Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.10.1997 yildagi 483-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN SOLIQLAR VA YIG‘IMLARNI UNDIRIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni hisobga olish va ularni soliqqa tortish tizimini tartibga solish, soliq to‘lashdan bosh tortishning oldini olish hisobiga soliqlar bilan to‘la qamrab olish va ularning tushishini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsni tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma boshqa shaxsga berilgan yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, qoida buzuvchiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda esa tegishli ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turg‘un savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishlari va har kunlik naqd tushumni bankka topshirishlari kerak.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 14-son, 111-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini va ularning Pensiya jamg‘armasiga badal ajratishi tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda taqdim etsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borsinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni, mazkur qarordan kelib chiqqan holda, muvofiqlashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Hamidov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi V. Beganov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)