Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.01.2006 29.09.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1414
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 29.09.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1414
Кучга кириш санаси
09.10.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.01.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI TIZIMI BOShQARUV ORGANLARI VA OʻQUV YuRTLARINING RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-sentabrda 1414-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Makur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining “Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 2005-yil 30-dekabrdagi 106-son, 43-son, 01-356-sonli qarori (roʻyxat raqami 1540-son, 18.01.2006-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom barcha xalq taʼlimi tizimi organlari va oʻquv yurtlariga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-211-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
2004-yil 26-avgustdagi 78, 01-211-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 293-sonli, 2004-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 372-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Xalq taʼlimi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan (keyingi oʻrinlarda — pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbar kadrlar attestatsiyasi ularning “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat taʼlim standartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 321-sonli qarori, respublikada amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bajarilishini taʼminlashdagi faolligi, taʼlim muassasasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sifati va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini xolis baholash, taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasb mahoratlari oʻsishini ragʻbatlantirish, taʼlim-tarbiya, yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish va uni taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi mehnati natijalarini xolis baholash, egallab turgan yoki daʼvogarlik qilayotgan toifa va lavozimlariga muvofiqligini aniqlash, taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — DTM) tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq taʼlimi tizimi attestatsiyadan oʻtkaziladigan rahbar kadrlari tarkibiga quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligining, shu jumladan bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining boshqarma va boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika institutlarining prorektorlari, oʻquv va uslubiy boʻlim rahbarlari, fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari va oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari rahbarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) rahbarlari, oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori va prorektorlari, kafedra mudirlari va oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta, maktabgacha, maktabdan tashqari va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari va xalq taʼlimi tizimi boshqaruv organlari mutaxassislari mazkur Nizomning rahbar kadrlar uchun belgilangan tartib asosida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq taʼlimi tizimi pedagog kadrlari tarkibiga professor-oʻqituvchi, oʻqituvchi, uslubchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va toʻgarak rahbarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan kamida 1 oy oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarga attestatsiyaga oid rasmiy xabar, hujjatlar va dastur yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan pedagoglar asosiy ish joyida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq taʼlimi vazirligi, hududiy boʻlinmalar pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi jarayonini tashkil etishga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq taʼlimi vazirligi, hududiy boʻlinmalar va taʼlim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan oʻtuvchilarni attestatsiya tartib va qoidalari bilan tanishtiradi, attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyxatini tuzadi hamda tegishli buyruqlarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Attestatsiyadan oʻtuvchi rahbarlar taʼlimni boshqaruv organiga; pedagoglar taʼlim muassasasi rahbariyatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma-soʻrovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumoti, toifasi, ilmiy daraja va unvoni haqidagi hujjatlar, malaka oshirganlik haqidagi guvohnoma, qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaxassisligi haqidagi guvohnoma nusxalari (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi 5 yilda nashr etilgan ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlari, ixtirolari va maqolalari roʻyxati (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtuvchining oxirgi 5 yildagi oʻquv, uslubiy, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha olib borgan ishlari hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasini rivojlantirish borasidagi ishlari va kelgusidagi rejalari haqida qisqacha maʼlumot (rahbarlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga taqdim etilgan rahbarlar toʻgʻrisidagi hujjatlar taʼlimni boshqaruv organi rahbariyati (pedagogika institutlarida rektor), pedagoglar toʻgʻrisidagi hujjatlar taʼlim muassasasi (yoki boʻlim) rahbarlari tomonidan imzolanadi. Hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligiga imzo qoʻygan masʼul shaxs javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishga mehnat shartnomasi asosida yangi qabul qilingan rahbarlar va pedagoglar kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pedagog kadrlar tayanch maʼlumoti yoki qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaxassisligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlat fuqarolari attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Attestatsiya komissiyalarining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalq taʼlimi tizimi boshqaruv organlari rahbar kadrlarini attestatsiya qilish komissiyalari tarkibi Xalq taʼlimi vazirligi va DTM xodimlaridan iborat boʻlib, vazirlik buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi — vazirlik rahbarlaridan, komissiya raisi oʻrinbosari DTM rahbarlaridan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublika boʻysunuvida boʻlgan umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, maxsus maktab (maktab-internat), mehribonlik uylari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyalari tarkibi Xalq taʼlimi vazirligi vakillari, taʼlim muassasasi rahbarlaridan iborat boʻlib, vazirlik tomonidan DTM bilan kelishilgan holda tuziladi. Komissiya raisi vazirlik xodimlaridan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalq taʼlimi tizimi taʼlim muassasalari rahbar kadrlari va pedagogika institutlari professor-oʻqituvchilarini attestatsiya qilish komissiyalari tarkibi Xalq taʼlimi vazirligi va DTM xodimlaridan iborat boʻlib, DTM buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi — DTM xodimlaridan, komissiya raisi oʻrinbosari vazirlik xodimlaridan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy boʻlinmalar boʻysunuvida boʻlgan umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, maxsus maktab (maktab-internat), mehribonlik uylari pedagog kadrlari attestatsiyasini tashkil etish maqsadida viloyatlar DTM xodimi (komissiya raisi), Hududiy boʻlinmalar vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar DTM tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar tomonidan har bir tuman (shahar)larda pedagog kadrlar attestatsiyasi komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar DTM va vazirlik bilan kelishilgan holda attestatsiya komissiyasining tarkibiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Kiritilgan oʻzgartirishlar haqida DTM va vazirlikka maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Attestatsiya komissiyasining tarkibi 7 kishidan iborat boʻladi. Komissiya aʼzolarining 5 nafari qatnashganda uning faoliyati vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiya komissiyalarining faoliyat koʻrsatish muddati Xalq taʼlimi vazirligi va DTM tomonidan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Rahbar kadrlar attestatsiyasi quyidagicha tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar kadrlar taʼlimga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, rahbarlik qobiliyati va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha test sinovidan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarning oxirgi attestatsiyadan keyingi davrlardagi oʻquv-ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha faoliyati taʼlim muassasasining rivojlanish surʼati haqidagi aniq statistik maʼlumotlar asosida oʻrganiladi va tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa oʻrtasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy va mansab vazifalarida belgilangan masalalar boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbarning umumiy bali test, suhbat natijalari, rahbar faoliyatini belgilovchi koʻrsatkichlarga qoʻyilgan ball hamda jamoa tomonidan berilgan baholar yigʻindisidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Rahbar kadrlar uchun test savollari toʻplami: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat taʼlim standartlari, Mehnat kodeksi va boshqa taʼlim sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalar, boshqaruv sanʼatiga oid psixologik testlar, rahbarlik faoliyatiga oid moliyaviy masalalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Taʼlim muassasasini rivojlantirish surʼatini belgilovchi koʻrsatgichlarga bitiruvchilarning bilim darajasi, taʼlim muassasasidagi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilish darajasi, oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha koʻriklardagi natijalari, bitiruvchilarining ishga (oʻqishga) joylashishi, oʻqituvchilar, iqtidorli va kam taʼminlangan oʻquvchilarni ijtimoiy himoyalash boʻyicha olib borilgan ishlar, taʼlim muassasasi moddiy-texnik bazasi, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik masalalari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sotsiologik soʻrovlar rahbarning xulq-atvori, insonparvarligi, jamoani boshqara olish qobiliyati, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, fidoiyligi, masʼuliyatliligi, qatʼiyatliligi, xodimlar manfaati yoʻlida jonkuyarligi, adolatliligi, oʻziga va oʻzgalarga nisbatan talabchanligi kabi fazilatlarini aniqlashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlar oʻz mutaxassisligi hamda meʼyoriy-huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha test sinovidan, suhbatdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog oʻqitayotgan fan boʻyicha oʻquvchilarning, talabalarning bilimi, oʻzlashtirish darajasi oʻrganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar oʻrtasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, oʻquvchilarining bilim darajasi, ilmiy, oʻquv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan oʻrganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yigʻindisidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, madaniyat, sanʼat, sport sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari oʻz mutaxassisligi boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pedagog kadrlar uchun meʼyoriy-huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlar boʻyicha test savollari toʻplami: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat taʼlim standartlari, milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Har bir taʼlim turi boʻyicha pedagog va rahbar kadrlar uchun attestatsiya jarayonida alohida test savollari banki, sotsiologik soʻrovlar, taʼlim muassasasining rivojlanish surʼati va attestatsiyadan oʻtuvchining mehnat faoliyati samarasini belgilovchi oʻziga xos koʻrsatkichlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Pedagogika institutlari, hududiy boshqarmalar va tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari rahbariyatining attestatsiya jarayonini tashkil etishga oid vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Attestatsiya oʻtkazilishi haqida tegishli buyruqlarini chiqaradi. Attestatsiyadan oʻtuvchi rahbarlarning sonini aniqlaydi va ular haqidagi maʼlumotnomani vazirlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Attestatsiyadan oʻtuvchi rahbarlarni attestatsiya jarayoni bilan tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hududiy boshqarmalarga biriktirilgan vazifalar DTMning viloyatlardagi doimiy vakili bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Attestatsiya jarayonini tashkil etishda taʼlim organlari rahbarlari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtuvchilar roʻyxatini tuzadi, ular haqida tegishli buyrugʻini rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtuvchilarning hujjatlarini tayyorlaydi va ularga tavsifnomalar yozadi. Har bir attestatsiyadan oʻtuvchi uchun alohida yigʻma jild tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtuvchilarga attestatsiyaning tartib va qoidalarini tushuntirish uchun seminarlar oʻtkazadi va ularning attestatsiyaga toʻliq qatnashishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaga qatnasha olmaydiganlar roʻyxatini tuzadi va ularning sababini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya jarayonini oʻtkazishga zarur texnik vositalarning ish holatini tekshirib chiqadi va zarur boʻlgan moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlaydi, tegishli shart-sharoitlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Attestatsiya natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Attestatsiya komissiyasi pedagog va rahbar kadrlar toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, test sinovlari, sotsialogik soʻrov va suhbat natijalari asosida umumiy xulosani qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy xulosalar komissiya aʼzolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlganda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasining xulosasi bevosita attestatsiyadan keyin eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra rahbarga “Egallab turgan lavozimiga loyiq”, “Egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq”, “Egallab turgan lavozimiga noloyiq” degan xulosalardan birini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq” deb eʼtirof etilgan rahbar kadrlar 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra pedagogga “Attestatsiyadan oʻtdi”, “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” va “Attestatsiyadan oʻtmadi” degan xulosalardan birini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tayanch maʼlumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmagan boʻlsa, attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis toifaga ega pedagog “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda, shuningdek tayanch maʼlumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmagan boʻlsa, tegishli taʼlim muassasasi rahbari pedagogga oʻz mutaxassisligiga oʻtishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga borishni taklif qiladi. Ushbu takliflarga rozi boʻlmaganda amaldagi qonunchilik asosida u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Attestatsiya qilinuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra qatnashmagan pedagog yoki rahbar esa “Attestatsiya qilinmagan” deb eʼtirof etiladi va mehnat qonunchiligiga asosan tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taʼlim muassasasi rahbari attestatsiya komissiyalari xulosalari asosida rahbar yoki pedagog kadrlar uchun tegishli buyruqlarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Attestatsiya komissiyasining xulosa (baho va tavsiya)lari attestatsiya varaqasida qayd etiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya varaqalari va bayonnomalariga oʻzgartirish kiritish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya varaqasi xodimning shaxsiy hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya hisobot tayyorlaydi, vazirlikka va DTMga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiya komissiyasining xulosasi boʻyicha shikoyat va eʼtirozlar bilan “Apellyatsiya komissiyasi”ga murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Apellyatsiyani oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellyatsiya komissiyasi 3—5 kishidan iborat tarkibda DTM hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalar huzurida tuziladi. Komissiya ishida aʼzolarining 3/2 qismi qatnashganda uning faoliyati vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi vazirlik va Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyasi xodimlaridan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Apellyatsiya komissiyasi ariza beruvchiga kamida besh kun oldin daʼvo arizasini koʻrib chiqish haqida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Apellyatsiya natijasi ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Apellyatsiya komissiyasining xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va nusxasi ariza beruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiya komissiyasining hamda “Apellyatsiya komissiyasi”ning xulosasi boʻyicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qism
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi jarayonidagi nizolar amaldagi qonunchilik doirasida hal etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 431-modda)