O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Avtomobil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshirish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, harakat xavfsizligi va ekologik talablarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “O‘zavtolitsenziya” boshqarmasi bazasida, uni “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibidan ajratgan holda, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
o‘z tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlarni oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish huquqi berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
6. Belgilansinki, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ hujjatlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, avtomobil va daryo transporti xizmatlari ko‘rsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xarajatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablag‘larining bir qismi;
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transportida faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlar undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchilar va yuk tashish huquqi amalga oshirilishiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining xarajatlar smetasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
8. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 1-tor ko‘chadagi 6-uyga joylashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritaladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A.Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
11-iyul 1998-yil,
296-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)