09.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3750
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3750]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Savdo sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq 2026-yil 26-fevraldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 26-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni (bundan buyon matnda klinik tadqiqotlar deb yuritiladi) oʻtkazish va natijalarini baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) farmakologik vositalar yoki dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va guvohnoma olish uchun murojaat qiluvchi ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi yoki ular nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jenerik dori vositasi — original (patentlangan) dori vositasining faol moddasi bilan sifat va miqdoriy jihatdan bir xil tarkibga, dori shakliga ega boʻlgan, lekin patent muddati tugagandan soʻng ishlab chiqarilgan dori vositasi boʻlib, xavfsizligi, taʼsir kuchi, xossalari, qoʻllanilish sohasi hamda bioekvivalentligi original dori vositasiga nisbatan tasdiqlangan dori vositasi. Faol moddaning turli tuzlari, efirlari, izomerlari, izomerlar aralashmalari, komplekslari yoki hosilalari xavfsizligi va samaradorligi jihatidan sezilarli farq qilmasa, bir xil faol modda sifatida eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakokinetik bioekvivalentlik — jenerik dori vositasining inson organizmida referent preparat bilan bir xil farmokinetik parametrlarga (qonga tushish tezligi, darajasi va chiqarilish tezligi) ega ekanligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik tadqiqot subyekti — jenerik dori vositasini farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni oʻtkazishda oʻzining yozma roziligi bilan ixtiyoriy asosda ishtirok etuvchi klinik tadqiqot oʻtkazilayotgan vaqtda 18 yoshga toʻlgan sogʻlom jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi jenerik dori vositalari klinik tadqiqotlardan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referent preparatga nisbatan bioekvivalentligi validatsiyalangan in vivo yoki in vitro tadqiqot usullaridan foydalanganligi isbotlanmagan, natijalari miqdoriy koʻrsatkichlar shaklida taqdim etilmagan peroral jenerik dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biofarmasevtik klassifikatsiya tizimi (BKT) boʻyicha BKT I va III sinfga mansub bioekvivalentligi bioveyver usuli yordamida referent preparat bilan qiyoslangan holda isbotlanmagan, qattiq dori shakliga ega peroral qoʻllaniladigan jenerik dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
til ostiga va milkka qoʻyiladigan hamda ajralib chiqishi modifikatsiyalangan jenerik dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioekvivalentlikni oʻrganishga oid in vitro tadqiqot natijalari taqdim etilmagan sirtga qoʻllash uchun taʼsir etuvchi, qitiqlovchi, yalligʻlanishga qarshi va mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi, antiseptik va mikroblarga qarshi taʼsirga ega (inson organizmiga rezorbtiv (umumiy) taʼsirga ega boʻlmagan) jenerik dori vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jenerik dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta klinik bazada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Klinik tadqiqotlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Klinik tadqiqotlarni oʻtkazish Farmakologik vositalar hamda dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3745, 2026-yil 6-yanvar) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan jenerik dori vositalarining klinik tadqiqotlari har bir tadqiqot guruhiga (asosiy va qiyosiy guruh) kamida 12 nafar klinik tadqiqot subyekti jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Klinik baza tomonidan klinik tadqiqot boshlanishidan bir oy oldin ommaviy axborot vositalari, klinik bazaning rasmiy veb-sayti yoki internet tarmogʻi orqali oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan klinik tadqiqotda ixtiyoriy asosda ishtirok etish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida eʼlon joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Klinik tadqiqotda ixtiyoriy asosda ishtirok etmoqchi boʻlgan shaxs klinik bazada bir ish kuni ichida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sogʻlomligi yuzasidan klinik-laborator tekshiruvlardan oʻtkaziladi hamda sogʻlomligi tasdiqlangandan soʻng klinik tadqiqot subyekti sifatida klinik tadqiqotga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Klinik tadqiqotda klinik tadqiqot subyektining ishtiroki ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan uning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Klinik tadqiqot klinik tadqiqot subyekti va klinik baza oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Klinik tadqiqot boshlanishidan oldin tadqiqotni oʻtkazayotgan klinik baza yoxud ariza beruvchi klinik tadqiqot subyektining hayotiga, sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sugʻurta shartnomasini sugʻurtalovchi bilan tuzishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jenerik dori vositasi hamda referent preparatni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, klinik tadqiqot subyekti klinik tadqiqot boshlanishidan avvalgi 8 soat ichida ovqat isteʼmol qilmagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ogʻiz orqali qabul qilish uchun moʻljallangan va taʼsir etuvchi moddasi tez ajraladigan turli jenerik dori vositalari biokiraolishlikni oʻrganish doirasida bir xil dori shakli sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Klinik tadqiqotlar natijalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Klinik baza klinik tadqiqot natijasini jenerik dori vositasi hamda referent preparatning bir martalik dozasi klinik tadqiqot subyekti tomonidan qabul qilingandan soʻng 1 — 72 soat oraligʻida quyidagi farmakokinetik parametrlar asosida qiyosiy baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jenerik dori vositasi hamda referent preparatning qondagi eng yuqori konsentratsiyasi (Cmax);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jenerik dori vositasi hamda referent preparatning qondagi eng yuqori konsentratsiyasiga erishish vaqti (tmax);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jenerik dori vositasi hamda referent preparatning qabul qilingan vaqtdan boshlab oxirgi oʻlchanadigan vaqtgacha boʻlgan davrda organizmga koʻrsatgan umumiy taʼsiri (AUC);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jenerik dori vositasi hamda referent preparatning qondagi konsentratsiyasi 50 foizga kamayishi uchun ketadigan vaqt, yaʼni jenerik dori vositasi hamda referent preparatning yarim chiqarilish davri ();
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jenerik dori vositasi hamda referent preparatning qondan chiqarilish tezligi (kel).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu farmakokinetik parametrlar asosida klinik tadqiqot subyektlarining soniga mutanosib ravishda jenerik dori vositasi hamda referent preparatning oʻrtacha bioekvivalentlik darajasi aniqlanadi. Bunda jenerik dori vositasi hamda referent preparatning bioekvivalentlik darajasi 80 — 125 foiz oraligʻida boʻlsa, jenerik dori vositasi referent preparatga nisbatan bioekvivalent hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik tadqiqot subyektining sogʻlomligi yuzasidan klinik-laborator tekshiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“______________________________” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan

“____________________________________” jenerik dori vositasining

FARMAKOKINETIK BIOEKVIVALENTLIGINI OʻRGANISHGA OID KLINIK TADQIQOT

_____________________________________________________________________________

(F.I.O.)

Klinik tadqiqot subyektining raqami (№) ____

Klinik baza:

___________________________________

 

 

Klinik baza rahbari:

___________________________________

 

 

Klinik tadqiqot rahbari:

___________________________________

 

 

Shifokor-tadqiqotchi

___________________________________

 

 

Klinik tadqiqot monitori:

___________________________________

 

 

 

Klinik tadqiqotning boshlanish sanasi:

 

________________________________________________________________________________________

 

Klinik tadqiqotning yakunlanish sanasi:

 

________________________________________________________________________________________

 

Klinik tadqiqot subyekti raqami ________;

Klinik tadqiqotga kiritish mezonlari Savollarga javoblar “HA” boʻlishi kerak.

HA

YOʻQ

Maʼlumotnoma asosida yozma rozilik mavjudligi

Klinik tadqiqot subyektining yoshi 18 yosh va undan katta

Ayollar (homiladorlik testi natijasi manfiy)

Tana vazni indeksi Ketle boʻy-vazn indeksi boʻyicha ±15% chegarasida

Sogʻlom

Klinik tadqiqotga kiritib boʻlmaslik mezonlari Savollarga javoblar “YOʻQ” boʻlishi kerak.

HA

YOʻQ

Mazkur klinik tadqiqotdan 30 kun oldin boshqa klinik tadqiqotda ishtirok etganligi

Tekshirilayotgan jenerik dori vositasining qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlari aniqlanganligi:

1.

2.

• Homiladorlik

• Emizish davri

• Tekshirilayotgan jenerik dori vositasi yoki uning tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik mavjudligi

yurak-qon tomir, bronx-oʻpka, neyroendokrin tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek meʼda-ichak yoʻllari, jigar, buyrak, qon kasalliklari oʻtkazgan

meʼda-ichak yoʻllarda jarrohlik aralashuvlari (appendektomiyadan tashqari) oʻtkazgan

klinik tadqiqot boshlanishidan 4 hafta oldin oʻtkir yuqumli kasalliklar bilan xastalangan

klinik tadqiqot boshlanishidan kamida 14 kun oldin dori vositalarini muntazam qabul qilgan

gemodinamikaga, jigar funksiyasiga va boshqalarga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan dori vositalarini (barbituratlar, omeprazol, simetidin va boshqalar) klinik tadqiqot boshlanishidan 30 kun oldin qabul qilgan

klinik tadqiqot boshlanishidan kamida 2 oy oldin donorlik (450 ml qon yoki plazma va undan koʻp) qilgan

Alkogol, tamaki (kuniga 10 tadan ortiq) mahsulotlari isteʼmoli

Soʻnggi 3 oy davomida klinik tadqiqotlardagi ishtiroki

Jinsi ______________ yoshi _______________ tana vazni ___________________

Asosiy tashxis — _____________

_________________________________________________________________________________________

 

Klinik tadqiqot subyektining koʻrik natijalari:

 

Umumiy ahvoli _____________________________

 

Teri va shilliq qavatlari _______________________________________________________________

 

Koʻkrak qafasi __________________________________________________________________________

 

Palpatsiya _______________________________________________________________________________

 

Perkussiya ______________________________________________________________________________

 

Auskultatsiya ____________________________________________________________________________

 

Yurak tonlari __________________________________________________________________________

 

Til ____________________________________________________________________________________

 

Qorin __________________________________________________________________________________

 

Jigar (palpatsiya va perkussiya) __________________________________________________________

 

 

Avval qabul qilingan dori vositalari

 

Tekshirilayotgan jenerik dori vositasining nomi

 

________________________________________________________________________________________

 

 

Dori vositasini yuborish sxemasi

 

________________________________________________________________________________________

 

 

 

Klinik tadqiqot subyektining klinik tekshiruvi natijalari

Chora-tadbirlar

Boshlangʻich tashrif

Koʻrik

 

Skrining

 

Maʼlumotnoma asosida rozilik olish

 

 

 

Obyektiv tekshiruv natijalari dinamikasi

Koʻrsatkichlar

Yuborishdan oldin

Yuborishdan keyin

Arterial bosim

 

 

Yurak qisqarishlari soni

 

 

Tana harorati

 

 

 

 

Klinik tadqiqot subyektining sogʻlomligi yuzasidan klinik-laborator koʻrsatkichlar

Klinik tekshiruvlar

Natija

Norma

Qon umumiy tahlili

 

 

 

 

 

Biokimyoviy qon tahlillari

 

 

 

 

 

Siydik umumiy tahlili

 

 

 

 

 

Maxsus tekshiruvlar

 

 

EKG

 

 

 

 

 

Jigar, oʻt yoʻllari va buyrak UT tekshiruvi

 

 

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini oʻrganishga oid klinik tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik tadqiqot subyektining bioekvivalentlik klinik tadqiqotida ixtiyoriy ishtirok etishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOZMA ROZILIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Men, ___________________________________________________________________________________

(F.I.O)

 

________________________________________________________________________________________

(pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari)

 

Berilgan_________________________________ dori preparatining bioekvivalentligini yaqin kelajakda oʻrganish maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishdim va ushbu hujjatning nusxasini oldim. Men tadqiqotchi-shifokor bilan oʻzimni qiziqtirgan barcha savollarni muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻldim va qoniqarli javoblar oldim.

Dori vositasining bioekvivalentligini oʻrganish natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar haqida ogohlantirildim.

Men yuqorida keltirilgan dori vositasining bioekvivalentligini oʻrganishda ishtirok etishga oʻz ixtiyorim bilan rozilik beraman, ushbu tadqiqotda ishtirok etishdan bosh tortish yoki istalgan vaqtda ishtirok etishni toʻxtatish huquqiga ega ekanligim haqida xabardor qilinganman va bu menga keyingi tibbiy xizmat koʻrsatilishida aks etmaydi.

Agar men bioekvivalentlik tadqiqotida ishtirok etishni toʻxtatishga qaror qilsam, men bu haqda tadqiqotchi-shifokorga xabar berish majburiyatini olaman, shunda u mening holatimni baholashi va kerakli tavsiyalarni berishi mumkin.

Men tadqiqotchi-shifokor bilan hamkorlik qilishga va salomatligimdagi har qanday oʻzgarishlar haqida unga darhol xabar berishga roziman.

Men klinik tadqiqot natijalarini, klinik tadqiqot oʻtkazayotgan klinik tadqiqot rahbari tomonidan klinik tadqiqotga masʼul shaxslarga hamda davlat organlari vakillaridan iborat tekshiruvchilarga berilishiga roziman.

Klinik tadqiqotda ishtirok etishim bilan bogʻliq holda sogʻligʻimga zarar yetkazilsa, sugʻurta tashkiloti menga tovon puli toʻlashi haqida xabardor qilinganman.

 

Klinik tadqiqot subyektining F.I.O. _______________________________________________

Klinik tadqiqot subyektining imzosi: ____________________________ Sana _____________

Tadqiqotchi-shifokorning F.I.O. _________________________________________________

Tadqiqotchi-shifokorning imzosi _________________________ Sana ___________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2026-y., 10/26/3750/0031-son)