Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.08.2005 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AMALGA OSHIRILAYOTGAN IQTISODIY NOCHOR KORXONALARNI TARKIBIY OʻZGARTIRISH VA MOLIYAVIY SOGʻLOMLASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2003-YIL 18-APRELDAGI 188-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi—yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarzdor korxona bankrot deb eʼlon qilinganda va tugatish ishlari boshlanganda, agar qarzdor kreditori kreditorlar talabnomalari reyestriga kiritilgan, kreditor qarzi boʻyicha qarzdor kreditor qarzining umumiy summasidan 70 va undan koʻp foizi talabiga ega tijorat banki hisoblangan taqdirda, ushbu kreditor, garov predmeti hisoblangan mol-mulkdan tashqari, qarzdor korxonasi (mol-mulki)ni oʻz mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar kreditorlik qarz boʻyicha bank talabi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 131-moddasiga muvofiq aniqlangan korxonani baholash qiymatidan koʻp yoki teng boʻlsa, bank tomonidan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan tartibda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar qarzdorning yagona hisob raqamiga oʻtkazilganda hamda korxona xodimlarining ish haqlari boʻyicha qarzdorlik qoplanganda korxona bank mulkiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning kreditorlik qarz boʻyicha, shuningdek korxona xodimlariga ish haqi toʻlashdagi qarzlarni hamda “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasi birinchi qismida belgilangan navbatdan tashqari xarajatlarni toʻlash boʻyicha talablari summasi korxonaning baholash qiymatidan kam boʻlgan taqdirda korxonani bank mulkiga oʻtkazish koʻrsatilgan tafovut hamda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash va korxona xodimlarining ish haqi boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun mablagʻlarni bank tomonidan qarzdorning yagona hisob raqamiga oʻtkazish sharti bilan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar tugatish boshqaruvchisi tomonidan, birinchi navbatda — navbatdan tashqari toʻlovlarga va korxona xodimlarining ish haqi boʻyicha qarzlarni toʻlashga, shuningdek “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasida koʻrsatilgan tartibda yoʻnaltiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan shartlar bank tomonidan bajarilganda, qarzdorning mol-mulki sud boshqaruvchisi tomonidan sud hujjatlari asosida tijorat bankining mulkiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi—oltinchi xatboshida koʻrsatilgan tartib 2005—2007-yillarda amal qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-banddagi “bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs” soʻzlari “sud boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 va 21-bandlardagi “bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs” soʻzlari “sud boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-banddagi “bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs” soʻzlari “sud boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-banddagi “bankrotlik tartibotini oʻtkazish uchun xoʻjalik sudi tasdiqlagan shaxs” soʻzlari “sud boshqaruvchisi” soʻzlari bilan hamda “83” raqami “134” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34–36-son, 263-modda)