O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShNI TA’MINLASh YuZASIDAN DAVLAT DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
* Ilova berilmaydi.
2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha davlat komissiyasi mazkur Qonundan va davlat dasturidan kelib chiqadigan barcha vazifalarning bajarilishini ta’minlash yuzasidan vazirliklar, idoralar va hokimliklar rahbarlari bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar belgilasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi davlat budjetini shakllantirish chog‘ida budjetdagi tashkilotlar uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik hisobidagi korxonalar, tashkilotlar, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish yuzasidan tegishli xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradilar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Pecpublika davlat komissiyasi, vazirliklar, idoralar va hokimliklar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-iyun,
304-son