1-ILOVA
T/r | Ishlab chiqiladigan loyiha | Loyihaning mazmuni | Muddati | Masʼul ijrochilar |
“Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. | Loyihada deklaratsiya subyektlari, obyektlari va unda aks ettiriladigan maʼlumotlar, deklaratsiyani taqdim qilish shakli va tartibi, uni tekshirish tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) | |
Jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikni xalqaro standartlarga moslashtirish boʻyicha qonun loyihasi. | Loyihada: jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun belgilangan jazo choralarini qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib ravishda qayta taqsimlash; insayder axborotdan foydalanish yoki qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish bilan bogʻliq holatlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash; ekstremizmni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritish masalalari nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | |
Vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar koʻrib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq reja himoya qilinishi toʻgʻrisida qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasi. | Loyihada vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida koʻrib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartib nazarda tutiladi. | 2025-yil may | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) | |
Fuqarolarga sifatli yuridik yordam koʻrsatilishida advokatlar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi. | Loyihada advokatlar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan mexanizmlar nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Adliya vazirligi (Tashkulov), Advokatlar palatasi (Sadikov), Oliy sud (Islamov), Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) | |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror loyihasi. | Loyihada: Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan davlat dasturi; korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha ustuvor vazifalar nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) | |
Davlat fuqarolik xizmatida ishga qabul qilish jarayonlari ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, davlat fuqarolik xizmatchilari reyestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyillik darajasini oʻrganish boʻyicha farmon loyihasi. | Loyihada: davlat xizmatchilari reyestri; kadrlarning korrupsiyaga moyillik darajasini oʻrganish tartibi; davlat xizmatchilarini ishga qabul qilish jarayonini ochiq va shaffof oʻtkazish mexanizmlari; davlat xizmatchisining malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini IT texnologiyalar asosida baholash, nomzodlarni lavozimga tayinlashda ularning bilimi, tajribasi va erishgan natijalarini asosiy mezon sifatida belgilash; vazirlik va idoralar markaziy apparatidagi rahbarlik lavozimlariga ustuvor ravishda quyi boʻgʻinlarda ishlagan, tuman (shahar) darajasida rahbarlik lavozimlariga esa viloyat, respublika idoralarida ishlagan kadrlarni tayinlash boʻyicha yangi tizimni joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Musayev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) | |
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yangi tartibda tashkil etish boʻyicha qaror loyihasi. | Loyihada sektorlar faoliyati bilan shugʻullanishga prokuror, ichki ishlar va soliq organlari oʻrniga Bosh vazir oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va ularning tizimi masʼul etib belgilanishi nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Vazirlar Mahkamasi (Aripov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Soliq qoʻmitasi (Qudbiyev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Quranboyev) | |
Korrupsiya jinoyatlarining aniq roʻyxati hamda bu borada jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi. | “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qayta koʻrib chiqilib, unda: korrupsiya jinoyatlarning aniq roʻyxati va bu borada jazo choralarini kuchaytirish; korrupsiyaning oldini olish, aholini, ayniqsa, yoshlarni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish; korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish va himoya qilish tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Oliy Majlis palatalari (Eshmuratov, Shirinov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Adliya vazirligi (Tashkulov) | |
Mahalla va korxonabay ishlash tizimida yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasida soliq nazorati tadbirlarini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi. | Loyihada: soliq organlari tomonidan korxona yoki tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish; soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda tadbirkorlik subyektlarini dastlab ogohlantirish; huquqbuzarlik uch kun muddatda bartaraf etilmasa yoki takroran aniqlansa, shundan keyin soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) | |
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasi. | Loyihada: korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining mustaqilligini taʼminlash; korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining vazifa, funksiya, vakolat va majburiyatlarini aniq belgilash, shtatlar sonini belgilash mezonlarini ishlab chiqish; majburiy tartibda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish; ushbu boʻlinmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oldida hisobdorligini taʼminlash; tajriba tariqasida korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan ayrim sohalarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boʻysunuviga oʻtkazish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga aʼzo davlatlar konferensiyasini 2027-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha dasturni tasdiqlash yuzasidan Hukumat hujjati loyihasi. | Loyihada: 2027-yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga aʼzo davlatlar konferensiyasini Oʻzbekistonda oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni hal qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyun | Vazirlar Mahkamasi (Aripov, Koʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | |
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni tartibga solish mexanizmini joriy qilish. | Loyihada: 2025-yilda budjet mablagʻlarini tejash va samaradorligini oshirish maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumshoq mebellar va ofis jihozlarini faqatgina Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda xarid qilish; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini tartibga solish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov) | |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qaror loyihasi. | Loyihada: BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablariga rioya qilinishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb qilish; nodavlat notijorat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun har yili 10 milliard soʻm ajratish; Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari boʻyicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyatlari institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (Xusanov) | |
Yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy etish hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasi. | Loyihada: yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy etish; yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi va mexanizmlari nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Raqobat qoʻmitasi (Turaxoʻjayev) | |
Respublika va mahalliy darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini baholash mezonlarini belgilovchi qaror loyihasi. | Loyihada: ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi; korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishish tartibi; korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari uchun kasbiy standartlar va ular faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit ajratish faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada tijorat banklari faoliyatida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, ayniqsa moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishda inson omilini cheklash hamda bu borada raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish choralarini koʻrish nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Markaziy bank (Ishmetov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Adliya vazirligi (Tashkulov) | |
Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va bu borada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. | Loyihalarda: davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatini qayta koʻrib chiqib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarini ikki karra qisqartirish; hokimlar zaxira jamgʻarmasidan toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlarni amalga oshirish, suv obyektlarini loyihalash, davlat mulkini baholashni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirishni cheklash; budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish boʻyicha talablarni kuchaytirish; davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasini belgilash va unga rioya etmaganlik uchun mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligini kiritish; sunʼiy intellekt yordamida davlat xaridlarida korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar toʻqnashuvi va boshqa qonunga zid holatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha aniq choralarni belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Oliy Majlis palatalarining masʼul qoʻmitalari (Gadoyev, Nazarov), Hisob palatasi (Abdullayev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Soxibnazarov) | |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qarori loyihasi. | Loyihada toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish boʻyicha yangi mexanizmlar nazarda tutiladi. | 2025-yil avgust | Oliy Majlis palatalari (Narbayeva, Ismoilov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Nurmatova), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Toshboyev) | |
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha prokuratura organlari masʼuliyatini oshirishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalari. | Loyihalarda prokuratura organlariga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish vakolatini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) | |
Ayrim turdagi ruxsat etish xususiyatidagi hujjatlar, shu jumladan, sertifikatlar roʻyxatini maqbullashtirish, ularni rasmiylashtirishdagi xarajatlarni shaffof tarzda eʼlon qilib borish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalari. | Loyihalarda: muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatini optimallashtirish; Oʻzbekiston hududida nazorat qilinadigan chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar roʻyxatini maqbullashtirish; karantin, veterinariya, muvofiqlik boʻyicha ruxsatnomalar olish tartibini faqat xavf darajasi yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllash; veterinariya nazorati ostidagi tovarlar roʻyxatini yagona normativ hujjatga birlashtirish; bir tashqi savdo shartnomasi doirasida bir xil turdagi tovarlarga rasmiylashtiriladigan ayrim turdagi ruxsatnoma xususiyatiga ega hujjatlarni bir marotaba, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga berish; davlat nazorati idoralari, ularning laboratoriyalari, ilmiy institutlar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida mahsulot turi boʻyicha oʻtkaziladigan tadqiqotlar, ularni oʻtkazish narxi, usuli, oʻrganishning eng uzoq muddati va talab etiladigan mahsulotning eng kam miqdorini ochiq eʼlon qilish tartibini joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) | |
“Shaffof qurilish” tizimini xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga bosqichma-bosqich joriy qilish boʻyicha qaror loyihasi. | Loyihada xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda xalqaro tender obyektlari boʻyicha subpudratchilarni “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilish, qiymati 2 mln AQSH dollarigacha boʻlgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlarni “Shaffof qurilish” tizimida oʻtkazish, xalqaro tenderlar boʻyicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini oʻz kuchi bilan bajarish tartibini joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
2-ILOVA
T/r | Vazifa | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Sohalar kesimida korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Sogʻliqni saqlash, qurilish, kadastr, soliq, migratsiya, davlat aktivlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini koʻrsatish tizimida, fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida korrupsiyaviy omillarning oldini olish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash. | 2025-yil aprel — dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari (kelishuv asosida) |
2. Ishlab chiqilgan takliflarni Prezident Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashiga kiritish. | Har oyda | |||
2. | Jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha yangi tizimni yoʻlga qoʻyishda parlamentning rolini oshirish. | 1. Mahallalarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan Oliy Majlis palatalari, masʼul idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlarni shakllantirib, hududlarga chiqish rejasini tasdiqlash. | 2025-yil aprel | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) |
2. “Jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” davomida jinoyatchilik oshgan, “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni oʻrganish. | Har oyning 1 — 5 sanalari | |||
3. Oʻrganish yakunlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning sayyor majlislarida muhokama qilish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan prokurorlar va ichki ishlar organlari, tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berish. 4. Hududlardan kelib tushgan takliflar asosida qonunlarni takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish choralarini koʻrish. | Doimiy | |||
3. | Sunʼiy intellekt asosida aholining savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platformani ishga tushirish. | Platforma ishlab chiqish, uning ishlashi va xavfsizligini taʼminlash, savol va javoblar mexanizmini yaratish hamda platformani ishga tushirish. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
4. | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar aʼzolarining bilim va koʻnikmalarini oshirish. | 1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar aʼzolari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishi uchun maxsus oʻquv kurslari va oʻquv kontentlarini ishlab chiqish. | 2025-yil may | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Samadov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar |
2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” platformasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar aʼzolarining bilim va koʻnikmalarini muntazam ravishda oshirib borish. | 2025-yil iyun oyidan boshlab muntazam | |||
5. | Korrupsiya xavf-xatarlari yuqori boʻlgan sohalarda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish. | 1. Kamida uchta sohada korrupsiyaviy omillarni aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan oʻrganishlar oʻtkazish. 2. Aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, ijrosini Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashida muhokama qilib borish. | 2025-2026-yillar har chorakda | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Hisob palatasi (Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
6. | Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlar asosida baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Investitsiya loyihalariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlarni (Jahon savdo tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) joriy etish. 2. Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlarga muvofiq baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil iyun | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Turaxujayev) |
7. | Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. | Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarini “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshirishni bosqichma-bosqich joriy qilish. | 2025-yil may | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Turaxujayev) |
8. | Korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish borasida prokuratura organlari faoliyati samaradorligini oshirish va tashkiliy-huquqiy tizimini takomillashtirish. | 1. Prokuratura organlari tomonidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tahliliy faoliyatga alohida eʼtibor qaratish. 2. Bosh prokuraturaning Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi tarkibida mavjud shtat birliklari doirasida 3 ta shtat birligidan iborat korrupsiyaviy omillarni tahlil qilish boʻlimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mazkur boshqarmaning hududiy prokuraturalardagi boʻlinmalarini joylarda korrupsiyaviy omillarni tahlil qilishga masʼul etib belgilash. | 2025-yil may | Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
9. | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlarning maishiy va tizimli korrupsiyaviy omillarga qarshi kurashish borasidagi ishlari samaradorligini oshirish. | 1. Har chorakda kamida bitta sohada korrupsiyaviy holatlarni oʻrganib, tahlil qilish. 2. Tahlil natijalari yuzasidan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini taʼminlash boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga taklif kiritish. | Har chorakda | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari |
10. | Davlat budjeti mablagʻlari maqsadsiz ishlatilishining oldini olish, bu borada korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Budjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan uchta vazirlikda maqsadsiz xarajat, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish, qimmat narxda tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish, manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini oʻrganish. | Har yili | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Turaxujayev) |
2. Aniqlangan korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash. 3. Takliflarni Prezident Administratsiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritish. | Har chorakda | |||
11. | Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari tomonidan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish faoliyatini kuchaytirish. | 1. Har oyda bitta yoʻnalishda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, mahalliy kengashlar sessiyalariga masala kiritish. 2. Sessiya muhokamalaridan keyin Oliy Majlis palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul qoʻmitalariga taklif kiritib borish. | Har oyda | Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari, Senat (Narbayeva) (kelishuv asosida) |
12. | Soliq toʻlovchilarga keyinchalik soddalashtirilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplashda “yashil” yoʻlak tartibida xizmat koʻrsatish maqsadida soliq tavakkalchiliklarini baholash va insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini yanada takomillashtirish. | Soddalashtirilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplashda “yashil” yoʻlak tartibida xizmat koʻrsatish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil iyun | Soliq qoʻmitasi (Qudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
13. | Mahalliy budjetlar shakllanishi va sarflanishi borasidagi mahalliy kengashlar tomonidan olib borilayotgan deputatlik nazorati natijadorligi va tashabbusli budjet jarayonlaridagi holatlarni tahlil qilish. | 1. Tanlov asosida viloyat va tuman (shahar)larda mahalliy budjetlarning shakllanishi va mablagʻlari sarflanishini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalarini tegishli vazirliklar ishtirokida parlament palatalari qoʻmitalarida muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
14. | Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida oʻtkazilgan oʻrganishlar samaradorligini oshirish. | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Milliy gvardiya tarkibidagi oliy taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan yuklatilgan vazifalar ijrosini eshitib, aniq chora-tadbirlar belgilab borish. | Har chorakda | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash (Narbayeva) |
15. | Har bir profilaktika inspektorini bodikamera bilan taʼminlash va huquqbuzarliklarni roʻyxatga olish boʻyicha yangi platformani ishga tushirish. | 1. Mahallalarda xizmat qiluvchi profilaktika inspektorlarini bodikamera bilan taʼminlash boʻyicha texnik tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil may | Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bosh prokuratura (Valiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Mahallalarda xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlarini bodikamera bilan bosqichma-bosqich taʼminlash. 3. Barcha mahallalar hududiga oʻrnatilgan kameralarni dastlabki bosqichda profilaktika inspektorining xizmat xonasiga, keyingi bosqichda tuman (shahar), viloyat vaziyatlar markaziga integratsiya qilish. 4. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tizimida mavjud boʻlgan barcha jinoyat va hodisalarni roʻyxatga olishga moʻljallangan elektron platformalarni yagona platformaga birlashtirish. 5. Yagona platformada eksterritoriallik tamoyili asosida murojaatlarni qabul qilish va ularni tegishliligi boʻyicha yuborish imkoniyatini yaratish. 6. Yagona platformada arizalar roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi oʻziga xos raqam (QR kod) berish va u orqali murojaatning harakatlanishi (koʻrib chiqilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan protsessual harakatlar)ni kuzatib borish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil sentabr — dekabr | |||
16. | Tuman va mahallalardagi maishiy va tizimli korrupsiyaga chek qoʻyish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson ishtiroki bilan bogʻliq korrupsiyaviy omillarni, shu jumladan, qogʻozbozlikni kamaytirish va ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish. | 1. Aholi va biznes uchun inson omili orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlarining har bir boʻgʻin hamda soha kesimida reyestrini shakllantirish. | 2025-yil may | Adliya vazirligi (Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
2. Reyestr asosida korrupsiyaviy xatarlar eng koʻp sodir etilgan inson omili orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish va onlayn shaklda amalga oshirish. | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), mahalliy hokimliklar, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | ||
3. Majburiy tusdagi talablar, litsenziya va ruxsat beruvchi, shu jumladan, soliq, bojxona hamda boshqa turdagi imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etishda talab etiladigan qogʻoz shaklidagi hujjatlarni maqbullashtirish hamda toʻliq raqamlashtirish. | 2025-yil dekabr | |||
17. | Muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan takroriy jinoyat sodir etilishining oldini olish va ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash samaradorligini oshirish. | Muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar bilan ishlash natijadorligini oshirish. Bunda: | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov) | |
har bir mahalladagi mazkur toifadagi shaxslar boʻyicha manzilli ishlash rejalarini tasdiqlash; | 2025-yil may | |||
haftada kamida bir marotaba ularning holidan xabar olish; ularni kasbga oʻqitish va yoʻnaltirish choralarini koʻrish. | Doimiy | |||
18. | Aholi va tadbirkorlar tomonidan “bir tugmali” vizual elektron dastur orqali davlat xizmatchisining sifatli va korrupsiyasiz xizmat koʻrsatganini joyida baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Davlat xizmatchisi sifatli va korrupsiyasiz xizmat koʻrsatganligini “bir tugmali” vizual elektron baholash imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminotni ishlab chiqish. 2. Qayta aloqa orqali olingan maʼlumotlarni davlat xizmatchisi faoliyati asosiy samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) sifatida belgilash. | 2025-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) |
3. Davlat tashkiloti va davlat ulushi boʻlgan korxonalarda maxsus dasturiy taʼminot oʻrnatilgan infokiosklarni birinchi galda sogʻliqni saqlash, taʼlim, kommunal xizmatlar, qurilish, soliq, bojxona idoralarida, davlat xizmatlari markazlarida oʻrnatish va ishga tushirish. | 2025-yil sentabr | Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | ||
19. | Qonunlarda korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish. | 1. Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi oʻz vaqtida va sifatli taʼminlanishini tahlil qilish. 2. Qonun loyihalarida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalar mavjud emasligi, shu jumladan, loyihaning “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratish. | Doimiy | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
20. | Nazorat inspeksiyalari faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar natijadorligini baholab borish. | Har oyda Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida bittadan nazorat inspeksiyalari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqib, ularning oʻz tizimi va nazorat obyektida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar natijadorligi boʻyicha hisobotini eshitib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Reja-grafik asosida | Vazirlar Mahkamasi (Aripov) |
21. | Kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha yangi mexanizmlarni ishlab chiqish. | Xalqaro tajriba asosida kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy qilishga oid takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | Oliy Majlis palatalari (Qozixonova, Abdullayev), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) |
22. | Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish va samaradorligini oshirish. | 1. Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida har yili 10 mlrd soʻmlik grantlar va ijtimoiy buyurtmalarning yillik roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxat asosida ochiq tanlov orqali tadqiqot oʻtkazuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarni tanlash. 3. Tadqiqot natijalarini eʼlon qilish va amaliyotga joriy etish boʻyicha vazirlik va idoralarga kiritish. | Yil davomida | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (Ishanxodjayev) |
23. | “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish choralarini koʻrish. | 1. “Mahalla yettiligi” aʼzolarini ularning ijtimoiy profilaktika boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida oʻqitish. 2. Ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish. | 2025-yil may-iyun | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Nurmatova) |
24. | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish boʻyicha talablarni kuchaytirish. | 1. Vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarda 2025-yilda zarur boʻladigan asosiy vositalarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish. | 2025-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Hisob palatasi (Abdullayev), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Soxibnazarov) |
2. Ichki audit xizmati hamda komplayens nazoratining xaridning qonuniyligi hamda asosliligi boʻyicha bergan xulosalaridan soʻng asosiy vositalar xaridini amalga oshirish tartibini belgilash. | 2025-yil may — dekabr | Hisob palatasi (Abdullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | ||
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot bazalarini oʻzaro integratsiya qilgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) milliy klassifikatoriga barcha tovar kodlarini muvofiqlashtirish. | 2025-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Milliy statistika qoʻmitasi (Hamrayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova) | ||
25. | Toʻy-hasham, maʼraka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olish. | 1. Toʻy-hasham, maʼraka, marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida ijtimoiy roliklar ishlab chiqish, ularni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish. | Yil davomida | AOKA (Xodjayev), OʻzMTRK (Djuraboyev), “Yuksalish” harakati (Bekmurodov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranboyev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) |
2. Ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish borasida keng qamrovli tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish. | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranboyev), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Turdiyev), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (Xoliqnazarov) | |||
3. Ortiqcha isrofgarchilikning zararlari haqida qisqa metrajli film, ijtimoiy reklama, koʻrsatuv, eshittirish, podkastlar, maqolalar orqali targʻibot ishlarini amalga oshirish. | Madaniyat vazirligi (Nazarbayev), AOKA (Xodjayev), OʻzMTRK (Djuraboyev), Kinematografiya agentligi (Rizayev), “Yuksalish” harakati (Bekmurodov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | |||
26. | Vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga tayinlangan yangi xodimlar salohiyatini oshirish. | 1. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga tayinlangan yangi xodimlarning “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga qaratilgan maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslarida malakasini oshirish. | 2025-yil may-iyun | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Samadov), vazirlik va idoralar |
2. Vazirlik va idoralarni poraxoʻrlikka qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartni tatbiq etish boʻyicha uslubiy materiallar bilan taʼminlash. | 2025-yil iyul | |||
27. | Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish. | 1. Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan vazifalar ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish. 2. Uchrashuvlarda tinchlik va barqarorlikni qadrlash, toʻy-hasham, maʼraka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratish. | Har oyning oxirgi haftasi | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Xalq deputatlari mahalliy kengashlari |
28. | Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli kredit ajratishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish. | Tijorat banklari va ularning filiallarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shu jumladan, moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda inson omilini cheklash, bu borada raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2025-yil iyul | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy bank (Ishmetov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
29. | “Korrupsiya — kelajakka tahdid” gʻoyasi asosida yoshlar qalbida joy oladigan tizim yaratish. | 1. Tarbiya fani doirasida oʻgʻil-qizlarga halollik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu gʻoyalarni sodda tilda tushuntirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar holatini oʻrganish, takliflarni Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritish. 3. “Aksilkorrupsiya volontyorlik faoliyati” loyihasini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil avgust | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalarining maxsus dasturlar asosida taʼlim olishlarini tashkillashtirish. Virtual akademiyada kamida ikki million yoshlarni ularda halollik, qonunga itoatkorlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan dastur boʻyicha oʻqitish. | Yil davomida | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Samadov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) | ||
30. | Aholi gavjum boʻlgan joylarda qisqa raqamlar va murojaat qilish boʻyicha chaqiriqlarni joylashtirish (“Korrupsiya haqida xabar ber — adolatni taʼminla!” axborot kampaniyasi). | 1. Davlat xizmatlari markazlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim muassasalari, bozorlar, vokzal, aeroport va boshqa aholi gavjum boʻlgan joylarda qisqa raqamli “ishonch telefonlari” haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish. 2. Korrupsiya haqida xabar berish yoʻllari haqidagi plakatlar, LED ekranlarda videoroliklar va boshqa axborot materiallarini tarqatish. 3. Telegram-bot, mobil ilovalar va onlayn platformalar orqali korrupsiya haqida xabar berish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil iyul | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), AOKA (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar, hokimliklar |
31. | Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlardagi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish. | Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” orqali maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish mashgʻulotlarini oʻtkazish. Sogʻliqni saqlash, bandlik, bank sohalaridagi tegishli lavozimlardagi xodimlar uchun alohida maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslarini ishlab chiqish va oʻtkazish. | 2025-yil davomida | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Samadov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), vazirlik va idoralar |
32. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati huzuridagi Yoshlar parlamentlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi rolini oshirish (“Yoshlar — korrupsiyaga qarshi harakat yetakchilari” tashabbusi). | 1. Yoshlar parlamenti aʼzolarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik takliflari ishlab chiqishga, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha monitoring ishlariga jalb etish. 2. Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid maxsus trening va seminarlar tashkil etish. | Doimiy | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
33. | BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablari bajarilishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish. | Korrupsiyaga qarshi konvensiya talablari bajarilishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini jalb qilish, ular tomonidan muqobil baholash mexanizmlarini joriy etish. | 2025-yil davomida | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (Ishanxodjayev) |
34. | “Vijdon” videoloyihasini yoʻlga qoʻyish hamda loyiha orqali aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shu jumladan, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan videoroliklar ishlab chiqish. | “Vijdon” videoloyihasi doirasida tasvirga olinadigan videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish, ssenariy asosida videoroliklar tasvirga olish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish. | 2025-yil may-iyun | Adliya vazirligi (Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), OʻzMTRK (Djuraboyev) |
35. | “Transparency International” reytingida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash choralarini koʻrish. | 1. Reytingning har bir indikatoriga tegishli vazirlik va idoralarni masʼul etib belgilash, mazkur reytingda Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash. 2. “Yoʻl xaritasi” ijrosini doimiy nazorat qilib, ijrosi taʼminlanmagan topshiriqlar yuzasidan masʼullarga nisbatan tegishli choralar koʻrish. | 2025-yil iyun | Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (Narbayeva), Adliya vazirligi (Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) |
36. | Noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlikka tortishning ilmiy-huquqiy asoslarini tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish. | Noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik belgilangan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, bu borada olimlar, amaliyotchilar hamda jamoatchilik fikr va xulosalarini tahlil qilish. Oʻrganish va tahlillar yakuni boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |