30.12.2025 yildagi 843-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasviriy sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish, xalqimizning boy maʼnaviy dunyosi va milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yoʻnaltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Andijon viloyati hokimligining 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Festivalning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy sanʼat sohasidagi ijodkorlarni, eng avvalo, yosh isteʼdodlarni xalqimizning boy maʼnaviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi masʼuliyat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan tajribali ijodkorlar, isteʼdodli rassomlarni aniqlash, ularni maʼnaviy hamda moddiy ragʻbatlantirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy oʻzbek tasviriy sanʼatiga kirib kelayotgan yosh isteʼdod egalari, turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlarning jahon sanʼat maydonida munosib oʻrin egallashga intilishlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek tasviriy sanʼatining turli yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis sanʼatga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, badiiy salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy sanʼatimizning oʻziga xos jihatlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish qilish, yangi tendensiyalar, zamonaviy sanʼatda yangi nomlar va turli yoʻnalishlar integratsiyasini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmita (A. Nuridinov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Festivalni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini shakllantirsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom va esdalik sovgʻa namunalarini hamda pul mukofotlari miqdorini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha masalalarni va yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Festival doirasida milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularning savdosini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival yakunida tadbirlarning maʼnaviy, madaniy va iqtisodiy mezonlar asosida baholanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, Festivalni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita Festivalni yuqori saviyada oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari, Andijon viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan teng ulushlarda qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning asosliligi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va “Dunyo” axborot agentligiga Festivalni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
843-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 843-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Sh.K. Abdurahmonov

Andijon viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

3.

B.M. Axmedov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

E.I. Basitxanova

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

5.

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

6.

B.M. Usmanov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

7.

I.A. Abdugafarov

transport vaziri oʻrinbosari

8.

A.R. Sormonkulov

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari

9.

A.U. Aqqulov

Turizm qoʻmitasi raisi

10.

A.A. Djurabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

11.

R.T. Mirzaaxmedov

“Hunarmand” uyushmasi raisi

12.

I.M. Valixodjayev

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi

13.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

14.

D.X. Sattorov

Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

15.

R.X. Ismanov

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 843-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Festival 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba, qoida tariqasida, may oyida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Festival Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Andijon viloyati hokimligi (keyingi oʻrinlarda — tashkilotchilar) tomonidan ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Festivalning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Festivalning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy sanʼat sohasidagi ijodkorlarni, eng avvalo, yosh isteʼdodlarni xalqimizning boy maʼnaviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi masʼuliyat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yoʻnaltirish hamda bu yoʻldagi harakatlarni ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan tajribali ijodkorlar, isteʼdodli rassomlarni aniqlash, ularni maʼnaviy hamda moddiy ragʻbatlantirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugungi kunda zamonaviy oʻzbek tasviriy sanʼatiga kirib kelayotgan koʻplab yosh isteʼdod egalari, turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlarning jahon sanʼat maydonida munosib oʻrin egallashga intilishlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek tasviriy sanʼatining turli yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis sanʼatlarga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, badiiy salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy sanʼatimizning oʻziga xos jihatlarini namoyish qilish, yangi tendensiyalar, zamonaviy sanʼatda yangi nomlar va turli yoʻnalishlar integratsiyasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek tasviriy sanʼati anʼanalari va yutuqlarini namoyish etish orqali Bobur shahrini milliy qadriyatlarimizni mujassam etadigan maʼnaviy maskanga, yoshlar uchun ilhom va ibrat, parvoz maydoniga, yurtimizning yana bir turizm va madaniyat markaziga aylantirish, turizm salohiyatini yanada yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro tajriba almashish va badiiy koʻrgazmalar, mahorat darslari tashkil etish, ijodiy muloqotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilotchilar Festival oʻtkaziladigan yilning 10-yanvariga qadar Festivalni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar Festival oʻtkaziladigan yilning 1-fevraliga qadar Festivalda qatnashish uchun tashkilotchilarga quyidagilarni topshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 dona 6x9 oʻlchamdagi rangli fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy sanʼat sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, oʻz davlatida yoki boshqa chet elda oʻtkazilgan sohaga oid festivallar va koʻrgazmalarda ishtirok etganligi toʻgʻrisida guvohnoma, diplom, sertifikat nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning oʻzi ijod qilgan tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi ijodiy asarlarining 10 donadan kam boʻlmagan sifatli fotosuratlari va ularni yaratish jarayonlari aks ettirilgan videodisk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkiliy qoʻmita Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar Festivalda ishtirok etuvchilarning roʻyxatini aniqlab, ishtirokchilarga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Festivalni oʻtkazishning aniq sanasi va vaqti Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Festival ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar va ularni baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Festivalda tasviriy sanʼat sohasida ijod qilayotgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Festivalda ishtirok etish uchun nomzodlar rangtasvir, badiiy foto, haykaltaroshlik va grafika yoʻnalishlarida ijodkor sifatida tajribaga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Festival quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gran-pri”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi rangtasvirchi rassom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi haykaltarosh”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi fotorassom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi grafik rassom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Festival natijalari ijodkorlar va Festivalni yanada targʻib qilish uchun tashkilotchilar arxivida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Festival ishtirokchilarining mahoratlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy va estetik maʼno-mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorning yuksak mahorati, ijodiy yoʻnalishining plastik va estetik yechimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy ishlarning kreativligi va zamonaviyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy ishlarda tarixiy anʼana va zamonaviy innovatsion uslubning uygʻunlashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkor yoʻnalishining oʻziga xos uslub va maktabga egaligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Festival dasturi quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha ijodiy asarlar koʻrgazmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taniqli va iqtidorli ijodkorlar ishtirokida mahorat darslari, ijodiy suhbatlar, plenerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy sanʼat asarlari, hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy tasviriy sanʼat tarixiga oid hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va tarixiy liboslar bilan koʻrgazmali chiqishlar, badiiy dasturlar namoyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrik-tanlov gʻoliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Festival ishtirokchilarini baholash va hakamlar hayʼati faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Festival ishtirokchilarining mahoratini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan 5 — 7 nafar aʼzodan iborat tarkibda Hakamlar hayʼati (keyingi oʻrinlarda — Hakamlar hayʼati) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati tarkibiga tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan yuqori malakali mutaxassislar, taniqli madaniyat va sanʼat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati aʼzolari hayʼat raisini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hakamlar hayʼati tomonidan Festival ishtirokchilarining ijodiy ishlari koʻrgazmasida ularning ijodiy ishlari tegishli nominatsiyalar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Festival ishtirokchilarini baholashda Hakamlar hayʼati mustaqil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tanlovning yakuniy natijalari Hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hakamlar hayʼatining qarorlari qatʼiy va qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Festival gʻoliblarini mukofotlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Festival gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil), diplom, Festival ramziy haykalchasi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bunda pul mukofoti miqdorlari Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar Hakamlar hayʼati aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan iqtidorli ijodkorlarni taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar taʼsis etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalning har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qoʻmita tomonidan “Rassomlar festivalining faol ishtirokchisi” sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tashkilotchilarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va sanʼat namoyandalarini jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Festivalni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hakamlar hayʼati aʼzolari hamda Festival ishtirokchilarining Bobur shahriga kelib-ketishi, ichki transport, mehmonxona va ovqatlanishi bilan bogʻliq xarajatlar Festivalning xarajatlar smetasi doirasida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar, Andijon viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Festival doirasida Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularning savdosi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkiliy qoʻmita Festival yakunida tadbirlarning maʼnaviy, madaniy va iqtisodiy mezonlar asosida baholanishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashkiliy qoʻmita va Hakamlar hayʼati faoliyatida ishtirok etish jamoatchilik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi Tashkiliy qoʻmita tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Badiiy akademiya,

Andijon viloyati hokimligi

(tashkilotchilar)

Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida oʻz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 10-yanvariga qadar

2-bosqich

Nomzodlar

Festivalda qatnashish uchun tashkilotchiga hujjatlarni topshiradi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 1-fevraliga qadar

3-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Festivalda ishtirok etuvchilarning roʻyxatini aniqlab, ishtirokchilarga maʼlum qiladi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Festivalni tashkil etadi va oʻtkazadi.

Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Festival gʻolib va sovrindorlarini taqdirlaydi.

Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 843-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Tashkiliy masalalar

1.

Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish.

1. Ushbu chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda xarajatlar smetasini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

Festival tashkil etiladigan yil yanvar

Tashkiliy qoʻmita

2. Festival doirasida tegishli ishchi guruhlarni tuzish hamda masʼullarni belgilash.

Festival tashkil etiladigan yil fevral

Tashkiliy qoʻmita

2.

Festival oʻtkaziladigan hududni aniqlash va joylarni tayyorlash.

1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, maydon, bino-inshootlar, koʻrgazma zallari va galereyalarni) belgilash toʻgʻrisida Andijon viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda Festivalda ishtirok etadigan ijodkorlar uchun alohida pavilyonlar tashkil etishni, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joylar ajratilishini nazarda tutish.

Festival tashkil etiladigan yil fevral

Andijon viloyati hokimligi

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, Festival doirasida Bobur shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

Festival tashkil etiladigan yil mart-aprel

Andijon viloyati hokimligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ

3.

Festival ishtirokchilari uchun mehmonxonalarni tayyorlash va ularni joylashtirish.

1. Bobur shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish.

Festival tashkil etiladigan yil mart

Andijon viloyati hokimligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyatini aniqlash, ishtirokchi va mehmonlarni mehmonxonalarga joylashtirish choralarini koʻrish.

Festival tashkil etiladigan oydan bir oy avval

4.

Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish.

1. Festival dasturini oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqish.

Festival tashkil etiladigan yil mart

Badiiy akademiya,

Andijon viloyati hokimligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Festival dasturini turoperatorlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish.

Festival tashkil etiladigan yil aprel-may

5.

Festival doirasida tashkil etiladigan koʻrik-tanlov va Festival ishtirokchilari koʻrgazmalarini tashkil etish.

1. Festivalga iqtidorli ijodkorlar va isteʼdodli yoshlarni keng jalb qilgan holda hududlar kesimida Festival va koʻrik-tanlov ishtirokchilari koʻrgazmasini tashkil etish hamda oʻtkazish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

Festival tashkil etiladigan yil mart

Badiiy akademiya,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Festival va koʻrik-tanlov ishtirokchilarining ijodiy asarlarini Bobur shahriga olib kelish va olib ketish logistikasini taʼminlash.

Festival tashkil etiladigan yil may

6.

Festivalga bagʻishlangan esdalik buyumlarini tayyorlash.

Festivalni targʻib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlarni (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash hamda targʻibotini tashkil etish.

Festival tashkil etiladigan yil mart-aprel

“Hunarmand” uyushmasi,

Badiiy akademiya

7.

Bobur shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlarining toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash.

1. Festival davomida Bobur shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

Festival tashkil etiladigan yil aprel

Andijon viloyati hokimligi

2. Zaruratga koʻra, yangi kafe va ovqatlanish shaxobchalarini tashkil qilish choralarini koʻrish, mehmonlarni zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlarining koʻrsatilishini taʼminlash.

Festival tashkil etiladigan yil aprel-may

8.

Yoʻlovchi tashish xizmatini namunali koʻrsatishni tashkil etish.

1. Bobur shahridagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi korxonalarni xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish.

Festival tashkil etiladigan yil may

Andijon viloyati hokimligi,

Transport vazirligi

2. Zaruratga koʻra, Andijon viloyatining boshqa hududlaridan Bobur shahriga taksi xizmati koʻrsatuvchi subyektlarni shartnoma asosida jalb qilish.

Festival kunlari

9.

Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus guruhlar tashkil qilish.

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida Festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish.

Festival kunlari

Andijon viloyati hokimligi,

Badiiy akademiya

3. Festival kunlari Andijon shahriga harakatlanuvchi Festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi transport vositalarida belgilangan tartibda joylar ajratilishini taʼminlash.

Festival kunlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

4. Festivalga ishtirokchilari uchun turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

Festival kunlari

Turizm qoʻmitasi

10.

Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Festival oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini koʻrish.

Festival kunlari

Andijon viloyati hokimligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

11.

Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida Festivalni muntazam yoritish.

1. Festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVlarda muntazam yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

Festival tashkil etiladigan yil mart

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

“Dunyo” axborot agentligi

2. Tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Festivalni targʻib etuvchi roliklarni markaziy va tegishli mahalliy telekanallarda muntazam namoyish etish.

Festival tashkil etiladigan yil aprel-may

3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, Festivalga xorijlik sayyohlarni keng jalb etish.

Festival tashkil etiladigan yil davomida

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Badiiy akademiya,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Festivalda Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼati namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning oʻziga xos tasviriy sanʼatini va madaniy hayotini aks ettiruvchi ijodkorlar shaharchalari maketini tayyorlash.

Festival tashkil etiladigan yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Badiiy akademiya,

“Hunarmand” uyushmasi,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

2. Respublikaning har bir hududidan 6 nafardan ijodkorlar ishtirokini taʼminlash.

Festival kunlari

3. Festival uchun ajratilgan ijodkorlar shaharchalari hududida Festival ishtirokchilari va mehmonlariga taniqli rassomlar ishtirokida mahorat darslarini namoyish etish.

Festival kunlari

4. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalari va yerosti oʻtish joylarida, yirik savdo markazlarida).

Festival tashkil etiladigan yil mart-may

13.

Festival ishtirokchilari va mehmonlarini Andijon viloyatining tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Festival ishtirokchilari va mehmonlarni Andijon viloyatining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish.

Festival tashkil etiladigan yil mart

Andijon viloyati hokimligi,

Badiiy akademiya,

Turizm qoʻmitasi

2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish.

Festival tashkil etiladigan yil aprel

3. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti, ijodkorlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash.

Sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblarini belgilangan tartibda (shartnoma asosida) jalb etish.

Festival tashkil etiladigan yil aprel

Madaniyat vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Badiiy akademiya

14.

Festival oʻtkaziladigan joylarda “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

Tashkiliy qoʻmita murojaatiga asosan oʻrnatilgan tartibda festival oʻtkaziladigan hududda “Wi-Fi” xizmatini tashkil etish.

Festival kunlari

Badiiy akademiya,

Andijon viloyati hokimligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

III. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

15.

Festivalni moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Festival tashkil etiladigan yil fevral

Badiiy akademiya,

Andijon viloyati hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni Festival jarayonlari boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish.

Festival tashkil etiladigan yil mart

3. Festival tadbirlarini moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.

Festival tashkil etiladigan yil davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 09/25/843/1254-son)