27.03.2025 yildagi PF-63-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bozor tamoyillariga asoslangan yaxlit va muvofiqlashtirilgan ekotizimni yaratish, shu jumladan, energiya iste’moli sohasida audit, konsalting va menejment hamda energiyani tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish va “yashil” moliyaviy dastaklarni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat boshqaruvini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari (ESKO) xizmatlari bozorini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) energiya samaradorligi yuqori loyihalar portfelini shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aholi va tadbirkorlar o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrofdan tiyilishga asoslangan turmush tarzi va fe’l-atvorni shakllantirishga qaratilgan energiya iste’moli madaniyatini oshirish axborot kampaniyalarini tashkil etish va moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Energiya samaradorligini oshirishni rag‘batlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) aholi uy-joylarining energiya auditini o‘tkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun Agentlik tomonidan o‘rnatiladigan tartib asosida subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Agentlik tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan resurslar hisobidan ESKO loyihalarni moliyalashtirish uchun bank kreditlari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) aholiga ajratiladigan “yashil ta’mir” kreditlari bo‘yicha kredit stavkasining 19 foizdan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda Agentlik mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasidagi to‘rtinchi guruh xarajatlarining kamida 5 foizi hamda budjetdan tashqari mablag‘larining kamida 15 foizi energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalari uchun rejalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturi energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarga ustuvorlik berish asosida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish loyihalari amalga oshirilgandan so‘ng ularning ekspluatatsiyasini davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim asosida xususiy sektorga berish amaliyoti joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Agentlik tomonidan ijtimoiy soha obyektlari va ma’muriy binolarning energiya auditi natijalari asosida ularning energiya pasportlari bazasi shakllantirilib, energiya resurslari iste’molini maqbullashtirish yuzasidan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) elektron platforma (marketpleys) vositasida aholi va biznes subyektlarini energiya servis bozoridagi xizmat ko‘rsatuvchilar, yetkazib beruvchilar va moliya tashkilotlari bilan bog‘lash, ularga energiya samarador texnologiyalar va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan Call-markaz, mobil ilovalar va qo‘llanmalar orqali amaliy yordam ko‘rsatish xizmatlari joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-iyulga qadar energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqib, barcha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni ko‘zda tutuvchi Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasini (keyingi o‘rinlarda — Energiya samaradorligi platformasi) ishga tushirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) energiya samaradorligini oshirish sohasidagi auditorlar, konsultantlar, menejerlar, ESKO kompaniyalar va verifikatorlarning yagona reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) subsidiyalash va imtiyozli kreditlash asosida xarid qilinadigan quyosh panellari, geliokollektor, issiqlik nasoslari va boshqa “yashil texnologiyalar” ishlab chiqaruvchilarining ro‘yxatini taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) energiyani tejashga xizmat qiluvchi mahsulotlar va xizmatlar, salohiyatli energiya servis kompaniyalari va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ma’lumotlar va ulardan foydalanish yuzasidan maslahat xizmatlarini taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) subsidiya va kreditlar Agentlik yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlarining tegishli xulosalari asosida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholiga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan “yashil ta’mir” kreditlari “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning “Yashil ta’mir” platformasida shakllantirilgan “Yashil loyiha” sertifikati asosida rasmiylashtiriladi hamda ushbu jamiyat tomonidan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, budjet mablag‘lari, kapital bozorida yoki boshqa manbalardan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan alohida yoxud aralashtirilgan tarzda moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslariga subsidiyalar faqat Energiya samaradorligi platformasi orqali sotib olinadigan uskunalarga tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “yashil ta’mir” kreditlari bo‘yicha hisoblanadigan foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqish vakolati Vazirlar Mahkamasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Jamg‘armaga 2025-yilda Davlat budjetidan 100 milliard so‘m, 2026-2027-yillarda aholi ehtiyojidan kelib chiqib yiliga 200 milliard so‘mgacha mablag‘lar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi” loyihasi doirasida tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlarining energiya samaradorligini oshirish loyihalari uchun 200 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin. Bunda joriy yil yakuniga qadar kamida 20 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birga Jahon bankidan quyidagi loyihalar doirasida jalb qilingan kredit va grant mablag‘larini energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish choralarini ko‘rsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” hamda “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida energiya samaradorligi va uglerod neytralligi tamoyillariga mos loyihalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” (CEBU) loyihasi doirasida ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish loyihalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasi doirasida aholi uchun qayta tiklanuvchi va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida belgilangan 2025-yil uchun energiya samaradorligini oshirish loyihalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Energiya samaradorligini oshirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, muqobil isitish va sovitish uskunalarini o‘rnatuvchi tadbirkorlik subyektlari va iste’molchi korxonalar, shu jumladan, markazlashgan issiqlik ta’minoti tarmog‘iga ulanmagan korxonalar o‘rtasida elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha korporativ kelishuvlar (PPA) mexanizmini shakllantirish yuzasidan takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Agentlik to‘g‘risidagi nizom hamda budjetdan tashqari Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 1-iyulga qadar yangi tahrirdagi Energiya servis xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini hamda energiya auditorlarini sertifikatlash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2025-yil 1-oktabrga qadar 2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha strategiyani tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlarini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) malakasi hamda tajribasidan kelib chiqib energiya auditorlari reyestri ikki toifaga ajratilgan holda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) boshlang‘ich toifadagi energiya auditori — kamida 3 ta obyektni energiya auditidan o‘tkazishda qatnashgan, biroq tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan energiya auditorlari toifasi, ularga faqat aholi uy-joylarida energiya auditini o‘tkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) professional toifadagi energiya auditori — yetarli tajriba va tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘lgan energiya auditorlari toifasi, ularga ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud korxonalar, uy-joylar, davlat muassasalari, ijtimoiy soha obyektlari, xususiy korxonalarni energiya auditidan o‘tkazishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-77-son qarorining 4-ilovasida keltirilgan davlat ulushi mavjud yirik korxonalar obyektlarining energiya auditi faqatgina Agentlik yagona reyestriga kiritilgan va (yoki) xalqaro miqyosda nufuzga ega bo‘lgan energiya auditorlari tomonidan o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud yirik korxonalarda “ESG” tamoyillari asosida energiya auditi va energiya samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha tadbirlar, shuningdek, energiya iste’molini boshqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish borasida energiya menejmenti (ISO: 50001) standartlarini joriy qilish Agentlik va “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) energiya samaradorligi nuqtai nazaridan sanoatda ishlab chiqarish bo‘yicha texnik shartlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari (SHNQ) Agentlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xalqaro donorlar va xususiy kapitalni jalb etish, binolarni modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish va energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha imtiyozli kreditlarni ajratish mexanizmlari, shuningdek, ESKO loyihalarning namunaviy shartnomalari shakllari Agentlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikka, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan imtiyozli kredit va grant mablag‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish bilan bog‘liq zarur kelishuvlar va memorandumlar imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yilda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari uchun va yirik davlat korxonalarini energiya auditidan o‘tkazish uchun energiya auditorlari va ESKO kompaniyalarni yollash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlari soni 78 ta etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlikning hududlarga mas’ul bo‘lgan xodimlari o‘z faoliyatini tizimli ravishda hududlarda amalga oshiradi hamda ularning faoliyatini samarali tashkil qilish va zarur sharoitlar (alohida xona, ofis jihozlari, kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa zarur jihoz va uskunalar) bilan ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalariga asosan jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmonning ijrosiga hamda Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirib borishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Farmon ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-63-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-martdagi PF-63-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “49 045”, “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “44 584” va “budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan” ustunidagi “4 461” raqamlari tegishincha “49 046”, “44 582” va “4 464” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” bo‘limida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “5 766”, “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “5 734” va “budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan” ustunidagi “32” raqamlari tegishincha “5 764”, “5 729” va “35” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 147” raqami “1 134” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kadastr agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “995” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “422” raqamlari tegishincha “988” va “415” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” bo‘limida “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 024” raqami tegishincha “1 014” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) “4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi” bo‘limida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “2 200” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “1 883” raqamlari tegishincha “2 195” va “1 878” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” bo‘limda “Turizm qo‘mitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “329” raqami “324” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) “14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” bo‘limida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “401” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “328” raqamlari tegishincha “406” va “333” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsion rivojlanish agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “80” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “66” raqamlari tegishincha “73” va “59” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) “17. Adliya vazirligi” bo‘limida “Adliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “3 637” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “1 882” raqamlari tegishincha “3 632” va “1 877” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) “33. Soliq qo‘mitasi” bo‘limida “Soliq qo‘mitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “9 745” raqami “9 727” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) 37-bo‘lim 34-bo‘lim deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) quyidagi mazmundagi 35-bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

35. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi

Energiya samaradorligi milliy agentligi

36

36

shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi 38-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) izohlar qismidagi “14” raqami “13” raqami bilan, “5” raqami “6” raqami bilan, “26” raqami “27” raqami bilan, “8” raqami “9” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 38-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

38.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi

Energiya samaradorligi agentligi

Agentstvo energoeffektivnosti

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 18-pozitsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Chora-tadbirlar nomi” ustuni “(keyingi o‘rinlarda — Uyushma)” so‘zlaridan keyin “15 yil muddatga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Ijro muddati” ustunidagi “mart” so‘zi “may” so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 06/25/63/0296-son; 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)