13.12.2025 yildagi PQ-375-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks koʻrsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy sektorni jalb qilgan holda tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni (keyingi oʻrinlarda — davlat va xususiy xizmatlar) bitta nuqtadan kompleks tarzda koʻrsatish orqali biznesni tez va oson boshlash hamda yuritish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mingdan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish orqali tadbirkorlar faoliyatiga toʻlaqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga moʻljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Biznes hamroh” loyihasini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq xususiy xizmatlarni tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish boʻyicha “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Biznes hamroh” loyihasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ular mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq asosiy vazifalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) dastlabki bosqichda “Biznes hamroh” markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida bittadan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlariga davlat va xususiy xizmatlarni koʻrsatish zarur funksional imkoniyatlarga ega boʻlgan davlat xizmatlari markazlari binolarida yoki yangi quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) binolarda yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Biznes hamroh” loyihasi doirasida xususiy xizmatlarni koʻrsatishni tashkil qilish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xizmat koʻrsatish joylari tegishli xizmat turi aniq koʻrsatilib va kichik lotlarga boʻlingan holda tadbirkorlik subyektlariga 1 yilgacha muddatga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Biznes hamroh” markazlariga ularga ajratilgan binodan xizmat koʻrsatish joylarini balansda saqlovchining roziligi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2026-yil 1-martdan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda — rahbarlar) tadbirkorlar bilan muloqotini tashkil qilishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) rahbarlar har chorakda tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida hududlarda tadbirkorlar bilan “Biznes hamroh” markazlarida uchrashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) reja-grafiklar har chorakda barcha uchun ochiq holatda “Biznes hamroh” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) va tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) platformadagi “Rahbarlar bilan muloqot” moduli orqali bir chorak davomida bitta hududdan kamida 10 nafar tadbirkorning murojaati yoʻnaltirilgan tashkilot rahbarlari keyingi chorak uchun moʻljallangan reja-grafigiga ushbu hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazishni kiritadi (bundan murojaatlar keyingi reja-grafik tasdiqlangunga qadar ijobiy hal qilingan holatlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) uchrashuvlarda koʻtarilgan va “Biznes hamroh” markazining “Call markazi”dan kelib tushgan murojaatlar platforma orqali “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga kiritiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) murojaatlar vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil murojaatlar koʻrib chiqilishi va davlat xizmatlari oʻrnatilgan tartibda koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tizimli masalalar yechimi yuzasidan qonunchilikni yoki huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha har chorakda takliflar kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) uchrashuvlar, koʻtarilgan masalalar, hal etilgan murojaatlar soni kabi koʻrsatkichlar asosida rahbarlar faoliyati baholanib, har chorakda platformada ularning reytingi eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Biznes hamroh” markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Biznes hamroh” markazlari zarur funksional imkoniyatlarga ega boʻlgan davlat xizmatlari markazlari binolariga toʻgʻridan-toʻgʻri joylashtirilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi yil — tekin foydalanish huquqi asosida (kommunal toʻlovlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi va undan keyingi yillar davlat mulki obyekti uchun belgilangan ijara toʻlovining minimal miqdoridagi stavkasi boʻyicha ijara huquqi asosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdo-sanoat palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mavjud talabga binoan “Biznes hamroh” markazlarini boshqa tuman (shahar)larda ham tashkil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni ishga tushirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Biznes hamroh” elektron platformasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan masalalar va muammolar yuzasidan murojaatlarni qabul qilish, maslahat berish va ularni hal qilishga moʻljallangan “Call markazi”ni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ikki oy muddatda “Biznes hamroh” markazlari uchun yangi binolar qurish (mavjudlarini rekonstruksiya qilish) dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar “Biznes hamroh” markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi “Biznes hamroh” markazlari faoliyatini uslubiy va huquqiy jihatdan taʼminlashga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Biznes hamroh” markazlari oʻz xizmatlarini tijoriy asosda koʻrsatadi va xizmat haqi miqdorlarini mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Biznes hamroh” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-71-son Farmoni 7-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan “Biznes hamroh” markazlar faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan ular uchun zarur binolarni qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlashga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo-sanoat palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov va adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi PQ-375-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes hamroh” loyihasi doirasida koʻrsatiladigan xususiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq hisobotini (deklaratsiyasini) tayyorlash va soliq hisobini yuritish (soliq maslahati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Auditorlik xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Biznes-rejalarni ishlab chiqish va kredit olish uchun bankka taqdim etiladigan birlamchi hujjatlarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik xizmatlar (taʼsis hujjatlarini, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlarni, xoʻjalik shartnomalarini ishlab chiqish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy bozorlar uchun tijorat takliflarini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bojxona (eksport va import) yuklarini rasmiylashtirish (deklarantlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birja savdolarida ishtirok etish (brokerlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korxona logotipi va tovar belgisini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazaga olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish (patent vakili).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Marketing tadqiqotlari olib borish va reklama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. IT va raqamlashtirish (ERP, CRM, elektron hujjat aylanmasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xodimlarni saralash, HR-konsalting va kadrlar hujjatlarini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xorijiy va mahalliy korxonalarga tashriflarni (biznes-missiyalar) tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sertifikatlarni (ISO, Halal va boshqalar) rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, ushbu roʻyxatga boshqa xizmat turlarini kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi PQ-375-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes hamroh” markazlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazishdan boshlab faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish, mahsulotini ichki va tashqi bozorlarga chiqarishgacha boʻlgan butun “hayotiy sikli”da amaliy yordam berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz orqali tadbirkorlarga davlat va xususiy xizmatlarni sifatli, qulay, qisqa muddatlarda va shaffof tarzda koʻrsatish, ushbu jarayonlarda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqotini tashkil qilish boʻyicha maydoncha yaratish, koʻtarilgan masalalarni qayd etishdan hal qilishgacha boʻlgan barcha jarayonlarda hamrohlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz xizmatlaridan foydalanuvchi tadbirkorlarga malakali axborot, maslahat va uslubiy yordam koʻrsatish, ularning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlar oʻrtasida markaz orqali koʻrsatiladigan davlat va xususiy xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotni keng targʻib etish, ommaviy axborot vositalari, internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa kommunikatsiya kanallari orqali axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazlar faoliyatiga tadbirkorlar uchun zarur boʻlgan bank-moliya, soliq, eksport (import), sertifikatlash masalalari boʻyicha konsalting kabi talab yuqori boʻlgan xususiy xizmatlar koʻrsatishni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazlar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va muddatlari boʻyicha tadbirkorlar qoniqish darajasini muntazam monitoring qilish, tahlil natijalari asosida davlat va xususiy xizmatlar sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbirkorlarga mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolarni xarid qilish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi birja bozorlari bilan tanishish va brokerlar bilan aloqa oʻrnatishda qulay sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markazlarda faoliyat yurituvchi xodimlarni tizimli oʻqitish va qayta tayyorlash, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan muassasalarida stajirovka oʻtash orqali ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi PQ-375-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznes hamroh” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Biznes hamroh” markazlarini (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tashkil qilish.

1. Markazlarni tashkil qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda dastlabki bosqichda markazlarni Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida bittadan tashkil etish.

2. “Biznes hamroh” markazlari uchun yangi binolar qurish (rekonstruksiya qilish) dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

3. Mavjud talabga binoan markazlarni boshqa tuman (shahar)larda ham tashkil qilib borish.

Talabga binoan

4. Markazlar faoliyati uchun zarur funksional imkoniyatlarga ega boʻlgan davlat xizmatlari markazlari binolarini aniqlash va ularga markazlarni joylashtirish.

5. Markazlarda “yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

2.

“Biznes hamroh” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — platforma) ishga tushirish.

1. Platformada “Biznes hamroh” loyihasi doirasidagi barcha jarayonlarni raqamlashtirish, jumladan, tadbirkorlar murojaatlari, arizalarini ijro etish holatini real vaqt rejimida kuzatish hamda natijalarini olish imkoniyatini yaratish.

2. Platformani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali hamda zaruratga koʻra boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2026-yil fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

manfaatdor idoralar

3.

“Biznes hamroh” loyihasi doirasida tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish joylarini ijaraga berish.

1. Markazlardagi boʻsh joylarning maydoni, sharoiti va qaysi xizmat turi uchun mos kelishini aniqlash.

2. Tadbirkorlarga oson boʻlishi uchun har bir joyni xizmat turiga qarab toʻgʻri tasniflash va uni kichik lotlarga boʻlib chiqish.

3. Lotlarni tegishli elektron platformaga joylashtirish va realizatsiya qilish.

2026-yil fevral,

doimiy

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

4.

“Biznes hamroh” markazi “Call markazi”ni tashkil etish.

1. Murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va hal etish tizimini joriy etish.

2. Muammolarni tezkor hal qilish uchun sohalar boʻyicha operatorlar jamoasini shakllantirish.

3. Platformada murojaatlarni hal etish muddatlari va natijalarini real vaqtda kuzatish tizimini joriy qilish.

2026-yil fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

5.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqotini tashkil qilish.

1. Hududlarda tadbirkorlar bilan markazlarda uchrashish reja-grafiklarini tasdiqlash.

2. Reja-grafiklarni har chorakda barcha uchun ochiq holatda platforma va tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish.

3. Reja-grafiklar asosida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish.

Har chorakda

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

4. Platformada “Rahbarlar bilan muloqot” modulini yaratish.

2026-yil fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

5. Uchrashuvlarda koʻtarilgan va “Call markazi”dan kelib tushgan murojaatlarni platforma orqali “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga kiritish.

Doimiy

6. Murojaatlarni vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltirish.

7. Murojaatlar koʻrib chiqilishi va davlat xizmatlari oʻrnatilgan tartibda koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Biznes-ombudsman

(Urunov)

8. Kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tizimli masalalar yechimi yuzasidan qonunchilikni yoki huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish.

Har chorakda

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

6.

Davlat organlarining tadbirkorlar bilan ishlash reytingini joriy qilish.

1. Uchrashuvlar, koʻtarilgan masalalar, hal etilgan murojaatlar soni kabi koʻrsatkichlar asosida rahbarlar faoliyatini baholash tartibini belgilash.

2026-yil fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

2. Rahbarlar faoliyatini baholash va har chorakda platformada ularning reytingini eʼlon qilib borish.

Har chorakda

7.

Markazlar faoliyatini tashkil etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Markazlar faoliyatining reglamenti va xizmat koʻrsatish tartibini belgilash.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2025-y., 07/25/375/1161-son)