1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 140-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun fuqarolarning davlat organlariga, muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Fuqarolarning murojaat etish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaat etish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni koʻrib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Fuqarolarning murojaatlari shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari ogʻzaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning ogʻzaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Fuqarolarning murojaatlari turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza fuqarolarning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini oʻz ichiga olgan murojaatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash toʻgʻrisidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi boʻlishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki u haqda soxta maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek imzo qoʻyilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Fuqarolarning murojaatlari va ommaviy axborot vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning davlat organlariga gazetalar, jurnallar, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari tahririyatlari orqali kelib tushgan murojaatlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga yoʻllagan murojaatlaridan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fikrini oʻrganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish tashkil etiladi. Fuqarolarni qabul qilish rahbar yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida alohida boʻlinmalar tuzilishi mumkin, fuqarolarni qabul qilish uchun masʼul mansabdor shaxslar belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda oʻtkaziladi. Qabul jadvali fuqarolar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni qabul qilish, agar uning bir necha bor qilgan murojaati asossiz, qonunga xilof xususiyatda boʻlsa yoki uning murojaati boʻyicha qaror qabul qilib boʻlingan boʻlsa, rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Fuqarolarning murojaatlari boʻyicha ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida fuqarolarning murojaatlari boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FUQAROLARNING MUROJAAT ETISh HUQUQLARI KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda ixtiyoriylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaat etish huquqi ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Hech kim biron bir murojaatni himoya etishga yoki unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda ularni jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishning majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari albatta qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi kerak, ushbu Qonun 6-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro uning murojaatini qabul qilish va koʻrib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan ayon boʻlib qolgan maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat siri yohud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir hisoblangan maʼlumotlar va, agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʻlsa, boshqa axborotlar davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga taalluqli boʻlmagan, fuqaroning shaxsiga doir maʼlumotlarni surishtirib bilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir biron bir maʼlumot oshkor etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Fuqarolarning murojaat etishi munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni hamda ularning oila aʼzolarini oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganliklari uchun taʼqib qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FUQAROLARNING ARIZALAR, TAKLIFLAR VA ShIKOYaTLAR BERISh TARTIBI HAMDA ULARNI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni oʻz vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini koʻzlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar berishi uchun muddat belgilanmaydi. Ayrim hollarda muayyan davlat organining ariza, taklif va shikoyatni koʻrib chiqish imkoniyatiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini oʻz vaqtida roʻyobga chiqarish, ularning qonuniy manfaatlari himoya etilishini taʼminlash zaruratiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra, bunday davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlarni berish muddati belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi yoki qarorlar qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil ichida berilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ariza yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning davlat organiga kelib tushgan murojaatlari ana shu organning oʻzi yoki zimmasiga murojaatlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari, agar ular qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan boʻlsa, uzogʻi bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga joʻnatiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni koʻrib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yohud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning oʻziga joʻnatish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga joʻnatish uchun zarur maʼlumotlar boʻlmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning oʻziga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha axborotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlsa, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi qoʻshimcha axborot toʻplashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatini koʻrib chiqayotgan davlat organi zarur hollarda murojaat joyning oʻzida koʻrib chiqilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning oʻzi yoki boshqa shaxs yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqishning imkoni boʻlmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza, taklif yoki shikoyatda bayon qilingan masalalar hal etilayotganda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, bu ish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning takliflari tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga oʻn kunlik muddat ichida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddat ichida, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MUROJAATLARNI KOʻRIB ChIQIShDA FUQAROLARNING HUQUQLARI VA DAVLAT ORGANLARINING MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda fuqarolarning shaxsan ishtirok etish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda fuqaro murojaatning koʻrib chiqilishi jarayoni haqida axborot olish, vajlarini shaxsan bayon etish va izohlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish, qoʻshimcha materiallar takdim etish yoki ularni boshqa organlardan soʻrab olish toʻgʻrisida iltimos qilish, advokat yoki oʻz vakili xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda qabul qilinadigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda qonunga xilof harakatlarning (harakatsizlikning) darhol oldini olishga doir chora-tadbirlar koʻrishlari, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlashlari, murojaat qilganliklari munosabati bilan fuqarolar taʼqib qilinishining belgilangan tartibda oldini olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqaroning murojaatini koʻrib chiqqan davlat organining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning murojaatini koʻrib chiqqan davlat organi unga murojaatni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi boʻlmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning murojaatini koʻrib chiqqan davlat organi, uning mansabdor shaxsi murojaatni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishi, agar fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilishga doir chora-tadbirlar koʻrishi ham shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Fuqarolarning murojaatlari bilan olib boriladigan ish tahlili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqayotgan davlat organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida arizalar, takliflar va shikoyatlarni belgilangan tartibda umumlashtiradilar hamda tahlil etib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidaga qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni va koʻrib chiqishni asossiz ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini taʼminlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun taʼqib qilish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 43-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Fuqaroning ariza yoki shikoyatini koʻrib chiqishda qonun talablarining buzilishi oqibatida fuqaroga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning arizasi yoki shikoyati qanoatlantirilgan taqdirda ana shu murojaat boʻyicha qonunga xilof qaror qabul qilgan davlat organi ariza yoki shikoyat berish va uni koʻrib chiqish munosabati bilan fuqaroga yetkazilgan zararning oʻrnini, tegishli davlat organining talabi bilan ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun joylarga borish munosabati bilan sarf qilingan harajatlarni qoplaydi hamda ana shu vaqt ichida yoʻqotilgan ish haqini toʻlaydi. Fuqaroga yetkazilgan maʼnaviy ziyon ham sud tartibida kompensatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning arizasi yoki shikoyatini koʻrib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida davlat organi tomonidan toʻlangan mablagʻlar aybdor mansabdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Fuqaroning gʻayriqonuniy xususiyatdagi ariza, taklif yoki shikoyat berganlik uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning tuhmat va haqoratdan iborat ariza, taklif yoki shikoyat berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40, 41-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 140 va 158-moddalariga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fuqarolarning bila turib soxta maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarini tekshirishga sarf qilingan xarajatlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bila turib soxta maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarni tekshirish munosabati bilan davlat organi tomonidan sarf qilingan xarajatlar fuqarodan sudning qaroriga binoan undirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 7-modda)