LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta sohasidagi munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi maqsadlarida va “Sug‘urta” faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlari uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chiqarilgan normativ hujjatlari davlat boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi ma’muriy binodan qo‘shimcha xizmat xonalari ajratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
1. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
2. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash;
sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, to‘lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan boshqa talablarni ta’minlash;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari mablag‘lari shakllantirilishi va joylashtirilishi bo‘yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash;
sug‘urtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalterga qo‘yiladigan bajarilishi majburiy bo‘lgan malaka talablarini belgilash;
sug‘urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi va muddatlarini belgilash;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralari hosil qilish va joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta hodisalari boshlanishining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanishi tartibi va shartlarini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari litsenziyalarining amal qilishini ko‘pi bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoxud sug‘urtaning ayrim turlari (klasslari)ga nisbatan to‘liq to‘xtatish, huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;
(3-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
har bir moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oy o‘tgach sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug‘urta bozorining faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini tekshirish;
sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urta qilish qoidalari (shartlari) va sug‘urta tariflari belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug‘urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;
sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
sug‘urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;
sug‘urta faoliyati bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilardan sug‘urta faoliyati to‘g‘risida belgilangan hisobot va ularning moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, banklardan (kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), fuqarolardan o‘ziga yuklangan funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-maydagi 193-sonli qarori tahririda)
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta to‘g‘risida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida sug‘urtalovchilar faoliyatini tekshirish, zarurat bo‘lsa buning uchun komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish;
davlat ijro etuvchi organlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va statistika hisobotini tekin olish.
6. Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 81-modda)
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va inspeksiya tomonidan o‘z funksiyalari amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
7. Sug‘urta nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning asosiy masalalari va Davlat inspeksiyasi faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
8. Davlat inspeksiyasi o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tashkil etadi.
9. Davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)