teng sharoitlar yaratilganligini keng tushuntirish va targ‘ib etish‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Baynalmilal madaniy markazi, milliy-madaniy markazlar, Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎N. Aminov
‎K. Rasulov ‎
2.‎ Turkiston xalqlarining tarixiy, madaniy, ma’naviy, ruhiy, urf-odatlar, fe’l-atvor, taqdir mushtarakligi, hududiy yaxlitligi, o‘zaro totuvlik va hamkorlikda yashash tarzi, “Turkiston - umumiy uyimiz” shiorining mohiyati va ahamiyatini ochib beruvchi tahliliy-targ‘ibiy materiallar tayyorlash ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov A.Komilov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA MATBAAChILIKKA ALOQADOR TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi davlat siyosati, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa muhim hujjatlar ahamiyatini keng targ‘ib qilish, ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarining ham milliy, ham umumbashariy qadriyat sifatidagi mohiyatini hayotiy misollar orqali ochib berish ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, OAVni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi‎ muntazam‎ S.Hakimov A.Ko‘chimov H.Do‘stmuhamedov ‎
2.‎ Davlatimiz ramzlari — Madhiya, Bayroq, Gerb qabul qilingan kunlarning tarixiy ahamiyatini xalq ommasi ongiga to‘liq yetkazish. O‘zbekiston bayramlari — Mustaqillik bayrami, o‘qituvchilar va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Xotin-qizlar kuni, Navro‘z, Ramazon va Qurbon hayitlari, “O‘zbekiston - Vatanim manim”, “Sharq taronalari” qo‘shiq bayramlari, yirik sport musobaqalari, san’at bayramlari va boshqa yirik tantanalarning mohiyatini ochib berish ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, OAVni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi‎ muntazam‎ S.Hakimov A.Ko‘chimov H.Do‘stmuhamedov ‎
3.‎ Ma’naviy merosning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni, ajdodlarimizning milliy va umumjahon sivilizatsiyasi rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi, buni o‘rganishning milliy g‘urur, vatanparvarlik va bugungi taraqqiyot uchun ahamiyatini atroflicha yoritish ‎ Axborot markazi, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Fanlar akademiyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎X. To‘xtaboyev
‎A. Ko‘chimov
‎T. Jo‘rayev ‎
4.‎ “Ta’lim haqida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”ning barkamol �vlodni tarbiyalashdagi strategik maqsad va vazifalarini yoritish, “Kamolot”, “Umid”, “Ulug‘bek”, “Ustoz” jamg‘armalari faoliyatini keng targ‘ib qilish orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning mamlakat kelajagi uchun ahamiyatini ko‘rsatish ‎ Axborot markazi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎S. G‘ulomov
‎J. Yo‘ldoshev
‎ A. Ko‘chimov ‎
5.‎ O‘zbek xalqi tarixiga oid qimmatli asarlarni yetarli nusxada muntazam chop etish rejasini ishlab chiqish ‎ Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zFA, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi‎ 1998-yilning 3-choragi‎ R.Shog‘ulomov T.Jo‘rayev X.To‘xtaboyev ‎
6.‎ O‘zbek madaniyati va ma’naviyati tarixi, bugungi kuni, atoqli namoyandalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kino, videofilmlar yaratish va keng namoyishni tashkil etish ‎ “O‘zbekkino” DAK, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 1998-2000-yillar‎ T. Yunusov
‎A Ko‘chimov ‎
7.‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi viloyat bo‘limlari va joylardagi xususiy teleradio tarmoqlarida maxsus “Ma’naviyat” sahifalari tashkil etish, ma’rifiy, madaniy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlar, eshittirishlar saviyasini oshirish ‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi, OAVni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi viloyat bo‘limlari‎ doimiy‎ A. Ko‘chimov
‎X. Do‘stmuhamedov N.Aminov ‎
8.‎ Meros va ma’naviyat, ajdodlarimizning milliy va umumjahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, buni o‘rganishning milliy g‘urur, vatanparvarlik va bugungi taraqqiyot uchun ahamiyatini atroflicha yoritish ‎ Axborot markazi, “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Fanlar akademiyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎X. To‘xtaboyev
‎A. Ko‘chimov
‎T‎. J‎o‘rayev ‎
9.‎ Milliy istiqlol mafkurasi va diniy e’tiqod, davlat va din, zamon va din, siyosat va din, ma’naviyat va din, milliy qadriyatlar, din va dunyoviylik masalalarini, din asoslarini ilmiy tushuntirish, dinning ezgulikka chorlovchi qadriyatlarini targ‘ib etish ‎ Axborot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Bahromov
‎N. Aminov
‎A. Ko‘chimov ‎
10.‎ Ma’naviyatning ma’rifat bilan uzviy bog‘liqligi, inson kamoloti, turmush farovonligiga erishishda ma’rifatning o‘rni, ilm-fan, bashariyat erishgan aqliy boyliklar, inson mehnati samaradorligini oshiradigan har qanday tajribani o‘zlashtirish taraqqiyotga zamin bo‘lishini tushuntirish, targ‘ib etish ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, “Kamolot” jamg‘armasi‎ muntazam‎ S.Hakimov A.Ko‘chimov T.Jo‘rayev H.Abduraimov ‎
11.‎ O‘tmishda shu yurt, shu zamin uchun jon fido qilgan qahramonlar. bugun uni himoya qilayotgan fidoyi insonlar, askarlarimiz, chegarachilarimiz haqida qiziqarli va haqqoniy materiallar tayyorlash‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Kamolot” jamg‘armasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎H. Abduraimov ‎
12.‎ Oila va jamiyat, oilaning muqaddasligi, uni mustahkamlash, odob, ta’lim-tarbiya, ma’naviy barkamollikka erishishda oilaning o‘rni va ahamiyatini, oila va milliylikning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎D. G‘ulomova ‎
13.‎ Xalq ruhi, uning tarixan shakllanishi, istiqlol davrida xalq ruhida sodir bo‘lgan ko‘tarinkilik, bunyodkorlik, milliy g‘urur kabi o‘zgarishlarni yoritish ‎ Axborot markazi , “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎N. Aminov ‎
14.‎ Milliylik va umumbashariy qadriyatlarning bugun va kelajak uchun ahamiyati, an’analarimizni hozirgi demokratik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirishdagi o‘rnini ko‘rsatish ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov
‎N. Aminov ‎
15.‎ Ma’naviy tubanlik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va jangarilikni targ‘ib etuvchi nashrlar tarqalishining oldini olishga oid taklif va mulohazalar ishlab chiqish ‎ Davlat matbuot qo‘mitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Diniy ishlar qo‘mitasi‎ 1998-yil 3-chorak‎ R. Shog‘ulomov
‎X. Jo‘rayev
‎N. Aminov
‎Sh. Mirmahmudov ‎
16.‎ Milliy musiqa, raqs, qo‘shiq, xususan, milliy estrada san’atini keng targ‘ib etish maqsadida maxsus teledarslar, ko‘rsatuvlar va boshqa tadbirlarni yo‘lga qo‘yish‎ Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Bastakorlar uyushmasi‎ muntazam‎ X.Jo‘rayev A.Ko‘chimov R.Abdullayev ‎
17.‎ Fuqarolarning siyosiy ongi va madaniyatini o‘stirish maqsadida O‘zbekistonda siyosiy tizimning shakllanishi va uni demokratlashtirish muammolari, respublikada mavjud siyosiy partiya va harakatlarning maqsad va faoliyati haqida turkum eshittirishlar, suhbatlar, teleko‘rsatuvlar tashkil etish‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, OAVni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi‎ muntazam‎ S. Xakimov
‎�. Ko‘chimov
‎X. Do‘stmuhamedov ‎
18.‎ Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi, istiqlol mafkurasi g‘oyalarini tarannum etuvchi panno, lavha va boshqa ko‘rgazmali targ‘ibot vositalarini tayyorlash, nashr etish, joylarga yuborish‎ Davlat matbuot qo‘mitasi, Tasviriy oyina uyushmasi‎ 1998-1999-yillar‎ R.Shog‘ulomov I.Latipov ‎
19.‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, uning hududiy bo‘linmalari qoshida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, istiqlol davrida mamlakatimizda ro‘y berayotgan chuqur iqtisodiy va ma’naviy islohotlar hamda respublikamizning jahondagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng huquqli munosabatlarini haqqoniy aks ettiruvchi hujjatli, ilmiy-ommabop va badiiy filmlar, shuningdek televideniye va kinoning oltin xazinasidan joy olgan ko‘rsatuvlar, film-spektakllar, kino-videofilmlardan iborat maxsus videotekalar tashkil qilish‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “O‘zbekkino” DAK, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Oltin meros”, “Navro‘z” jamg‘armalari, hokimliklar‎ 1998-yildan boshlab muntazam‎ N.Aminov
‎�.Yunusov A.Ko‘chimov X.To‘xtaboyev D.Yoqubov ‎
20.‎ “Ma’naviyat” nashriyotida taniqli adiblar qalamiga mansub “Yozuvchilar ma’naviyat va ma’rifat haqida” nomli to‘plamlar turkumini chop etib borish ‎ Yozuvchilar uyushmasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Davlat matbuot qo‘mitasi‎ muntazam‎ A. Oripov
‎N. Aminov
‎ R. Shog‘ulomov ‎
21.‎ O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida bolalar uchun badiiy, multiplikatsion kino va telefilmlar yaratish ‎ “O‘zbekkino” DAK, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ T. Yunusov
‎A. Ko‘chimov ‎
22.‎ O‘zbek milliy hunarmandchilig�ni rivojlantirishning ahamiyatini ko‘rsatish, kasb-hunar o‘rganishning hozirgi tizimi, xorij tajribalari, zamonaviy kasblar, hunarmandchiligimiz turlarini kasb-hunarga bugunning talabidan kelib chiqib yoritish ‎ Axborot markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ muntazam‎ S. Hakimov
‎A. Ko‘chimov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. ILMIY, ILMIY-OMMABOP VA ILMIY-METODIK YO‘NALIShDAGI TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari uchun “Ma’naviyat saboqlari” darsliklarini tayyorlash va chop etish ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Davlat matbuot qo‘mitasi‎ 1999-yil sentyabrgacha‎ S. G‘ulomov
‎J. Yo‘ldoshev
‎N. Aminov
‎R. Shog‘ulomov ‎
2.‎ “Ma’naviyat saboqlari” darslarini o‘qitish uchun o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari‎ 1999-yil sentyabr‎ S. G‘ulomov
‎J. Yo‘ldoshev ‎
3.‎ Asrlar davomida saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlar, udumlar, marosimlar, bayramlar, tantanalar tarixi, kelib chiqish ildizlari, ma’no-mohiyatini ilmiy asosda o‘rganish va ularni keng targ‘ib etish, zamonamizga moslashtirish, boyitish maqsadlarida turli ommabop risolalar, ko‘rgazmali axborot vositalarini nashr etish ‎ Fanlar akademiyasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Badiiy akademiya, “Mahalla”, “Oltin meros” jamg‘armalari, “Tasviriy oyina” uyushmasi‎ muntazam‎ T.Jo‘rayev
‎N. Aminov
‎X. Jo‘rayev
‎R. Shog‘ulomov
‎T. Qo‘ziyev
‎Sh. Jalilov
‎X. To‘xtaboyev
‎I. Latipov ‎
4.‎ Mamlakatimizdagi barcha tarixiy-madaniy obidalarning tegishli hududlar bo‘yicha ilmiy-ommabop tavsifnomalarini tayyorlash va to‘plamlar holida nashr etish ‎ Fanlar akademiyasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “Oltin meros” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎ 1998—2000-yillar‎ T. Jo‘rayev
‎R. Shog‘ulomov
‎X. To‘xtaboyev ‎
5.‎ Mualliflar jamoasi ishtirokida “O‘zbeklar” nomli ilmiy-ommabop kitob yaratish va chop etish ‎ O‘zFA, Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qo‘mitasi‎ 1999-2000-yillar‎ T. Jo‘rayev
‎A. Oripov
‎R. Shog‘ulomov ‎
6.‎ Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan amaliy san’at asarlari, xalq hunarmandchiligi namunalari, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni o‘rganish, tiklash, asrash va targ‘ib qilish maqsadida ilmiy-amaliy ekspeditsiyalar tashkil etish‎ O‘zFA, Badiiy akademiya, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbekkino” DAK, “Amir Temur”, “Oltin meros” jamg‘armalari, “Kamolot” jamg‘armasi huzuridagi “Amir Temur yurgan yo‘llar bo‘ylab” xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi‎ muntazam‎ T. Jo‘rayev
‎T. Qo‘ziyev
‎A. Ko‘chimov
‎T. Yunusov
‎B. Ahmedov
‎X. To‘xtaboyev ‎
7.‎ Ma’naviyat va ma’rifat sohasida ilmiy-sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish ‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Fanlar akademiyasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi‎ 1998-yil iyul—avgust‎ R. Jumayev
‎P. Habibullayev
‎R. Ubaydullayeva T. Jo‘rayev
‎N. Aminov ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. SOTSIOLOGIK SO‘ROVLAR YO‘NALIShIDAGI TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ “Inson hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” turkumida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish ‎ “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Ijtimoiy fikr” markazlari‎ 1999-yil‎ N. Aminov
‎R. Ubaydullayeva ‎
2.‎ “Oila va ma’naviyat”, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Milliy o‘zlik” mavzularida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish‎ “Ijtimoiy fikr” markazi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi. Fanlar akademiyasi, “Oila” markazi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Kamolot” jamg‘armasi, hokimliklar‎ yilda bir marta‎ R. Ubaydullayeva
‎P. Habibullayev
‎T. Jo‘rayev
‎O. Musurmonova
‎N. Aminov
‎X. Abduraimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 311-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha 1998-2000-yillarga mo‘ljallangan Dasturni amalga oshirishni ta’minlovchi ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Jo‘rayev N. Q. ‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, guruh rahbari ‎
2.‎ Azizxo‘jayev A. A. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, guruh rahbarining o‘rinbosari ‎
3.‎ Aminov N. ‎ —‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi rahbari, guruh rahbarining o‘rinbosari ‎

A’zolar:‎‎

4.‎ Rahmatov O‘. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari ‎
5.‎ A’zamov Q. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti ‎
6.‎ G‘ulomova D. M. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ‎
7.‎ Jo‘rayev X. R. ‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri ‎
8.‎ Jo‘rayev T. J. ‎ —‎ Fanlar akademiyasi prezidenti ‎
9.‎ Yo‘ldoshev J. G‘. ‎ —‎ Xalq ta’limi vaziri ‎
10.‎ Ko‘chimov A. ‎ —‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi ‎
11.‎ Maxsitov B. ‎ —‎ Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi ‎
12.‎ Mirmahmudov Sh. ‎ —‎ Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi ‎
13.‎ G‘ulomov S. S. ‎ —‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri ‎
14.‎ Shog‘ulomov R. Sh. ‎ —‎ Davlat matbuot qo‘mitasi raisi ‎
15.‎ Yunusov T. M. ‎ —‎ “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎
16.‎ Habibullayev P. Q. ‎ —‎ Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi ‎
17.‎ Boliyev A. ‎ —‎ Mill�y axborot agentligi bosh direktori ‎
18.‎ Husanboyev B. M. ‎ —‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi ‎
19.‎ Qo‘ziyev T. K. ‎ —‎ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi ‎
20.‎ Nazarov A. M. ‎ —‎ “O‘zbeknavo” birlashmasi bosh direktori ‎
21.‎ Jahongirova D. N. ‎ —‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi ‎
22.‎ Abdullayev R. ‎ —‎ O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi ‎
23.‎ Zinin S. I. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi O�iy Majlisi Ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibi ‎
24.‎ Ubaydullayeva R. A. ‎ —‎ “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi rahbari ‎
25.‎ Islomov Z. M. ‎ —‎ Huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazi direktori ‎
26.‎ Musurmonova O. ‎ —‎ “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori ‎
27.‎ Jalilov Sh. J. ‎ —‎ “Mahalla” jamg‘armasi raisi ‎
28.‎ Rahimov B. R. ‎ —‎ “Nuroniy” jamg‘armasi raisi ‎
29.‎ Rahimov M. R. ‎ —‎ “Umid” jamg‘armasi ijrochi direktori ‎
30.‎ To‘xtaboyev X. ‎ —‎ “Oltin meros” jamg‘armasi raisi ‎
31.‎ Yo‘ldosheva G. B. ‎ —‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi raisi ‎
32.‎ Yoqubov D. ‎ —‎ “Navro‘z” jamg‘armasi raisi ‎
33.‎ Hazratqulov A. ‎ —‎ “Ulug‘bek” jamg‘armasi ijrochi direktori ‎
34.‎ Yusupova I. T. ‎ —‎ “Bolalar” jamg‘armasi raisi ‎
35.‎ Sharafiddinov O. S. ‎ —‎ “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 311-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini o‘rganuvchi “Muloqot” jamoatchilik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ N. Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi prorektori, kengash raisi
2.‎ I. G‘afurov —‎ “Milliy tiklanish” gazetasi bosh muharriri, rais o‘rinbosari
3.‎ Sh. Salimova —‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi, kotiba

A’zolar:‎‎

4.‎ Azim Suyun —‎ “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri
5.‎ H.Do‘stmuhammad —‎ “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri
6.‎ X. Davron —‎ O‘zbekiston teleradiokompaniyasi dastur direktori
7.‎ H. Karomatov —‎ Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari
8.‎ H. Abduraimov —‎ O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi raisi
9.‎ M. Boboyev —‎ yozuvchi
10.‎ A. A’zam —‎ yozuvchi
11.‎ E. A’zam —‎ “Tafakkur” jurnali bosh muharriri
12.‎ R. Jumayev —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi birinchi prorektori
13.‎ A. Oripov —‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
14.‎ M. Yusuf —‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari
15.‎ J. R. Yusupov —‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hokimligi bosh mutaxassisi
16.‎ M. Otamirzayev —‎ “Andijonnoma” viloyat gazetasi bo‘lim mudiri
17.‎ K. Muqimov —‎ Buxoro davlat universiteti rektori
18.‎ G‘. Muhamedov —‎ Jizzax davlat pedagogika instituti rektori
19.‎ S. Toshev —‎ Navoiy shahar Texnika kolleji direktorining o‘rinbosari
20.‎ Z. Xolmirzayev —‎ Namangan sanoat-texnologiya instituti prorektori, professor
21.‎ M. Muqimov —‎ Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri
22.‎ A. Kattabekov —‎ Guliston davlat universiteti prorektori
23.‎ M. Abrayeva —‎ “Surxon tongi” viloyat gazetasi bo‘lim mudiri
24.‎ O‘. Toshtemirov —‎ Qo‘qon davlat pedagogika instituti professori
25.‎ X. Bobojonov —‎ Urganch davlat universiteti prorektori, professor
26.‎ B. Yusupov —‎ “Kamolot” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi