Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA SARMOYaLARGA KOʻMAKLAShISh XIZMATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-avgustdagi 340-sonli “Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhimligini hisobga olib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMTning sanoat rivojlanishi boʻyicha Tashkiloti (YuNIDO) bilan hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun zarur boʻlgan infrastrukturani shakllantirish boʻyicha BMT/YuNIDO bilan birgalikdagi texnikaviy yordam loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati (SKX) tashkil etilsin.
2. SKX toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, SKX ishini mablagʻ bilan taʼminlash, ofis uchun joyni ijaraga olish harakatlaridan tashqari, birinchi uch yilda BMT rivojlantirish Dasturi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. SKXga quyidagi manzildagi binodan ofis uchun 5 ta xona berilsin: Toshkent shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 42-uy.
5. Moliya vazirligi uch yil mobaynida respublika budjetidan SKX ofisini saqlash uchun zarur mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
6. Aloqa vazirligi SKX ofisi uchun uchta shahar telefon nomeri va hukumat ATSi telefoni ajratilishini nazarda tutsin.
7. SKX rasmiy hukumat qarorlari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-iyul,
345-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-iyuldagi 345-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati (keyingi oʻrinlarda — SKX deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun zapyp boʻlgan infrastrukturani shakllantirish boʻyicha BMT/YuNIDO bilan birgalikdagi texnikaviy yordam loyihasi doirasida tashkil etilgan hamda xorijiy va mamlakatimiz firmalariga, shu jumladan, kichik va oʻrta biznes sohasida, respublika va chet el bozorlarida investitsiyalarni amalga oshirish uchun sheriklar izlashda koʻmaklashishga daʼvat etilgan.
2. SKXning toʻliq nomi:
|
oʻzbek tilida |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sarmoyalarga koʻmaklashish xizmati |
| rus tilida |
— |
Slujba sodeystviya investitsiyam pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan |
| ingliz tilida |
— |
Investment Promotion Service attached to the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan. |
| Joylashgan oʻrni: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 42-uy. | ||
3. SKX yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa (shu jumladan, valyuta) schyotlariga, oʻz nomi oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan muhrga va shtampga ega boʻladi.
II. SKXning asosiy funksiyalari
Quyidagilar SKXning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
investitsiya muhitini tadqiq etish, xorijiy investitsiyalarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari, boʻyicha BMT, boshqa xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan texnikaviy yordam dasturlarini roʻyobga chiqarishda qatnashish;
respublika iqtisodiyoti ishlab chiqarish sohasiga investitsiyalarni jalb etish uchun xorijiy sheriklarni izlashda oʻzbekistonlik tadbirkorlarga yordam koʻrsatish;
xorijiy investorlarga Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitining turli jihatlari boʻyicha axborot xizmati koʻrsatish;
oʻzbekistonlik sheriklar bilan amaliy hamkorlikni taklif etuvchi xorijiy firmalarning toʻlovga qobilligi va ishonchliligini baholash;
ehtimol tutilgan xorijiy sheriklar uchun amaliy, shu jumladan, investitsiya takliflarini tayyorlashda oʻzbekistonlik tadbirkorlarga yordam. koʻrsatish;
xorijiy insestitsiyalarni jalb etish va tartibga solishning turli muammolari boʻyicha forumlar tashkil etishda qatnashish;
oʻzbekistonlik mutaxassislarning chet el investitsiyalarga koʻmaklashish xizmatlarida stajirovkada boʻlishlarini tashkil etish;
xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
III. Boshqaruv va tuzilma
1. SKX Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy majmui tarkibiga kiradi.
2. SKXning joriy faoliyatiga rahbarlikni YuNIDOning xalqaro eksperti maqomiga ega boʻlgan Direktor amalga oshiradi.
SKX direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda YuNIDO Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.
3. Direktor:
SKX nomidan faoliyatni ishonchnomasiz amalga oshiradi;
yarim yilda bir marta Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimiga SKX faoliyati toʻgʻrisida yozma hisobot taqdim etadi;
banklarda schyotlar, shu jumladan, valyuta schyotlari ochadi, oʻz vakolatlari doirasida kontraktlar, shartnomalar tuzadi hamda ularning bajarilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida SKX mol-mulkini tasarruf etadi;
SKXning barcha xodimlari uchun bajarish majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
mazkur Nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
4. SKX xodimlari lavozimga SKX Direktori tomonidan taqdim etiladilar va belgilangan tartibda YuNIDO tomonidan tasdiqlanadilar.
IV. Mol-mulk va moliyaviy mablagʻlar
1. SKXning balansida boʻlgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sotib olingan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa mulk uning mol-mulkini tashkil etadi.
2. SKX mablagʻlari budjet mablagʻlari, BMT (PROON) rivojlantirish Dasturining texnikaviy yordami, SKXga mamlakatimiz va xorijiy homiylar tomonidan beriladigan mablagʻlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar hisobidan shakllanadi.
3. SKX faoliyatidan olingan daromad mazkur Nizomdan kelib chiquvchi vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.
V. Faoliyat muddati va uni tugatish
1. SKX faoliyati muddati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va BMT/YuNIDOning qoʻshma loyihasi uch yilni tashkil etadi.
2. Uch yil tamom boʻlgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va BMT/YuNIDO muddatlarni uzaytirish yoki loyihani amalga oshirishni tugallash toʻgʻrisida qoʻshma qaror qabul qiladilar.