O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorini bajarish, shuningdek, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda mulkchilikning turli shakllarini va raqobat muhitini rivojlantirish asosida ularning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashini bosqichma-bosqich ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi asosida kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini isloh qilish mintaqaviy kompleks dasturlarini ishlab chiqsinlar;
xususiy uylar va ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar egalari mablag‘lari hisobiga xizmat ko‘rsatiladigan uylar yonidagi hududlar chegaralarini 1998-yil oxirigacha belgilasinlar ayni bir vaqtda uy-joylardan foydalanish xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatish chegaralarini yer uchastkalaridan foydalanuvchilarni ularning ushbu uchastkalarni birgalikda saqlash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini belgilasinlar;
uy-joylardan foydalanish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar va shu asosda ularni to‘liq xo‘jalik hisobiga o‘tkazishni 1998-yil oxirigacha tugallasinlar;
ko‘p kvartirali barcha uy-joylar ichkarisida issiqlik gaz suv iste’molini hisobga oluvchi va tartibga soluvchi priborlarni o‘rnatish ishlarini 2000-yilgacha tugallasinlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini to‘liq ta’mirlashning 2005-yilgacha bo‘lgan davlat aniq dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin bunda mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilashni hamda ta’mirlashdan keyin ularni uy-joy egalarining to‘liq qaroviga berishni hisobga olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda lift xo‘jaligini saqlash va ta’mirlash masalalarini ikki oy muddatda ko‘rib chiqsin va ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Shahar xo‘jaligi iqtisodiyoti uni tashkil qilish va undan foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlasinlar hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ularni tayyorlash yuzasidan takliflar kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorining 2 va 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov eimmasiga yuklansin.
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi islohotlar respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy qayta o‘zgartirishlarning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi va u yaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy asosda ro‘yobga chiqarilmoqda.
Aholiga uy-joy kommunal xizmati ko‘rsatish tizimini isloh qilish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Davlat uy-joy siyosati asoslari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizmat ko‘rsatishni boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”, “Respublikada uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tishi to‘g‘risida” 1994-yil 7-fevraldagi 54-son “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorlarini hamda boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ro‘yobga chiqarish doirasida amalga oshirilmoqda.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarining bozor munosabatlariga o‘tishi jarayoni boshlandi.
1. Uy-joylardan foydalanish xo‘jaligi sohasida to‘liq xo‘jalik hisobida 109 ta uy-joylardan foydalanish korxonalari ishlamoqda 181 ta oilaviy va jamoa pudrati brigadalari faoliyat ko‘rsatmokda. Boshqaruvning oraliq bo‘g‘inlari — uy-joy trestlari amalda tugatildi, muqobil xizmatlarni tashkil etish uy-joylarga kirish joylarida sovuq va issiq suv, gaz, issiqlik energiyasini hisoblagichlar o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
2. Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida “O‘zsuvkanal” ishlab chiqarish birlashmasi tugatildi. Viloyatlar suv quvurlari kanalizatsiya boshqarmalari yangidan tashkil qilingan hududiy kommunal foydalanish birlashmalari tarkibiga o‘tkazildi. Suvni hisoblash priborlari bilan sanoat obyektlarining 90 foizi va ijtimoiy-maishiy soha obyektlarining 68 foizi qamrab olingan.
3. Gaz ta’minoti sohasida “O‘zbekgaz” ishlab chiqarish birlashmasi tugatilgan, tugallangan balansga ega bo‘lgan gaz ta’minoti va gazlashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi bosh boshqarmalar tashkil etilgan. Tarmoqlarda gaz isrofgarchiligiga ortiqcha yonishlar va shu kabilarga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
4. Issiqlik ta’minoti sohasida “O‘zissiqlikkommunenergiya” RIB tugatildi uning viloyatlardagi bo‘linmalari hududiy kommunal foydalanish birlashmalari tarkibiga o‘tkazildi. Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilayotgan xo‘jalik hisobidagi issiqlik ta’minoti tashkilotlarini shakllantirishga doir tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi kapital foydalanish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tajriba ishlari olib borilmoqda.
5. Obodonlashtirish sohasida ahlatxonalarni ijaraga berish amalga oshirilmoqda Toshkent shahrida yagona buyurtmachi xizmati tashkil qilingan maxsus mashinalarning bir qismi haydovchilarga ijaraga berilgan. Ko‘kalamzorlashtirish korxonalarini xususiylashtirish boshlandi.
6. Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga kiruvchi sanoat hamda boshqa korxona va tashkilotlar xususiylashtirilmoqda.
Shu bilan birga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish past sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Xizmatlar ko‘rsatishda monopolizm va muqobilsizlik saqlanib qolmoqda, xizmatlar qiymatini shakllantirishda xarajat mexanizmiga xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish va sifatini oshirish uchun iqtisodiy rag‘batlari bo‘lmagan boshqaruvning ma’muriyatchilik usullariga boshqarish va xizmat ko‘rsatish funksiyalarini qo‘shib olib borish xususiyatiga ega bo‘lgan davlat korxonalari hali ham ustunlik qilmoqda. Iste’molchilarning to‘liq intizomi past resurslar sarfini hisobga olishning zarur darajasi ta’minlanmagan tarmoqdagi ko‘plab korxonalarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda.
tarmoqni o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga, zarar ko‘rmasdan faoliyat ko‘rsatish tartibiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, narx belgilashda xarajat mexanizmini bartaraf etish, raqobat muhitini va muqobil tuzilmalarni yaratish;
mulkchilikning ko‘p shaklliligini va tarmoq faoliyat ko‘rsatishning bozor tamoyillarini ta’minlashga yo‘naltirilgan institutsional qayta o‘zgartirishlarni amalga oshirish;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida munosabatlarni davlat tomonidan yanada takomillashtirish, uy-joy fondining, kommunal tizimlarning ahvoli va saqlanishi ustidan davlat nazoratining samarali mexanizmini ishlab chiqish;
resurslardan oqilona foydalanishni, manbaalarni tejashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy siyosatini o‘tkazish.
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarishni quyidagi asosiy yo‘llar bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
kommunal xizmat ko‘rsatishning mavjud tizimini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish tizimini ta’millashtirish, kommunal korxonalarning o‘z funksional vazifalarni hal etishdagi iqtisodiy mustaqilligini va javobgarligini oshirish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish jarayonlarinn yanada chuqurlashtirish, bajaruvchilarni tanlov bo‘yicha tanlash va muqobil korxonalarni rivojlantirish asosida hamma joyda shartnomaviy munosabatlarga o‘tish, narx belgilashning bozor tizimini shakllantirish;
tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni rivojlantirishga muqobil investitsiyalarni jalb qilish, xizmatlar ko‘rsatishning iqtisodiy tizimlarini joriy etish;
kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari mehnatini pag‘batlantirishning kuchli, asoslangan mexanizmini ishlab chiqish bilan uyg‘un holda, aholi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘zaro hamkorligining iqtisodiy shakllariga o‘tishni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usullarini, uning me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
imtiyozlarning mavjud tizimini tartibga solish, uy-joy-kommunal munosabatlarni tartibga solib borishda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish.
Konsepsiyada kommunal xizmat ko‘rsatishni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi sifatida boshqarish va xizmat ko‘rsatish funksiyalarini ajratish, shu asosda:
kommunal munosabatlar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimini tashkil etish nazarda tutiladi.
kommunal munosabatlar qatnashchilarining yuridik va xo‘jalik mustaqilligini mulkiy javobgarligini ta’minlash;
mulkchilik shakllarining ko‘p xilligini rivojlantirish, shu jumladan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tuzish uy-joy fondi xizmat ko‘rsatish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha muqobil pudrat tashkilotlarini tashkil etish;
ko‘chmas mulkni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarga narx belgilashning bozor tamoyillariga o‘tish;
kommunal munosabatlar qatnashchilari tomonidan yashash sharoitlari va ko‘rsatiladigan xizmatlarning belgilangan standartlari ta’minlanishi, xizmatlarga o‘z vaqtida haq to‘lanishi, shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
uy-joy fondining saqlanishini ta’minlash va uy atrofini zarur darajada saqlash, ushbu maqsadlarga mo‘ljallangan xarajatlarni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash;
uy-joy fondini, yashab turgan shaxslarni hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va pasport- hisobga olish ishlarini yuritish;
uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tegishli pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, ushbu ishlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishini ta’minlash.
Mulkdor — uy egasi ushbu funksiyalarni o‘zi bajarishga, yoxud boshqaruv funksiyasini shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan boshqaruvchi tashkilotga (buyurtmachi xizmati) berishga haqlidir. Boshqaruvchi tashkilot davlat tashkiloti ham, mulkchilikning boshqa shaklidagi tashkilot ham bo‘lishi mumkin.
Pudrat shartnomasida qayd etilgan ishlar va xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi xizmat ko‘rsatuvchi pudrat tashkilotining funksiyasi hisoblanadi. Bunda pudrat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazish hisobga olish funksiyalarini, pasport-hisobga olish ishlarini, aholidan to‘lov yig‘ishni, imtiyozlar va subsidiyalarni rasmiylashtirishni boshqaruvchi tashkilotga (buyurtmachi xizmatiga), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bergan holda bu ishlardan ozod qilinadi.
Ushbu mexanizmni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida barcha uy-joylardan foydalanish tashkilotlarini, ularga davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni xo‘jalik maqsadlarida yuritish huquqini bergan, keyinchalik mana shu asosda boshqaruvchi va pudrat tashkilotlari tuzgan holda, birinchi navbatda xo‘jalik hisobiga o‘tkazish tugallanadi. Buyurtmachi va pudratchi funksiyalarini ajratishni asosan 2000-yilda tugallash nazarda tutilmoqda.
Ko‘chmas mulkka mulkchilik shakllarining ko‘p xilliligini shakllantirish masalalarida ham uy-joy, ham uylardagi turar joy bo‘lmagan binolar mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joylar mulkdorlari shirkatlari (kondominiumlar) tashkil etishga birinchi navbatda e’tibor beriladi. Umumiy foydalaniladigan joylar (zinapoyalar, yo‘laklar, yerto‘lalar, tom, liftlar, uy atrofidagi hududdagi binolar va imoratlar) va uylarga tutash yer uchastkalari ko‘rsatib o‘tilgan shirkatlarning ulushli mulki hisoblanadi.
Uy-joylar mulkdorlari shirkatlari mulkdorlarning ulushli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha huquqlari amalga oshirilishini, shirkatning har bir a’zosining uning mulki hisoblangan turar joy va (yoki) turar joy bo‘lmagan binolar umumiy maydoni hajmiga mutanosib ravishda harajatlarda qatnashishi asosida umumiy foydalaniladigan joylarga xizmat ko‘rsatilishi va ularni tuzatishni mablag‘ bilan ta’minlashga da’vat etilgandir.
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar uy-joy-kommunal munosabatlarda shartnomalar (kontraktlar)ning ahamiyatini keskin oshirish, ustun darajada tanlov asosida iqtisodiy asoslangan tariflar va narxlarni shakllantirishni ta’minlash imkonini beradi.
Konsepsiyada “Uy-joylar mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘zlariga tegishli mulkni boshqarishda va unga xizmat ko‘rsatishda va sifatli xizmatlarga imkoni boricha pastroq narxlarda haq to‘lashda resurslardan oqilona foydalanishdan manfaatdor bo‘lgan shirkatlar tuzilishini tashkil etish imkonini beradi.
Uy-joy fondini boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga oid ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarning hayotga joriy etilishi davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlariga yuklanadi.
Eng maqbul narxlar bo‘yicha bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning zarur hajmi va sifatini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvchilar monopol mavqeyining salbiy oqibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi kommunal munosabatlarda raqobat muhiti yaratilishi kommunal xizmat ko‘rsatishni isloh qilishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
tarmoq korxonalarini monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini kuchaytirish bilan birgalikda ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish;
uy-joylar mulkdorlari va boshqaruvchi tashkilot (buyurtmachi) tomonidan uy-joy-kommunal maqsadlardagi obyektlarga xizmat ko‘rsatishga va ularni rivojlantirishga buyurtmalar berish, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, pudrat tashkilotlarini kommunal xizmatlar ko‘rsatishga tenglik asosida jalb qilish;
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomalar asosida hisob-kitob qilish tizimini tashkil etish, shuningdek shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun iqtisodiy va ma’muriy jazolarni qo‘llash.
Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi ayrim kichik tarmoqlari obyektlarini xususiylishtirishga yondashuvlar ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan.
Tarmoqning ayrim faoliyat sohalarida hozirning o‘zidayoq raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjuddir. Bunday sohalarga quyidagilar kiradi:
uy-joy fondiga va shahar obodonchiligi obyektlariga (yo‘l-ko‘prik xo‘jaligi, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya, hududlarni sanitariya jihatidan tozalash va boshqalar) xizmat ko‘rsatish;
kommunal xizmat ko‘rsatishning muqobil shakllaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shu jumladan obyektlarning tarmoqli muhandislik infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hayot ta’minotining avtonom tizimlari (lokal bug‘ qozonxonalari, idishlardan va gaz ballonidan gaz bilan ta’minlash va boshqalar);
kommunal xo‘jaligi obyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning ayrim turlarini bajaruvchi korxonalar (tarmoqlarni tuzatish va tozalash, axlatlarni yig‘ishtirish, lift xo‘jaligini ishlatish va boshqalar);
uy-joy-kommunal maqsadlardagi obyektlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-qidiruv, tuzatish-qurilish va qurilish-montaj ishlari.
Ushbu soha tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish tanlov asosida tegishli shartnomalar tuzishda ularning real teng huquqliligini ta’minlash vazifasi turibdi. Birinchi navbatda joriy yildayoq uy-joy fondini mukammal tuzatish sohasida band bo‘lgan tuzatish qurilish tashkilotlarini xususiylashtirish, 1999-yilda esa qolgan tashkilotlarni xususiylashtirish tugallanadi.
Tabiiy monopoliyaga tegishli bo‘lgan issiqlik, suv ta’minoti, kanalizatsiya korxonalari va raqobat muhiti yaratish imkoniyati g‘oyat cheklangan monopol korxonalar hisoblanuvchi gaz ta’minoti korxonalari boshqa toifani tashkil etadi. Ushbu va shunga o‘xshash korxonalarni maxsus dastur bo‘yicha xususiylashtirish nazarda tutilmoqda.
monopoliyaga qarshi ta’sir ko‘rsatish usullarini saqlab qolgan holda maqbul narxlar bo‘yicha zarur sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, har yilgi auditorlik tekshirishlarini tashkil etish;
aksiyalarni taqsimlashda ehtimol tutilgan albatta turdosh korxonalarni jalb qilgan holda aksiyalarning nazorat paketini amaldagi tartib doirasida asosiy mulkdorda saqlash;
moddiy, energetika, moliyaviy va mehnat resurslari xarajattari normativlari tizimidan foydalangan holda narxlar va tariflarni belgilash tartibi orqali narx belgilashni tartibga solish;
tanlov savdolari asosida kommunal xizmatlar ko‘rsatishning ayrim bosqichlarida (kapital tusdagi mavsumiy tuzatish ishlari, qishki va materiallar xarid qilish va boshqalar) raqobat muhitini yaratish;
suv ta’minoti, suv ajratish yoki issiqlik shoxobchalari tizimini ishonchli boshqarishga boshqaruvchi tashkilotni tanlov asosida jalb qilish;
xorijiy sarmoyani jalb qilgan holda birgalikda xo‘jalik yuritish asosida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etish;
davlat hokimiyati mahalliy organlariga aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sarmoyasidagi davlat ulushini boshqarish huquqini berish.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boshqaruvchi tashkilot bilan ishonchli boshqaruv yuzasidan shartnoma tuzilishi monopol tizimlardagi raqobat muhitini rivojlantirish yo‘llaridan biri bo‘lishi mumkin. Unda shartnomaning amal qilish vaqtida tashkilot faoliyati yuzasidan maqsadli yo‘nalishlar belgilanadi. Boshqaruvchi tashkilot, odatda, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu xizmatlar yo natura ko‘rsatkichlari ko‘rinishida, yoxud normativlar ko‘rinishida shakllantiriladi.
Xizmatlar sifati standartlarini aks ettiruvchi indikatorlar ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda tarif siyosatini belgilash ishonchli boshqaruv shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ishonchli boshqaruvga ham mamlakatimizning, ham chet elning firmalari odatda tanlov asosida jalb qilinishi mumkin. Xorijiy kompaniyalar jalb qilinishidan oldin iqtisodiyotning ushbu sohasida milliy manfaatlarni himoya qilish uchun zarur huquqiy baza ishlab chiqilishi kerak.
Quyidagilar uy-joy-kommunal munosabatlar sohasida davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
tarmoqni isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratuvchi tegishli me’yoriy-huquqiy va uslubiy negizni shakllantirish, ushbu hujjatlarga kommunal munosabatlar barcha ishtirokchilarining majburiy rioya qilishini ta’minlash;
uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida shartnoma munosabatlariga o‘tish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy mustaqilligini oshirish;
raqobat muhitini yaratishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xizmatlar ko‘rsatishda teng huquqli ishtirokini ta’minlash, ana shu asosda narx belgilash siyosatini shakllantirish ;
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
shartnomaviy munosabatlar doirasida uy-joy-kommunal xizmatlar iste’molchilariga belgilangan standartlar darajasida kafolatli xizmat ko‘rsatish ta’minlanishini nazorat qilish;
majburiy xizmat ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar iste’molchilarining iste’mol normativlari va ustuvor guruhlarini va ko‘rsatiladigan xizmatlarning eng kam darajasini belgilash;
narxlarni shakllantirish uchun xarajatlar va foyda hisob-kitobi holisligini baholash yo‘li bilan monopolist korxonalar tomonidan kommunal xizmatlarga tariflar belgilanishini nazorat qilish, ushbu ishda barcha manfaatdor tomonlarning ishtirokini ta’minlash;
suv, issiqlik, gaz va boshqa energiya manbalarini yakka tartibda hisobga olish va ularning sarfini tartibga solish priborlarini joriy etish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
dasturiy-maqsadli yondashuvlar, tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich qisqartirish, chuqur o‘ylangan soliq siyosatini o‘tkazish, investitsiyalarning muqobil manbalarini, shu jumladan xorijiy investorlar investitsiyalarini keng jalb qilish asosida tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi huzurida hududiy tuzilmalarga ega bo‘lgan Davlat uy-joy inspeksiyasi tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Unga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi:
(IV bo‘limning o‘n ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
uy-joylar va kommunal obyektlar muhandislik tarmoqlari asbob-uskunalarini muntazam ko‘rikdan o‘tkazish va ulardan foydalanish sifatini tekshirish;
uy-joyga va uy atrofidagi hududga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
binolar va umumiy foydalaniladigan joylar o‘z vaqtida va sifatli tuzatilishini, iste’molchiga kommunal xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qilish;
uy-joylar binolari mulkdorlari, uy-joy-kommunal tashkilotlar bilan energiya resurslarini (suv, gaz, elektr va issiqlik energiyasi va boshqalar) yetkazib beruvchi korxonalar o‘rtasidagi shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
uy-joylar mulkdorlari va kommunal-foydalanish korxonalarining uy-joylardan foydalanish, kommunal xizmatlar sifati va energiya manbalari masalalari bo‘yicha shikoyatlari, arizalarini ko‘rib chiqish.
Kommunal xizmat ko‘rsatishning o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tishi sharoitlarida dotatsiyani bosqichma-bosqich qisqartirish asosida tarmoqni mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga asosiy ahamiyat beriladi.
Mahalliy budjetning ahamiyati oshib borayotgan bir sharoitda kommunal xizmat ko‘rsatishni budjet tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
mintaqalararo va magistral kommunal infratuzilma tizimini, yirik va muhim inshootlar va obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
Asosiy e’tibor joylarda tarmoqni rivojlantirishni mablag‘ bilan ta’minlashning, eng avvalo kommunal xizmatlardan foydalanuvchilarning to‘lov intizomini mustahkamlash asosida budjetdan tashqari manbalarini, shuningdek mablag‘ bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, ayniqsa uzoq muddatli kreditlarni, shu jumladan xorijiy kreditlarni jalb qilishga qaratilishi keraq.
Uy-joy-kommunal xizmatlarga haq to‘lash uchun uy atrofidagi hududdan binolarning yerto‘lalaridan va umumiy foydalaniladigan boshqa joylardan foydalanishdan uy-joy mulkdorlari daromadlarini shakllantirish tizimi rivojlanadi.
Eng yaqin vaqtlar ichida tegishli ravishda mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlagan holda tarmoqning asosiy fondlarini, ayniqsa uy-joy fondini saqlash va mukammal tuzatishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Tarmoqda energiya ta’minoti masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Quyidagilar uning asosiy yo‘nalishlari bo‘lishi kerak:
issiqlik energetikasi, texnologik va asbob-uskunalarning boshqa turlari samaradorligini, energiya manbalarini uzatish va taqsimlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini oshirish;
uy-joy binolarining to‘suvchi konstruksiyalarining issiqlikni saqlash xususiyatlarini kuchaytirish va qurilishda issiqlikni o‘tkazish xususiyatlari past bo‘lgan konstruksiyalar qo‘llanilishini cheklash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hisobga olish priborlari, yuqori sifatli sanitariya-texnika uskunalari, shu jumladan berkitish uskunalari, samarali suv taqsimlash priborlari ishlab chiqarilishini va hamma joyda qo‘llanilishini tashkil etish.
Iste’mol qilinayotgan energiya manbalari va suvni yakka tartibda hisobga olish va sarflanishini tartibga solish priborlari birinchi navbatda ko‘p kvartirali uy-joylarning kirish joylarida joriy etiladi. Keyinchalik ular bilan har bir xonadonni yoki yakka tartibdagi uyni jihozlash, dispetcherlik boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda, bu tegishli resurslardan foydalanishni hisobga olish bilan bir qatorda ularni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonini maqbullashtirish, boshqaruvning barcha darajalari uchun axborot tarqatish imkonini beradi.
Kommunal xizmat ko‘rsatishni isloh qilishda tarmoqning o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga asta-sekin o‘tishi doirasida tariflarni bosqichma-bosqich o‘zgartirish ko‘zda tutiladi.
Bunda uy-joylarni saqlash va kommunal xizmatlar ko‘rsatish uchun aholi tomonidan to‘lanadigan xarajatlar ulushini bosqichma-bosqich ko‘paytirishga quyidagilar:
hamma joyda mehnatga ishbay asosida haq to‘lashga o‘tish, ma’muriy-boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish;
aholi real daromadlari o‘sishini hisobga olish bilan ayni bir vaqtda xizmatlarning sifat standartlarini ta’minlash asosida ushbu xarajatlarni nisbatan kamaytirish hisobiga erishiladi.
Quyidagilarni hisobga olgan holda uy-joy-kommunal xizmatlarga tabaqalashtirilgan haq to‘lash tizimini shakllantirish ko‘zda tutiladi:
uy-joyning joylashgan o‘rni, obodonlashtirilganligi va sifati, shuningdek uy-joy maydonining ijtimoiy normasi;
bittadan ortiq kvartiraga ega bo‘lgan ijarachilar va mulkdorlar tomonidan uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar uchun to‘liq miqdorda haq to‘lash.
Uy-joylarga haq to‘lash sohasidagi siyosatni belgilashda respublika standartlari tizimiga muhim o‘rin beriladi, quyidagilar ularning asosiylari hisoblanadi:
aholini uy-joy bilan ta’minlashning sanitariya va ijtimoiy normalari asosida belgilanadigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi standarti;
uy-joy umumiy maydonining 1 kvadrat metriga va oilaning bir a’zosiga uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymati standarti, u uy-joy-kommunal xizmatlarning quyidagi zarur turlari asosida belgilanadi: uy-joyni saqlash va tuzatish, jumladan, asosli tuzatish, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti, elektr energiyasi ta’minoti, shuningdek, respublika mintaqalari bo‘yicha uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatishning vujudga kelgan o‘rtacha cheklangan qiymati;
kommunal xizmatlar va uy-joy fondi uchun xarajatlarni qoplashga aholi to‘lovlari tartibga solinadigan uy-joy-kommunal xizmatlarning barcha turlari uchun xarajatlarni qoplashda aholi to‘lovlarining standart ulushi.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligini isloh qilishda quyidagilar aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
tarmoq monopol-korxonalarining uy-joy-kommunal xizmatlarga xarajatlarining iqtisodiy asoslanganligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
xizmat ko‘rsatish va uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarida ko‘zda tutilgan xizmatlarning sifati asossiz ravishda pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
maydoni bo‘yicha ijtimoiy normadan ortiq bo‘lgan uy-joydan va kommunal xizmatlardan normadan ortiq foydalanganlik uchun stavkalar va tariflar darajasiga rioya etilishini nazorat qilishni ta’minlash.
Kommunal xizmat ko‘rsatishning ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lashning bozor prinsiplariga o‘tish, uning yuklamasini asta-sekin aholi hisobiga ko‘paytirgan holda, kam ta’minlangan oilalar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar qiymatining oshishini ko‘rsatib o‘tilgan toifaga fuqarolarning mahalla, qishloq, shaharcha va ovul yig‘inlari orqali moddiy yordam berish yo‘li bilan qisman qoplashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu chora-tadbirlarning samaradorligi quyidagilarni ta’minlovchi tegishli tartib bilan ta’minlanadi:
ushbu fondlardan maqsadli foydalanishni, ularning turli hisoblanishini, ularning asossiz tayinlanishiga yoki rad etish hollariga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish;
ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lashdan bosh tortgan shaxslarga iqtisodiy va jamoat ta’sirining amaliy mexanizmi;
muddati o‘tib ketgan qarzlari bo‘lgan fuqarolarga, ularning ushbu qarzlarni kelishilgan muddatlarda to‘lashga roziligi bo‘lgan taqdirda uy-joy-kommunal xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha kompensatsiyani rad etishga yo‘l qo‘ymaydigan tartibotlarni belgilash.
Xuddi shu maqsadlarda joylarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, uy-joy inspeksiyalari xodimlari, yuristlar, joylardagi davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tarkibda uy-joy masalalari bo‘yicha jamoatchilik komissiyalari tuzish nazarda tutilmoqda. Ularga kompensatsiya berish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, qarzdorlarga uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash yuzasidan samarali ta’sir ko‘rsatish, fuqarolarni asoslanmagan sanksiyalardan himoya qilish, fuqarolarga malakali maslahat, shu jumladan uy-joyni almashtirish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuklanadi.
Respublika standartlarining joriy etilishi quyidagilar asosida fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlarga haq to‘lash yuzasidan imtiyozlar berish siyosatini qayta ko‘rib chiqishni, tartibga solishni nazarda tutadi:
uy-joy-kommunal xizmatlarga haq to‘lash yuzasidan kompensatsiyani mazkur imtiyozni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, hamda uni qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar olishi uchun imkoniyat berish;
boqimandalikka, uy-joy-kommunal xizmatlarga haq to‘la yuzasidan imtiyozga ega shaxs hisobiga o‘z moddiy ahvolini yaxshilashga intilishga yo‘l qo‘ymaslik.
zarur qonunchilik asosini yaratish, “Uy-joylar mulkdorlar shirkati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, uy-joy-kommunal munosabatlarni tartibga soluvchi zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
aholiga va boshqa iste’molchilarga kommunal xizmatlar ko‘rsatish, xizmatlar ko‘rsatuvchilarning barcha darajasida shartnoma munosabatlariga o‘tish;
obodonlashtirish obyektlarini va tuzatish-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishni nihoyasiga yetkazish;
xarajatlar darajasini pasaytirishni hisobga olgan holda narxlarni shakllantirishni takomillashtirish, uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tariflar asoslanganligini va darajasini nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilishini ta’minlash;
barcha ko‘p kvartirali uylarga suv, gaz va boshqa energiya manbalarini olib kirish joylarida ularni hisobga olish va sarflanishini tartibga solish priborlarini o‘rnatish ishlarini keng ko‘lamda amalga oshirish, bu priborlarning yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va asosli tuzatilgan uylar har bir kvartirasida o‘rnatilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida tegishli bo‘linmalari bo‘lgan Davlat uy-joy inspeksiyasini tashkil etish;
(VII bo‘limning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
mavjud uy-joy binolarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va asosli tuzatish bo‘yicha maqsadli respublika dasturini ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal tizimini boshqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida ishlash uchun kadrlarni qayta o‘qitishni tashkil etish;
boshqaruv va xizmat ko‘rsatish funksiyalarini ajratishni nihoyasiga yetkazish, xizmat ko‘rsatish, uy-joy fondini tuzatish va unga xizmat ko‘rsatish korxonalarini tanlov asosida tanlab olish amaliyotidan keng foydalanish. Tanlov asosida xizmat ko‘rsatiladigan uy-joy fondi ulushini 70 foizgacha yetkazish;
ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning ustuvor shakli sifatida uy-joylar mulkdorlari shirkatlarini tashkil etish va yanada rivojlantirish;
shahar uy-joy-kommunal infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarning turli manbalaridan foydalangan holda kredit mablag‘larini jalb qilish mexanizmini keng joriy etish;