1-ILOVA
T/r | Maʼlumot va hujjatlar nomi | Masʼul davlat organlari va tashkilotlar |
1. | Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma | Adliya vazirligi |
2. | Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma | |
3. | Manzil boʻyicha yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma | Ichki ishlar vazirligi |
4. | Fuqaro yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi | |
5. | Avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma | |
6. | Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
7. | Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yoʻllanmalar va ularning nusxalari | |
8. | Tuberkulyoz kasalligi boʻyicha hisobda turish yoki turmasligi boʻyicha maʼlumotnoma | |
9. | 083 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma | |
10. | 063 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma | |
11. | Davlat ekologik ekspertiza xulosasi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
12. | Ekologik auditorning malaka sertifikati va uning nusxasi | |
13. | Elektron onlayn auksion bayonnomasi | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
14. | Xoʻjalik jamiyatining toʻlovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) toʻgʻrisida maʼlumot | |
15. | Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma | |
16. | Baholovchining malaka sertifikati va nusxasi | |
17. | Rieltorlarning malaka sertifikati va nusxasi | |
18. | Davlat ulushi mavjud korxona tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasiga beriladigan elektron hisob-maʼlumot | “Oʻzavtosanoat” AJ |
19. | Soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumot | Soliq qoʻmitasi |
20. | Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari roʻyxatda turganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
21. | Sportchining sportchi pasporti nusxasi | Sport vazirligi |
22. | Sportchilar uchun sportchining razryadi va unvonlari maʼlumotnomasi | |
23. | Talabalar turar joyiga joylashish uchun berilgan yoʻllanmalar va ularning nusxalari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
24. | Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat va uning nusxasi | |
25. | Ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar | |
26. | Tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun) | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
27. | 9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma | |
28. | Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun yoʻllanma va uning nusxasi | |
29. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot | |
30. | Barcha fanlardan (tegishli umumtaʼlim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat va uning nusxasi |
2-ILOVA
T/r | Shaxsga doir maʼlumot nomi | Maʼlumotlarni taqdim etishga masʼul vakolatli organ |
1. | Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. | Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
3. | Davlat tibbiyot muassasasida hisobda turganligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
4. | Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumot | Ichki ishlar vazirligi |
5. | Biometrik pasport (ID karta) maʼlumotlari | |
6. | Haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlari | |
7. | Yashash joyi va turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot | |
8. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
9. | Nomida mavjud boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumot | |
10. | Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida maʼlumot | |
11. | Xorijga chiqish biometrik pasporti toʻgʻrisida maʼlumot | |
12. | Talaba oʻqish joyidan maʼlumot (oliy taʼlim muassasasidan) | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
13. | Shaxsning taʼlim olganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar (oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional va oliy taʼlim) | |
14. | Shaxsning umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisida maʼlumot (shahodatnoma maʼlumotlari) | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
15. | Nomiga rasmiylashtirilgan litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalar toʻgʻrisida maʼlumot | Adliya vazirligi |
16. | Yakka tartibdagi tadbirkorligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
17. | Ish staji va ish joyi toʻgʻrisida maʼlumot | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
18. | Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumot | Kadastr agentligi |
19. | Nomidagi koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot | |
20. | Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumot | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
21. | Fuqaroning “Temir daftar”ga kiritilgani haqida maʼlumot | |
22. | Fuqaroning “Yoshlar daftari”ga kiritilgani haqida maʼlumot | Yoshlar ishlari agentligi |
23. | Soliq va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot | Soliq qoʻmitasi |
24. | Ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot | |
25. | Oʻzini oʻzi band qilganligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
26. | Fuqaroning “Ayollar daftari”ga kiritilgani haqida maʼlumot | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
27. | Toʻlangan pensiyalar (nafaqalar) miqdori toʻgʻrisida maʼlumot | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
28. | Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumot | |
29. | Ijro hujjati boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumot | Majburiy ijro byurosi |
30. | Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi haqida maʼlumot |
3-ILOVA
T/r | Davlat xizmati nomi | Joriy etish muddati | Davlat xizmatini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ |
1. | Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish | 2025-yil dekabr | Migratsiya agentligi |
2. | Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | |
3. | Sud eksperti sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarni yagona reyestrga kiritish | Adliya vazirligi | |
4. | Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ilmiy tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga berishni kelishish | 2026-yil mart | Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
5. | Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga olish | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi | |
6. | Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish | ||
7. | Identifikatsiyalashdan oʻtkazilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish | ||
8. | Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikatni berish | Transport vazirligi | |
9. | Avtomobilda xalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikatini berish | ||
10. | Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish | 2026-yil avgust | Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
11. | Oʻlchash vositalarini davlat sinovidan oʻtkazish | ||
12. | Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish | ||
13. | Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish | ||
14. | Oʻlchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik tekshiruvi natijalarini eʼtirof etish | ||
15. | Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish | ||
16. | Gidrometeorologik maʼlumotlarni berish | Gidrometeorologiya xizmati agentligi | |
17. | Xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga charter reyslarni tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish | Turizm qoʻmitasi | |
18. | Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish | ||
19. | Yuridik shaxslarni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish | Bojxona qoʻmitasi | |
20. | Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish | Innovatsion rivojlanish agentligi |
4-ILOVA
T/r | Davlat xizmati nomi | Davlat xizmati koʻrsatish muddati | Vakolatli organ | |
umumiy | tezlash-tirilgan | |||
1. | Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya berish | 7 ish kuni | 4 ish kuni | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. | Koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya berish | 10 ish kuni | 5 ish kuni | |
3. | Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya berish | 14 ish kuni | 10 ish kuni | |
4. | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya berish | 7 ish kuni | 3 ish kuni | |
5. | Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish | 10 kun | 5 ish kuni | Ichki ishlar vazirligi |
6. | Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish | 2 ish kuni | 4 ish soati | Adliya vazirligi |
7. | Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish | 4 ish kuni | 4 ish soati | |
8. | Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv maʼlumotnomalarini berish | 2 ish kuni | 1 ish kuni | |
9. | Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish | 20 ish kuni | 10 ish kuni | |
10. | Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish | 5 ish kuni | 3 ish kuni | |
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbasi | Ijro muddati | Masʼul ijrochi |
1. | Mazkur Farmonga 2-ilovadagi maʼlumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan masʼul vazirlik va idoralar, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. | Mazkur Farmonga 2-ilovada belgilangan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetida aks ettirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
3. | “Litsenziya” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablagʻlari | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi |
4. | YIDXPda axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari | 2026-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
5. | “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlari sunʼiy intellekt vositasida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bojxona qoʻmitasi mablagʻlari | 2026-yil iyun | Bojxona qoʻmitasi |
6. | Jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimida (OneID) roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek foydalanuvchi kabinetini tiklashda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari | 2025-yil oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | Davlat xizmatlari markazlariga YIDXPdagi barcha davlat xizmatlarini koʻrsatish huquqini berish boʻyicha tegishli texnik imkoniyatni yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
8. | Avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari oʻzgarganda mulkdorning xohishiga koʻra avtomototransport vositasini qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni kompozit tarzda ichki ishlar organlariga yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
9. | YIDXP, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz ravishda rad etilganda, fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini vakolatli organlar tomonidan fuqarolarga qaytarib berish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
10. | Avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan axborot tizimlarini integratsiya qilish: avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar; “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari; davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar; avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) oʻzgarganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
11. | Tibbiy koʻrik natijalari tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida kiritilishini taʼminlash. Bunda: | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | ||
Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan OIV/OITS, psixik, narkologik, tanosil va sil kasalliklari boʻyicha tibbiy koʻrik natijalarini majburiy tartibda faqatgina “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlariga kiritish tartibi joriy etiladi; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi | |||
“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi | |||
12. | Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq boʻlgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda koʻrib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali qarorlarni oʻzaro bogʻlash tartibini joriy etish. Bunda: | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | ||
sudning nikohdan ajratish haqidagi qarorlari qonuniy kuchga kirgan kunning oʻzida avtomatik ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron shaklda, nikohdan ajrashayotgan shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda dalolatnoma yozuvi raqami (ID) asosida yuborilishi; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Oliy sud | |||
nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi sud joylashgan joydagi tuman (shahar) FHDY organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi hamda sud qarori nusxasi nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga tenglashtirilishi; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Oliy sud | |||
nikoh bekor qilinganligini qayd etganlik uchun undiriladigan davlat boji sudning qaroriga asosan er-xotinning har ikkalasidan yoki ularning biridan belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan undirilishini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Oliy sud | |||
Oliy sud axborot tizimi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali nikohdan ajrashish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni dalolatnoma yozuvi raqamiga (ID) bogʻlash hamda barcha instansiya sudida ish koʻrib chiqilayotganligi jarayonlarini va natijasi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborish amaliyotini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Oliy sud, Adliya vazirligi | |||
13. | Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish, oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha harakatlarni faqatgina “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida amalga oshirilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
14. | Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali Mudofaa vazirligiga taqdim etib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi |
15. | Avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabini bekor qilish yuzasidan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi shakliga tegishli oʻzgartirish kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi |
16. | Mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini ariza beruvchilarning xohishiga koʻra tezlashtirilgan tartibda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Mazkur Farmonga 1-ilovadagi maʼlumotlarni saqlovchi axborot tizimlarini “Raqamli hukumat” tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Ijrochi mablagʻlari | 2025-yil noyabr | Mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan masʼul vazirlik va idoralar, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
18. | “Vakolat.uz” platformasidan foydalanish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
19. | Korxona direktori hamda bosh buxgalteri ishga qabul qilingani, ular axborot tizimlarida korxona direktori hamda bosh buxgalteri sifatida belgilanganini identifikatsiya qilishni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali amalga oshirish. Bunda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tizimi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinadi. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil dekabr | Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi |
20. | Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mazkur Farmonga 1-ilovada belgilangan maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali ushbu tizim foydalanuvchilariga taqdim etib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | “Vakolat.uz” platformasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni taʼminlash: jismoniy shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish uchun oʻz ixtiyoriga koʻra “Vakolat.uz” platformasida boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish; yuridik shaxslar tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra “Vakolat.uz” platformasida ishonchnomalarni rasmiylashtirish, oʻzgartirish va bekor qilish; notarial shaklda rasmiylashtirilgan hamda “Vakolat.uz” platformasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish; “Vakolat.uz” platformasini “Raqamli hukumat” tizimini yagona identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolat berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish; “Vakolat.uz” platformasini YIDXP hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
22. | “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Adliya vazirligi |
23. | Adliya vazirligining “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi bazasida “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot modulida Davlat xizmatlari yagona reyestrini doimiy tarzda yangilanadigan hamda dolzarbligi taʼminlanadigan shaklda elektron shaklda yuritilishini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablagʻlari | 2025-yil dekabr | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
24. | Tuman (shahar) adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini yagona adliya boʻlimlari sifatida qayta tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil may | Adliya vazirligi |
25. | Quyidagi davlat xizmatlarini oʻzaro kompozit tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish: fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot; fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati haqida maʼlumot; hisoblangan ish haqi summalari haqida maʼlumot; mehnat faoliyatini tasdiqlash haqida maʼlumot. | Amaliy chora-tadbirlar | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
26. | Aholi va tadbirkorlik subyektlarining interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Adliya vazirligi mablagʻlari | Doimiy | Adliya vazirligi |
27. | Davlat-xususiy sheriklik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi talablarni Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma talablariga oʻzaro muvofiqlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil mart | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
28. | Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: davlat xizmatlari koʻrsatishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilganda maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlarni avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish; davlat xizmatlari koʻrsatishda arizalarni asossiz rad etish va boshqa qonun buzilishi holatlari uchun (bundan muddat buzilishi holatlari mustasno) jazo choralarini kuchaytirish; davlat xizmatlari koʻrsatilishi bilan bogʻliq huquqbuzarlik uchun turli javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni oʻzaro muvofiqlashtirish; Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻiga va tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash vakolatini berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil mart | Adliya vazirligi |
29. | Loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish sifatini tubdan takomillashtirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: markazlashtirilgan manbalar, davlat organlari va korxonalari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlash tartibini Hukumat qarori darajasida belgilash; loyiha-tadqiqot ishlarining muddatlarini maqbullashtirish; markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurishda mualliflik nazoratini amalga oshirishda toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil may | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bogʻlagan holda elektron yuritishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi mablagʻlari | 2026-yil iyun | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
31. | Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni bino-inshootlar va ularning qismlarining kadastr raqamiga bogʻlagan holda elektron yuritishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mablagʻlari | 2026-yil iyun | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
32. | Obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa berish tartibini takomillashtirish. Bunda: obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha sanitariya-epidemiologiya talablari tizimlashtiriladi; sanitariya-epidemiologiya talablari mavjud boʻlmagan obyektlar va faoliyat turlari boʻyicha tegishli xulosalar berishga yoʻl qoʻyilmaydi; sanitariya-epidemiologiya xulosalari obyektlarning kadastr raqamiga bogʻlagan holda beriladi; obyektning ixtisoslashishi oʻzgartirilmagan, qayta qurilmagan yoki rekonstruksiya qilinmaganda, mazkur obyektga nisbatan qaytadan sanitariya-epidemiologiya xulosalarini olish talab etilmaydi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | 2026-yil iyul | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
33. | Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish. Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mablagʻlari | 2026-yil dekabr | Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
34. | Attraksionlar va koʻtarish inshootlari (minora kranlari)ga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish. Shuningdek, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi mablagʻlari | 2026-yil dekabr | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
35. | Kemalarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning elektron reyestrlarini shakllantirish hamda ulardagi maʼlumotlarni mashinada oʻqiladigan formatda raqamlashtirish, mulk va unga nisbatan huquqlar elektron reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqilishini, shuningdek, barcha mulklarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mulkka nisbatan unikal identifikatsiya raqami shakllantirilishini hamda huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga soliq toʻlovchi yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamlari biriktirilishini yakunlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Transport vazirligi mablagʻlari | 2026-yil dekabr | Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
36. | Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlari boʻyicha maʼmuriy reglament loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Moliyaviy xarajatlar talab etilmaydi | Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini joriy etish muddatlaridan ikki oy oldin | Mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organlar |
6-ILOVA