18.12.2025 yildagi 798-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish orqali Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi bandligini taʼminlash va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish orqali kambagʻal aholi bandligini taʼminlash va ularning daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oila aʼzolarini jalb etgan holda 20 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalarini amalga oshirish, bunda kambagʻal oila aʼzolariga mazkur yer uchastkalarida oʻz ehtiyojlari uchun sabzavot, poliz va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ruxsat etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekofaol fuqaro” platformasiga oʻzi ekkan daraxti toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritgan kambagʻal oilalar aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi mablagʻlar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida subsidiya ajratish tartibini joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda “mahalla yettiligi” tomonidan oʻrmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) amalga oshirish orqali daromad topish istagini bildirgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolari oilaviy pudrat shartnomasi asosida jalb etiladi. Bunda oilaviy pudrat shartnomasida belgilangan miqdorda ekiladigan daraxt koʻchatlari soni subsidiya toʻlash uchun asos boʻlgan miqdordan kam ekilganda yoki koʻchatlar ekilgandan keyin ularning 50 foizidan kami koʻkarib chiqmaganda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi tomonidan daraxt koʻchatlari qaytadan ekiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar doirasida ekiladigan koʻchatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga bepul yetkazib beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tomonidan oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish orqali daromad topish istagini bildirgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolari roʻyxati har yili yanvar va avgust oylarida shakllantirilishi hamda tegishli davlat oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarini oʻrmon fondi yerlarida loyihalarni amalga oshirish hamda daraxt koʻchatlarini ekish va parvarishlash ishlariga jalb etish choralarini koʻrsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga ilovaga muvofiq tartibda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi mablagʻlar hisobidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalarini amalga oshirishda kambagʻal oila aʼzolarini jalb etish toʻgʻrisida namunaviy oilaviy pudrat shartnomasi loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
798-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 798-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan va parvarishlangan har 100 ta daraxt uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchat ekish mavsumlari — daraxt-butalar koʻchatlarini ularning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bahor yoki kuz mavsumlarida ekish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlarni parvarishlash davri — koʻchatlar ekilgandan keyin ularning koʻkarib chiqishini taʼminlash boʻyicha agrotexnik tadbirlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — oʻrmon fondi yerlarida koʻchatlar ekish va parvarishlash istagini bildirgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekofaol fuqaro” platformasi — aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish orqali mamlakatda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan elektron tizim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan yil davomida ikkiga boʻlinib, koʻchatlar ekilgan vaqtda (bahor va kuz mavsumlarida) hamda ularni parvarishlash davridan keyin teng ulushlarda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiyani ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga subsidiya ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 “Mahalla yettiligi” tomonidan oʻrmon fondi yerlarida daraxt koʻchatlarini ekish istagini bildirgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarining roʻyxati shakllantirilib, oʻrmon xoʻjaligi tashkilotiga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlar ekiladigan yer maydoni tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yer maydonining tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-butalar turlari aniqlanadi, ularning roʻyxati shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxat asosida daraxt koʻchatlari talabgorga bepul yetkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt koʻchatlarini ekish uchun yerni har xil chiqindilardan tozalash, tekislash, shudgorlash, sugʻorish ariqlarini qazish, ekish uchun joʻyak olish tadbirlari talabgor bilan birgalikda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumning boshlanish va tugash sanalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, daraxt koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha tavsiyalar berib boriladi hamda yaqindan uslubiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti tomonidan tayinlangan masʼul xodim (keyingi oʻrinlarda — murabbiy) tavsiya va koʻrsatmalariga asosan tanlangan maydonda yerni tayyorlaydi, daraxt koʻchatlarini bir mavsum davomida ekadi va parvarishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murabbiy tuman (shahar) ekologiya boʻlimi bilan birgalikda talabgor tomonidan ekilgan daraxt koʻchatlarini joyiga chiqqan holda dalolatnoma va fotohisobot asosida qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi tomonidan “Ekofaol fuqaro” platformasida har bir talabgor uchun shaxsiy kabinet ochiladi va unga ekilgan daraxt koʻchatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar talabgor tomonidan mustaqil ravishda, zarur hollarda “mahalla yettiligi” koʻmagida kiritib boriladi. Kiritilgan maʼlumotlar tuman (shahar) ekologiya boʻlimi tomonidan besh ish kuni ichida tasdiqlanadi yoki tasdiqlanishi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi ekilgan daraxt koʻchatlari soniga mutanosib ravishda subsidiyaning 50 foizini talabgorga toʻlab berish uchun “Ekofaol fuqaro” platformasiga dalolatnomani yuklagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya boshqarmalari) talabnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologiya boshqarmalari “Ekofaol fuqaro” platformasidagi talabnomalar asosida subsidiya mablagʻlarini besh ish kuni mobaynida talabgorning tijorat bankida ochilgan bank kartasiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Subsidiya ekilgan va parvarishlangan har 100 ta daraxt koʻchatlari uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Daraxt koʻchatlari 100 tadan koʻp miqdorda ekilgan taqdirda, talabgorga ajratiladigan subsidiya miqdori haqiqatda ekilgan daraxt koʻchatlari soniga mutanosib ravishda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
x = a*b/100;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a — ekilgan koʻchatlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolari tomonidan oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxt koʻchatlarini monitoring qilish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolari oʻrmon fondi yerlarida ekkan daraxt koʻchatlarining monitoringi tuman (shahar) ekologiya boʻlimi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda tegishli oʻrmon xoʻjaligi (murabbiy) xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ishchi guruh tarkibiga Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, “Yashilloyiha” loyihalash instituti yoki boshqa ilmiy tashkilotlarning xodimlari va ekofaollar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxt koʻchatlarining monitoringi ishchi guruh aʼzolarining oʻzaro kelishuvi asosida har mavsum davomida va ekilgan daraxt koʻchatlarini parvarishlash davrida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Monitoring oʻtkazish davomida ishchi guruh tomonidan quyidagilar joyiga chiqqan holda oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt koʻchatlari ekilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan miqdorda koʻchatlar ekilgani hamda daraxt turiga bogʻliq holda koʻchatlarning koʻkarib chiqqani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir mavsum davomida ekilgan daraxt koʻchatlarini parvarishlash va sugʻorish ishlari oʻz vaqtida bajarilayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga subsidiya mablagʻlari oʻz vaqtida toʻlab berilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Monitoring yakunlari boʻyicha ekilgan daraxt koʻchatlari va ularni parvarish qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oilaviy pudrat shartnomasida belgilangan miqdorda ekiladigan daraxt koʻchatlari soni subsidiya toʻlash uchun asos boʻlgan miqdordan kam ekilganda yoki koʻchatlar ekilgandan keyin ularning 50 foizidan kami koʻkarib chiqmaganda, talabgor tomonidan daraxt koʻchatlari qaytadan ekiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgor ekilgan koʻchatlarni parvarishlashdan voz kechgani yoki parvarishlash boʻyicha tavsiyalarga amal qilinmayotgani yuzasidan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotining murojaati kelib tushganda, tuman (shahar) ekologiya boʻlimi tomonidan murojaat oʻrganiladi hamda ushbu koʻchatlarni parvarishlash majburiyatini oʻrmon xoʻjaligi tashkilotining tavsiyasiga koʻra boshqa talabgorga oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xulosa va oʻrmon xoʻjaligi tashkilotining tavsiyasi asosida tuman (shahar) ekologiya boʻlimi tomonidan uch kun muddatda koʻchatlarni parvarishlash majburiyati “Ekofaol fuqaro” platformasida yangi talabgor nomiga rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur oʻzgarishlar subsidiya toʻlovlarining parvarishlash boʻyicha ikkinchi qismini keyinchalik yangi talabgorga toʻlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi xulosasidan norozi boʻlgan dastlabki talabgor Ekologiya boshqarmalariga, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga yoki sud tartibida murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishchi guruh tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma koʻchatlar ekilgan vaqtda (bahor va kuz mavsumlarida) hamda ularni parvarishlash davridan keyin teng ulushlarda toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman (shahar) ekologiya boʻlimlari tomonidan subsidiyaning qolgan 50 foizi toʻlab berilishi boʻyicha “Ekofaol fuqaro” platformasi orqali talabnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekologiya boshqarmalari tomonidan ushbu mablagʻlar besh ish kuni mobaynida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekologiya boshqarmalari subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va ajratilgan mablagʻlarning talabgorlarga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablariga muvofiq subsidiya ajratib berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi bir vaqtning oʻzida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa turdagi subsidiyalarni olishga haqli.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

“Mahalla yettiligi”

1. Oʻrmon fondi yerlarida daraxt koʻchatlarini ekish istagini bildirgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolarining (keyingi oʻrinlarda — talabgor) roʻyxatini shakllantiradi.

2. Shakllantirilgan roʻyxatni tegishli oʻrmon xoʻjaligi tashkilotiga taqdim etadi.

Har yili yanvar va avgust oylarida

2-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi

tashkiloti

1. Koʻchatlar ekiladigan yer maydonini tanlaydi.

2. Tanlangan yer maydonining tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-butalar turlarini aniqlaydi, ularning roʻyxatini shakllantiradi.

3..Roʻyxatga koʻra daraxt koʻchatlarini talabgorga bepul yetkazib beradi.

4. Daraxt koʻchatlarini ekish uchun yerni har xil chiqindilardan tozalash, tekislash, shudgorlash, sugʻorish ariqlarini qazish, ekish uchun joʻyak olish tadbirlarini talabgor bilan birgalikda amalga oshiradi.

5. Daraxt koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha tavsiyalar berib boradi hamda yaqindan uslubiy koʻmaklashadi.

Har yili fevral, mart, sentabr oylarida

3-bosqich

Talabgor

1. Yetkazib berilgan koʻchatlarni tayyorlangan yer maydoniga ekadi.

2. Ekilgan daraxt koʻchatlarini bir mavsum davomida parvarishlaydi.

3..Ekilgan koʻchatlarni oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti tomonidan tayinlangan masʼul xodimga topshiradi.

4..“Ekofaol fuqaro” platformasiga ekilgan daraxt koʻchatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritadi.

Har yili fevral, mart, sentabr oylarida

4-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti,

Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi

Talabgor tomonidan ekilgan daraxt koʻchatlarini joyiga chiqqan holda, dalolatnoma va fotohisobot asosida qabul qilib oladi.

Har yili may va noyabr oylarida

5-bosqich

Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi

1. Ekilgan daraxt koʻchatlarini qabul qilib olgandan keyin “Ekofaol fuqaro” platformasida talabgor uchun shaxsiy kabinet ochadi.

2. Talabgor tomonidan ekilgan daraxt koʻchatlari toʻgʻrisida “Ekofaol fuqaro” platformasiga kiritilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydi yoki tasdiqlashni rad etadi.

5 ish kunida

3. Ekilgan daraxt koʻchatlari soniga mutanosib ravishda subsidiyaning 50 foizi toʻlab berilishi uchun “Ekofaol fuqaro” platformasiga dalolatnomani yuklagan holda hududiy ekologiya boshqarmasiga yuboradi.

Har yili may va noyabr oylarida

6-bosqich

Hududiy ekologiya boshqarmasi

“Ekofaol fuqaro” platformasidagi talabnomalar asosida subsidiyaning 50 foizini talabgorning bank kartasiga toʻlab beradi.

5 ish kunida

7-bosqich

Ishchi guruh

1. Talabgor tomonidan oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxt koʻchatlarini monitoring qiladi.

2..Monitoring yakunlari boʻyicha ekilgan daraxt koʻchatlari va ularni parvarish qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Har yili may va noyabr oylarida

Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi

3..Subsidiyaning qolgan 50 foizini toʻlab berish boʻyicha “Ekofaol fuqaro” platformasi orqali hududiy ekologiya boshqarmasiga talabnoma yuboradi.

8-bosqich

Hududiy ekologiya boshqarmasi

Subsidiya mablagʻlarini belgilangan tartibda talabgorga toʻlab beradi.

5 ish kunida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/798/1182-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)