Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2025 02.07.1998 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH, IDISHLARGA QUYISH, SAQLASH VA ULGURJI SOTISHNI HISOBGA OLISH HAMDA NAZORAT QILISHGA OID NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zkimyo-sanoat” uyushmasi spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda materiallar sarfi, tayyor mahsulot chiqishi normativlarini, shuningdek tabiiy kamayish normalarini 1998-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z faoliyatini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan beriladigan litsenziya;
(bo‘limning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalari va muvofiqlik belgisi markalangan alkogolli mahsulotga (davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan beriladigan) idensifikatsiyalash nomeri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulot deyilganda ixtisoslashtirilgan korxonalarda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan va standartlar talablariga javob beradigan spirtli ichimliklar tushuniladi hamda ular vino, vino materiallari, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, konyak, balzam, konyak spirti, oziq-ovqat spirti va spirt xom ashyosini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el oziq-ovqat spirti mavjudligi, shuningdek korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘radilar.
(bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Spirt ishlab chiqarish va uning sarflanishini hisobga olish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Spirt va spirt xom ashyosi “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik ish tartibiga muvofiq ishlab chiqariladi. Spirt va spirt xom ashyosini hisobga olish, saqlash, berish, transportda tashish “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun spirt sarflashga sarflashning belgilangan me’yorlari doirasida yo‘l qo‘yiladi, Sarf qilish, jumladan, tabiiy kamayish normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadi. Spirtdan to‘g‘ri foydalanilishini korxona buxgalteriyasi va korxona rahbari tayinlaydigan mas’ul shaxslar nazorat qiladilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Spirt va spirt xom ashyosining nobudgarchiligi uni qayta ro‘yxatga olish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirt qoldiqlarini tezkor tekshirish ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan asboblarda o‘lchash yo‘li bilan har oyda amalga oshiriladi. Xatlov har yili bir marta, qoldiqlarning eng kamaygan davrida spirtni 1-klassli o‘lchagichlar orqali o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov natijalari “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlangan Xatlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish va markalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqi ishlab chiqariladigan mahsulot turiga Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga va uni ishlab chiqarish uchun zarur shartlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarda ularning ixtisoslashuviga muvofiq va standartlar, shuningdek mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, “O‘zsharobsanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zstandart” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni ta’minlaydilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sarflangan xom ashyo va materiallar sifati va miqdori maxsus qayd daftarlarida va dastlabki hisobga olish blanklarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tayyor alkogolli mahsulotlarni idishlarga quyish va rasmiylashtirish ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahsulotni idishlarga quyish, tiqinlash, yorliqlash va aksiz markalari hamda muvofiqlik belgisi bilan markalash amaldagi Standart talablariga muvofiq va “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vino-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Alkogolli mahsulotlarning barcha ko‘char va ko‘chmas resurslari buxgalteriya hisobi bilan qamrab olinadi. Miqdoriy hisob hajm ko‘rsatkichlaridan tashqari, spirt va shakar miqdorini, normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan fizik-kimyoviy va boshqa ko‘rsatkichlarni ham qamrab olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vino-aroq mahsulotlari va boshqa alkogolli mahsulotni idishlarga quyish sexlarida har oyning birinchi kunida alkogolli mahsulotlar qoldiqlarini chiqarib olish, idishlarning, aksiz markalarining, yorliqlarning, tiqinlarning va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tayyorlashga taalluqli boshqa moddiy boyliklarning holatini aniqlash yo‘li bilan hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu moddiy resurslarning tezkor hisobi har kuni olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor hisobga olish uchun idishlarga quyish liniyalarida davlat tekshiruvidan o‘tgan, ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdorini hisoblaydigan o‘lchagichlar o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xatlash natijalari bo‘yicha tayyor mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning nobud bo‘lishi va sarflanishlari belgilangan normalardan chetga farq qilgan hollarda korxona rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni keltirish va olib ketish, qat’i hisobda turadigan blankalardan foydalangan holda, ma’muriyat tomonidan belgilangan vaqtda, maxsus jihozlangan nazorat — o‘tkazish joylari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Spirt, vino materiallari va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sarfini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vinochilik va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo va spirt sarflashga belgilangan normalar asosida hisoblab chiqarilgan ehtiyojlar doirasida yo‘l qo‘yiladi va belgilangan shakllardagi dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qayta ishlangan uzumdan va sarflangan spirtdan olingan vino materiallari chiqishi miqdori hisobot yilining 1-dekabridagi va hosildan keyingi yilning 1-aprelidagi xatlash ma’lumotlariga ko‘ra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Spirt, vino materiallari va uzumning sarflangani va nobud bo‘lgan miqdori xatlash ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi va belgilangan normalar doirasida hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vinochilik mavsumida ishlab chiqarilgan vino materiallari kompaniya vakillari yoki tarmoqning markaziy degustatsiya komissiyasi a’zosi ishtirokida ularning sifatini aniqlash va kalendar yilning 1-dekabrigacha foydalanishga yuborish uchun majburiy tartibda fizik-kimyoviy analiz qilinadi va degustatsiya jihatidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishda bo‘lgan alkogolli mahsulot har yili 2-marta — 1-dekabrda va 1-iyulda xatlashdan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va transportda tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aksiz markalari bo‘lmagan alkogolli ichimliklarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnologik jarayonga muvofiq saqlanishi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib ketish uchun saqlanishi bundan mustasno. Olib ketish uchun saqlanayotgan alkogolli mahsulot hujjatida tovarning donalar (shishalar)dagi miqdori ko‘rsatilgan holda tamg‘a belgisi va javobgar shaxsning imzosi bilan tasdiqlanishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Spirt va alkogolli mahsulotlar o‘lchangan, shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan, xonalarda va muhofaza qilinayotgan hududda uni saqlashni ta’minlaydigan soz holdagi qulf armaturasi bo‘lgan idish (himoyalash qoplamasi bo‘lgan metall, dubdan ishlangan va boshqa)da saqlanadi. Alkogolli mahsulot ochiq maydonda saqlanganda mahsulot solingan idishlar plombalab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Savdo tarmog‘ida sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan alkogolli mahsulot standartlar talablariga javob berishi, markirovka, aksiz markalari, muvofiqlik belgisiga ega bo‘lishi va normativ talablarga javob beradigan xonalarda saqlanishi kerak. Mahsulot korxona laboratoriyasi xulosasi bilan chiqariladi va muvofiqlik sertifikati bilan jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vino-aroq mahsulotlarini, ko‘piklanadigan va vishillaydigan vinolarni, konyak va boshqa alkogolli mahsulotlarni savdo bazalarida, ishlab chiqaruvchi korxonalar va do‘konlarning omborxonalarida saqlash O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlashda vaqtidagi nobud bo‘lish normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulot kalibrlangan katta idishlarda saqlanishi kerak. Har bir idish belgilangan tartibda tasdiqlangan kalibrlash jadvaliga ega bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulotni transportda tashish kalibrlangan temir yo‘l va avtomobil sisternalarida amalga oshirilishi kerak. Sisternalar ularga haqiqatda qancha mahsulot sig‘ishini belgilovchi pasportga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Spirtni ulgurji sotish va alkogolli mahsulotlarni sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotishga faoliyatning ushbu turiga belgilangan tartibda olingan litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarga ruxsat beriladi va u ikki tomonlama shartnoma asosida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Spirtdan foydalanuvchining yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hisoblab chiqarilgan ehtiyojlariga muvofiq “O‘zsharobsanoat” AJning naryadi hamda yetkazib beruvchi bilan foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan yetkazib berish shartnomasi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa ehtiyojlari uchun spirt olish (berish)ga asos bo‘ladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Statistika va texnologiya hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hududiy statistika organlariga belgilangan muddatlarda quyidagi hisobotlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzumning sanoat yo‘li bilan qayta ishlashga qabul qilinishi to‘g‘risidagi hisobot (iyul, avgust, sentabr, oktabr, noyabr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat spirti ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi hisobot (har oyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vino materiallari, konyak spirti ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobot (bir yilda 2-marta —1-iyulda va 1-yanvarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzum vinosi, shampan vinosi va vishillaydigan vinolar, aroq, konyak, balzam ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot (har oyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vino materiallari yuklab jo‘natilganligi to‘g‘risidagi hisobot (har oyda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistika hisobotlari, shuningdek yuqori turuvchi tashkilotlarga va “O‘zsharobsanoat” AJ ga ham taqdim etiladi. “O‘zsharobsanoat” AJ ga statistik hisobotlardan tashqari mavsum bo‘yicha uzumni qayta ishlash to‘g‘risidagi yakuniy hisobot taqdim etiladi.
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olishni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Soliq organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarining (tabiiy va ko‘piklanadigan vinodan tashqari) aksiz markalari va muvofiqlik belgilari bilan to‘g‘ri markirovka qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini belgilangan tartibda identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo, materiallar sarfi va tayyor mahsulot chiqishi normativlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirt va vino-aroq mahsulotlarini amalda ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularni sotish hajmlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va berish (sotish) talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)