Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SANOAT TERAKChILIGINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQA TEZ OʻSUVChI YoGʻOChBOP DARAXTZORLARNI BARPO ETIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq xoʻjaligining va aholining yogʻoch-taxtalarga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish va respublikaning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Pespublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sanoat terakchiligi boʻyicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishi va ularning respublikamiz korxonalari, tashkilotlari va aholisi tomonidan amalga oshirilishi uchun 1994 — 2003-yillarda terak va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxt koʻchatlari yetishtirishni 1-ilovaga* muvofiq miqdorda taʼminlasinlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevral., 74-son — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son , 13-modda qarori tahririda)
2. 1994 — 2003-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, vazirliklar va idoralar boʻyicha noqulay, unumi kam boʻlgan sugʻoriladigan yerlarda sanoat uchun terakzorlar, qaragʻayzorlar va yongʻoqzorlarni barpo etish boʻyicha 2, 3 va 4-ilovalar*ga muvofiq topshiriq belgilansin.
* 1, 2, 3, 4-ilovalar berilmaydi.
Respublika vazirliklari va idoralari mavjud sugʻoriladigan yerlarda terak va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxt koʻchatlari ekish imkonini qidirib topsinlar va eksinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari belgilangan topshiriqlarni soʻzsiz bajarish yuzasidan tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, bir oy muddatda daraxtzorlar barpo etuvchi va parvarish qiluvchi, ularni payhon boʻlishdan, kasalliklar va zararkunandalardan saqlovchi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tashkil etsinlar hamda 1994-yilning bahoridan boshlab hamma joyda teraklar va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtlarni ekishga kirishsinlar. Qilingan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga 1994-yilning may oyida axborot bersinlar.
Respublikamiz iqtisodiyoti uchun, sanoat uchun terakzorlar va boshqa tez oʻsuvchi yotochbop daraxtzorlar barpo etishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishning, bu ishda hamma ishtirok etishining muhimligi toʻgʻrisida aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirsinlar. Kanallar, sugʻorish inshootlari, kollektorlar va yoʻllar boʻylab terak ekish boʻyicha imkoniyatlardan toʻlaroq foydalansinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi bir oy muddatda daraxtzorlar va koʻchatzorlar barpo etishga oid normativ-uslubiy hujjatlarni barcha manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin, zarur boʻlgan hollarda har bir, viloyatda koʻchat oʻtkazish sxemalari va qator oralari, shu maqsadlar uchun ajratilgan yerlardan oqilona foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5.“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” respublika birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining va sanoat uchun tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtzorlar barpo etish bilan shugʻullanayotgan boshqa vazirliklar va idoralarning buyurtmalari boʻyicha qoʻshimcha texnika, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, ximikatlar va boshqa moddiy resurslar ajratsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-aprel 149-sonli qarori tahririda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston xoʻjaligi fanlari akademiyasi koʻchat yetishtirish, seleksiya va teraklar hamda boshqa mahalliy va chetdan keltirilgan tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxt turlarining yangi istiqbolli navlarini yaratish texnologiyasini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1994-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga sanoat terakzorlar va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxt koʻchatzorlari barpo etishga, ularda zarur agrotexnika tadbirlari oʻtkazishga kerak boʻlgan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-aprel 149-sonli qarori tahririda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi va Davlat teleradio kompaniyasi kelajakda xalq xoʻjaligini va aholini zarur xomashyo bilan taʼminlovchi, shuningdek, atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi yogʻochbop sanoat daraxtzorlari yaratish boʻyicha topshiriqlarning qanday bajarilayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-fevral,
62-son