28.07.2025 yildagi PQ-232-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi anʼanalarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining betakror isteʼdodi va koʻp yillik samarali ijodiy izlanishlari orqali oʻzbek milliy qoʻshiqchiligi sohasida ulkan maktab yaratgan mashhur hofiz va bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali Joʻrayevning xotirasini abadiylashtirish hamda uning ijodiy anʼanalarini munosib davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi negizida Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oliy maktab Madaniyat vazirligi tizimiga kiradi hamda unda oʻquv jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oliy maktabga Madaniyat vazirligi tomonidan shakllantiriladigan har yilgi qabul kvotalari doirasida boshlangʻich musiqiy bilimga ega boʻlgan oʻquvchilar ijodiy sinov asosida 9-sinfdan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oliy maktabda oʻquv jarayoni davlat grantiga asoslangan 3 yillik oʻquv dasturi boʻyicha tashkil etiladi hamda uning bitiruvchilariga oʻrta maxsus kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oliy maktabning oʻquv dasturlari taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tayanch oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari belgilangan tartibda oʻz oʻqishini tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi bosqichidan davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabining asosiy vazifalari hamda uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayevning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) respublikaning boshqa hududlarida faoliyat olib borayotgan sohaning yetakchi professor-oʻqituvchi va mutaxassislarini Oliy maktabda oʻquv jarayoniga jalb etish, seminar, ochiq dars, mahorat darslari hamda maxsus kurslar tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tasarrufidagi oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchilari tomonidan Oliy maktabda oʻquv dasturlariga muvofiq seminar, ochiq dars, mahorat darslari hamda maxsus kurslar tashkil etish hamda ularni qoʻshimcha ragʻbatlantirib borish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har yili milliy qoʻshiqchilik va ijro sanʼati boʻyicha Sherali Joʻrayev nomidagi televizion tanlovni oʻtkazib borsin, shuningdek, tanlov gʻoliblarini qonunchilikka muvofiq oliy taʼlim tashkilotlariga imtiyozli qabul qilish tartibini joriy etish yuzasidan Hukumatga taklif kiritsin hamda ularning ijodiy faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda har yili milliy qoʻshiqchilik va ijro sanʼati, shu jumladan, Sherali Joʻrayev ijodiy yoʻnalishi va faoliyati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Oliy maktabda Sherali Joʻrayev ijodiy yoʻnalishi va faoliyati boʻyicha ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Andijon viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2025-yilda Oliy maktab uchun qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binosi va zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2026-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda Oliy maktab uchun qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binosi qurish hamda zarur infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash ishlarini inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Badiiy akademiya bilan birgalikda Oliy maktab hududida Sherali Joʻrayev byustini oʻrnatish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) har yili aprel oyida Sherali Joʻrayev tavalludi sanasini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil yakuniga qadar Oliy maktabda zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasini tashkil etsin va undan iqtidorli yosh ijodkorlar imtiyozli asosda foydalanishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy maktabga 1 ta yengil avtomobil va 1 ta gastrol safarlariga moʻljallangan maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-232-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi PQ-232-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) madaniyat va sanʼat sohasi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi asosida milliy musiqa sanʼati va badiiy ijodni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalangan holda taʼlim sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) oʻquvchilarni egallagan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, sifatli bilim olish va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlaydigan taʼlim dasturi asosida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) milliy qoʻshiqchilik va ijrochilik sanʼati hamda ijro anʼanalarini oʻrganish, tadqiq etish va munosib davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) mahalliy va xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi PQ-232-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabining faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabining faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) pulli xizmatlar, shu jumladan, taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan hamda boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi PQ-232-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayevning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) ustavini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlash.

1. Oliy maktab ustavi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

2.

Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchilari oʻqishni Oliy maktabda davom ettirishini taʼminlash.

Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchilarini Oliy maktabga qabul qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

3.

Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining malakali xodimlarini belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida Oliy maktabga qabul qilish.

1. Madaniyat vazirligi tomonidan respublika komissiyasini tuzish.

2. Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida xodimlarni ishga qabul qilish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

4.

Oliy maktabga oʻquvchilarni qabul qilish, ularning bilimini baholab borish hamda bitiruvchilarning oʻqishini keyingi taʼlim bosqichida davom ettirish tartibini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Qaror loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil sentabr

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil oktabr

5.

Madaniyat va sanʼat sohasida kadrlar tayyorlashning uzviyligi va uzluksizligini, ijodiy jarayonlar bilan integratsiyasini taʼminlash, malaka oshirish tizimini isloh qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Qaror loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil noyabr-dekabr

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 10-yanvar

6.

Oliy maktab uchun qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binosi, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish.

1. Oliy maktab uchun qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binosi, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

2. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 200 oʻrinli oʻquv binosi, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosini qurish hamda zarur infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2026-2027-yillar

2026-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

7.

Oliy maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Oliy maktab uchun zarur anjomlar roʻyxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Zarur anjomlarni belgilangan tartibda xarid qilish.

2026-yil may

8.

Oliy maktab hududida Sherali Joʻrayev byustini oʻrnatish.

1. Byustni oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

Badiiy akademiya uchun ajratilgan budjet mablagʻlari

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

2. Byustni loyiha hujjatlari asosida oʻrnatish.

2027-yil mart

9.

Har yili aprel oyida Sherali Joʻrayev tavalludi sanasini keng nishonlash.

1. Sherali Joʻrayev tavalludi sanasini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Chora-tadbirlar rejasi asosida tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2026-yildan boshlab har yili aprel oyida

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

10.

Yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida milliy qoʻshiqchilik va ijro sanʼati boʻyicha Sherali Joʻrayev nomidagi televizion tanlovni tashkil etish va uni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish.

1. Televizion tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktabr

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev)

2. Nizom asosida televizion tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish.

3. Televizion tanlovni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2026-yildan boshlab har yili mart-aprel oylarida

11.

Oliy maktabda Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning “oltin fondi”ni yaratish.

1. Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmanov)

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning “oltin fondi”ni yaratish.

2026-yil yanvar

12.

Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarini karaoke yordamida ijro qilishni ommalashtirish.

1. Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarini karaoke yordamida ijro qilishga moslashtirish.

2025-yil oktabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 07/25/232/0686-son)