09.09.2025 yildagi PQ-280-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining rolini oshirish, shuningdek, notariuslar faoliyatini raqamlashtirish bilan bog‘liq ishlarni izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yil 1-martdan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha bo‘lgan quyidagi fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlar, kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi va O‘zbekiston Notarial palatasining 2026-yil 1-apreldan boshlab notariuslar faoliyatiga quyidagilarni joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) O‘zbekiston Respublikasida notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Oliy malaka komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra notarius o‘z roziligi bilan ish faoliyatini yetmish yoshgacha amalga oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘rniga axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda quyidagi ikki bosqichdan iborat bo‘lgan yagona tanlov tartibini joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi bosqichda talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadi. Bunda test sinovlari axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Adliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan yagona tanlovda ishtirok etishga faqat Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etiladigan kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z kasbiy faoliyatini uzrli sabablarga ko‘ra bajara olmagan taqdirda, uning arizasiga asosan litsenziyasining amal qilish muddatini to‘xtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatishdan tashqari ogohlantirish va jarima ko‘rinishidagi muqobil ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) notarial harakatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan gerbli (maxsus) blankalarni unifikatsiya qilish orqali yagona shakldagi gerbli (maxsus) blankani joriy etish. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) notarial harakatlarni maxsus gerbli blankada rasmiylashtirish taraflarning xohishiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) videokonferensaloqa rejimida amalga oshirilgan notarial harakatlar gerbli (maxsus) blankalarda rasmiylashtirilishi talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) notarial rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarni notariusning imzosi, muhri va/yoki QR kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq notarial xizmatlar ko‘rsatishda quyidagi talablar bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) respublika hududida notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari nusxasini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — Tizim) majburiy yuklash tartibini joriy etish orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuv fayllarini elektron qurilmalarda saqlash. Bunda ushbu turdagi audio va videoyozuvlar fayllarini Tizimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri notarial harakatga biriktirish va saqlash imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab notarial harakatlarni amalga oshirish uchun notariusga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish. Bunda fuqarolarning shaxsi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari orqali zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda biometrik ma’lumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligiga notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng ko‘p sonini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hudud (notarial okrug)larda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga talabgorlarni yagona tanlovda ishtirok etmagan holda Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida tayinlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga yagona tanlovda ishtirok etmagan holda suhbat asosida notariuslar tayinlanishi mumkin bo‘lgan olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hudud (notarial okrug)lar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Notariuslar tomonidan kompozit shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2025 — 2027-yillarda masofadan turib videokonferensaloqa rejimi orqali rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yiladigan notarial harakatlar reja-grafigi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2025 — 2027-yillarda notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hudud (notarial okrug)larda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kamida uch yil davomida notariuslik faoliyatini amalga oshirgan notariuslarga Oliy malaka komissiyasi xulosasi asosida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius sifatida o‘zlari tanlagan respublikaning istalgan boshqa hududida faoliyatini davom ettirish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat notarial idorasi notariusi lavozimi joriy etilganida har bir davlat notarial idorasi uchun kamida bir nafardan notarius yordamchisi va notarius kotibi shtat birliklarini majburiy tarzda joriy etish haqidagi talab tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va undagi ulushlar bilan bog‘liq barcha bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuborilib, ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi ma’lumotlar kommunal xizmatlar tashkilotlarining elektron axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi va ma’lumotlar bazalarida yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kadastr agentligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Soliq qo‘mitasi va “O‘zsuvta’minot” AJ 2026-yil 1-aprelga qadar o‘z axborot tizimlarining belgilangan tartibda to‘liq integratsiyasini ta’minlab, ma’lumotlar avtomatik tarzda yangilanishini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Manfaatdor vazirlik va idoralar uch oy muddatda 2022-yil 1-oktabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini boshqa shaxsga o‘tkazishga nisbatan qo‘yilgan taqiqlarni tegishliligi bo‘yicha xatlovdan o‘tkazsin va saqlab qolinishi lozim bo‘lgan taqiqlar ro‘yxatini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va mol-mulk haqidagi ma’lumotlar (identifikator) asosida shakllantirib, Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqiq (xatlov)lar ro‘yxatini shakllantirsin va ularni bekor qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch oy muddatda yangi tahrirdagi “Notariat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini. Bunda, shu jumladan, quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etilishi nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) vasiyat qiluvchi vafot etganda notarius tomonidan merosxo‘rlarga vasiyatnomani e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasini notarial tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) meros shartnomasini notarial tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) mualliflik huquqi va turdosh huquqlar hamda sanoat mulki obyektlari bilan bog‘liq merosni notarius tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) 2026-yil 1-mayga qadar quyidagilarni tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga hamda xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olishga talabgorlar uchun yagona tanlov o‘tkazish tartibi va baholash mezonlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muayyan hudud (notarial okrug)dagi notarius lavozimlarining eng ko‘p sonini belgilash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish, nikoh shartnomalari, videokonferensaloqa rejimi orqali notarial harakatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-280-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga yagona tanlovda ishtirok etmagan holda suhbat asosida notariuslar tayinlanishi mumkin bo‘lgan olis (chekka) va notarius lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hudud (notarial okrug)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Bo‘zatov tumani

2.

Mo‘ynoq tumani

Andijon viloyati

3.

Ulug‘nor tumani

Qashqadaryo viloyati

4.

Dehqonobod tumani

Buxoro viloyati

5.

Qorovulbozor tumani

Jizzax viloyati

6.

Zafarobod tumani

7.

Yangiobod tumani

Navoiy viloyati

8.

Tomdi tumani

9.

G‘ozg‘on shahri

Sirdaryo viloyati

10.

Sardoba tumani

11.

Shirin shahri

Samarqand viloyati

12.

Qo‘shrabot tumani

Surxondaryo viloyati

13.

Bandixon tumani

Toshkent viloyati

14.

Bekobod tumani

Farg‘ona viloyati

15.

So‘x tumani

Xorazm viloyati

16.

Tuproqqal’a tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan kompozit shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Notariuslar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari

Ariza beruvchilar toifasi

Xizmat ko‘rsatish shakli

Xizmat ko‘rsatish natijasida beriladigan hujjat

Xizmat ko‘rsatish muddati

1.

Notarial rasmiylashtirilgan va idoraviy notarial arxivga topshirilgan hujjatlarning dublikatini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

An’anaviy shaklda

Notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati

5 ish kuni

2.

Idoraviy notarial arxivga topshirilgan notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

An’anaviy va elektron shaklda

Reyestr kitobidan ko‘chirma

2 ish kuni

3.

Notarial rasmiylashtirilgan va idoraviy notarial arxivga topshirilgan arxiv hujjatlaridan nusxa berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

An’anaviy va elektron shaklda

Arxiv hujjatlaridan nusxa

2 ish kuni

4.

Idoraviy notarial arxivda saqlanayotgan hujjatlar bo‘yicha arxiv ma’lumotnomasini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

An’anaviy va elektron shaklda

Arxiv ma’lumotnomasi

1 ish kuni

5.

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza yuborish

Jismoniy shaxslar

An’anaviy va elektron shaklda

Ariza yuborilganligi haqida ma’lumot

1 kun

6.

Tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etilgani bo‘yicha ma’lumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

An’anaviy va elektron shaklda

Ma’lumotnoma

2 kun

7.

Otalik belgilanganligi haqida ma’lumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

An’anaviy va elektron shaklda

Ma’lumotnoma

2 kun

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda masofadan turib videokonferensaloqa rejimi orqali rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yiladigan notarial harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA-GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Notarial harakat nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Barcha turdagi ishonchnomalarni bekor qilish

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

2.

Ijro xatlarini yozish

3.

Nikoh shartnomasini tasdiqlash

2026-yil iyun

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4.

Boshqa turdagi arizalardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash

5.

Avtomototransport vositasini ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash

6.

Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish

2026-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Markaziy bank

7.

Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berish

8.

Ipoteka shartnomasini tasdiqlash

9.

Turar joyning oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash

2027-yil mart

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Ichki ishlar vazirligi

10.

Turar joyning hadya shartnomasini tasdiqlash

11.

Qarz shartnomasini tasdiqlash

12.

Avtomototransport vositasini ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash

13.

Vasiyatnomalarni tasdiqlash

14.

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlash

15.

Ko‘chmas mulkni ayirboshlash to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash

2027-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Markaziy bank

16.

Turar joyning ijara shartnomasini tasdiqlash

17.

Noturar joyning ijara shartnomasini tasdiqlash

18.

Shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlash

19.

Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash

20.

Avtomototransport vositasidan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Notariat sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

yangi notarial harakatlarni joriy etish, shu jumladan, vasiyat qiluvchi vafot etganda notarius tomonidan merosxo‘rlarga vasiyatnomani e’lon qilish, er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasini notarial tasdiqlash, meros shartnomasini notarial tasdiqlash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar hamda sanoat mulki obyektlari bilan bog‘liq merosni notarius tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilash;

fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo‘yicha qarz undirishni notariusning ijro xatlariga asosan amalga oshirish, bunda qarzdordan e’tiroz kelib tushganda notarius tomonidan ijro xatini bekor qilish hamda ijro xatidagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish;

notariuslik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga oshirish;

xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning ixtiyoriy arizasiga asosan uning litsenziyasining amal qilish muddatini to‘xtatib turish;

xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yoki sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun mutanosib ravishda qo‘llaniladigan ta’sir choralari (ogohlantirish va jarima), ularning miqdorlari, muddatlari va qo‘llash tartibini belgilash;

notarial rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlarni notariusning imzosi, muhri va/yoki QR kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlashni yo‘lga qo‘yish.

Qonun loyihasi

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Oliy sud

(Islamov),

Notarial palata

(Ashurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

vasiyat qiluvchi vafot etganda notarius tomonidan merosxo‘rlarga vasiyatnomani e’lon qilish;

er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasini notarial tasdiqlash;

meros shartnomasini notarial tasdiqlash;

mualliflik huquqi va turdosh huquqlar hamda sanoat mulki obyektlari bilan bog‘liq merosni notarius tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni xatlovdan o‘tkazgan holda ularning yangilangan loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda ijro xatlarini yozish, vasiyatnomalar, meros shartnomalari va nikoh shartnomalarini tasdiqlash hamda notarial harakatlarni masofadan turib videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartiblari belgilanadi.

Adliya vazirining buyrug‘i

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Notarial palata

(Ashurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga hamda xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini olishga talabgorlar uchun tanlov o‘tkazish tartibi va baholash mezonlarini tasdiqlash.

Adliya vazirining buyrug‘i

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Bilim va malakalarni baholash agentligi

(Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(Burxanov),

Notarial palata

(Ashurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng ko‘p sonini belgilash tartibini tasdiqlash.

Olis (chekka) va notariuslik lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hududlarda (notarial okrugda) davlat notarial idorasi notariusi lavozimini tashkil etish va davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tanlovda ishtirok etmagan holda Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida notariusni tayinlash tartibini joriy etish.

Adliya vazirining buyrug‘i

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Notarial palata

(Ashurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Notarial harakatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladigan yagona shakldagi gerbli (maxsus) blankani joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Notarial palata

(Ashurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish. Bunda Oliy malaka komissiyasi tomonidan:

amaliy imtihonni o‘tkazish;

notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini 70 yoshgacha uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish;

olis (chekka) va notariuslik lavozimiga talab yuqori bo‘lmagan hududlar (notarial okrug) uchun davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga suhbat asosida notariusni tayinlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirining buyrug‘i

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

8.

Talabgorlar uchun Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida majburiy o‘quv kurslarini tashkil etish tartibini belgilash.

Adliya vazirining buyrug‘i

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

9.

Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash jarayonini majburiy audio va video yozuvga qayd etish va “Notarius” AATga yuklash talabini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil noyabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Notarial palata

(Ashurov)

10.

Merosxo‘rlarni qasddan yashirish holatlariga yo‘l qo‘ygan fuqarolarni noloyiq merosxo‘r deb topish va ularga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Oliy sud

(Islamov),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Adliya organlari balansida bo‘lgan va xususiy notariuslar ijara huquqi asosida foydalanib kelayotgan binolarni ularga auksion orqali sotish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Notariuslar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

12.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik ma’lumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali fuqarolarning shaxsini verifikatsiya qilish mexanizmini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

13.

Barcha notarial idoralarga optik tolali aloqa tarmog‘ini o‘rnatish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

14.

“E-notarius.uz” axborot portalining mobil ilovasini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

15.

Notariusning ijro xatlarini elektron hujjat sifatida shakllantirish hamda undiruvchi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga elektron hujjat aylanish tizimi orqali yuborish amaliyotini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Bosh prokuratura

(Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bo‘yicha elektron ma’lumot bazasini to‘liq shakllantirish va “Notarius” AATga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Oliy sud

(Islamov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

17.

Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot tizimi va “Notarius” AATni o‘zaro integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Bosh prokuratura

(Xatamov)

III. Notarial idoralar faoliyati samaradorligini ta’minlash

18.

Notariuslar tomonidan kompozit shaklda quyidagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish:

notarial rasmiylashtirilgan va idoraviy notarial arxivga topshirilgan hujjatlarning dublikatini berish;

notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish;

notarial rasmiylashtirilgan va idoraviy notarial arxivga topshirilgan arxiv hujjatlaridan nusxa berish;

idoraviy notarial arxivda saqlanayotgan hujjatlar bo‘yicha arxiv ma’lumotnomasini berish;

doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza yuborish;

tug‘ilganlik, o‘lim, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralishni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etilganligi bo‘yicha ma’lumotnoma berish;

otalik belgilanganligi haqida ma’lumotnoma berish.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

19.

Notariuslar tomonidan kompozit shaklda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlari sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil may

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadigan ariza va ishonchnomalarni “Notarius” AATga yuborish tartibini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil iyul

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

21.

Ko‘chmas mulk boshqa shaxsga o‘tkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi ma’lumotlarni kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda avtomatik tarzda o‘zgartirish tartibini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash

2025-yil dekabr

Kadastr agentligi

(Pulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Asqarov),

“Hududgazta’minot” AJ

(Xodjayev),

“O‘zsuvta’minot” AJ

(Suvonqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ma’lumotlarni avtomatik tarzda o‘zgartirish tartibini joriy etish

2026-yil 1-aprelga qadar

22.

2022-yil 1-oktabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini boshqa shaxsga o‘tkazishga nisbatan qo‘yilgan taqiqlarni tegishliligi bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish va saqlanib qolinishi lozim bo‘lgan taqiqlar ro‘yxatini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va obyekt identifikatorlari asosida shakllantirib, Adliya vazirligiga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar,

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

O‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqiq (xatlov)lar ro‘yxatini shakllantirish va taqiqdan chiqarish choralarini ko‘rish.

2026-yil aprel

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2025-y., 07/25/280/0817-son)