27.02.2025 yildagi PQ-78-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2025-yil uchun belgilangan asosiy vazifalarni bajarish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 52,2 mingta xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov bir hafta muddatda 1 va 2-ilovalarga muvofiq maqsadli koʻrsatkichlarni hudud, tuman, shahar va masʼullar kesimida tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Imtiyozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 2-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning 3-bandidagi imtiyoz tadbirkorlik subyektlarining har oyda ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan oʻttiz yoshgacha boʻlgan xodimlariga nisbatan qoʻllansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moliyaviy resurslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2025-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion soʻm miqdorida kredit mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududlarda 2025-yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan 1 trillion soʻm yoʻnaltirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bogʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 154 ta tunu kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yoʻnalishlarga ixtisoslashgan savdo va koʻngilochar koʻchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 364 ta yoʻlboʻyi va boshqa servis obyektlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir hafta muddatda mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni banklar, hududlar va sohalar kesimida oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq grafiklarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan obyektlarni tashkil etishning hududlar kesimida taqsimotini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritilsin hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shugʻullanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2025-yil 1-iyuldan boshlab 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatlari va funksiyalari xususiy sektorga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq vakolatli organlar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiy sektor tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish va funksiyalarini amalga oshirish tartiblarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Toʻraxoʻjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) bilan birgalikda har bir vazirlik va idoraning funksiyalarini xatlovdan oʻtkazib, ularni xususiy sektorga berish yoki raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) soha regulatorlarining tegishli sohada yagona davlat siyosatini olib borish va sohani rivojlantirish boʻyicha funksiyalarini mustaqil ravishda amalga oshirish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga soliqqa tortish uchun koʻchmas mulk ijara toʻlovi minimal stavkalariga nisbatan tumanlar (shaharlar) va zonalarga qarab oʻrnatiladigan oshiruvchi koeffitsiyentni faoliyat yoki obyekt turlari boʻyicha tabaqalashtirish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda Soliq qoʻmitasining 2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida 4-ilovada keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi marta ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ogohlantirishdan soʻng uch kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sayyor soliq tekshiruvini faqat mazkur qarorga 4-ilovada keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha amalga oshirish va uni tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻlib hisoblanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturidagi soliq xavfini aniqlash boʻyicha mezonlar roʻyxati ochiq holatda oʻz rasmiy veb saytida eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2025-yil 1-maydan boshlab “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlariga tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish talabi tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha hisoblangan soliq summasining kamayishiga olib keladigan qayta hisobotlarni soliq organlari tomonidan asosliligi oʻrganib chiqilgandan soʻng qabul qilish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 2025-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Oʻzmilliybank” AJ (Mirsoatov) va tijorat banklari — Toshkent shahrida 1,5 million, hududlarda 1,5 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Transport vazirligi (Mahkamov) — transport xizmatlari hajmini 185 trillion soʻmdan, eksportini 2,3 milliard AQSH dollaridan oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) — aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmini 80 trillion soʻmdan, eksportini 1 milliard AQSH dollaridan oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Markaziy bank (Ishmetov) — ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklarida koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar hajmini kamida 30 foizga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) — savdo xizmatlari hajmini 174 trillion soʻmdan oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) — taʼlim xizmatlari hajmini 37 trillion soʻmdan oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) — 230 ming xorijiy fuqaroni davolash va ularga diagnostika xizmatlari koʻrsatishni tashkil qilib, tibbiy xizmatlar eksportini 250 million AQSH dollariga yetkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Turizm qoʻmitasi (Shadiyev) — 16 million xorijiy turistlarni jalb qilib, turizm xizmatlari eksportini 4,5 milliard AQSH dollariga yetkazishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Joylarda xizmatlar sohasida amalga oshirilgan loyihalarning natijadorligini oʻrganish hamda ish oʻrinlari yaratilishi haqqoniyligi ustidan nazorat qilish Bosh prokuror oʻrinbosari I.M. Adxamovga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, xizmatlar sohasida aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari, shu jumladan, amalga oshirilgan loyihalarning natijadorligi hamda ish oʻrinlari yaratilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorining 25-bandida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Oʻzmilliybank” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har oyning 20-sanasiga qadar xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalar va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarning tizimli monitoringi natijalarini Bosh prokuraturaga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Soliq qoʻmitasi har oyning 20-sanasiga qadar “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasi orqali qabul qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirgandan soʻng ushbu maʼlumotlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Bosh prokuraturaga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “online-mahalla.uz”, “yangiish.mehnat.uz” platformalaridagi, hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar asosida har oyning 25-sanasiga qadar aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-78-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmatlar nomi

2025-yil uchun prognoz
(oʻsish surʼati)

I chorak
(foiz)

II chorak
(foiz)

III chorak
(foiz)

IV chorak
(foiz)

Jami xizmatlar

114,2

114,9

115,1

115,4

1.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

123,5

124,7

127,2

129,5

2.

Moliyaviy  xizmatlar

127,8

128,5

128,7

129,5

3.

Transport xizmatlari

112,9

113,6

113,8

114,6

3.1.

shu jumladan: avtotransport xizmati

113,0

113,7

113,9

114,6

4.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari

107,2

107,9

108,2

108,8

5.

Savdo xizmatlari

108,5

109,2

109,5

110,2

6.

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar

105,3

106,0

106,2

107,1

7.

Taʼlim sohasidagi xizmatlar

113,1

113,9

114,1

115,0

8.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar

110,6

111,3

111,5

113,2

9.

Ijara xizmatlari

105,7

106,5

106,7

107,1

10.

Kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar

106,8

107,2

107,5

108,1

11.

Boshqa shaxsiy xizmatlar

105,7

106,4

106,6

107,4

12.

Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar

104,6

105,3

105,5

105,6

13.

Boshqa xizmatlar

115,3

116,1

116,3

115,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga hudud, tuman, shahar va masʼullar kesimida maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda xizmatlar sohasida 3 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yaratiladigan jami ish oʻrinlari

shundan,

Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlikda)

Sohada jami  auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari

(soni)

shundan,

doimiy ishga joylashtirish

tadbirkorlikka jalb qilish

norasmiy ish oʻrinlarini rasmiy sektorga oʻtkazish

tadbirkorlik maqsadlari uchun auksionga chiqariladigan yer uchastkalari

(soni)

koʻchma savdo faoliyati uchun auksionga chiqariladigan yer uchastkalari

(soni)

Respublika jami

3 000 000

1 220 000

1 280 000

500 000

52 197

42 377

24 012

18 365

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

70 000

30 100

36 890

3 010

1 890

4 294

2 936

1 358

2.

Andijon viloyati

120 000

52 000

62 800

5 200

3 527

2 760

1 460

1 300

3.

Buxoro viloyati

131 000

56 700

68 630

5 670

3 727

2 859

1 239

1 620

4.

Jizzax viloyati

60 000

26 000

31 400

2 600

2 094

2 300

1 100

1 200

5.

Qashqadaryo viloyati

110 000

47 600

57 640

4 760

3 785

4 250

2 250

2 000

6.

Navoiy viloyati

50 000

21 700

26 130

2 170

1 140

721

311

410

7.

Namangan viloyati

153 000

66 200

80 180

6 620

5 255

2 370

870

1 500

8.

Samarqand viloyati

195 000

85 000

101 500

8 500

4 500

2 900

1 900

1 000

9.

Surxondaryo viloyati

157 000

68 000

82 200

6 800

3 151

2 999

1 299

1 700

10.

Sirdaryo viloyati

54 000

23 400

28 260

2 340

1 892

2 711

1 511

1 200

11.

Toshkent viloyati

130 000

56 300

68 070

5 630

4 202

5 555

2 978

2 577

12.

Fargʻona viloyati

150 000

65 000

78 500

6 500

3 362

3 380

1 980

1 400

13.

Xorazm viloyati

120 000

52 000

62 800

5 200

3 672

5 018

3 918

1 100

14.

Toshkent shahri

1 500 000

570 000

495 000

435 000

10 000

260

260

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga tuman, shahar va masʼullar kesimida maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyuldan boshlab xususiy sektorga oʻtkazilayotgan davlat xizmatlari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat xizmati (funksiyasi) nomi

Vakolatli organ nomi

Vakolat oʻtkaziladigan subyekt nomi

1.

Rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Sohadagi jamoat birlashmalari yoki uyushmalar

2.

Baholovchilarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish

3.

Sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish

4.

Baholovchilarga toifalar berish

5.

Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari

6.

Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻyicha faoliyat

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

Litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari

8.

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sohadagi jamoat birlashmalari yoki uyushmalar

9.

Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan nazorat yuritish (tashabbuskorning tanlovi asosida)

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega subyektlar

10.

Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan nazorat yuritish (tashabbuskorning tanlovi asosida)

11.

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalar yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq toʻlash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida toʻliq aks ettirmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Quyidagilar boʻyicha hudud, tuman, shahar va masʼullar kesimida tarmoq grafiklari va taqsimotlarni tasdiqlash:

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov)

xizmatlar sohasini rivojlantirish va sohada aholi bandiligini taʼminlash;

xizmatlar sohasidagi loyihalarga 67,4 trillion soʻm miqdorida kredit mablagʻlarini ajratish;

xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirish;

drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun davlat budjetidan 1 trillion soʻm yoʻnaltirish.

2.

Mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlarini xususiy sektor tomonidan koʻrsatish tartiblarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil mart

Vazirlik va idoralar, Adliya vazirligi
(A.
Tashkulov)

Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻyicha faoliyatni xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutuvchi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
(I. Ergashev)

3.

Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklarida koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar hajmini kamida 30 foizga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari

4.

Kredit olish jarayonlarini soddalashtirish. Bunda Markaziy bank huzuridagi “Garov reyestri” DUK maʼlumotlar bazasini Adliya vazirligining maʼlumotlar bazasiga (zaruratga koʻra boshqa idoralarning maʼlumotlar bazasiga) integratsiya qilish yoʻli bilan moliyaviy xizmatlar boʻyicha banklar ishtirokidagi garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirishni notarial idoraga kelmasdan garov (ipoteka) narsasiga onlayn taqiq qoʻyish va yechish amaliyotini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Markaziy bank (T. Ishmetov), Adliya vazirligi
(A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini taʼminlagan holda:

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev)

26 ta koʻchani tunu kun faoliyat yurituvchi savdo, turizm va gastronomik koʻchaga aylantirish;

tunu kun faoliyat yurituvchi mingta savdo va servis nuqtalarini tashkil etish.

6.

Hududlardagi drayver loyihalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1 trillion soʻm mablagʻ ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Bunda:

72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlarini ishga tushirish;

62 ta istirohat bogʻlarini zamonaviy qiyofaga keltirib, 1 million aholini jalb qilish;

154 ta tunu kun faoliyat yurituvchi savdo, turizm va gastronomik koʻchalarni tashkil qilish;

364 ta yoʻl boʻyi va boshqa servis obyektlarini tashkil etish.

2025-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Tuman (shahar)larda iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni aniqlash, shakllantirish va amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

8.

Magistral va mahalliy yoʻllar qurilishi loyihasidan kamida 25 foiz iqtisod qilish orqali 50 ta tumanlararo yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Bosh prokuratura (S. Samadov)

9.

Toshkent shahri tajribasi asosida Samarqand viloyati hokimligi huzurida “Invest kompaniya” tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

“Invest kompaniya” orqali 2025-yilda viloyatda turizm va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirishga 500 milliard soʻm yoʻnaltirish va xizmatlar hajmini 25 foizga oshirish.

2025-yil davomida

10.

Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalar yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida mazkur qarorga 4-ilovada keltirilgan holatlar boʻyicha sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Biznes-ombudsman
(D. Qosimov)

11.

Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibini soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

12.

Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan oʻtkazishni soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanzarov)

13.

Veterinariya xizmatlari sifatini yaxshilash, jumladan, xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmatlarini 5 baravarga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil aprel

Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov)

14.

1. Har bir vazirlik va idora tomonidan asosiy funksiyalari va xizmatlari, ularning ahamiyati va xususiyatlarini toʻgʻrisida maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Raqobat qoʻmitasiga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Vazirlik va idoralar Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi
(A. Tashkulov), Raqobat qoʻmitasi (X. Toʻraxoʻjayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov)

2. Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan hamda ular uchun jozibador boʻlgan funksiyalar (xizmatlar) roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil aprel

3. Xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari va xizmatlari yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish.

2025-yil may

4. Xususiy sektor qiziqish bildirgan davlat funksiyalari va xizmatlarini ularga oʻtkazish shakllari, tartibga solish usullari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil iyun

15.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. Bunda 18 ta davlat xizmati va funksiyasini xususiy sektorga berishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzaqov), Adliya vazirligi) (A. Tashkulov), Raqobat qoʻmitasi (X. Toʻraxoʻjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(A. Ortikov)

16.

Qurilish sohasidagi litsenziyalarni inson omilisiz onlayn tarzda berishni yoʻlga qoʻyish (birinchi bosqichda — I va II toifa obyektlari boʻyicha arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun) yuzasidan takliflarni tayyorlash va taqdimot qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

17.

Barcha turdagi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishda narxlarning asossiz oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralari, boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmlarining amalda samaradorlik holati, boshlangʻich narxni shakllantirish va tushgan toʻlovlarni taqsimlash boʻyicha qoidalarning asosliligini oʻrganib, takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Raqobat qoʻmitasi (X. Toʻraxoʻjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Bunda tadbirkorlar talabini oʻrganib, yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini ijaraga olish yoki xususiylashtirish boʻyicha ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni eʼlon qilish.

18.

1. Toshkent shahri Chilonzor tumani “3-Charx Kamolon” MFY Baynalmilal koʻchasi, 53-uyda joylashgan “02 (B)” liter binosini “Savdo va servis” uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) 15 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida quyidagi shartlarda berish:

ushbu binoda Uyushma taʼsischiligida nodavlat kasbiy taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yiliga kamida 3 000 nafar fuqaroni gʻaznachi, sotuvchi, novvoy, qassob, elektrik, tovarshunos, administrator kabi yoʻnalishlar boʻyicha bepul tayyorlash, ularning malakasini oshirish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;

nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotida kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan shaxslarga va qisqa muddatli kurslar bitiruvchilariga diplom yoki kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov)

2. 2025-yil yakuniga qadar Toshkent shahri tajribasi asosida har bir hududda nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

19.

Har bir viloyatda 5 tadan davlat mulki obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov)

20.

2030-yilga qadar aholining ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha xalqaro reytingda top-50 talik davlatlar qatoriga kirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev),

21.

Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari tomonidan tegishli davlatning xizmatlar importini tahlil qilish, natijalarini vazirlik va idoralarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

Tahlillar asosida oʻquv dasturlarini moslashtirish, ushbu davlatlar talabiga toʻgʻri keladigan mutaxassis tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

22.

Rivojlangan davlatlardagi 50 nafar oʻzbekistonliklarning startap loyihalarini akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga jalb qilish va investitsiya kiritish boʻyicha venchur jamgʻarmalarga tavsiyalar berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Koʻchmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini toʻliq shakllantirish boʻyicha hududlar kesimida aniq muddatlarni belgilagan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil mart

Kadastr agentligi (F. Pulatov)

24.

Bino-inshootlarga mulk huquqi mavjud boʻlib, yer uchastkasiga huquq turi belgilanmagan va shu sababli ijara huquqi asosida foydalanib kelinayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritish. Bunda:

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov)

ijaraga oluvchining murojaatini koʻrib chiqish, shartnomani imzolash va roʻyxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi;

yer uchastkasi (bino va inshoot)dan faqatgina boshqa maqsadlarda foydalanilganda, ikki yil mobaynida foydalanilmaganda, yer va mol-mulk soligʻi, ijara toʻlovlari muntazam toʻlanmay kelinganda ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni rad etishni nazarda tutish.

25.

Barcha turdagi yoʻlovchi tashish transporti vositalari qatnovi haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan airways” AJ, 

Bunda tashuvchilar tomonidan oʻz axborot tizimlarini ushbu platforma bilan integratsiya qilish.

2025-yil aprel

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va barcha rezident aviakompaniyalar

26.

Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish hamda avtomobil transportida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish qoidalarini belgilash.

Hukumat qarori loyihasi

2025-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi
(I.
Maxkamov)

27.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻz sohasida (hududida) koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanishni yengillashtirish uchun raqamlashtirish boʻyicha alohida “KPI” koʻrsatkichlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil mart

Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev), vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Mahalliy ekspeditorlik tashkilotlari bilan maslahat kengashini tashkil qilgan holda ularning xalqaro tashishdagi ulushini 2025-yilda 25 foizga, 2026-yil 50 foizgacha olib chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil aprel

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

29.

Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termizga aviareyslarni 2 baravargacha oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Transport vazirligi, (I. Maxkamov), “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK, barcha rezident aviakompaniyalar

2025-yil yakuniga qadar 15 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, aviatsiya xizmatlari hajmini kamida 20 foizga oshirish.

2025-yil dekabr

30.

Mahalliy aviareyslarda yoʻlovchi tashishdan koʻrilgan zararni qoplash mexanizmini qayta koʻrib chiqib takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov)

31.

Toshkent shahridan Yangiyoʻl, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga qatnaydigan zamonaviy elektropoyezd harakatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasida taqdimot qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

32.

Avtomobil yoʻllari boʻylarida yoʻlboʻyi servis (“Service area”, “Service point” kabi xizmat koʻrsatish) obyektlarini tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash. Bunda:

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil mart

Transport vazirligi (I. Maxkamov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov)

yoʻlboʻyi servis obyektlarini qurish uchun avtomobil yoʻllari yoqasidagi boʻsh yerlarni oʻrnatilgan tartibda auksion savdolariga chiqarish;

avtomobil yoʻllari boʻylarida 72 ta yoʻlboʻyi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlarini tashkil etishni nazarda tutish.

33.

2025 — 2027-yillarga moʻljallangan yirik multimodal logistika markazlari tarmogʻini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Bunda:

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil aprel

Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

respublika logistika markazlarida yuklarga ishlov berish quvvatini kamida 2 barobarga oshirish;

imtiyoz va preferensiyalar hamda yer uchastkalarining manzilli roʻyxati va ularni auksionga chiqarish boʻyicha soddalashtirilgan mexanizmlarni nazarda tutish.

34.

Mahalliy avtomashina ishlab chiqaruvchi korxonalarga avtomashinalar uchun toʻlov qilishda beriladigan chegirmalarni bank krediti evaziga avtomashinalar xarid qilishga ham tatbiq etish va banklarga ushbu chegirmani qabul qilishga ruxsat etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Markaziy bank (T. Ishmetov), “Oʻzavtosanoat” AJ (U. Rozukulov)

35.

Malayziya va indoneziyalik ziyoratchilari uchun “Umra plyus” tur paketini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Transport vazirligi
(I. Maxkamov)

Bunda Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari, “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakillari va boshqa manfaatdor masʼullar bilan birgalikda “Umra plyus” tur paketini targʻibot qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

36.

Kamida 1 million xorijiy turistni jalb qiladigan konsert, biznes forum va koʻrgazmalar oʻtkazish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil mart

Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev), Madaniy meros agentligi (B.Abdukarimov)Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari

Bunda Shahrisabzda “Oqsaroy”, Xivada “Ichan qalʼa”, Buxoroda “Labi hovuz”, Toshkentda “Yangi Oʻzbekiston” maydonlarida konsert, koʻrgazma, forumlar oʻtkazishni nazarda tutish.

37.

Turistlar uchun jozibador tarixiy obyektlarni aniqlash va restavratsiya qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil iyun

Madaniy meros agentligi (B. Abdukarimov), Turizm qoʻmitasi (J. Abdusalomov), Fanlar akademiyasi (A. Ziyo), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

38.

Respublikada 24 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy turizmni rivojlantirish orqali 2025-yilda 30 million dollarlik tibbiy xizmatlar eksportini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzaqov)

39.

Osiyo taraqqiyot banki bilan 5 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazini xorijiy kompaniyalariga boshqaruvga berish boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini imzolash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzaqov)

40.

Tadbirkorlarni jalb qilgan holda qoʻshni davlatlar bilan chegara oldi hududlarda 21 ta koʻp tarmoqli klinika tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

41.

Mahallalarda ehtiyojdan kelib chiqib tunu kun faoliyat yuritadigan bir martalik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy tibbiy punktlar (qon bosimini oʻlchash, muolajalar koʻrsatish kabi hamshira xizmatlari) tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil apreldan boshlab muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov)

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda mahalla hududidagi mahalla va davlatga tegishli bino va inshootlarga boʻlgan ijara huquqini tashabbuskor tadbirkorlarga xususiy tibbiy punktlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarib borish.

42.

Mahallalarda tunu kun faoliyat yuritadigan bir martalik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy tibbiy punktlar (qon bosimini oʻlchash, muolajalar koʻrsatish kabi hamshira xizmatlari) uchun belgilangan talablar va normalarni soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev)

43.

Tibbiyot sohasida xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha Samarqand viloyati tajribasini boshqa hududlarga joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.

Axborot xati

2025-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev)

44.

Top-1000 talikdan oʻrin oluvchi oliy taʼlim muassasalari sonini 2025-2026-yillarda 10 taga yetkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K.
Sharipov)

Bunda chet ellik talabalarni jalb qilib, taʼlim xizmatlari eksportini 100 million dollargacha yetkazishni nazarda tutish.

45.

Madaniyat vazirligi tizimidagi 120 ta madaniyat va sanʼat markazini Turkiya tajribasi asosida xususiy sektorga berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni taqdimot qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil aprel

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

46.

Turizm mahallalarining ixtisoslashuvi, joylashuvi va taqdim etadigan turizm mahsulotlaridan kelib chiqib, ularning turistik salohiyatini targʻib qiluvchi maʼlumotlarni (buklet, broshyura, video) shakllantirib, mahalliy va xorijiy turistlarni ushbu hududlarga keng jalb qilish hamda qiziqishlarini uygʻotish maqsadida “uzbekistan.travel” platformasiga joylashtirish va doimiy yangilanib borilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev)

Shuningdek, doimiy ravishda xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro turizm koʻrgazma va yarmarkalarida, xalqaro nufuzli turistik va marketing elektron platformalarida turizm mahallalari toʻgʻrisida keng targʻib qilib borish choralarini koʻrish belgilash.

47.

Turizmga ixtisoslashgan mahallalarda har yili “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

48.

Xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” kartasini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Bunda barcha turistik obyektlarga kirish joylarida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” elektron kartasi orqali toʻlov qilish tizimini nazarda tutish.

49.

Respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun 30 ming km optik tolali aloqa liniyalarini hamda 6 mingta mobil aloqa tayanch stansiyalarini oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari

50.

Mazkur qarorda belgilangan mezonlar asosida 2025-yilda tuman (shahar)lar kesimida xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2025-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 104-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“104. Yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi boʻlganda)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5108-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshidagi “2025” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2025-yil 1-yanvardan boshlab mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlarining har oyda ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan oʻttiz yoshgacha boʻlgan xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasiga (keyingi oʻrinlarda — litsenziya) asosan shugʻullanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shugʻullanadigan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar) bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan koʻp tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyada yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanadigan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs va uning avtotransport vositasi, faoliyat koʻrsatish hududi hamda litsenziyaning amal qilish muddati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili fonar oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar bir vaqtning oʻzida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda shugʻullanishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talab etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-son qarori 5-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer osti boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning oldini olish maqsadida, soliq organlariga marksheyderlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan holda mutaxassislarni jalb qilish huquqi beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son; 02.04.2025-y., 06/25/63/0296-son; 28.10.2025-y., 06/25/193/0984-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son; 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son; 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)