Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 08.06.1994 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA “MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” JAMOATChILIK MARKAZINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 23-apreldagi Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat budjetidan mablag‘lar bilan ta’minlanish bilan bir qatorda xo‘jalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlarini moliyaviy ta’minlash va ular tomonidan barcha xildagi tarbiyaviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish xarajatlari tegishlicha mahalliy budjetlar va xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan qoplanishi qayd qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi quyi bo‘limlarining tuzilishi va shtatlar jadvali (texnik xodimlar bundan mustasno) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rahbar boshchilik qilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining xodimlari moddiy-maishiy, tibbiy ta’minot jihatidan respublika vazirliklarining tegishli toifadagi xodimlariga tenglashtirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston ziyolilari ilmiy-ma’rifiy uyushmasi II navbatdan tashqari qurultoyining mazkur uyushmani tugatilgan deb hisoblash, uyushma hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ixtiyoridagi pul mablag‘lari, ko‘chmas mulklarni Markaz ixtiyoriga berish va Markazni uyushma mol-mulkining qonuniy vorisi deb e’lon qilish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi (B. Hamidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilning iyun oyidan boshlab Markazni hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatini ularning asosiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan mablag‘ bilan ta’minlasin va har yili budjetni shakllantirishda tegishli mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz joylashgan Otaturk ko‘chasidagi 24-binoni ta’mirlash xarajatlarini taqdim qilingan haqiqiy hisob-kitoblar asosida qoplasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga va uning jurnali tahririyatiga xizmat ko‘rsatish uchun 3 ta yengil avtomobil saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moddiy-texnika ta’minot masalalarini zudlik bilan hal qilish hamda Markaz va uning joylardagi bo‘linmalarining normal faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz huzurida o‘zbek xalqi madaniy merosi namunalarini to‘plash, ilmiy tahlil qilish va ommalashtirish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik hisobida ishlovchi video-fotostudiya tuzilsin. To‘plangan video-audio, foto materiallar asosida madaniy meros fondi tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika davlat qo‘mitasi 1995-yildan boshlab “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining sotsiologik tadqiqotlar tematikasini tanlov orqali mablag‘ bilan ta’minlanuvchi ishlar ro‘yxatiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Fanlar akademiyasi o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining va olimlarning Markaz o‘tkazadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng ishtirok etishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida markazning joylardagi bo‘limlariga belgilangan tartibda amaldagi normalarga muvofiq xizmat xonalari, mebel, jihozlar ajratsinlar, telefonlar o‘rnatib bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi (A.Fozilbekov) Toshkent shahri, Otaturk ko‘chasidagi 24-binoni bir haftalik muddatda Markazga to‘la bo‘shatib berib, shuningdek, uni ikki oy muddat ichida ta’mirlashni ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat ishlari vazirligi Markaz huzurida shahar kutubxonasining bo‘limini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat matbuot qo‘mitasi Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini nashr nusxalari majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin. Har yili Markaz xodimlari tayyorlagan ilmiy-tadqiqot ishlari, tavsiyanomalarni nashr etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi belgilangan ko‘rsatuvlar va eshittirishlar soatlari doirasida Markaz uchun alohida efir vaqti ajratishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi ajratilgan limitga muvofiq markazga avtotransport xizmati ko‘rsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz va “Tafakkur” jurnali uchun xizmat telefonlari, shu jumladan hukumat ATSidan telefon va boshqa aloqa vositalari o‘rnatib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
8-iyundagi 288-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi quyi bo‘limlarining tuzilishi va shtatlar jadvali
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi‎‎‎

1. Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎
2. Mas’ul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 4‎

Viloyatlardagi bo‘limlar‎

1. Bo‘lim boshliqlari‎ 1‎
2. Mas’ul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 48‎

Toshkent shahri bo‘limi‎

1. Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎
2. Mas’ul tashkilotchi‎ 1‎
3. Mutaxassislar‎ 2‎
Jami:‎ 4‎
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)