18.09.2025 yildagi PQ-287-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish, yerlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar talon-toroj qilinishining hamda yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish choralari natijadorligini oshirish, sohada nazoratni amalga oshirishda inson omilini kamaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yer uchastkalaridan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish, yerlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar talon-toroj qilinishining oldini olish, mazkur jarayonlarga axborot texnologiyalarini keng joriy qilish orqali sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash hamda bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurishning oldini olish borasida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali yagona nazorat tizimini joriy etish hamda vakolatli idoralar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yerlardan samarali foydalanish, ular o‘zboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yangi tartib-taomillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat yer nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zagroinspeksiya”), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Qurilish vazirligi), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli davlat organlari) tomonidan amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “E-YER NAZORAT” tizimi) yer munosabatlariga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish va huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish uchun Kadastr agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zagroinspeksiya”, Ekologiya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi va ularning hududiy bo‘linmalari hamda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-yanvar sanasidan boshlab maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar ko‘rishga oid vazifa va funksiyalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “E-YER NAZORAT” tizimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekkosmos” agentligi davlat kosmik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar doirasida yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurish holatlarini bir yilda ikki marotaba Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aerokosmik monitoring orqali aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha aerokosmik monitoring o‘tkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aerokosmik monitoringni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda “O‘zbekkosmos” agentligiga beg‘araz taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari va Kadastr agentligining yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bilan bog‘liq huquqbuzarlik darajasiga qarab quyidagicha hududlarga bo‘lish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “qizil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli yuqori hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “sariq” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli o‘rta hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “yashil” toifadagi hudud — yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli past hududlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda uch oy muddatda hududlarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga bo‘lish mezonlari va ularda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida bir marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har olti oyda kamida bir marotaba monitoring kuzatuvlari olib borilishi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilgunga qadar maxsus vakolatli davlat organlarining asosiy kuch va vositalari safarbar etilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kosmik monitoring natijalarida aniqlangan yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlarga oid dastlabki ma’lumotlar “E-YER NAZORAT” tizimi orqali quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasi bo‘yicha — “O‘zagroinspeksiya”ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlar, ustuvor ravishda ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish maqsadlarida foydalaniladigan yerlar, o‘rmonlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan zonalar, tabiiy suv havzalari, xavfli chiqindilar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va chiqindi poligonlariga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — Ekologiya vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish holatlari bo‘yicha — Qurilish vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkalari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ruxsatnomasi talab etiladigan qurilish obyektlari bo‘yicha — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qolgan barcha toifalar bo‘yicha — Kadastr agentligiga manzilli taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kelib tushgan ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rganilib, vakolat doirasida tegishli choralar ko‘riladi yoki huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-YER NAZORAT” tizimiga kelib tushgan ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan asossiz qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat yer nazoratini yuritishda “E-YER NAZORAT” tizimidan foydalanish tartibi haqidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yerga oid qonunbuzilish holatlarini davlat kosmik monitoring natijalarini qayta ishlash orqali aniqlash hamda ma’lumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organlariga elektron shaklda manzilli yuborish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan “E-YER NAZORAT” tizimida yerga oid qonunbuzilish holatlari to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, davlat yer nazorati hujjatlarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish yoki “E-YER NAZORAT” tizimi orqali huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organga yuborish tartibini. Bunda davlat yer nazorati to‘g‘risidagi ishlarni planshet va kompyuter yordamida rasmiylashtirish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “E-YER NAZORAT” tizimiga yuborilgan ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organlariga tegishliligi bo‘yicha avtomatik tarzda taqsimlash imkoniyatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yerga oid qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ular yuzasidan o‘tkazilgan davlat yer nazorati tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (yozma ko‘rsatma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, jarimalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar va sud qarorlari va hokazo) to‘plash, saqlash va tahlil qilish qoidalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) davlat yer nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan elektron tizimini yuritish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “E-YER NAZORAT” tizimini tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus vakolatli davlat organlari yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlovchi inspektorlarning faoliyatini to‘liq raqamlashtirib, maxsus planshetlar va yonkameralar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “E-YER NAZORAT” tizimini sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini hamda maxsus vakolatli davlat organlarining tizimdan samarali foydalanishlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ul organ etib Kadastr agentligi, “E-YER NAZORAT” tizimining operatori etib “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar ko‘rish doirasida aniqlagan huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalarning 2 foizi “E-YER NAZORAT” tizimi operatoriga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kadastr agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda “E-YER NAZORAT” tizimini Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (edo.ijro.uz), “E-ma’muriy ish”, “Adolat”, “E-material” axborot tizimlari, Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi bilan integratsiya qilishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “E-YER NAZORAT” tizimini yuritishda davlat yer nazorati to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha guvoh, jabrlanuvchi, xolis va huquqbuzar ularning elektron raqamli imzosidan (barmoq izi yoki grafik imzo) foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda ishni ko‘rib chiqayotgan maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nazorat tadbiri natijasi to‘g‘risidagi ishlar va ishga taalluqli hujjatlar QR kod bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat yer nazorati to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha elektron shakldagi ma’lumotlar arxivini (ish hujjatlarining elektron shaklini) qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlash Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “E-YER NAZORAT” tizimidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari foydalanadigan ma’lumotlar hisoblanadi hamda mazkur mansabdor shaxslar “E-YER NAZORAT” tizimidagi ma’lumotlar bilan faqat qonunchilik hujjatlari asosida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun tanishishi va foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kadastr agentligi maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) jismoniy va yuridik shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari, hokim yordamchilariga qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash, yerlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda o‘zboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlariga “E-YER NAZORAT” tizimi orqali xabar va so‘rov yuborish imkoniyatlarini yaratsin va bunday imkoniyatlar haqida aholiga ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlik holatlari bo‘yicha ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha tuzilgan bayonnomani “E-YER NAZORAT” tizimi orqali maxsus vakolatli davlat organiga yuborish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har chorakda yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va barvaqt oldini olish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilgan holda tegishli chora-tadbirlar belgilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir tuman (shahar)ning “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarida kamida ikkitadan mahallani yerga oid huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish choralarini ko‘rib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash va bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish hamda bu borada korrupsion omillarga barham berish, samarali monitoringni amalga oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroinspeksiya” va Kadastr agentligining elektron dastur va platformalari prokuratura organlarining elektron dasturlari bilan integratsiya qilinsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) prokuratura organlariga Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroinspeksiya” va Kadastr agentligining axborot tizimlari va resurslariga moneliksiz kirish, ulardagi elektron ma’lumot, hujjat va materiallarni ko‘rish, monitoring qilish, o‘rganish uchun elektron hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olish imkoniyatlari yaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ushbu idoralarning axborot tizimlari orqali bajariladigan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga prokuratura organlari mas’ul etib belgilansin hamda bu borada aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha o‘z vaqtida ta’sir choralarining ko‘rilishi va prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilishi ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kadastr agentligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F. Pulatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i A. Vaxabov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh. Xidoyatov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. Eshquvvatovlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qaror ijrosini har chorak muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-287-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-sentabrdagi PQ-287-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-YER NAZORAT” tizimini tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Oliy sudning “Adolat” axborot tizimi bilan huquqbuzarlikka oid zarur ma’lumotlar taqdim etilishini, xususan, yerga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yuritilayotgan ma’muriy ishlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar va ma’lumotlar, shu bilan birga ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya tartibidagi arizalar sud organlariga faqatgina “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-YER NAZORAT” tizimi) orqali yuborilishini joriy etish.

1. Quyidagi ma’lumotlarni taqdim qiluvchi tegishli veb-xizmat (API) ishlab chiqish:

sud qarorlarini ko‘rib chiqishda Oliy sudning “Adolat” axborot tizimini “E-YER NAZORAT” tizimiga to‘liq integratsiya qilish. Bunda sudga kiritilgan da’voning holati, yakunlanishi va rad etilishi yuzasidan (sana, ijrochi va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan) ma’lumot almashinuvi inson omilisiz avtomatik tarzda amalga oshishiga erishish;

yerga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya tartibidagi ariza va boshqa ma’lumotlarni integratsiya yo‘li bilan taqdim etish. Bunda ariza sanasi, sud qarorining holati, sanasi va sud qarori qabul qilinishi, mas’ul ijrochi bilan birga mazkur qarorning metama’lumotlari va “pdf” formatidagi nusxasi inson omilisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishiga erishish.

2. Oliy sud va Kadastr agentligi o‘rtasida “E-YER NAZORAT” va “Adolat” axborot tizimlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Veb-servisning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali “E-YER NAZORAT” tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil noyabr

Oliy sud,

Kadastr agentligi

2.

Majburiy ijro byurosining Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi bilan huquqbuzarlikka oid zarur ma’lumotlar taqdim etilishini, xususan, yerga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yuritilayotgan ma’muriy ishlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar va ma’lumotlar Majburiy ijro byurosiga faqat “E-YER NAZORAT” tizimi orqali yuborilishini hamda Majburiy ijro byurosi organlarida yerga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yuritilayotgan ma’muriy ishlarning ijro holati bo‘yicha hujjat va ma’lumotlar “E-YER NAZORAT” tizimiga integratsiya yo‘li bilan onlayn tarzda taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘yish.

1. Quyidagi ma’lumotlarni taqdim qiluvchi tegishli veb-xizmat (API) ishlab chiqish:

yerga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yuritilayotgan ma’muriy ishlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar va ma’lumotlar;

yerga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yuritilayotgan ma’muriy ishlarning ijro holati;

o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni majburiy tartibda buzdirish bo‘yicha qabul qilingan sudning hal qiluv qarorlari ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar.

2. Majburiy ijro byurosi va Kadastr agentligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali “E-YER NAZORAT” tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil sentabr

Majburiy ijro byurosi,

Kadastr agentligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasportlari hamda identifikatsiya ID kartalarini, xususan, ulardagi fuqaroning JSHSHIR ma’lumotlarini kontaktsiz “NFC” texnologiyasi asosida o‘qib olish yuzasidan integratsiya asosida doimiy va beg‘araz tarzda “E-YER NAZORAT” tizimida avtorizatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.

1. O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasportlari hamda identifikatsiya ID-kartalarini, xususan, ulardagi fuqaroning JSHSHIR ma’lumotini kontaktsiz “NFC” texnologiyasi asosida o‘qib olish yuzasidan “E-YER NAZORAT” tizimida avtorizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tegishli veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti,

Kadastr agentligi

2. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va Kadastr agentligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali “E-YER NAZORAT” axborot tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil oktabr

4.

Maxsus vakolatli organlar tomonidan jiddiy qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlarni jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborish va natijalari bo‘yicha elektron ma’lumot almashish tizimini joriy qilish maqsadida “E-material” va “E-YER NAZORAT” tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini joriy qilish.

1. Jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ma’lumotlarni olish yuzasidan “E-material” va “E-YER NAZORAT tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Bosh prokuratura,

Kadastr agentligi

2. Bosh prokuratura hamda Kadastr agentligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali “E-YER NAZORAT” tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil oktabr

5.

Kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzilish ehtimoli yuqori holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “E-YER NAZORAT” tizimiga yuborilishini ta’minlash.

1. Kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali aniqlangan yerga oid qonunbuzilish ehtimoli yuqori holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-YER NAZORAT” tizimiga yuborish bo‘yicha veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

“O‘zbekkosmos” agentligi,

Kadastr agentligi

2. “O‘zbekkosmos” agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali “E-YER NAZORAT” axborot tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil oktabr

6.

Yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash va bunday yerlarda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish, bu borada korrupsion omillarga barham berish hamda samarali monitoringni amalga oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Kadastr agentligining elektron dastur va platformalarini prokuratura organlarining elektron dasturlari bilan integratsiya qilish, o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. “E-YER NAZORAT”, “E’TIROF”, “Uzkad”, “Yer hisobot”, “agroplatforma.uz”, “crop.agro.uz” axborot tizimlari hamda Bosh prokuraturaning axborot tizimi o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha veb-xizmat (API) ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Bosh prokuratura,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

“O‘zagroinspeksiya”

2. Bosh prokuratura hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, “O‘zagroinspeksiya” o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Veb-xizmatning (API) idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali Bosh prokuraturaning axborot tizimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil yanvar

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 07/25/287/0844-son)