16.07.2025 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy moslashuviga amaliy ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni bilan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) pulini uni tayinlashning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lash belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqa tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nafaqa tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari tomonidan tayinlanadi hamda respublika budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayinlangan nafaqa “E-probatsiya” axborot tizimi orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali to‘lanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan har oyning 2-sanasiga qadar o‘tgan oyda to‘langan nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilgan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi o‘rinlarda — tijorat banki) hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning murojaatiga asosan “Yagona reyestr” AT orqali elektron yuborilgan to‘lov qaydnomalariga muvofiq nafaqa tijorat banki tomonidan naqd pul shaklida to‘lanadi yoki ularda mavjud bank kartalariga o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar “E-probatsiya” axborot tizimi “Yagona reyestr” ATga integratsiya qilinishini hamda “E-probatsiya” axborot tizimi orqali nafaqa tayinlash bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va tayinlashning barcha texnik imkoniyatlarini yaratish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari parametrlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa to‘lash maqsadlari uchun 2025-yilda ko‘zda tutilgan mablag‘lar Agentlik hududiy boshqarmalariga o‘tkazib berilishini, 2026-yildan boshlab har yili ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadlar uchun tegishli mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-iyuldagi 318-F-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nafaqa O‘zbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — o‘ziga nisbatan nafaqa tayinlanishini so‘rab murojaat qilgan jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa — qonunchilikka muvofiq jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdorida to‘lanadigan bir martalik pul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqa tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari tomonidan tayinlanadi hamda respublika budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqani tayinlash va to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab bir oy ichida o‘z xohishiga ko‘ra nafaqa tayinlanishi uchun vakolatli organga shaxsan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organning xodimi ariza beruvchining nomidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani “E-probatsiya” axborot tizimida elektron shaklda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan arizada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zarur ma’lumotlar arizaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ bir ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-probatsiya” axborot tizimida ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-mahkum” axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga “E-probatsiya” axborot tizimi orqali nafaqa tayinlaydi va bu to‘g‘risidagi ma’lumotni nafaqa to‘lash uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilishi lozim bo‘lgan tijorat banki to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq arizada ko‘rsatilgan mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqaning miqdori vakolatli organga murojaat etish kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda nafaqa tayinlash rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan nafaqa tayinlash bo‘yicha ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan muddatda murojaat qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-mahkum” axborot tizimi orqali ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tagani va ozod qilingani tasdiqlanmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs vafot etgan taqdirda.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilanmagan asoslar bo‘yicha nafaqa tayinlashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yagona reyestr” ATda ariza beruvchiga nafaqa tayinlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelib tushgan vaqtdan so‘ng avtomatik ravishda to‘lov qaydnomasi shakllantiriladi va nafaqa to‘lash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilgan tijorat bankiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik har oyning 2-sanasiga qadar o‘tgan oyda to‘langan nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni tijorat bankining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risida belgilangan namunadagi ma’lumotnomani ko‘rsatgan holda, unga nafaqa tayinlangan kundan boshlab bir oy muddat ichida nafaqani olish uchun tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlangan shaxs ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda nafaqani olish uchun murojaat qilmagan taqdirda yoki ushbu nafaqa avval to‘lab berilgan bo‘lsa, nafaqa to‘lash rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banki nafaqani olish uchun murojaat qilgan nafaqa oluvchining nafaqaga bo‘lgan huquqini “Yagona reyestr” ATga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqani nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra naqd pul shaklida yoki unga tegishli bo‘lgan bank kartasi pul o‘tkazish orqali to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nafaqa oluvchilarga tijorat banki tomonidan nafaqani naqd pul shaklida to‘lab berganlik uchun bank xizmat haqi miqdori tijorat banki va Agentlik o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq, biroq to‘lab berilgan nafaqa miqdorining 0,1 foizidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan va tijorat bankining maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lar joriy oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar ushbu Nizom maqsadlariga muvofiq kelgusida to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs vafot etgan taqdirda, unga nisbatan nafaqa tayinlanmaydi yoki tayinlangan nafaqa to‘lanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizomga muvofiq axborot tizimlari orqali yuborilgan nafaqa to‘lash huquqini beradigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik vakolatli organga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar yoki nafaqa oluvchi haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi yoki nafaqa oluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqani tayinlash va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Nafaqa tayinlash yuzasidan vakolatli organga o‘zi borgan holda murojaat qiladi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan kundan boshlab bir oy ichida

2-bosqich

Probatsiya bo‘linmasi

Ariza beruvchining nomidan arizani “E-probatsiya” axborot tizimida elektron shaklda to‘ldirib, ro‘yxatga oladi. Bunda:

Ariza to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada

1. “E-probatsiya” axborot tizimida ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-mahkum” axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali tekshiradi.

Bir ish kuni ichida

2. Ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga “E-probatsiya” axborot tizimi orqali nafaqa tayinlaydi va bu to‘g‘risidagi ma’lumotni nafaqani to‘lash uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) yuboradi.

3. Ariza beruvchini nafaqa tayinlangani to‘g‘risida arizada ko‘rsatilgan mobil aloqa vositasiga orqali xabardor qiladi.

3-bosqich

“Yagona reyestr” AT

Ariza beruvchiga nafaqa tayinlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelib tushgan vaqtdan so‘ng to‘lov qaydnomasini shakllantiradi va nafaqani to‘lash uchun tijorat bankiga yuboradi.

Ma’lumotlar kelib tushgan vaqtdan so‘ng avtomatik ravishda

4-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Nafaqa to‘lash uchun tegishli mablag‘larni tijorat bankining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Har oyning 2-sanasiga qadar

5-bosqich

Nafaqa oluvchi

Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, nafaqa pulini olish uchun tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qiladi.

Nafaqa tayinlangan kundan boshlab 1 oy ichida

6-bosqich

Tijorat banki

Nafaqani olish uchun murojaat qilgan nafaqa oluvchining nafaqaga bo‘lgan huquqini “Yagona reyestr” ATga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqani to‘laydi.

Nafaqani olish uchun murojaat qilingan vaqtdan boshlab 10 daqiqa ichida

To‘lanmagan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ma’lumot taqdim etadi.

To‘lov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

ARIZA

(Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga nafaqa tayinlash to‘g‘risida)

1. F.I.O.

2. Tug‘ilgan yili va sanasi

3. Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyi

4. Vaqtincha yashash joyi

5. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik guvohnomasi, biometrik pasporti, ID karta) ma’lumotlari*

6. Telefon raqami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risida belgilangan namunada ma’lumotnoma taqdim etiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/444/0624-son; 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)