O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
4. 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda) 11-moddasi “El-yurt hurmati” ordeni” degan so‘zlardan keyin “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
1. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta’minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoiylik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
2. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va ordenni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
5. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi hamda sakkiz qirrali yoqut rangli yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduz burchaklari orasida oq emal qoplamasi uzra taralayotgan nurlar aks etgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oralig‘i — 52 millimetr.
Ordenning markazidagi doirada tilla rangdagi Humo qushi tasvirlangan. Uning ortida — markazdan yuqoriroqdagi moviy manzara bag‘rida O‘zbekiston Respublikasining oltinrang xaritasi joylashgan.
Tasvir atrofidagi oq emalli hoshiya uzra oltin rangdagi harflar bilan “FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN” so‘zlari yozilgan.
Orqa tomonining pastki qismida Ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Orden O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.